Главная » 2017»Iyun»3 » APL beshtaligiga kira olmagan “Yunayted” dunyoning eng qimmat klubi maqomini saqlab qoldi
14:56
APL beshtaligiga kira olmagan “Yunayted” dunyoning eng qimmat klubi maqomini saqlab qoldi
O‘z tadqiqotlari bilan mashhur KPMG auditorlik kompaniyasi dunyoning eng qimmat futbol klublari reytingini tuzib chiqdi va uni ommaga oshkor qildi.
Kompaniya talqiniga ko‘ra, Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi APLda beshlikka ham kira olmagan bo‘lsa-da, dunyoning eng qimmat futbol klubi maqomiga erishgan. Bu borada “mankunian”lar Ispaniyaning ikki grandi — “Real” va “Barselona”ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
“Manchester Yunayted” klubining tannarxi 3,186 milliard yevroni tashkil etadi. Qiziq tomoni, TOP—10 reytingdan Angliyaning biryo‘la olti klubi joy olgan. Bunda Ispaniyaning ikki, Germaniya va Italiyaning bittadan jamoasi bor.
Eng qimmat futbol klublar
“Manchester Yunayted” (Angliya) — 3,186 mlrd yevro “Real” (Ispaniya) — 3,057 mlrd “Barselona” (Ispaniya) — 2,8 mlrd “Bavariya” (Germaniya) — 2,5 mlrd “Manchester Siti” (Angliya) — 2,04 mlrd “Arsenal” (Angliya) — 2,02 mlrd “Chelsi” (Angliya) — 1,7 mlrd “Liverpul” (Angliya) — 1,4 mlrd “Yuventus” (Italiya) — 1,3 mlrd “Tottenhem” (Angliya) — 1,04 mlrd