Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Iyun » 03
Ichki ishlar organlari tomonidan 29-may kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi xonadonlarning birida fohishaxona saqlash jinoyati fosh etildi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, xonadon egasi 100 ming so‘m evaziga ikki fuqaroning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (“fohishaxona saqlash”) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
“Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIBB axborotida.
Коментариев: 0
Просмотров: 93
Ichki ishlar organlari tomonidan 29-may kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi xonadonlarning birida fohishaxona saqlash jinoyati fosh etildi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, xonadon egasi 100 ming so‘m evaziga ikki fuqaroning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (“fohishaxona saqlash”) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
“Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIBB axborotida.
Коментариев: 0
Просмотров: 77
“Niqob” va “Trumen tomoshasi” filmlari bilan mashhurlikka erishgan Jim Kerri qiz o‘rtog‘ining o‘limida ayblanib, sud oldida javob beradi, deb xabar qildi TJournal. Asli irlandiyalik bo‘lgan 30 yoshli Ketriona Uayt Los-Anjelesda yashab vizajist bo‘lib ishlar edi. 2015-yilning sentabrida uning jasadi o‘z uyidan topilgandi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ayol faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha berilishi kerak bo‘lgan turli dori vositalaridan ko‘p miqdorda ichib yuborgani oqibatida halok bo‘lgan. Uaytning o‘limi rasmiy ravishda o‘z joniga qasd deya topilgandi. Uaytning onasi Brijid Suitman hamda undan alohida yashaydigan eri Mark Byorton aktyor Jim Kerrini qizi o‘z joniga qasd qilishi uchun dori vositalarini olib berganlikda ayblamoqda. Los-Anjeles Oliy sudi Kerrining advokati Reymond Baucherni iltimosiga qaramasdan ishni yopmasligini ma’lum qildi. Sudya Deyrdre Xill sud jarayonining boshlanishini 2018-yil 26-aprel kuniga belgiladi. Sud ishi taxminan 20 kun davom etadi. Advokat fikricha, sud jarayoni aktyor uchun juda og‘riqli bo‘ladi, chunki u Uaytni juda ham yaxshi ko‘rgan. O‘tgan yili Byorton tomonidan aktyor nomiga berilgan orginal da’voda “Kerri noqonuniy ravishda ko‘rsatilgan dori vositalarini sotib olgan, bu Kaliforniya shtati qonunlariga zid” deya ta’kidlangan. Bundan tashqari aktyor “Uaytning bevaqt fojeali o‘limiga javobgarlikda va bunga o‘zining aloqasi borligini yashirish”ga harakat qilgani uchun ham ayblanmoqda. Ker
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 72
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib ko‘rdi, deb xabar berdi O‘zA.
Qabulxonada xalq bilan muloqot qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun barcha sharoit yaratilgan. Mazkur qabulxona Andijon shahri Milliy tiklanish ko‘chasi, 24-uyda joylashgan.
Ma’lumot o‘rnida: Shavkat Mirziyoyev Andijonda mahalla profilaktika inspektori xonadonida bo‘ldi
Коментариев: 0
Просмотров: 84
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilish uchastkasida bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zA.
Prezidentning 2016-yil 22-noyabrdagi qaroriga muvofiq Andijon shahrida ko‘p qavatli 37 zamonaviy uy-joy bunyod etilishi belgilangan. Jumladan, joriy yilda “Sulton Jo‘ra” nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida 294 xonadonga mo‘ljallangan yettita ko‘p qavatli turar joy qurilishi rejalashtirilgan. Buning uchun 2,46 gektar yer ajratilgan. Hozirgi kunda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.
Bu turar joylar birinchi galda uyga muhtoj odamlarga beriladi. Yosh oilalarning oyoqqa turib olishi, mustaqil, emin-erkin yashashi uchun sharoit yaratadi.
Prezident bunday uylarni ko‘proq qurish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, bu yerni yangi massivga aylantirish, Mustaqillikning 26 yilligiga xalqqa tuhfa qilish, odamlarga barcha qulayliklar yaratish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.
Коментариев: 0
Просмотров: 88
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyatida sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.
Yangiyer shahridagi sayyor qabulga kelgan Xovos tumani “Chamanzor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Nargiza Sodiqova avtohalokat tufayli ikki oyog‘idan ajralgani, turmush o‘rtog‘i 2 farzandi bilan tashlab ketgani, uyda kasanachilik bilan shug‘ullanishi uchun mehnat sharoiti yaratib berilishini so‘rab murojaat qilgan.
Sayyor qabulda murojaatim ijobiy hal etilib, tikuv mashinasi, material, hatto tikish uchun ip ham berildi. Paxta terishga mo‘ljallangan maxsus fartuklar tikaman. Mahsulotni cheklanmagan miqdorda korxonaning o‘zi sotib oladigan, bank tomonidan plastik kartochkamga yangi namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uyning dastlabki to‘lovi uchun 10 million so‘m bo‘nak mablag‘i ham o‘tkazib beriladigan bo‘ldi. Ishli ham bo‘ldim. Bugun men baxtliman, bir pasda hammasiga erishdim. Xalqning dardini tinglab, muammosini joyida hal etadigan bunday samarali tizimni yo‘lga qo‘ygan Prezidentimizdan, hukumatimizdan, barcha saxovatli insonlardan behad minnatdorman.
Коментариев: 0
Просмотров: 93
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-iyun kuni Andijon shahridagi “Yoyilma” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi, deb xabar berdi O‘zA.
Prezident mahalla hayoti bilan tanishib, odamlar bilan muloqot qildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini guzari qurilishi loyihasi, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Farzandlarimizni bolaligidan go‘zal xulqli, madaniyatli qilib tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun munosib sharoit yaratishimiz kerak. Ular chiroyli, obod joylarda yashasa, ko‘p kitob o‘qisa, ma’naviy olami boy bo‘ladi, vatanparvar bo‘lib voyaga yetadi.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
“Yoyilma” mahallasidagi 60 dan ortiq ko‘p qavatli uyda 5 ming 800 dan ziyod turli millat vakillari istiqomat qiladi. Hududda 8 bolalar maydonchasi, mini-futbol, basketbol, futbol maydonlari bor. Mahalla atrofida 1 kollej, 1 umumta’lim maktabi, 2 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, Prezident mahalla profilaktika inspektori Farruh G‘aniyev xonadonida bo‘ldi.
Profilaktika inspektorlarini mahallalar markazida xizmat uylari bilan ta’minlayotganimiz bejiz emas. Profilaktika inspektori mahallada yashab, faollar bilan bamaslahat ish olib borsa, hududda ma’naviy muhit yaxshilanadi, jinoyat sodir etilmaydi. Bu aholining davlatga, kelajakka ishonchini oshiradi.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Коментариев: 0
Просмотров: 82
Bugun — 3-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibini aniqlab berish uchun Madridning “Real” hamda Turinning “Yuventus” klublari maydonga chiqib keladi. Uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Zinedin Zidan hamda Massimiliano Allegri ishtirok etdi. Zinedin Zidan Biz bu mavsum katta hajmda ish bajardik: La Ligada g‘olib chiqdik, Chempionlar ligasida finalgacha keldik. Biz bosim nima ekanini yaxshi bilamiz. Chunki har doim favorit hisoblanganmiz. Vaholanki finalda favorit bo‘lmaydi. Bitta o‘yindan iborat finalda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz ko‘plab bellashuvlarni boy berdik. Demak, mag‘lubiyat nima ekanini yaxshi bilamiz. Bu “Yuventus”ga ham tegishli. Bugun bizga qarshi ajoyib jamoa to‘p tepsa-da, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga urinamiz. Milanda o‘tgan finaldan keyin biz endi Kardiffdagi “jang” uchun tayyormiz. Futbol uchun maydonga chiqdingmi, boringni berishing shart! Men Turinda, “Yuventus”da o‘ynaganman va katenachcho nimaligidan yaxshi xabardorman.
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 133
Bugun — 3-iyun kuni Yevropa Chempionlar ligasining final o‘yinida Madridning “Real” va Turinning “Yuventus” klublari saf tortadi. Bellashuvga Uelsning Kardiff shahri mezbonlik qiladi.
Mavsum davomida Chempionlar ligasi uchrashuvlarini translyatsiya qilib kelgan UzReport telekanali final bellashuvini ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qiladi. Ayni vaqtda telekanal delegatsiyasi Kardiff shahrida bo‘lib turibdi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi. Translyatsiya esa 23:00 dan, ya’ni, 45 daqiqa oldin boshlanadi. Bunda futbolchilarning stadionga kelishidan tortib, stadion va uning atrofidagi muhitga qadar aks etadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 77
Yana 10 kundan so‘ng Eron va O‘zbekiston milliy terma jamoalari JCh—2018 saralashining javob o‘yinida maydonga tushadi. Tomonlarning Toshkentda o‘tgan birinchi uchrashuvida forslar 1:0 hisobida zafar quchgandi.
Tehrondagi javob o‘yinidagi g‘alaba Karlush Keyrush murabbiylagidagi Eron termasi uchun Rossiya mundiali eshiklarini ochadi. “Championat.asia” nashri 12-iyun kungi bellashuv oldidan besh yil avvalgi uchrashuvni eslashga qaror qildi. O‘shanda Mirjalol Qosimov murabbiylagidagi O‘zbekiston termasi Eronni safarda 1:0 hisobida mag‘lub etgan. Bu hozircha o‘zaro o‘yinlardagi yagona g‘alaba bo‘lib turibdi.
2012-yilning 14-noyabr kuni O‘zbekiston termasi “Ozodi” stadionidan g‘alaba bilan qaytgan. Ulug‘bek Baqoyev gol urgan uchrashuvda O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qilgandi?
Ignatiy Nesterov — Akmal Shorahmedov, Artyom Filiposyan, Islom To‘xtaxo‘jayev, Vitaliy Denisov, Aziz Haydarov, Fozil Musayev, Sanjar Tursunov, Server Jeparov, Shohruh Gadoyev, Ulug‘bek Baqoyev. Zaxiradan tushganlar: Oleg Zoteyev, Aleksandr Geynrix, Islom Inomov.
Ajratib ko‘rsatilgan olti futbolchi 12-iyun kuni katta ehtimol bilan Tehronda bo‘ladi. Vitaliy Denisov va Islom To‘xtaxo‘jayev jarohati sabab yig‘inga jalb etilmadi. Sanjar Tursunov tarkibga chaqirilmagan.
Коментариев: 0
Просмотров: 79
O‘z tadqiqotlari bilan mashhur KPMG auditorlik kompaniyasi dunyoning eng qimmat futbol klublari reytingini tuzib chiqdi va uni ommaga oshkor qildi.
Kompaniya talqiniga ko‘ra, Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi APLda beshlikka ham kira olmagan bo‘lsa-da, dunyoning eng qimmat futbol klubi maqomiga erishgan. Bu borada “mankunian”lar Ispaniyaning ikki grandi — “Real” va “Barselona”ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
“Manchester Yunayted” klubining tannarxi 3,186 milliard yevroni tashkil etadi. Qiziq tomoni, TOP—10 reytingdan Angliyaning biryo‘la olti klubi joy olgan. Bunda Ispaniyaning ikki, Germaniya va Italiyaning bittadan jamoasi bor.
Eng qimmat futbol klublar
“Manchester Yunayted” (Angliya) — 3,186 mlrd yevro “Real” (Ispaniya) — 3,057 mlrd “Barselona” (Ispaniya) — 2,8 mlrd “Bavariya” (Germaniya) — 2,5 mlrd “Manchester Siti” (Angliya) — 2,04 mlrd “Arsenal” (Angliya) — 2,02 mlrd “Chelsi” (Angliya) — 1,7 mlrd “Liverpul” (Angliya) — 1,4 mlrd “Yuventus” (Italiya) — 1,3 mlrd “Tottenhem” (Angliya) — 1,04 mlrd
Коментариев: 0
Просмотров: 66
6-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston hamda Tailand terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv uchun chiptalar sotuvga chiqdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmat berdi.
Eronga qarshi rasmiy o‘yin oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beruvchi uchrashuvga “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi. Chiptalar stadion kassalarida sektoriga qarab 20 va 60 ming so‘mdan sotilmoqda.
Uchrashuv 20:00 da start oladi va “Sport” telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.
O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2018 uchun kurashni davom ettirayotgan bo‘lsa, Tailand termasi shu saralashning hal qiluvchi bosqichidagi yetti o‘yindagi bitta durangni inobatga olmasa, qolgan barchasida imkoniyatni boy bergan va Rossiyadan umidini uzib bo‘lgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 79
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi finali oldidan Messi haqida ijobiy fikrlar bildirdi. Bu haqda “Sports.ru” Krishtianuning FOX Sports Argentina’ga bergan intervyusiga tayanib ma’lumot taqdim etdi.
Ha, Messi menga yoqadi. Men yaxshi futbolchilar ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilaman, Messi esa ulardan biri. U yulduz va namoyish qiladigan futboli zavqli.
Qanday qilib menga yomonlik qilmagan odamni yomon ko‘rishim mumkin?! Messidan men haqimda so‘raganlarida ham faqat yaxshi gaplarni aytgan. Chunki o‘rtamizda iliq munosabat bor, bir-birimizni hurmat qilamiz. Bizni hayotda ham raqiblardek ko‘rsatish OAVning ishi. Ahir ular ham biznes qilishi kerak.
To‘g‘ri, biz Messi bilan do‘st emasmiz, u bilan tushlik qilmaymiz. Biroq bir-birimizni hurmat qilamiz. U menga dushman emas, balki hamkasb. Messi bilan so‘nggi o‘n yil davomida bir qator taqdirlash marosimlarida birga ishtirok etganimiz ham aloqalarimizni yaxshilaydi.
Коментариев: 0
Просмотров: 86
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni ijtimoiy tarmoqlarda butun “Yuventus” tarkibidagi futbolchilardan 2,3 barobar ko‘proq odam kuzatib boradi. Bunda gap Twitter, Instagram hamda Facebook tarmoqlarining umumiy ko‘rsatkichi haqida boradi.
Portugaliyalik hujumchining uchta tarmoqdagi umumiy kuzatuvchilari 270 million kishini tashkil qiladi, deb ma’lumot bergan CupoNation kompaniyasi. “Yuventus” asosiy tarkibiga kiruvchi 26 nafar futbolchining umumiy o‘quvchilari soni esa 117 millionga teng.
Turinliklar sharafini himoya qilayotgan Dani Alvesh qolgan jamoadoshlaridan ilgarilab ketgan — 30 million o‘quvchi. Braziliyalik futbolchi bu borada Krishtianudan 9 marta ortda qolib ketgan.
“Real”ning barcha futbolchilarini umumiy 743 million kishi kuzatib boradi. Bu “Yuventus” ko‘rsatkichlaridan 6 marta yaxshiroq deganidir.
3-iyun kuni “Real” va “Yuventus” klublari Chempionlar ligasining finalida o‘zaro to‘qnash keladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 64
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|