Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 2 Mehmonlar: 2 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Sms She‘rlar
Seni sevaman deb qarmoq tashlaydi, Gohiga bir o'pib jarga boshlaydi. Sensiz yasholmayman desa ISHONMA!!! Sensiz yashab kelgan yana yashaydi.
Коментариев: 0
Просмотров: 258
Bir do'stim bor jondan ham aziz, Yuzi doim kulib turadi. Unga hamma havasla boqar uni shodlik yaxshi ko'radi. Bir do'stim bor qalblari otash, Muhabbatga to'lib yuradi. Har lahzasi doim baxtiyor, Uni baxt ham yaxshi ko'radi. Bir do'stim bor orzulari ko'p, Orzusiga albat yetadi. Chunki unga doim madadkor Alloh uni yaxshi ko'radi. Do'stlari ko'p atrofida jam, Suxbatiga shoshib yuradi. Bir men desam mendan ham o'tib Uni hayot yaxshi ko'radi.
Коментариев: 0
Просмотров: 101
Олтмиш ёшда кенг уйнинг Келини бўлдим ўзим Ховлини супирётсам Кириб қолдилар қўшним Деди: - "Келинлар қани?" Унга тегишиб дедим: - Уй-уйларига ҳайдаб, Янги келин туширдим. Қўшним деди: - Ё, тавба! Хазиллашманг, ўргилай. - Нега хазиллашаман, Тўйиб кетдим, не қилай?! Куйлуклик келинимга, Куйлукдан уй кибердим, Чорсулик келинимга Чорсудан уй кибердим. Икки кунда соғиниб, Колишарди онасин, Яқин бўлсин, ичикиб, Ўлиб-нетиб қолмасин. Келинлар ўртасида Қози бўлиб ўлардим. Яна озгина турсам, Юрак касал бўлардим. Юрардим иккаловин Қош-қовоғига қараб, Айланай, ўргилай деб, Ишга солардим алдаб! Содда қўшним дер: - Унда, Янги келинлар қани? - Кичиги уй тозалаб, Каттаси кир ювяпти. Кичиги қўл-оёқли, Чанг-ғуборим қолмади. Тўрт уйни тозалаб ҳам, Қовоғини солмади. Кир ювяпти каттаси, Оёги йўқ келиним, Қоши, кўзи, лабида Бўёги йўқ, келиним. Ички кийимларимни, Ювдираман бемалол, Бировга айтса-чи деб, Булмам хижолат, усал. Ўзи сувин кайнатиб, Ювиб, чайиб толмайди, Тили йўқ қайнонасин, Ғийбат қила олмайди. Кирин бир ғарам қилиб, Тўплаб қўймайди жомга. Сочларининг қилини Ташла
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 124
Ayriliq sababi rashk bo'lgan. Sog'inchga sabrimni tutganman. Hijronlar vaqt o'tib hal bo'lgan. Men seni sog'inmay qo'yganman.
Armonni o'rgatgan azizam. Ko'zingda o'zgani ko'rganman. Hayoldan qo'ymagan bo'lsam ham. Men seni sog'inmay qo'yganman.
Avvalar sen uchun o'lardim. Bugun bu so'zimdan qaytganman. Sog'insam oldinga borardim. Bormadim...., sog'inmay qo'yganman.
G'ururim yengidi sevgimni. Yolg'on so'zlaringdan to'yganman. Topib ham bo'lganman tengimni. Men seni sog'inmay qo'yganman.
Bevafo xiyonat qilding sen. Ilk bora bir seni suyganman. Seni bilmadim-ku, lekin men. Umuman sog'inmay qo'yganman.
Bas qilgin tinchimni buzishni. Qo'ng'iroq qilmagin to'yganman. Bas qilgin ustimdan kulishni. Men seni sog'inmay qo'yganman.
Коментариев: 0
Просмотров: 160
Hop qani ket. Mendan yiroqqa. Meni rad et. Tashla firoqqa.
Qidir baxonalar. Ko'rishmas uchun. Senga yalinmayman. Yalinmoq nechun?
Yolg'onlaring to'planib. Tog'lar bilan tenglashdi. Qara yo'ldan adashib. Shayton senga ergashdi.
Meni nima qilasan. Axir seni nafsing bor. Men davolay olmagan. Orzu degan darding bor.
Qo'lingdan ham tutmayman. Tutgim kelmaydi. Sen ketaver xechkim. Ketma demaydi.
Коментариев: 0
Просмотров: 143
Tug‘ilmoq, yashamoq har bir boshda bor, Kimlarga omad yor, kimlar baxtga zor, Kimningdir gul umri so‘lganda bekor, O’yla, bu umrning savdosin ey do‘st, Tingla bu ko‘ngilning sadosin ey do‘st. Ey do‘st, yaxshilikni umri uzoqdur, Yomonning har bosgan izi tuzoqdur, Yolg‘onchilik nedur, oxiri chohdur, Olgin ota-onang duosin ey do‘st, Xato yozma ko‘ngil inshosin ey do‘st. Baxtning ildizi bu sabr degani, Ey do‘st besabrlik jabr degani, Yaxshilik oxiri qadr degani, Tushun, zarhikmatlar ma’nosin ey do‘st, Ko‘tarma nodonlar g‘avg‘osin ey do‘st. Sevgini rad etmoq gunohdir azal, O’zga yurt vatandan bo‘lolmas avzal, Eng avval dilxonang bezatgin go‘zal, Topgaysan har dardning davosin ey do‘st, Qilmagin buyuklik da’vosin ey do‘st. Atrofga boq, sendan pastroqlaram ko‘p, Dushmanlar ichida do‘stroqlaram ko‘p, Gulzorlar ichinda tuzoqlaram ko‘p, Olarsan rohatlar jazosin ey do‘st, Orttirma joningni jafosin ey do‘st. Sen uchun Ahaddan sharhi nasihat, Bir yaxshi, bir kuni yomon vaziyat, Bir kuni chekmayin desang aziyat, Tanigin olamlar podshosin ey do‘st, Qilmagin gumrohlar xatosin ey do‘st. Ey do‘st, yaxshilikni umri uzoqdur, Yomonning har bosgan izi tuzoqdur, Yolg‘onchilik
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 115
Shabboda mayin essa, Uni shamol demayman, Sevgim bir kelib ketsa, Uni visol demayman.
Dilga baxt yo‘llamasa, Bir yashnab gullamasa, Orzuga o‘ramasa, Uni bahor demayman.
Dunyo g‘amin yemayman, Sevmaganni sevmayman, Chorlamasa kelmayman, Ishqni xayol demayman.
Dilga darding yuklama, Kerak paytda uxlama, Bilaman, noz reklama, Seni makkor demayman.
Demayman, Yo‘q demayman, Men tomon boq demayman, Dilga o‘t yoq demayman, Menga bo‘l zor demayman.
Uchsa ham samolyotlar, Bo‘shasa aeroportlar, Kemasiz qolsa portlar, Senam yo‘qol demayman.
Kechirgin men telbani, Tabletka deb tugmani, Tugma deyman tangani, Bu bir misol demayman.
She’rdan to‘lgan disketam, Oyoqda ipsiz ketam, Bo‘m bo‘sh bo‘lsa ham kissam, Ahad nochor demayman.
SHabboda mayin essa, Uni shamol demayman, Sevgim bir kelib ketsa, Uni visol demayman.
Коментариев: 0
Просмотров: 110
Shundaylar bor,senga lutf aylab, Do'stman, deya senga qo'lin tutarlar. Lekin har zum qadaming poylab, Xato qilishingni ular kutarlar.
Xato qilsang, ularga bayram, Yo'qsa, zahru zaqqum yutarlar. Mayli, jindek, zarra bo'lsa ham, Xato qilishingni ular kutarlar.
Xatolaring kerak ularga, Shox navdangni darhol butarlar Tag'in kunni ulab tunlarga, Xato qilishingni ular kutarlar.
Axtarurlar hamisha illat, Yetti pushting go'rin titarlar. Faqat unma, ulg'ayma faqat, Xato qilishingni ular kutarlar.
Ular senga bir umr yo'ldosh, Sodiq hamroh kabi o'tarlar. Qabring uzra egsalar ham bosh, Xato qilishingni ular kutarlar.
1991 yil
Коментариев: 0
Просмотров: 99
Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga.
Bir xabar tarqaldi, Yarim tun edi, Goʻyo gʻam seliga botdim, yoʻqoldim. Kimdir yoʻlboshchidan ayrildik dedi, Men-chi, aziz doʻstdan ayrilib qoldim.
Kimning xayoliga kelmishdir axir, Birdan qulab tushsa buyuk bir chinor. Alam boʻgʻzimizda achchiq va taxir, Bu gʻamning na cheki — chegarasi bor.
Ketdi nogahonda aytmay biror soʻz, Hijron oloviga barchani tashlab. Oʻzbek osmonida soʻndi choʻng yulduz, Katta-yu kichikning koʻzini yoshlab.
Biz — noqis bandalar, oʻylamay goho, Boshimiz silagan qoʻlni tishladik. Yuz yillab teskari aylandi dunyo, Oʻz emas, oʻzgalar uchun ishladik.
Biz — ojiz bandalar, anglamay turib, Birovning zabonin sanadik afzal. Shu yurt daholarin bilib va koʻrib, Begona zotlarga yasadik haykal.
Bosqin tepamizda turar edi zil, Uni tag-tubidan buzmoq shart edi. Asriy vayronaning oʻrnida dadil, Yangicha mamlakat tuzmoq shart edi.
Foniy bu dunyoning baland-pastiga, Teran nazar tashlab oʻtdi bu Inson. Millat qadri deya yashab aslida, Xalqining dardiga boʻloldi darmon.
Bugun judolik bor gar qalbimizda, Lekin gʻurur yashar havas qilgulik. Abadiyat oʻsdi koʻz oldimizda, Shundoq yonimizdan oʻtdi Mangulik.
Коментариев: 0
Просмотров: 137
Islom Karimov O'lsam Sheri: O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin, Kuyib o‘tgan umrim sharhini aytsin. Bardoshim haqida ash’or to‘qisin, Mendan norozilar fikridan qaytsin. O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin, Aytolmay qolganim desin Ollohga, Salovatlar aytsin to‘plab bor kuchin, Bilmagan bilganim desin Ollohga. O‘lsam, olov tanim muz bilan yuving, Toki, kafanlarim ketmasin kuyib, Yuvgach, yuragimga parcha muz qo‘ying, Boray huzuriga ozgina sovib. O‘lsam, kafanimni bulutdan qiling, Yomg‘irga aylansin, yonsam qabrda. Qabrimni qazsangiz sal kengroq oling, Gunohkor bandaga tor go‘r jabrda… O‘lsam, chinor eking qabrim boshiga, Toki, soyasida tilovat o‘qing. Cho‘milib yashadim ko‘zim yoshiga, Yig‘lamang, siz faqat salovat o‘qing. Kichkina yasating qabrtoshimni, Qur’on oyatlarin yozdiring o‘yib, Yozmang qabrtoshga umrim, yoshimni, Men safarga ketdim chorig‘im kiyib. O‘lsam, oyoq tomon, o‘ng tomonimga, To‘rt kishi sig‘arlik kursi yasating, Sog‘inib kelsangiz ixlosla o‘qing, Qabrimni gul emas, Qur’on bezasin. O‘ng tarafdan keling, oyoq tarafdan, Toki, ko‘rsin sizni ochiq ko‘zlarim, O‘lim haq ekanin olasizda tan, Quvonay, keldi, deb o‘g‘il-qizlarim. O‘
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 142
ISLOM BOBOM! Bugun sizsiz yuraklar g’amga cho’madi, Qushlar ham Sizning qabringizga qo’nadi, Olloh Sizga jannatni ato qiladi, Vatan deb yonib kuygan Islom bobom, Boshimiz poyingizga egik bobom! O’zi uchun yashamas, bunday inson kam, Elim deb, yurtim deb uyqu ne, bilmas Kamtarlikda unga hech kim yetolmas, Shu yurt deb jon bergan Islom Bobom, Boshimiz poyingizga egik bobom! Kamolotga yo’l ochdingiz, bizlar o’qidik, Yetuk, Olim ,farzand bo’lib yetishdik, Urush-janjal bilmay hur yurtda o’sdik, Tinchlik farishtasi Islom bobom, Boshimiz poyingizga egik bobom! Har fanda-jabhada sizdek topilmas, O’zbek deb yurak yoqgan, odam topilmas Topilsa topilar, sizdek bo’lolmas, Kimligini ko’rsatgan Islom bobom, Boshimiz poyingizga egik bobom! Ilmini-zexnini meros qoldirgan, Kichikka-kattani e’zoz qildirgan, Har jabhani mukammal, yetuk to’ldirgan, Buyuklardan-buyuk Islom bobom, Boshimiz poyingizga egik bobom! Kattayu-kichikning mehrin qozongan, Yigirma besh yilingiz Vatan deb o’tgan, O’zbek elini dunyoga tanitgan, O’zbekiston faxri Islom bobom, Boshimiz poyingizga egik bobom! Siz yodimizdasiz, siz yuraklarda, Siz yoddan chiqmaysiz, abadiy dilda, Har bir yosh qarining qalbi to’rida, Qa
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 158
Yaxshi bo'lib kеtar, yaxshi bo'lib kеtar, Bu dardsiz so'zlardan yurak to'lib kеtar. Gar do'stim ekansan, bugundan so'zla, Yaxshi bo'lguncha to, odam o'lib kеtar.
G'amxo'rlik qilishga o'zga so'z yo'qmi? So'niq ko'zlarimni ko'rar ko'z yo'qmi? Siniq toqatimni tiklay olmasdan, Abgor turganimdan yo ko'ngling to'qmi?
Hol so'rab kеlganda do'stning oldiga, Do'st dеgan tushadi, do'st ahvoliga. Bir nafas o'tirgay, birga xo'rsinib, Qarar ming bir yonib o'chgan holiga.
Hеch qachon so'zlama yolg'on so'zlardan, Bo'lmagin bеgona, yomon do'stlardan. Do'st bo'lsang, o'lmasman, umid shamimni, Ming birinchi bora yoqmay so'nmasman.
Коментариев: 0
Просмотров: 114
O'zim bilib-bilmay ko'p gunoh qildim, Mo'lroq yashab qo'ydim mo'ljaldagidan. O'lsam bo'lmasmidi ko'kka tikilib, Maysalar ustida, gulning tagida...
Yashashdan charchadim, zerikib ketdim, Mening tor ko'nglimga sig'mas bayramlar. Dilimga ilonning tillari yetdi – Po'st tashlab, turlanib yurgan nayranglar.
Endi kun ko'rishim qiyindan-qiyin, Endi havolar ham og'irdan-og'ir. Achchiq-achchiq yig'lab, yo'l yurgan sayin Uzun-uzun bo'lib sudralar xotir.
O'zim bilib turib, ko'p gunoh qilib Ko'proq yashab qo'ydim mo'ljaldagidan. O'lsam bo'lmasmidi ko'zlarim tinib, Suv ichgan chog'imda qizning kaftidan.
Endi meni qiynar qiyoqning guli – Nozik kapalakning hidsiz qanoti. Endi meni qiynar vaqtida o'lib, Meni obketmagan do'stimning yodi.
... Ona, junjikmangiz sovuq so'zlardan, Men endi o'lmayman, yig'lamang yana. Faqat maqtov kutib suzuk qizlardan Yolg'on she'rlar yozib charchadim, ona.
Faqat o'zim bilmay ko'p gunoh qilib, Mo'lroq yashab qo'ydim mo'ljaldagidan. O'lsam bo'lar ekan ko'zlarim kulib, Belanchak ichida, tolning tagida...
Коментариев: 0
Просмотров: 105
Sеnga nima qildim, ey dilsiz, do'st, Shuncha qilganlaring yana kam bo'lsa? Nahotki, andisha azaliy qo'rqoq, Nahot-ki, sabrning ko'zi nam bo'lsa?
Borliqni iforga burkadim, illo, Giyohdеk tars yorib chiqoldim toshni. Yiqilganga yеlkam tutdim-u ammo, Goh yеlka topmadim qo'ymoqqa boshni.
Ammo suyanchig'im, ishqim bor edi, Umidlar bor edi o'zim bilmagan. Sеndan kеchajakman, yo'llar tor endi, Yana nе makring bor mеnga qilmagan?
Koshkiydi, va'dalar, ahdlar chin bo'lsa, Ming bir tеgirmondan chiqardim omon. Gullar kapalakdan olgandеk bo'sa, Ilon zahrin ichib saqlar edim jon.
Bugun o'rin yo'qdir nadomatlarga, Armonga, anduhga arzimas hatto. Kеchagi borliqni sеnga qoldirdim, Manimchun bugundan boshlanar dunyo!
Коментариев: 0
Просмотров: 78
Yuragimni, bir his o'rtaydi, Qani, yo'lim yaqin bo'lsaydi. Ko'nglim har on, sizni qumsaydi, Onajonim, sog'indim, sizni.
Ko'zlarimga, kеlmaydi uyqu, Mеni qiynar, bir ajib tuyg'u. Bilmadim bu, sеvinchmi, qayg'u? Onajonim, sog'indim, sizni.
Kеling, onam, mеhmonim bo'ling, Boshim uzra, posbonim bo'ling. Yuragimga, darmonim bo'ling, Onajonim, sog'indim, sizni.
Yolvoraman, har tong, Olloxga, Olib tursin, sizni panohga. Borolmasam, yo'ymang gunohga, Onajonim, sog'indim, sizni.
Tonglar, qo'lim ochib duoga, Iltijolar qilgum, Hudoga. Umringizni etsun ziyoda, Onajonim, sog'indim, sizni!
Коментариев: 0
Просмотров: 112
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|