Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Iyun » 04
Yevropa Chempionlar ligasining “Real” hamda “Yuventus” klublari o‘rtasidagi final uchrashuvini Turin shahrida tomosha qilgan muxlislarning 1000 dan ziyodi sarosima oqibatida kelib chiqqan tartibsizlikdan jabr ko‘rdi.
“Sports.ru” nashrining xabar berishicha, “Real” uchinchi golni urgan bir paytda petardalar tovushi eshitilgan. Ayrim manbalar esa ulkan temir darvozaning qulashi natijasida bu tovush kelib chiqqani haqida ma’lumot bergan.
Oqibatda futbol muxlislari o‘rtasida sarosima boshlagan va ular turli burchaklarga qarab qocha boshlagan. Mazkur holat mingdan ziyod futbol muxlislarining jarohat olishiga sabab bo‘ldi. Olamon oyoqlari ostida qolgan besh kishida jarohat ancha jiddiy ekani aytilgan.
Yana ikki kishi esa tang ahvolda. Shifokorlar ularning hayotini saqlab qolish uchun barcha chorani ishga solmoqda. Eng jiddiyat aziyat chekkan bu ikki kishidan biri endigina 4 yoshga qadam qo‘ygan bolakaydir.
Коментариев: 0
Просмотров: 67
Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘zining Twitter sahifasida Madridning “Real” klubini Chempionlar ligasida g‘alaba bilan tabrikladi.
Mazkur tvitga bildirilgan munosabat 12 soat ichida 50 mingdan ko‘proq bo‘ldi. O‘quvchilarning 30 mingga yaqini tabrik yo‘llangan tvitni favourite tugmasi bilan o‘zi uchun qayd etib qo‘ydi, 25 mingga yaqin kishi esa tvitni o‘z o‘quvchilari bilan ulashdi.
“Barselona” futbol klubi tomonidan yozilgan tabriknomaga ikki ming martadan ko‘proq fikr yozib qoldirilgan.
Kataloniyaliklar mavsumni Ispaniya kubogi sohibida sifatida yakunlagan bo‘lsa, “Real” avvaliga La ligada, keyinroq esa Chempionlar ligasida zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.
Коментариев: 0
Просмотров: 72
Yevropa Chempionlar ligasining finalida ketma-ket ikki bor g‘olib chiqish birinchi marta Madridning “Real” klubiga nasib qildi.
“Qirollik klubi” final uchrashuvida “Yuventus” ustidan yirik g‘alabaga erishdi — 4:1. Bunga qadar o‘tgan 12 uchrashuvda o‘z darvozasidan bor-yo‘g‘i 3 ta gol o‘tkazib yuborgan “Yuventus”, birgina finalda to‘rtta to‘pni o‘z darvozasidan olib chiqishga majbur bo‘ldi.
Ketma-ket ikki chempionlik rekordini takrorlash shu bilan kimga nasib etishini vaqt ko‘rsatadi. “Real” esa kelasi mavsum ketma-ket uchinchi chempionlik uchun kurashni boshlaydi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan sovrinni Ronalduning muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shgan Ser Aleks Fergyusonning o‘zi topshirdi.
Коментариев: 0
Просмотров: 68
Yevropa Chempionlar ligasining finalida dubl qayd etib, “Real”ni tarix sahifalariga olib kirgan Krishtianu Ronalduda faqatgina bitta armon bor — jahon chempionligi.
Portugaliyalik futbolchi qolgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘ldi. Ayniqsa, uning oxirgi 372 kuni fantastik ruhda kechdi. Bu vaqt davomida u Chempionlar ligasida ikki marta zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.
Krishtining 372 kuni
2016-yil, 28-may — Chempionlar ligasi g‘olibi 2016-yil, 10-iyul — Yevro—2016 g‘olibi 2016-yil, 25-avgust — Yevropaning eng yaxshi futbolchisi 2016-yil, 12-dekabr — “Oltin to‘p” sohibi 2016-yil, 18-dekabr — klublar o‘rtasi JCh g‘olibi 2017-yil, 9-yanvar — “The Best” sohibi 2017-yil, 20-mart — Portugaliyada yil futbolchisi 2017-yil, 21-may — Ispaniya chempioni 2017-yil, 3 iyun — Chempionlar ligasi g‘olibi
Коментариев: 0
Просмотров: 62
4-iyun kuni amerikalik taniqli aktrisa va jamoat arbobi Anjelina Joli 42 yoshga to‘ldi. 14 yoshda modellik karyerasini boshlagan qiz dastlab kliplarda va kam budjetli filmlarda suratga tushdi, so‘ng yirik loyihalardan o‘rin oldi. O‘zining ko‘p yillik faoliyati davomida ko‘plab mukofotlar qatorida Joli “Oskar” mukofotini ham qo‘lga kiritdi. Bugungi kunda ko‘plab farzandlarning onasi bo‘lmish Joli jamoatchilik faoliyatini ham olib boradi hamda turli xayriya aksiyalarida ishtirok etadi. “Gazeta.ru” aktrisaning tavallud ayyomi munosabati bilan uning mashhur rollari aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 105
O‘zbekistonlik qo‘shiqchi, Rossiyaning “Birinchi kanali”dagi “Golos. Deti” loyihasining ikkinchi mavsumida g‘olib chiqqan Sabina Mustayeva ushbu telekanalning yangi, “Pobeditel” (“G‘olib”) deb nomlangan shousida ishtirok etdi. Bu haqda “Birinchi kanal”ning rasmiy sayti xabar berdi.
Afsuski, Adelning “Hello” qo‘shig‘i bilan chiqish qilgan Sabina shouni birinchi bosqichdan keyinoq tark etdi. Ammo u bosqichdan o‘ta olmaganidan hech ham xafa emasligini ma’lum qildi va shou ishtirokchilariga omad tilab qoldi.
O‘z chiqishidan keyin uyushtirilgan intervyuda Sabina loyihaga uni telekanal vakillari taklif qilganini, qiziqarli tajriba orttirish, qiziqarli odamlar bilan tanishish maqsadida rozilik bildirib, shouga tashrif buyurganini ma’lum qildi.
Коментариев: 0
Просмотров: 67
BAAning poytaxti amirligi — Abu-Dabida dunyodagi eng yirik mustaqil gelioqurilma qad ko‘taradi. Bu haqda BAA ijro kengashi raisi o‘rinbosari brifing chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi UAEInside.
“Nur Abu-Dabi” nomini olgan yangi stansiyaning qurilishiga 3,2 milliard dollar sarflanadi. Uning quvvati 1177 megavattni tashkil etadi.
“Nur Abu-Dabi” poytaxtdan 120 kilometr janubi-sharqdagi Suvayxon shahrida quriladi.
BAAning “Energetika strategiyasi–2050”ga muvofiq, Abu-Dabi ekologik energiya ulushini 2020-yili 7 foizga, 2030-yili 25 foizga, 2050-yili esa 75 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Коментариев: 0
Просмотров: 77
Madridning “Real” klubi Yevropa Chempionlar ligasining bosh sovrinini ketma-ket ikkinchi bor qo‘lga kiritdi. Uelsning Kardiff shahri mezbonlik qilgan finalda La liga chempioni Turinning “Yuventus” klubidan ustun keldi. Foto: Getty Images Bellashuvda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etgan bo‘lsa, Kazemiro va Marko Asensio hisobiga bittadan gol yozildi. A seriya yetakchisi safida Mario Manjukich o‘zini ko‘rsatdi. Bunga qadar Yevropaning hech bir klubiga Chempionlar ligasida ketma-ket ikki bor zafar quchish nasib qilmagandi. Bu borada “Real” birinchi bo‘ldi. Shuningdek, bosh murabbiy Zinedin Zidan ham ketma-ket ikki sovrin bilan tarix sahifasidan joy oldi. Uchrashuv qahramoni sifatida e’tirof etilgan Krishtianu Ronaldu “Real” chempionligi uchun katta hissa qo‘shdi. U chorak finaldagi ikki o‘yinda “Bavariya” darvozasiga 5 ta gol urgan bo‘lsa, yarim finalda “Atletiko” darvozasiga uch 3 marta yo‘l topgandi. Endi esa Massimiliano Allegri boshchilik qiladigan klub darvozasiga, aniqrog‘i, dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri sifatida e’tirof etiladigan, “Oltin to‘p” uchun da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilayotgan Janluiji Buffon postiga 2 ta gol urdi. “Yuventus” uch mavsumda Chempionlar ligasi finaliga ikki marta yetib keldi va har safar Ispaniya yetakchilaridan yengildi. Ikki yil avval xuddi shunday hisob bilan “Barselona”dan mag‘lubiyat qabul qilib olgan Turin jamoasi, endi “Real”ni taslim qila olmadi. Yevro
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 93
Toshkentdagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimov 1-iyun kuni 17 yoshida vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan axborotga ko‘ra, yigit olingan jarohatlar oqibatida vafot etgan.
Xabar berishlaricha, Jasurbek Ibrohimov bir oy avval kollejdoshlari tomonidan ayovsiz do‘pposlangan, so‘ng og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
O‘quvchi kasalxonada to‘rt marta operatsiya qilingani, “beshinchi operatsiyaga organizm bardosh bera olmagani” aytilmoqda.
Hodisa yuzasidan Jasurbek Ibrohimovning onasi ijtimoiy tarmoqlarda murojaat bilan chiqish qilgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 84
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|