Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Iyun » 06
Xonanda Sharof Muqimov turmush o‘rtog‘i Sevinch Mo‘minova bilan qonuniy ajrashgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda u jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma’lum qildi. Avvalroq xonanda Sevinch Mo‘minova Sharof Muqimov bilan qonuniy tarzda ajrashganini ma’lum qilgan edi. Sevinch Mo‘minova bu haqda 5-iyun kuni “Shok.uz” saytiga intervyu bergan bo‘lib, 6-iyun kuni ajrim bo‘yicha sud bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi. Sharof Muqimovning so‘zlariga ko‘ra, u haqiqatan ham Sevinch bilan ajrashish uchun sudga ariza bergan, biroq hali “ajrashgani yo‘q, hali ularni sudga ham chaqirishmagan”. Yosh bola vaqtimiz kattalar bizga ertak aytardi — men va Sevinchning ajrashganimiz haqidagi gaplar esa kattalarning ertagidan bo‘libdi. Jahlim chiqqanida, nimadandir siqilganimda yo boshqa bir sabab bilan har xil gap-so‘zlarni aytib yuborsam bo‘lardi. Ammo o‘tgan baxtli kunlarimiz, Sevinch farzandimning onasi ekanligini o‘ylab, har qanday vaziyatda ham o‘zimni tutib turaman. Boshqalar bizning oilamiz haqida bo‘lar-bo‘lmas gaplar aytishiga imkoniyat yaratib qo‘yishdan qo‘rqaman. Bizni muhokama qilayotganlarga esa ular avvalo o‘z oilasi bilan mashg‘ul bo‘lib, oilaviy tashvishlari bilan kuyib-yonishsin, degan bo‘lardim. Ajrashish haqida sudga ariza berganmiz, ammo ajrashganimiz yo‘q — hali bizni sudga ham chaqirishmadi. Sharof Muqimov, xonanda Sevinch Mo‘minova 2016-yilning dekabr
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 100
Sevinch Mo‘minova turmush o‘rtog‘i Sharof Muqimov bilan qonuniy tarzda ajrashaganini ma’lum qildi, bu haqda u “Shok.uz” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 5-iyun kuni olingan intervyuda xonanda ertasi kuni, ya’ni 6-iyunda ajrim bo‘yicha sud bo‘lib o‘tishini qayt etgan. Boshlovchining: “O‘zi birgalikda qancha vaqt yashagansizlar?” — degan savoliga javoban, Sevinch to‘ydan so‘ng besh oy davomida qaynona-qaynotasi bilan bitta uyda yashashganini, so‘ng aytishni joiz deb topmagan “ma’lum bir sabablarga ko‘ra” turmush o‘rtog‘i bilan alohida uyga ko‘chib o‘tganini gapirib berdi. “Shu vaqtdan e’tiboran oilamiz buzilishni boshladi, chunki Sharof bir kun men bilan yashasa, bir kun ota-onasi bilan yashardi”, — deya xonanda “dinda ham er-xotinning alohida yashashi qoralanishi”ni ta’kidladi. “Bora-bora bir kun ikki kunga, uch kunga, bir oyga… aylandi, shu tariqa, biz haqiqiy oila bo‘lmay qoldik, er-xotinligimiz faqat qog‘ozda qoldi”, — deya Sevinch Sharof bilan turmushi buzilishiga uning ota-onasi sababchi bo‘lganiga ishora qildi. “Nima deb o‘ylaysiz, bunda sizning ham aybingiz bormi?” — deya berilgan savolga qo‘shiqchi: “Men kelinlik vazifasini ortig‘i bilan bajarganman”, — dedi va buni Sharof ham “agar vijdoni u uchun birinchi o‘rinda bo‘lsa”, tasdiqlay olishi mumkinligini ta’kidladi. Xonanda “Bu artist, san’atkor, undan kelin ham chiqmas ekan, xotin ham chiqmas ekan”, — degan gapni eshitishdan qo‘rqqani uchun “jonini jabborga b
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 106
7-iyun kuni “Kazmediamarkaz” kinokonsert zalida Xitoy kinosi festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.
“Chaplin” nomli kinoteatrda 7—18-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan festivalda 6 ta film ko‘rsatiladi. Uning ochilishida esa “Yoga Kung-fu” filmi namoyish etiladi.
Mazkur tadbirning asosiy mehmoni aktyor, kaskadyor, rejissor, prodyuser va jangovar san’at ustasi Jeki Chan bo‘ladi. U filmni taqdim etishi va muxlislari oldida chiqish qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston poytaxtida 8—9-iyun kunlari ShHT davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi va Expo-2017 xalqaro ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 86
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Yaponiyaning Aichi va Oita prefekturalarida mehnat faoliyatini olib borishni istagan O‘zbekiston fuqarolar to‘planayotganini ma’lum qildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
E’londa aytilishicha, 20–28 yoshli ayollar gul va sabzavot ekishga jalb qilinadi. Maosh — Aichi prefekturasida soatiga 845 iyena (7,64 dollar), Oita prefekturasida — soatiga 715 iyena (6,46 dollar). Ish tartibi: Aichi prefekturasida — kuniga 8 soat, haftasiga ikki kun dam, Oita prefekturasida — kuniga 7,5 soat, haftasiga bir kun dam.
Barcha qiziquvchilar 214-51-87 va 214-47-29 raqamlariga murojaat qilishi mumkin.
Коментариев: 0
Просмотров: 56
6-iyunning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Rustam Azimov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Xabar berishlaricha, Azimov “O‘zbekinvest” rahbari etib tayinlangan.
2. Jasurbek Ibrohimovning o‘limidan so‘ng Borovskiy kolleji rahbariyati ishdan olindi. Lutfi Yusupova 2008-yildan beri kollejga rahbarlik qilib kelayotgan edi.
3. Urush qatnashchilari avtomobillarni eski narxda va navbatsiz olishi mumkin. O‘z navbatida, Prezident GM Uzbekistan avtomobillari uchun aksiz solig‘i stavkasini 29 foizdan 27 foizgacha pasaytirdi.
4. “O‘zbekiston JCh uchun tayyormi?! Eron hozir bizdan kuchli”. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov bilan suhbat.
5. Sevinch Mo‘minova Sharof Muqimov bilan qonunan ajrashganini ma’lum qildi. Sharof Muqimov esa turmush o‘rtog‘ining bu bayonotini rad etdi.
Коментариев: 0
Просмотров: 84
Joriy yil 4-iyun kuni Toshkent shahri hududida 2 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Ular tufayli 2 kishi tan jarohati oldi, deya xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Shu kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 3008 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, ulardan 775 tasini qo‘pol turdagi, 5 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etdi.
Toshkent shahar IIBB YHXBning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan jami 1124 ta huquqbuzarlik qayd etildi.
Bulardan 610 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 514 tasini esa belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 75
Yaponiya O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berish tartibini soddalashtirdi. Bu ma’lumotni mamlakatning O‘zbekistondagi elchixonasi ham tasdiqladi, deya xabar berdi UzNews.
Yangi qoidalar 5-iyundan kuchga kirdi.
Ularga ko‘ra, endi O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida sayohat qilgan taqdirda, shu paytgacha Yaponiya sayyohlik kompaniyalari tomonidan talab qilingan barcha hujjatlarni (tashrif dasturi, kafolat xati va hokazo) taqdim etishi shart emas.
Faqat talabgor tayyorlaydigan hujjatlar topshiriladi. Yaponiyaga bir marotabadan ko‘proq borgan taqdirda maksimal muddati 5 yil bo‘lgan ko‘p karrali viza olish mumkin.
Ish yuzasidan, konferensiya, madaniy almashuvlarda ishtirok etishga borganda yoki qarindosh va tanishlarini ko‘rish uchun safar qilganda, talabgor mustaqil ravishda xarajatlarni ko‘targan taqdirda, yapon tomonidan taklif sababini izohlovchi va tashrif dasturi bayon etilgan maktub taqdim etilishi kifoya.
Ikki holatda ham Yaponiyaga bir marotabadan ko‘proq borgan taqdirda maksimal muddati 5 yil bo‘lgan ko‘p karrali viza olish mumkin.
Коментариев: 0
Просмотров: 108
Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji direktori va uning ikki o‘rinbosari o‘z lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda, Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘iga asoslanib, UzNews xabar bermoqda.
O‘z vazifasidan ozod qilingan Lutfi Yusupova Borovskiy kollejiga 2008-yildan beri direktorlik qilib kelayotgan edi. Undan tashqari, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha muovini Hilola Bo‘rixo‘jayeva va ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Vezira Hasanova bo‘shatilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1-iyun kuni Borovskiy nomidagi kollej 2-kurs o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimov og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etdi. Xabarlarga ko‘ra, u 3-may kuni bo‘lgan mushtlashuvda og‘ir jarohat olgan.
Hodisa yuzasidan kollejning 2-kurs o‘quvchisi Islombek To‘laganov qamoqqa olingan, tergov ishlari O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev tomonidan shaxsan nazoratga olingan.
Коментариев: 0
Просмотров: 165
Samvel Babayan murabbiylik qilayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailand ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuviga Toshkent shahri mezbonlik qildi. Unda Qatar Yulduzlar ligasida to‘p surayotgan legioner futbolchilar — Temurxo‘ja Abduxoliqov hamda Sardor Rashidov 1 tadan gol urib, mezbonlar g‘alabasini ta’minlab berdi. Bosh murabbiy har ikki futbolchini zaxiradan maydonga tushirdi. Qatar chempionatida to‘p suradigan yana ikki futbolchi — Sanjar Shoahmedov va Sanjar Tursunov terma yig‘iniga chaqirilmagan. Mazkur bellashuv har ikki mamlakat terma jamoalari uchun JCh—2018 saralashining 8-turi oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. O‘zbekiston 12-iyun kuni Tehronda Eronga qarshi kurash olib borsa, tailandliklar 13-iyun kuni Amirlik termasini qabul qiladi. O‘zbekistonga qarshi bellashuvga tayyorgarlikni Avstriyada olib borgan Karlush Keyrush boshqaruvidagi Eron termasi 4-iyun kuni Podgoritsa shahrida Chernogoriya bilan o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, Sardor Azmunning dubli evaziga 2:1 hisobida zafar quchgandi. Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini “Bunyodkor” stadioni 6-iyun, seshanba O‘zbekiston — Tailand 2:0 Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov, 67 (1:0). Sardor Rashidov, 90+2 (2:0). O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov — Stanislav Andreyev, Yegor Krimets, Otabek Shukurov, Akmal Shorahmedov, Aziz Haydarov (Murod Xolmuhammedov, 81), Vadim Afonin,
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 58
Bugun — 6-iyun kuni O‘zbekiston va Tailand milliy terma jamoalari Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘zaro saf tortadi. Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini har ikki tomon uchun JCh—2018 saralashining 8-turi oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
“Championat.asia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Tailand termalari bunga qadar yetti bor to‘qnash kelgan. Statistikadagi ustunlik taylar foydasiga: ular 5 ta uchrashuvda zafar quchgan va 2 tasida imkoniyatni boy bergan.
Toshkent shahriga Tailand faqatgina bir marta — 2003-yil Osiyo kubogining saralashi doirasida tashrif buyurgan va 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. O‘zaro uchrashuvlarning so‘nggisi 2007-yil Tailand Qirol kubogi doirasida o‘tib, taylar 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozongan.
O‘zaro o‘yinlar
1994-yil, 7-oktabr. O‘zbekiston — Tailand 5:4 1999-yil, 24-iyul. Tailand — O‘zbekiston 1:0 2000-yil, 18-may. Tailand — O‘zbekiston 2:0 2000-yil, 3-sentabr. Tailand — O‘zbekiston 4:2 2003-yil, 8-noyabr. O‘zbekiston — Tailand 3:0 2003-yil, 21-noyabr. Tailand — O‘zbekiston 4:1 2007-yil, 22-dekabr. Tailand — O‘zbekiston 3:2 2017-yil, 6-iyun. O‘zbekiston — Tailand ?
O‘zbekiston terma jamoasi 12-iyun kuni Tehronda Eronga qarshi maydonga tushadi. “Ozodi” stadionidagi o‘yingacha forslar Podgoritsada Chernogoriya bilan o‘ynab, 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi.
Коментариев: 0
Просмотров: 53
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu nima sababdan sochlaridan voz kechganiga oydinlik kiritdi.
“Yuventus”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasining finali oldidan portugaliyalik hujumchi agar jamoasi g‘alaba qozonsa va unda o‘zi gol ursa, sochidan voz kechishga tayyor ekani haqida aytgan. Hal qiluvchi o‘yinda “Qirollik klubi” yirik hisobda zafar quchdi, Krishtianu esa dubl qayd etdi.
Sochimdan voz kechish mening va’dam edi. Buning uchun finalda zafar quchishimiz va unda gol urishim kerak edi. Amalda ham shunday bo‘lib chiqdi va men va’damni bajardim.
Krishtianu Ronaldu, “Real” hujumchisi
Коментариев: 0
Просмотров: 57
Chempionlar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan Madridning “Real” klubi ishtiroki uchun 52,2 million yevro ishlab oldi. UEFA pulni qanday taqsimlaydi? Guruh bosqichiga chiqish uchun — 12,7 million yevro Guruh bosqichidagi har bir g‘alaba uchun — 1,5 mln Guruh bosqichidagi har bir durang uchun — 0,5 mln 1/8 finalga chiqqani uchun — 6 mln 1/4 finalga chiqqani uchun — 6,5 mln Yarim finalga chiqqani uchun — 7,5 mln Vitse-chempion — 11 mln Chempion — 15,5 mln. Chempionlar ligasida eng yomon ishtirok etgan “Bryugge” klubi 12,7 million ishlab olgan. Osiyo Chempionlar ligasida zafar quchgan “Al-Ayn” o‘tgan mavsum 3 million dollar bilan taqdirlangandi. U guruhdagi har bir g‘alabasi uchun 50 ming, durangi uchun 10 dollar ishlab olgan. Osiyoda 1/16 finalga — 80 ming, chorak finalga — 120 ming, yarim final ishtirokchilariga — 200 mingdan beriladi. Chempionlar ligasida kim qancha ishladi “Real” — 54,2 mln “Yuventus” — 50,7 mln “Atletiko” — 40,2 mln “Monako” — 40,2 mln “Barselona” — 32,7 mln “Borussiya D” — 32,2 mln “Lester” — 31.7 mln “Bavariya” — 31,2 mln “Portu” — 26,2 mln “Arsenal” — 25,7 mln “Manchester Siti” — 25,2 mln “PSJ” — 24,7 mln “Napoli” — 24,2 mln “Sevilya” — 24,2 mln “Bayer” — 23,7 mln “Benfika” — 22,7 mln “Kopengagen” — 1
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 84
Бу саволга жавоб аниқ дейсизми? Тўппа-тўғри. Албатта футбол яхши-да! Ҳа, маладес ўғил бола! Ўзлариям менга ўхшаб ашаддий футбол ишқибозимилар, деб қўйдим. Шунақа! Йигитнинг гули футбол деса, ўзини томдан ташлайдиган бўлади! Қани, қани икки қўлингизни белингизга қўйиб ўзингиздан "Ф” ҳарфини ясанг-чи! Ҳа, баракалла! Кўрдингизми?! Шу заҳотиёқ чеҳрангизга табассум ёйилди. Биринчидан,бу футболнинг сизга бир олам қувонч бахшида этишидан нишона. Иккинчидан, у билан ошно бўлган одам "бир қоп семиради” демоқчи бўляпти, сезяпсизми? Хотин бор жойда харажату тижорат, "фалончи фалон нарса кийибди”, "пистончини эри зўр нарса олиб берибди” деган гапдан бошингиз чиқмайди. Фақат гап бўлса майлийди, энг камида битта янги кўйлакка тушмасангиз ҳисобмас... Чўнтакка зиён. Шунақа пайтда футболнинг афзалликларига яна бир бора амин бўласиз.Футболгинам камтар, кийим танламайди. Фалончидан фарқли бўлай деб бирорта ўйинчига гулли кўйлак кийдириб қўйиш хаёлигаям келмайди. Туғилганига нақ юз йил тўлган бўлса-да, ҳали бирорта ўйинчини ясатиб обрў орттирганини кўрмаганман. Не-не жаҳонга машҳур зўр футболчиларниям бир хил кийинтириб, камтарликдан кам бўлгани йўқ... Хотинга ўхшаб тўйга битта кўйлакни иккинчи марта кийиб боришдан бош тортиш хаёлигаям келмайди.Тўй "жонивор”да ўзи бор йўғи 200-300 та одам бўлса... Футболгинам, миллионлаб одамнинг олдига ўша юз йиллик кўк, қизил, сариқ майкада чиқишниям ор билмайди. Футбол кўрсангиз, кўнгилдаги гина-кудрат, ишхонадаги майда кўнгилсизликлар, рўзғордаги кам-кўстлар
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 152
Эшик тақиллади: – Кечирасиз, сизга янги чиққан оқ ва қора кўйлакларимизни таклиф қилмоқчиман. Сотиб олинг, зарар қилмайсиз. – Йўқ, раҳмат, шарт эмас. – Мана бу оқ кўйлакни қаранг, кийиб маза қиласиз. – Керак эмас дедим сизга! – Аммо бир ўйлаб кўринг. – Агар яна бир марта шу ҳақда гапирсангиз, зинадан улоқтириб юбораман. – Бу кўйлакни киймабсиз, бу дунёга келмабсиз... Уй эгаси кўйлакфурушни зинадан улоқтириб юборди. У бетон устига учиб тушиб, анча вақт ҳаракатсиз ётди. Кейин бир амаллаб ўрнидан турди ва юзларини артиб, яна зинадан кўтарилиб эшикни тақиллатди. – Оқ кўйлак бўйича фикрингиз тушунарли, энди қора кўйлак тўғрисида гаплашсак... *** – Кеча театрда рақсга тушдим. – Сен раққосмисан? – Йўқ, ҳожатхонада навбат узун экан. *** Шифокор ҳузурида: – Кунига неча соат ухлаяпсиз? – Уч-тўрт соат... – Бу жуда оз-ку, касаллигингиз шундандир. – Мен учун етарли, мен тунда ҳам камида тўққиз соат ухлайман. *** Эр-хотин ва ўғиллари олтин балиқ тутиб олишди: – Сизлар уч киши экансизлар, ҳар бирларингнинг биттадан тилакларингни бажараман. – Велосипедим бўлишини хоҳлайман, – қичқирди ўғил. – Ҳа, велосипедингга ўт тушсин, – ёзғирди онаси. – Икковингнинг ҳам овозинг ўчсин, – бақирди ота. Ваъда-ваъда... Олтин балиқ ҳаммасининг тилагини тўлиқ бажарди. *** Бир киши гўрков ёнига борди: <
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 107
2 ta student Amerikaga yo'llanma olib, Amerikaga ketibdi.Ularning turar joyi 176 etaj balanda ekan.Bir kuni lift buzulib qolibdi.Birinchi student nima qilamiz? -deb surabdi.Ikkinchi student zinadan chiqib boramiz,yo'l yo'lakay har bir etajga chiqqanda men senga bitta anekdot aytib ketaveraman.peshin 12:30 da chiqib boshlab, kechki soat 20:30da chiqib boribdi.Shunda 2 chi student aytibdi: - Ha zerikmay keldiga,men senga 176 ta anekdot aytibman a?, desa, 1- student aytarmish: - hozir men senga bitta anekdot aytaman, san yig'lab yuborasan... - Aytchi.?! - Kalit pastda qolib ketibdi..
Коментариев: 0
Просмотров: 126
Bir ayol tunda qabristonning yonidan ötib ketayotgan ekan.Unga qandaydir ''taq, taq, taq...'' yani ''taqqillagan'' ovoz eshtilibdi.Ayol qörqanidan yuragi yorilay debdi.Mundo qarasa 2-3 metr uzoqlikda bir odam taqillayotgan ekan.Ayol bir oz öziga kelib ha amaki sizmidingiz men har xil arvoh,ruxlar taqilatibdimi deb qörqib ketibman desa, haligi odam: ''Manabu toshga meni ölgan yilimni notög'ri yozib qöyishibdi shuni to'g'irlab qo'yabman...'' dermish xD xD
Коментариев: 0
Просмотров: 101
Мактабда Шокосим сал анакарок экан. У'ртоклари 1000 су'млик пул берса олмасмиш, 500 су'млик пул берса олиб чу'нтагига солиб олармиш. Буни кузатиб юрган у'китувчи Шокосимни ёнига чакириб:--- нега сенга у'ртокларинг 1000 су'млик берса олмайсан? 500 су'млик берса оласан. Томинг кетганми сени ??? --- Устоз аклим жойида. 1000 су'мликни олсам кейин хар куни 500 су'мликдан курук коламанда !!!
Коментариев: 0
Просмотров: 112
Kichkinagina qizcha uyga kelib oyisiga maqtanyapti: - Oyi qarang, 1000 so'm ishlab oldim. - Qanaqa qilib? - Bolalarni koptogi daraxtga ilashib qolgan ekan, men chiqib olib berdim. - Axmoq qiz! Senga necha marta aytish kerak. Bolalar buni ataylabdan seni tursigini ko'rish uchun qilishadi. - Yo'q oyi men bu safar tursigimmi yechib chiqdim
Коментариев: 0
Просмотров: 123
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|