Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 2 Mehmonlar: 2 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Iyun » 02
25-may kuni Moskvada qo‘lga olingan IShID guruhi a’zolari shahar metrosining “Tyopliy Stan” bekatida portlash uyushtirishni rejalashtirgan, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Xavfsizlik xizmati xodimlari 25-may kuni Novo-Peredelkino mitti tumanidagi bir yo‘la uchta xonadonda IShID a’zolarini qo‘lga tushirish bo‘yicha operatsiyani o‘tkazgan. Xonadonlardan birida portlovchi qurilmalarni ishlab chiqarish bo‘yicha sex va tayyor bo‘lgan qo‘lbola portlovchi bomba topildi, u o‘to‘chirgich niqobi ostiga yashiringan edi. Xuddi shunaqa portlovchi qurilma Peterburg metrosida 3-aprel kuni yuz bergan portlashda qo‘llanilgan.
Hibsga olinganlar yukchilar bo‘lib chiqdi, bular — buxorolik Furqat Kushayev va Muhammadyusuf Ashurov, tojikistonlik Abdushukur Gulmirzayev va dog‘istonlik Magomed Davudov. Ularning uch nafari terroristik yashirin ishga aloqadorligini tan oldi, qolgan bittasi “do‘stlari undan foydalangani”ni ta’kidladi.
Dastlab jangarilar mustaqil tarzda bomba yig‘ib, restoranlardan birini portlatishni rejalashtirgan, ammo oxir-oqibat “Tyopliy Stan” bekatida portlash uyushtirishga qaror qilgan. G‘oyani kurator ma’qullagan.
Jangarilarga yangi hujjatlarni va Turkiyaga ko‘chirib o‘tkazishni va’da qilishgan, ammo ularning hech biri ularga xudkush roli berilganidan xabardor bo‘lmagan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 111
O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga “Shahar yo‘lovchi transportidan bepul foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi qonunga kiritiladigan tuzatishlar loyihasi joylandi, deb yozadi Norma.
Ayni paytda mamlakatda yashayotgan yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan kishilar soni jami 254 nafarni tashkil qiladi. Ularning 103 nafari yosh bo‘yicha yoki nogironlik bo‘yicha nafaqaxo‘r.
Prezidentning 2002-yilgi farmoni bilan ushbu kategoriyadagi fuqarolarga imtiyozlar, shu jumladan, qishloq joylarda umumiy foydalaniladigan avtomobil transportida, shahardan tashqarida qatnaydigan temiryo‘l transportida va shahardan tashqarida qatnaydigan avtobuslarda bepul yurish imkoniyati taqdim etilgan.
Shu munosabat bilan yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi nogironlarni “Shahar yo‘lovchi transportidan bepul foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi qonun bilan tasdiqlangan imtiyozli fuqarolar ro‘yxatiga kiritish taklif etildi.
Коментариев: 0
Просмотров: 82
O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga gidrometeorologiya xizmati markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yirik va o‘ta muhim suv xo‘jaligi obyektlari texnik ahvoli va ish xavfsizligi ustidan nazorat va kuzatish bo‘yicha davlat inspeksiyasi, kichik hajmli kemalar bo‘yicha davlat inspeksiyasi, shuningdek, Fanlar akademiyasi seysmologiya instituti seysmik kuzatuvlar xizmati o‘tkazildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Bu o‘zgarishlar Prezident tomonidan 1-iyun kuni imzolangan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf qilish tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonda nazarda tutilgan. Shu munosabat bilan FVVning yangi asosiy vazifalari belgilab berildi. Jumladan, endilikda idora: tinchlik va urush vaqtida tabiiy va texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf qilish tizimi sohasidagi yagona davlat siyosati realizatsiyasini, gidrometeorologiya rivojini, gidrotexnik inshootlarning barqaror ishlashini, seysmik kuzatuvlarning olib borilishini, kichik hajmli kemalarning xavfsiz ishlatilishini, suv obyektlarida fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i himoya qilinishini ta’minlash; favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi omillari va tahdidlarini oldindan aniqlash, ularning yuzaga kelishini oldindan profilaktika qilish va ularning oldini olish singari vazifalarni bajaradi. FVVda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘shimcha bo‘linmalar, shuning
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 127
Kaliforniya shtatidagi Moxave sahrosida 9100 metr balandlikdan tashuvchi raketalarni uchirishga mo‘ljallangan Stratolaunch transport samolyoti ilk bor ombordan chiqarildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Orbital OTK korporatsiyasi tomonidan yaratilgan mashina 6 ta Pratt&Whitney PW4056 dvigateli bilan jihozlangan va har biri 72 metr keladigan ikki fyuzelajdan iborat. Havo kemasining og‘irligi 250 tonna, to‘liq yuk bilan esa 590 tonnaga teng.
Stratolaunch Systems kompaniyasi bosh boshqaruvchisi Jin Floydga ko‘ra, samolyot Pegasus XL tashuvchi raketalari uchun havo platformasi tariqasida yaratilgan. Birinchi bosqichda bitta, keyinchalik esa 3 ta raketani eltishi mumkin.
Hozirda samolyot yaratishning dastlabki bosqichi yakunlandi, endi quruqlik va havodagi sinovlar boshlanadi. Stratolaunch bortidan raketaning ilk sinov uchirilishi 2019-yilga mo‘ljallangan.
Коментариев: 0
Просмотров: 85
“Hi-tech.mail.ru” dunyodagi eng qimmatbaho televizor modellari bilan tanishtirdi. Samsung UE105S9 — 100 ming dollarlik botiq televizor Hashamatli 105 dyuymli Samsung UE105S9 5K displeyga ega va 3Dni qo‘llab-quvvatlaydi. Ultra HD botiq ekran tasvirning realligi darajasini oshiradi va filmlarni tomosha qilishni maksimal darajada qulaylashtiradi. LG 105UC9V — 100 ming dollarlik 3D’li televizor Yuqoridagi model kabi, bu ham 105 dyuymli 5K ekranga ega bo‘lib, 3D formatini qo‘llab-quvvatlaydi. Televizor qulay va yengil 3D ko‘zoynaklar bilan birga sotiladi, ular batareyasiz ishlaydi. AVQ VT88S CURVED — 88 ming dollarlik himoyalangan televizor Uning asosiy o‘ziga xos jihati — himoyalanganligi. Televizor namlik va changdan IP66 standarti bo‘yicha himoyalangan. Ustiga-ustak, korpus ham mustahkam metalldan qilingan bo‘lib, tasodifan yoki ataylab yetkazilgan zararlar cho‘t ham bo‘lmaydi. 88 dyuymli 4K ekranli televizor videoning barcha formatlarini, wi-fi’ni qo‘ll
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 109
Internetda iPhone 8 smartfonining o‘lchamlari haqidagi yangi ma’lumotlar, shuningdek, ularga asoslangan yangi suratlar chop etildi. Suratlarni bu mavzuda ishonchli yangiliklarni berib boradigan dizayner Benjamin Geskin taqdim etdi. “Hi-Tech.Mail.ru”ga ko‘ra, iPhone 8 iPhone 7 dan ko‘ra yirikroq, qalinroq va og‘irroq bo‘ladi.
iPhone 8 143,59×70,94×7,57 millimetr o‘lchamga ega bo‘ladi. Shuningdek, smartfon iPhone 7 Plus’dan qalinroq bo‘ladi (158,2×77,9×7,3 millimetr).
iPhone 8 iPhone 7 Plus’dan kichikroq bo‘lsa ham, uning ekrani hajmi iPhone 7 Plus’ga yaqin bo‘ladi — bunga hoshiyalarning yo‘qligi hisobidan erishiladi.
Ilgari xabar qilinganidek, iPhone 8 u chetdan bu chetgacha boradigan OLED-ekranga, displeyga o‘rnatilgan barmoq izlari skaneriga, vertikal qo‘shkameraga va shishali korpusga ega bo‘lishi mumkin.
Anons 2017-yili 17-sentabr kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.
Коментариев: 0
Просмотров: 75
2017-yilning kuzidan boshlab AQShning Garvard universitetida “Haqiqiy ‘Taxtlar o‘yini: zamonaviy miflardan o‘rta asrlar modellarigacha’ ” nomli kurs o‘qitiladi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
“Folklor va mifologiya” bo‘limiga qo‘shiluvchi kurs davomida talabalarga Jorj Martin tomonidan yozilgan “Muz va olov qo‘shig‘i” kitoblar seriyasi va ular asosida suratga olingan teleserial Yevroosiyoning 400-dan 1500-yillarini o‘z ichiga oluvchi davr tarixi bilan qanchalik mos tushishi haqida hikoya qilinadi.
Kurs talabalarga ta’lim olishning birinchi yilida taklif qilinadi hamda ularni o‘rta asrlar va ijtimoiy fanlarni yanada chuqurroq o‘rganishga undashga qaratilgan.
“Taxtlar o‘yini” seriali HBO kanali tomonidan 2011-yildan buyon namoyish etilmoqda. Navbatdagi, yettinchi mavsumi 2017-yilning 16-iyulida boshlanadi
Коментариев: 0
Просмотров: 155
Xonanda Lola farzandlari Shahina va Shohdiyorning tavallud ayyomini bir kunda nishonlab, ular uchun haqiqiy ertak uyushtirib berdi. Ikki farzandi bir oyda tug‘ilganligini hisobga olib, Lola ularni bir kunga jamlab quvnoq kecha o‘tkazishga qaror qildi, deb xabar berdi “Darakchi.uz”.
“Baxt mana shunday ko‘rinishda bo‘ladi. Diyor va uning do‘stlari uchun bu kungi eng katta sovg‘a dunyoning eng yaxshi hakami Ravshan Ermatovning tashrifi bo‘ldi. U kechamizni unutilmas hissiyotlarga to‘ldirdi, har bir bola bilan gaplashib, barchalariga dastxat qo‘yib to‘p sovg‘a qildi. Sizga katta rahmat! Siz eng zo‘risiz!”, — deb yozadi Lola.
Коментариев: 0
Просмотров: 103
Taniqli hind rejissori Dasari Naryana Rao Haydaroboddagi KIMS kasalxonasida uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda The Indian Express xabar bermoqda.
Rejissorning salomatligi fevral oyidan boshlab yomonlashgan, jarrohlik operatsiyasiga hozirlik ko‘rayotgandi.
Faoliyati davomida 150 ga yaqin film olgan Dasari Naryanа Rao Limka rekordlar kitobiga (Ginnesning rekordlar kitobining Hindistondagi muqobili) eng sermahsul hind rejissori sifatida kirgandi.
U “Sevgi siri”, “Nufuz”, “Quvg‘indi” kabi mashhur Bollivud filmlari muallifi hisoblanadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 71
Rejissor Azamat Axrorovning “Qaysarginam 2” filmi may oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
May oyining to‘rtinchi haftasi kinoreytingida “Qaysarginam 2” dan keyingi o‘rinlarni Aziz Rametovning “Arslon izidan”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Akrom Shaxnazarovning “Hamroh”, Durdona To‘laganovaning “Yuzsiz” filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Qobiliyat”, “Mister Amerika yoxud Majruh 2”, “Ona qizim”, “Asragil” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
22-may — 28-may oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
1-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya) Rejissor – Azamat Axrorov
2-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama) Rejissor – Aziz Rametov
3-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya) Rejissor – Otabek Mirzaxolov
4-o‘rin. “Hamroh” (triller drama) Rejissor — Akrom Shaxnazarov
5-o‘rin. “Yuzsiz” (drama) Rejissor — Durdona To‘laganova
Коментариев: 0
Просмотров: 104
Avvalroq, xonanda Shahnoza Otaboyevaning litsenziyasi tugatilgani haqida ma’lum qilingandi. Jurnalist Feruz Muhammad xonanda bilan bog‘lanib, bo‘lgan voqeaga oydinlik kiritdi. d Mazkur to‘y Surxondaryo viloyatida bo‘lishi kerak edi, to‘y xizmati esa bir oy avvaldan olib qo‘yilgandi. Davlat tadbiri borligini to‘ychilarga aytganimda, ular Jizzaxga, safarda turar-joyimiz bo‘lgan “Diplomat” mehmonxonasining tagiga kelib olishdi. “Xalq sizni ko‘raman deb niyat qilgan, ertaga olib kelish qo‘lingdan kelmabdi degan gapni ko‘tara olmaymiz, bizni sharmanda qilmang, kerak bo‘lsa portalga ham yozamiz, agar bormasangiz o‘zimni osaman”, deb mehmonxonamni oldida turib olishdi. “O‘zbeknavo”dagi Odil akaga “akajon, mayli men tadbirda qolishim uchun, biror variant qilib, o‘rnimga mashhurroq san’atkorni yuboraylik”, deb iltimos qildim. Odil aka “100 % garantiya beraman Shahnoza bormaydi”, deb turib oldilar. Bo‘lmasa “O‘zbeknavo”dagilarga bo‘layotgan vaziyat haqida uch kun oldin xabar berganman, barcha repititsiyalarga qatnashganman. 23-may kuni tadbirdan olib tashlashganida, to‘y egalariga telefon qilib, “bo‘ldi, siqilmanglar, tadbirdan olib tashlashdi, boraman”, dedim. Ular “niyatimiz xolis ekan”, deb xursand bo‘lishdi. 24-may kuni “Jannatmakon O‘zbekiston” deb nomlangan qo‘shig‘imni olib tashlab, “Vodiylarni yayov kezganda” deb nomlangan qo‘shig‘imni tadbirga qo‘shishdi. Bunday vaziyatda qanday qilib, to‘y egalariga “yana bora olmaymandigan
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 115
Yomon tush ko'rib uyg'onib ketdim. “Tavba qildim, bu nimasi? Yaxshilikka bo'lsin” deb o'yladim xo'rsinib. Qorong'uda paypaslab telefonimni topdim. Qatorasiga beshta SMS turardi. Shoshib, ochib o'qiy boshladim. Ikkitasi SIM-kartaning kompaniyasidan ekan, o'qimasdan keyingilariga o'tdim. “Bolamga kun bermayotgan ekansan. Seni Xudoga soldim...” Xatning davomi qarg'ishga to'la edi. Yuragim siqilib telefonni o'chirdim, qolgan ikkita SMSni o'qishni istamadim. “Men bu ayolga nima qildim?” degan savol yuragimni o'rtay boshladi. Jahl ustida unga javob yozmoqchi bo'ldimu, lekin erimning “og'irroq bo'l” degan gapi esimga tushib, alamimni ichimga yutdim. O'rnimdan turib tinchlantiruvchi dori ichib, uxlashga harakat qildim. Bo'lmadi. Tonggacha kiprik qoqmadim. Ertalab ishdan kelgan erim kayfiyatim yomonligini sezib “tinchlikmi?” deb so'radi. Indamay unga telefonni uzatdim. O'qimasdan nima gapligini tushungan erim, uf tortib telefonni kresloga tashladi. — Senga necha marta aytganman, uning gaplariga e'tibor berma, deb... Bolalar qani? — Ovqatlanishyapti. — Bog'chaga qo'yib kel, keyin gaplashamiz. Kechgacha bu mavzuda gaplasha olmadik. Erim “smenad”dan charchadim deb o'zini uxlaganga solib yotib olgani uchun men ham indamadim. Bog'chadan kelgandan buyon injiqlik qilib turgan Boburning orqasiga bir tarsaki tushurgach, chidab turolmadim. Bolani qo'lidan tortib oldim. Ko'zidan miltillab oqayotgan yoshlarni mitti kaftlari bilan artayotgan Bobur va akasini
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 112
Qani, o‘g‘lim, kundaligingni olib kel-chi. Hmm, ne, nega hech narsa yozmabsan! Yozolmayman? Sakkizinchi sinfda o‘qib-a? Voy kallavaram-ey. Kelajagingni o‘ylaysanmi, o‘zi? Axir sen boshliqning o‘g‘lisan-a. Demak, hech bo‘lmaganda ism-sharifingni to‘g‘ri yozishni o‘rganishing shart. Chunki sen ham kelajakda bir idoraga boshliq bo‘lasan. Hujjatlarga qo‘l qo‘yishing, birov yozib bergan nutqlarni o‘qishing kerak bo‘ladi. O’tir, sen ham endi kichkina bo‘lmading. Men senday paytimda ismi sharifimni bexato yozish bilan bir qatorda doskadagi yozuvlarni ham binoyiday ko‘chirib olardim. Xudoga shukur, kam bo‘lmadim, oliy o‘quv yurtini bitirib kelgach, dastlab brigadaga, keyinroq esa tsexga, trestga boshliq bo‘ldim. Shuni o‘ng qulog‘ing bilan ham chap qulog‘ing bilan ham eshitib qo‘yki, bizning zamonda boshliqning bolasi boshliq, cho‘ponning bolasi cho‘pon, paxtakorning bolasi raxtakor bo‘ladi.avval senga aytgandimku, rahmatli bobong ham bir umr turli joylarga boshliq bo‘lib o‘tgan. To‘g‘ri, ish bor joyda xato ham bo‘ladi. Trestda ishlab yurganimda ichi qora odamlar ustimdan yozishdi. “Yeb ketdi, ichib ketdi”, degan g‘iybat gaplar tarqatishdi. Bularning hammasi ko‘rolmaslikdan. Bo‘lmasa bor-yo‘g‘i o‘n xonali ko‘rimsizgina bir uy quruvdim. Taftish chog‘ida atigi 50 ming so‘mgina kamomat chiqdi. Shunga ham ota go‘ri qozixonami? Lekin men senga aytsam, katta boshliqlarda insof bor.ana shu xatolarim uchun bitta hayfsan olib, ishdan bo‘shatildim. <
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 197
Bolaligimda ko‘p kitob o‘qiganim uchunmi, judayam ko‘p xayol suraman. Yana qanaqa xayollar deng. Aytsam, kulasiz. Tasavvur qiling: odamda ham dum bo‘lganida qanday bo‘lardi? Yo kalta yoki uzun. Hammaniki bir-biriga o‘xshamasdi, albatta. Ammo biror-bir dumli mavjudotnikiga o‘xshashi mumkin edi. Masalan, kimniki maymunnikiga, birovniki itnikiga, kimniki eshaknikiga… Eng qizig‘i, laganbardorlarning sho‘ri qurirdi. Chunki xushomad qilayotganlarida likillayverib fosh qilib qo‘yardi-da… Ana shundan keyin dumi chopib tashlangan odamlar paydo bo‘larmidi. Yanayam qizig‘i, shimlarning ko‘rinishi boshqacha bo‘lardi. Axir sovuqdan dumni ham asrash kerak-ku. Ayniqsa, xotin-qizlar dumga alohida ziynat berishar, manikyur, pedikyur, sartarosh degan kasblar safiga dumtarosh kasbi qo‘shilardi. Ulfatlar bir-birlari bilan so‘rashganda, «bardammisiz» degan so‘zning o‘rniga, «Dumingiz tikkami?», degan so‘zni ishlatar, oshiq yigitlar «Uning dumi boshqacha gajakdor-da» deb oh urar, urishib qolganlar «Dumingni qayirib qo‘yaman» deb o‘shqirar, o‘yinqaroq bolakaylarga esa «Dumingni uzib olaman» deb po‘psa qilishardi… Qo‘l-oyog‘i singanlar safiga dumi singan, lat yeganlar ham qo‘shilardi. Qanday qilib deysizmi? Masalan, metroda, liftda, avtobusda odam tiqilinchligidan eshikka orqa bilan turib qolgan sho‘rlikning dumini aniq eshik qisib yo uzib oladi, juda bo‘lmasa, qattiq jarohatlaydi-da. Dum-ku, mayli, agar shoxi bo‘lganda-ch
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 70
Bugun dam olish kuni. Ergashali dam olish kunlari palovxonto‘rani damlab, achchiq ko‘kchoy ichib televizor ko‘rishni xush ko‘radi. Xotini Alomatxon esa erining tamoman aksi. Haftaning bergan kuni ko‘chada-yu, yana yakshanbaga asdoydil tayyorgarlik ko‘radi. Dushanbadan boshlab shanbagacha besh kun bozorga hozirlik! Yakshanba kuni tongda esa bozorga yo‘rg‘alaydilar. Ergashali uyg‘onganda xotini allaqachon bozorga ketgan edi. U nari-beri choy ichgan bo‘ldi-yu, harakatga tushib qoldi. Oshni ayni tushlikka tayyorlamoqchi bo‘ldi… Qozonning ustiga dam tovoqni yopib xona ichiga kirdi. Televizor qarshisidagi oromkursiga cho‘kib piyolaga hozir o‘zi hafsala bilan damlagan choydan qo‘ydi: — Oh-oh-oh, qo‘lim dard ko‘rmasin-a! — dedi u choydan ho‘plab. Ergashali hayron bo‘lib ortiga o‘girildi. Eshik tagida tirjayib qo‘shnisi G’ilmiddin turar edi. — Ie, qo‘shni… Ergashalining tepa sochi tikka bo‘ldi. G’ilmiddin taklifni ham kutmay ichkariga kirdi-da, divanga o‘tirib piyolaga choy qo‘ydi. Qani, qo‘shni, bir ichaylik bu dard ko‘rmagur qo‘llari bilan damlagan choylaridan! G’ilmiddin bostirib-bostirib to‘rt piyola choy ichdi. So‘ng nafsi orom topdi shekilli lab-lunjini kaftining orqasi bilan artib gapga tushdi: — Shu desangiz, dam olish kuni, bir otamlasharmiz deb chiqaverdim, chaqirmasangiz ham! — Chatoq qipsiz… G’ilmiddin kuld
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 105
— Qo‘shni birpasga biznikiga chiqing, issiq choyim bor, suhbatlashib ichardik, — deb qoldi.
Turdi tomdan tushgan tarashadek “tap” etib devordan oshib juvonning ro‘parasida hoziru nozir bo‘lganini o‘zi ham sezmay qoldi.
— Yuring, uyga kiraylik, — ko‘zini suzdi juvon, — bu yerda birov ko‘rib qolishi mumkin.
Turdi tarasha hayajondan qalt-qalt titrab nim qorong‘i xonaga kirdi. Juvon choy quyib uzatdi, noz-karashma bilan:
— Endi yechina qoling, — dedi. Turdi tarashaning ixtiyori birdan qo‘lidan ketdi-qoldi, sehrlangandek tezda ko‘ylak va shimini yechdi. So‘ng cho‘yan radiatornikidek turtib-turtib chiqqan qo‘rqinchli qovurg‘asini silab-siypab, kosovdek qo‘llarini cho‘zdi.
— Siz ham yaqinroq keling… — dedi nafasi og‘ziga tiqilib.
— Men hozir, — juvon xonadan chiqib bir ozdan so‘ng yig‘layotgan bolasini yetaklab kirdi. — Mana, o‘g‘lim, agar ovqat yemasang, shu amakingga o‘xshab qoq suyak bo‘lib qolasan, bildingmi! — U Turdi tarashaga minnatdorona qarab: — Bo‘ldi, qo‘shni, kiyinavering, rahmat! — dedi.
Коментариев: 0
Просмотров: 92
Sohib Qodirovich bir kuni meni xonalariga chaqirib qoldi. To‘rdagi kursida bir parcha qog‘ozga tikilgancha o‘tirgan ekan.
— Chaqirtirgan ekansiz, — dedim kirganimni bildirish uchun.
U kishi sekin boshini ko‘tarib, ko‘zoynagining ostidan menga qaradi.
— Nima ishlar qilib yuribsiz?
— Shu zimmamdagi ishlarni bajarib yuribman.
— Men sizdan buni so‘rayotganim yo‘q. Nega, ertalablari kirib salom bermaysiz? Rahmatli To‘xtash akaga salom berardingiz. Hamma boshliqlarga bir ko‘z bilan qarash kerak-da!
Nima deyishimni bilmay boshim qotdi.
— Boring, boshqa takrorlanmasin!
Ertasiga avtobus tiqilinch bo‘lgani uchun bir oz kechikib qoldim. Sohib Qodirovning xonalari oldida o‘rinbosarlari turgan ekanlar. Boshliqning eshigi xiyol ochiq. Boshliq o‘rinbosariga:
— Assalomu alaykum, — dedim. Hali u kishi alik olishga ulgurmay iskaridan:
— Vaalaykum assalom, — degan ovoz keldi.
Коментариев: 0
Просмотров: 80
Yo‘qolgan sigirini izlab yurgan Haydar bobo bir tog‘ yonbag‘riga kelib qoldi. Bu joyni mahalliy xalq Oq changal deb atardi. Sababi bu yerda xosiyatsiz o‘simlik – oq changal (tikan) o‘sardi. Cho‘ponlar va ovchilar bu yerga kelishga qo‘rqishardi. Ularning ta’rificha Oq changalda parilar makon qilib olgandi. Quyosh botib qorong‘u tusha boshlagandi. Haydar bobo atrofga alangladi. Yon-atrof tikansimon o‘simlik – oq changalga to‘la edi. Haydar bobo bu o‘simlik haqida yoshligida otasidan eshitgan edi. Yetmish yoshga kirgan bo‘lsa ham oq changal tikanini biror marta ham ko‘rmagandi. Yo‘qolgan sigirining sharofati bilan ana shu xosiyatsiz o‘simlikni ko‘rib turibdi. Ko‘rinishidan qo‘shqo‘nmasga o‘xshab ketadigan bu tikanni nega oq deyishlarini bobo tushinmadi. Zero bu o‘simlik ham barcha o‘t-o‘lanlar kabi yashil rangda edi. Ammo uni ko‘rib qolgan odamning boshiga musibat tushadi. Ancha payt shaharda yashagani bois Haydar bobo bu yerlarga ko‘p kelmasdi. Nafaqaga chiqib qishloqqa ko‘chib kelganiga yigirma yil bo‘lgan bo‘lsa ham biror marta Oq changalga kelmagandi. O’zi bu makonga oxirgi marta sobiq sho‘ro davrida, Fayzi cho‘pon bolaligida mol boqib yurib kelib qolgan. Bilib-bilmay oq changalni bosib o‘tgan va o‘sha kuni kechasi bilan isitmalab chiqib kasal bo‘lib qolgandi. Faqat Nurotaning dami o‘tkir mullalarigina Fayzi cho‘ponni oyoqqa turg‘izgandi. Keyin Elshod ismli yigit ham afg‘on urushidan qochib shu yerga yashiringanida uning ko‘ziga oq libosli pari ko‘r
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 124
Mark Osborn xonasidagi kresloda oyoqlarini stol ustida chalishtirgancha oʻtirardi. U oʻzicha «agar hozir birortasi xonamga kirib qolsa mening omadli va iqtidorli detektiv ekanligimga shubha qilmaydi va bu fikri notoʻgʻri boʻlmaydi» deb oʻylardi. Osborn endigina oʻttizga kirgan, boʻyi baland, yuz qiyofasi jiddiy va qora sochlari qalin erkak edi. u oʻzining koʻrkam ekanligini bilardi. Uch yillik faoliyatidan soʻng uning xususiy detektiv agentligi shaharda yaxshigina obroʻga ega boʻlgandi. U hali uylanmagan, lekin sevgilisi bor edi. Koʻngilga soya solib turadigan birgina narsa esa uning sevgilisi turmushga chiqqan ayol ekanligi edi. Xona eshigining uch marta taqillashi uni xayolot olamidan voqelikka qaytardi. -Kiring,-dedi u oyoqlarini stol ustidan tushirar ekan. Gardishsiz koʻzoynak taqqan, bashang kiyinib olgan, sochlari siyrak oʻrta yoshlardagi kishi eshikni ochdi va ichkariga kirib keldi. Detektiv oʻrnidan turdi va tashrif buyuruvchi bilan koʻrishdi. -Marhamat, oʻtiring. Men agentlik direktori Markus Osbornman. Xoʻsh, xizmat?-U koʻzgu oldida koʻplab marta takrorlab mashq qilgan bu soʻzlarni yarim hayajon bilan aytdi. -Mening ismim Xarold Jons,-dedi tashrif buyuuruvchi past ovozda.-Sizni juda koʻpchilik tavsiya qildi. Mening bir nozikkina muammoim bor, eshitishimcha, sizning agentligingiz ishni judayam ehtiyotkorlik bilan olib borar ekan. Osborn bu soʻzlarni eshitib kamtarlik bilan bosh irgʻab qoʻydi.
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 206
— Turmush qurganimizga yigirma yil bo`ldi, — dedi tahririyatga qo`ng`iroq qilib o`zini Dinora opa deb tanishtirgan muxlisamiz. — Turmush o`rtog`im ikkimiz institutda o`qib, sevishib, ota-onamizning roziligi bilan oila qurganmiz. Bir qarashda hayotimizda hamma narsa to`kis edi: yaxshi ko`rgan ishimiz, uy-joyimiz, muhabbatimiz, ota-onamiz bilan yaxshi munosabatlarimiz bor… Lekin yillar o`tib borayotgan bo`lsa-da, farzand ko`rish orzumiz amalga oshmasdi. To`yimizdan uch yil o`tib, qaynonam birinchi marta bu haqda og`iz ochdi. Shundoq ham ich-etimni eb, turmush o`rtog`imga ayta olmay yurgandim. Qaynonamning gapi turtki bo`lib, shifokorga uchradik. Ikkalamizda ham shamollash bor ekan, davolandik. Shifokor bir kurs muolaja olsanglar bo`ldi, darrov farzandli bo`lasizlar, dedi. Uning gapini qonun bilib, barcha aytganlarini bajardik. Lekin oradan uch oy o`tsa-da, uning bashorati amalga oshay demasdi. Xavotirlanib yana shifokorga uchradik. Bu gal boshqasiga. Qaytadan tekshiruvdan o`tdik, yana uzoq muddatli muolajalar boshlandi. Natija esa yo`q. Endi erim men bilan poliklinikalarga qatnamay qo`ydi. — Mendagi shamollash tuzaldi, muolajalarni o`zing davom ettira qol, — dedi u. — Shifokorlar qabulida sarg`ayib yurishlar jonimga tegdi. Aslida xonama-xona yurishlar, navbat kutishlar, har bir shifokorga farzandimiz yo`qligini tushuntirishlar, ularning og`ziga hukm kutgandek termulishlar o`zimning ham jonimga tekkandi. Lekin boshqa ilojim yo`q edi. Galdan
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 130
O’sha gadoylarni uchratgan onda menda uyg‘ongan hislarni hech qachon unuta olmasam kerak…. Tun zulmati, biz kafedan yegulik olib, mashinamizda tanovul qilayotgan edik. Shu payt kimdir mashinamiz derazasini ohista chertdi. Ochsam, bir kishi turibdi. Ko‘rinishidan qishloqdan ekanligi ma’lum, ortida esa 10 yoshlardagi bola ham bor. — Yigitlar, iltimos, yordam beringlar! Biroz pul bersangiz yetarli, o‘g‘limga u-bu yegulik olib berishimga yesa bas! Har doimgidek menda ishonchsizlik hisi uyg‘ondi. Hozir borib bir butilka aroq sotib oladida, jonga tegdi bu piyonistalar! Bir suhbatini olaychi: — Nega ishlamaysiz? Oddiy odamlarga o‘xshab oilangizni ta’minlash va bolalaringizni boqish uchun. Nahotki, o‘g‘lingizni yetaklab, gadoychilik qilishga uyalmaysiz? — Kechirasizlar… U darhol mahzun ko‘zlarini olib qochdi va o‘g‘lining qo‘lidan yetaklab, shoshib yurib keta boshladi. Menimcha, u bizdek bemehr insonlardan tezroq uzoqlashishga qaror qilgandi. Shu payt vijdonim uyg‘ondimi, bilmadim. Menga nimadir bo‘ldi, ko‘ksimdagi yurak boshqacha ura boshladi va men mashinamda o‘tira olmadim. Tushib: — Hoy, to‘xtang! Sizga nima bo‘ldi? O’zi tungi soat 3 da bu yerda nima qilib yuribsiz? — Biz uyga keta olmayapmiz. Bu yerga qishloqdan kasalxonada yotib davolanayotgan ayolimni ko‘rgani kelgan edik. Hozir narxlar baland, hamma narsa qimmat!… Bor yo‘q pulimni dori- darmonga ishlatib yubord
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 106
Inson odobi bilan go‘zal, deydilar. “Bola aziz, odobi undan aziz”, degan naql ham bor. Ya’ni odamning tashqi ko‘rinishi qanchalar go‘zal bo‘lmasin, u faqat quruq surat, ichki dunyosi, xulq-atvori, qisqasi, ma’naviyati chiroyli bo‘lsagina, bu surat jonlanib, xush qiyofa, istara kasb etishi, ko‘rgan ko‘zni o‘ziga mahliyo qilmog‘i mumkin. Ayniqsa, keyingi eslaganimiz maqolda urg‘u berilgan bola odobi oilaga, jamiyatga xos ko‘pgina belgilar, muhim jihatlarni o‘zida yaqqol ko‘rsatib, xuddi ko‘zgudagidek aniq-tiniq aks ettiradi. Adibaning xolasi nufuzli tashkilotda ishlaydi, yaqinda nafaqaga chiqadi. Bir kuni oilaviy suhbat jarayonida u jiyanidan so‘rab qoldi: — Aytgancha, mana, sen ham talabadan mutaxassis xodimga aylanding, kattalar qatorida ishlayapsan. Ishxonangda to‘g‘ri kelib qolganida o‘zingdan kattalarga joy berasanmi yoki indamay, bu mening joyim, deb o‘tiraverasanmi? Bu savoldan, ochig‘i, Adiba hayron bo‘ldi. Negaki, bu uning nazarida odobning eng birlamchi sharti-qoidalaridan, buni aytib, tayinlab o‘tirishning ham, o‘z ixtiyorimizga qo‘yib berishning ham hojati yo‘q. Katta yoshli odam tik turganida unga, albatta, joy bo‘shatib berish shart, axir! Xola bu javobni eshitib, mamnun qiyofada bosh irg‘adi. Keyin shikoyatomuz gapida davom etdi: — Bizning qizlar unaqa emas. Yaqinda besh-oltita yangi xodimalar ishga olindi idoramizga. Bir-ikkitasini aytmasa, aksariyati oliy ma’lumotli, yana poytaxtdagi nomi mashhur ilm da
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 129
— Bu hayotning ishlari juda ham qiziq ekan-da, — dedi chuqur «uh» tortgancha bir muxlisamiz. — Umr shunisi bilan qiziq-da, — dedim uni gapga solish uchun. — Kimligimni aytmayman-u, bir jiyanimning boshiga tushgan savdolarni aytsam, siz ham dahshatga tushasiz. 2004 yilning yozida jiyanim Navbahorni qo‘shni qishloqlik O’tkir ismli bama’ni bir yigitga turmushga berdik. Ikkalovi ko‘rinishidan ham, xarakter jihatidan ham uzukka ko‘z qo‘ygandek bir-biriga munosib edi. Ochig‘i, ularni ko‘rgan kishi havas qilardi. Ammo, bir kam dunyo deganlaridek, oradan ikki-uch yil o‘tsa hamki, ular farzandli bo‘lishmadi. Akam bilan yangam qizi ro‘zg‘oridan tinib-tinchib ketishi uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilishdi. Toshkentmi, Samarqand demay hamma do‘xtirlarga ko‘rsatishdi. Lekin natija chiqmadi. Er-xotin farzand bo‘lmasa ham tinch-totuv yashashayotgandi. Ammo qaynona o‘g‘lining taqdiriga indamay turolmadi. Jiyanimizni ketishga undadi. Bir kuni akamlarnikiga borsam, jiyanim yig‘lab o‘tirgan ekan. — Nima bo‘ldi? — dedim. —Qaynonam «o‘g‘lim bilan ajrash», deydi. Erim bo‘lsa «sendan boshqasi kerakmas» deydi. Nima qilishni bilmay boshim qotdi. Xudoyim shuncha odamga bergan farzandni bizga ham bersa nima qilarkan. Yoki Allohning oldida shunchalik ham gunohimiz ko‘pmi? — deya zorlandi. Jiyanimni nima deb ovutishni bilmasdim. Akam bilan yangam ham bu gaplardan hayron bo‘lgancha qanday chora ko‘rishni bilmay turishgan ekan. Jahl ustida jiyanimning qaynonasi
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 108
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|