Juma, 25.07.2025, 05:38
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 4
Mehmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 1 » Hayotni qadriga yetmaganlar haqida she'r
22:46
Hayotni qadriga yetmaganlar haqida she'r
Shukurlar qilmadim boriga.
Doim olg'a intilaverdim.
Quloq xam solmadim onam zoriga.
Men dunyoga qul bo'lgan edim.

Boylikni xoxlardim, boyib ketishni.
Unutib otam qabrin ziyoratini.
Ustasi edim, mushkul yechishni.
Unutib dinimni diyonatini.

Oqibatda asablar charchab.
Xayot yo'llarida toyilib ketdim.
O'zimcha eng ulkan cho'qqini ko'zlab.
Yolg'izlik degan, bir makonga yetdim.

Meni sevganlarni qadrini bilmay.
Meni sevmaganni qadrladim men.
Sevganimga bitta gul tutmay.
Kimlargadur, bog' yaratdim men.

Oqibatda yuragim charchab.
Hissiz xayvon tusiga kirdim.
Bir tomchidek mehrga chanqab.
Qadrdonlar qadrini bildim.

Dostlar xam ketdilar birma-bir.
Ketdilar xammasi yiroqlab.
Yolg'izlik qoldi qalin do'st bo'lib.
Qon yurakni battar qiynoqlab.

Yiroqlab ketyapman o'zimdan.
Farishtalar ketmush ko'zimdan.
Tongdan to, tungacha nasixat bermay.
Bir ma'no chiqmaydi so'zimdan.

Masxaraboz, qilaman ermak.
Kulaman, yurakda tubanlik yotar.
Aytgan gaplarimni xammasi ertak.
Menga qayerdadur burilish kerak.

Xayotdan to'ymadim, lek xayot to'ygan.
Eh bu yetim boshim ne kunni ko'rgan!
Baxtu omad menga qovog'in uyib.
Baxtsizlik ustimdan kulgani kulgan.

Tugamoqda xammasi asta.
Sabr, umid, xattoki maqsad.
Tanam sog'lomu, lekin dil xasta.
Tirikmanu go'yoki jasad.

Dardlarim bir talay mana ko'ringlar.
O'lsam men uchun tutmangiz motam.
Iltimos qabrimga yozib qo'yinglar.
"DUNYODAGI ENG BAXTSIZ ODAM.
Просмотров: 78 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |