Juma, 25.07.2025, 05:41
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 13
Mehmonlar: 13
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Sms She‘rlar
Oy osmonni quchsada,

sham ham yonib o'chsada.

Yoz, bahordan kechsada,

Lek men sizdan kechmayman.

Daryo ko'lga oqsada, Xijron dilni yoqsada,

Taqdir kulmay boqsada,

Lek men sizdan kechmayman.

Sovuqlarda qotsamda, Quyoshdayin botsamda,

Jonsiz bo'lib qolsamda.

Lek men sizdan kechmayman.

Qismatga ko'ndirsinlar, Guldayin so'ndirsinlar,
Ox.... Meni o'ldirsinlar.

LEK MEN SIZDAN KECHMAYMAN...
Коментариев: 0
Просмотров: 87
Ko'nglimda g'ashlik sezdim
hayolda dunyo kezdim
sevgingda shubha sezdim
aytgin gulim sevmaysanmi yo?

Ko'ngilni payxon qilib
Yurakni shudgor qilib
O'zgani kaminangdan
Ustun bilib sevmaysanmi yo?

Senda yurak yo'qmi yo?
Kungil qalbing to'qmi yo?
Menda ko'ngling yo'qmi yo?
Yurakdan so'raginchi ko'rging kelmaydimi yo?

Tashlab ketib kulbangni
Sog'inch diling chertmasmu
Aytgin jonim telbangni
Yoki ko'rging kelmasmu

Go'zalsan benihoyat
shirin so'zlar seniki
Atrofingda yigitlar
Bo'lsa ham sen meniki

Kollejinga bormaymi?
Gaplashking ham kelmaymi?
Yuraging o'rtamaymi?
Farangizim, sevmaysanmi yo?

Tong sahardan yuzingga quyosh nurin sochvorsa
Gulga o'rab ismingni
Men tomonga otvorsa
menga omad baxt shudir
Gulim, Sevmaysanmi yo?

Yoninga borganimda
yuzimga boqmaysanmi yo?
Aytgin gulim chin yurakdan

Sevmaysanmi yo?

Endi o'zing o'ylab ko'r
Javobing smsga ur
Sevsang javobing jo'nat
Sevmaysanmi yo?

Men seni sevaman...
Коментариев: 0
Просмотров: 126
Nizolardan hech kim tolmasa,
Dod! O'z otang yoning olmasa,
Azroil ham joning olmasa,
Alam qilar yurakka juda.
Zahar ichay, zahar gap tuymay,
Bu dunyoning dardiga kuymay,
Bu so'zlarni yuragim suymay,
Alam qilar yurakka juda.
Hayotingni Rabbim bor qilsa,
Bandalari xokisor qilsa,
Do'st qilgandan, dushman or qilsa,
Alam qilar Yurakka juda.
Yaqinlaring begonachalik,
Qiymating bir devonachalik,
Gar bo'lmasa, dunyo qanchalik?!
Alam qilar Yurakka juda.
Har qadaming mazax qilishsa,
Yuragingni asta tilishsa,
Uyalmayin bundan kulishsa,
Alam qilar Yurakka juda.
Bu dilimda joy oldi armon
Orzulardan oldin, bu yomon,
Qanday chiday, hamma yoq yolg'on
Alam qilar Yurakka juda.
Qilganda oz hayot diyonat,
Ko'p sevganim do'stim xiyonat
Qilmasa, umr axir omonat
Alam qilmas menga buqadar.
Ko'rinmas ip bog'lab qo'lingga,
G'arq etsalar ham dard ko'lingga,
Solsa biri, oh, o'z yo'lingga,
Alam qilmas menga buqadar.
Mayli solsa ko'zlarimga g'am,
Ham bundanda ko'pi deyman kam,
Bir chin, sodiq do'st bo'lsa shu dam,
Alam qilmas menga buqadar.
Hammasi ham menday bandada,
Toki ushbu boshim sajdada,
Umr kitobi Rab, Rahmondada,
Alam qilmas menga buqadar.
Duoda qo'l bo'lmaydi ohim,
Shukr aylasa dilim, ilohim,
Menla ekan qal ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 84
Sochpopuklar joy olarmi boshlaringdan,
Qalam, o’sma tushmaydimi qoshlaringdan
Ming o’rgilay, oh ,o’n olti yoshlaringdan,
Ikkimiz ham qishloqimiz, qishloqi qiz!

Yasha xurram , boshchi bo’lib gulyuzlarga,
Tunga oy-u, quyosh bo’lib kunduzlarga,
Sen ham mendek oshiqmassan yulduzlarga,
Ikkimiz ham qishloqimiz, qishloqi qiz!

Iforlaring atirgulmi, rayhonmidi?
Jodu ko’zing gavharmi yo jayronmidi?
Shirin tiling kamdek yana biyronmidi?
Ikkimiz ham qishloqimiz, qishloqi qiz!

Haridorman buloqday sof dillaringga,
Yomg’ir yog’sa, ko’ksim to’shay yo’llaringga,
Yuragimni yulib beray qo’llaringga,
Ikkimiz ham qishloqimiz, qishloqi qiz!

Tuzog’imga tushiraman, qushim, seni,
Eng soddadil deya topdi hushim seni,
O’zim ham bir chapaniman , tushun meni,
Ikkimiz ham qishloqimiz, qishloqi qiz!
Коментариев: 0
Просмотров: 77
Kunlarni tunlarga ulab kutganim
Kechalari intizor yig'lab kutganim
Dardlarim shamolga so'ylab kutganim
Unutganimda qaytmang endi iltimos

Bir vaqtlar tushunmasdim mos emasligim
Sevgini ko'zlari ko'r ekan bildim
Shahzodam emassiz shuni tushundim
Unutganimda qaytmang endi iltimos

Ko'zlarim yumganda sizni ko'rardim
Ollohimdan sog'ligingiz har on so'rardim
O'zga qizga boqsangiz dod faryod urardim
Endi unutganimda qaytmang iltimos

Sizdan o'zga ko'rinmasdi bu ko'zlarimga
Endi qancha zorlar bordur so'zlarimga
Endi siz ham tikilasiz yo'llarimga
Samolarga uchgan sevgim qaytmang iltimos

Aytdingiz sensiz yasholmayman deb
Seni sog'inishni tashlolmayman deb
Bir kuni sog'inishni albat tashlaysiz
Mensiz yashagansiz yana yashaysiz
Коментариев: 0
Просмотров: 68
Bu hijron dardiga bormi nihoya,
Ketarmi ko'ngildan bir zum tushkunlik?!
Tusharmi xayolda bir yangi g'oya,
Nursiz kunlarimga mazmun bo'lgulik?!

Umrimning mazmuni yo'qolgan go'yo,
Oq-qora tasvirda borliq nazdimda.
Qalbim sarhadlari tundek zim-ziyo,
Bo'gulib qolgudek yuragim bunda.

Bir najot istaydi intiq yuragim,
Barini ko'ngildan chiqarish uchun.
Osmon-u falakka keladi uchgim,
Hijronli lahzalar bunchalar uzun?!

Alamim o'tida yonib ketaman,
Yig'laydi hattoki qo'limda qalam.
May ichib gohida qotib qolaman,
Begona ko'rinib ketadi olam.

"Qaydan deb so'rarsiz bunchalik alam,
Bunchalik nadomat chekasan nechun?
Nahotki sarhadsiz yorug' bu olam
Qorong'u ko'rinsa faqat sen uchun?!"

Yo'q,aslo,bo'lmayman noshukr hecham,
Menga ham yaratgan mehrini bergan.
Insonga ne zarur bari menga jam
Yo'llarim qarshimda gurkirab turgan.

Bir tuyg'u ammo lek meni qiynaydi,
Qiynog'i umrimni kemirar chog'i.
Dardimni yashirin yursam bo'lmaydi,
Qalbimni kuydirgan muhabbat dog'i.

Muhabbat bor joyda hayot qaynarmish,
Emishki muhabbat insonning ko'rki.
Lek uning yo'lida men to'karman yosh,
Hali hech mehrini tuymadim chunki.

Muhabbat yo'limda uchrasa agar,
Qorong'u qalbimga porlar edi nur.
Baxtli uyg'onardim har tong-har sahar,
... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 76
Men ketarman ko'zlaring yoshlama aslo,
Ey go'zal, yuragimda qolding tanho..
Neylay, shafqatni bilmasmish ushbu hayot,
Mening sevgimni ko'rolmadi hayot.

Balki o'tdi umr seni sog'inib, izlab,
O'tib ketdi umr yurakka yolg'on so'zlab,
O'tdi bu umr sening yo'ling pinhon kutib,
Neylay, yshar hayot qo'limga kishan tutib.

Kechir, men senga bo'la olmadim qanot,
Kechir, men senga bera olmadim bayot,
Qilolmadik biz ishq fazosida parvoz..
Yig'lama, ishta, qalbdan keldi bu ovoz..

Dard, alam, orzu to'lib toshgan bu yurak
Bermadi hatto, haq(shans) qilmoqqa bir tilak,
Ayni zavq to'lgan paytim qo'lim qayirdi,
Yo'q xiyonatmas, bizni o'lim ayirdi...

Bilarmisan sen qanday sevganim gulim?
Bir aytdi dilim, lek aytolmadi tilim..
Dunyoyim edi, ko'zlaring sening, saharlarim,
Bu ko'zlarga solmam hayotimning qadarlarin..

Yoshlama ko'zlaring hech dengiz ko'zligim,
Mendan kecholmagan mag'rur bir so'zigim.
Tabassum qilgin men uchun yasha xushnud,
Endi men ketarman, endi meni unut..

Netay, barmog'ingga sevgim nishonin
Taqolmadim, senla bermadi imkonin
Ko'zlaringga boqib ko'zlarim kulmadi,
Qo'llaring ushlab kezmadim qismat bo'lmadi.

Ammo bir so'zim unutmagin tilla soch
Meni unut hamda qalbingla mendan qoch,
Men tum vujudimla dilim yozdim oting,
Eslarsan ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 97
sevgi sevgi deydilar
sevgini sevgan bilarmish
qalbda azobli dard bo'lsa
davosi sevgi bo'larmish
sevgi sevgi deydilar
sevgi muqaddas deydilar
sevgi muqaddas bo'lsa nega uni xor qiladilar?
Коментариев: 0
Просмотров: 112
biliyorum
sen bir meleksin
bana yardım için gönderildin
biliyorum
sen bir meleksin
zor günlerimde çıkageldin
yüzümü güldürdün
başımı döndürdün
acımı dindirdin
yolumdan çevirdin
eğlendirdin
sakinleştirdin
ehlileştirdin
ve daha bir sürü şey
canım mısın sen
benim misin
her şeyim misin sen
hoş geldin melek
sefalar getirdin
ya gelmeseydin
yetişemeseydin
beni bulamasaydın
ne yapardım
yarım kalırdım melek
biliyorum
sen bir meleksin
seni sevmem için gönderildin
biliyorum sen bir meleksin
son demlerimde çıkageldin
ya gelmeseydin
yetişemeseydin
beni bulamasaydın
ne yapardım
yarım kalırdım melek
yanlış yapardım melek
Коментариев: 0
Просмотров: 84
Sevgili
yetmiyor 'sevgili' sözü
tek başına. Karşılamıyor
içimi dolduran duyguyu.
Oysa ben 'sevgili'
derken neler
düşünüyorum bilsen.
Sonsuz, bir güneş
bir yudum rakı
çiçeğe durmuş ince bir
bahar dalı
oğlumun sıcak yanağı
anamın acılı gözleri
babamın tütün kokan eli
evimizdeki kuş
yarının güzel günleri.
Anlatılması güç binlerce
duygu ve sen...
İşte sen
beni hayata bağlayan
en güzel köprüsün;
köprülerin en güzelisin.
Sevgilim... Güzelim...
İnsanı yaşatan
içimizdeki hayat böceğidir.
O ölürse
hayatımızın da tadı biter.
O sakın ölmesin
yaşat onu.
Коментариев: 0
Просмотров: 94
Yuragimga to‘ldi bir tuyg‘u,

Men she’r qilib aytmasam bo‘lmas,
Garchi mening kashfim emas u,
Balki oddiy bir she’rdir xolos,
Men bari bir aytmasam bo‘lmas.

Ul his to‘lar tomirlarimga,
Ko‘zlarimga to‘lib boradir.
Ko‘chirmasam agar she’rimga,
Naq bag‘rimda o‘tday yonadir.
Bo‘lmoq uchun bu o‘tdan xalos,
Men u she’rni aytmasam bo‘lmas.

Menga na shon, na qarsak kerak,
She’rdan ta’na qilgan shoirmas:
Chiqmasin-chun qinidan yurak,
Aylamay deb o‘z-o‘zimga qasd,
Men u she’rni aytmasam bo‘lmas.

Ayta olsam, bo‘lar mo‘‘jiza:
Bir daqiqa qolgum yasharib,
Qatra g‘ubor qolmas yer uzra,
Bir daqiqa kular Yer shari.
Ko‘rinadi hamma chiroyli,
Toshlar — gavhar, giyohlar — zumrad.
Bir daqiqa imkonim tog‘dir,
Bari g‘amni qiladurman rad.
Eh, bo‘lay deb o‘shal zavqdan mast,
O‘zga emas, o‘zim-chun xolos
Men u she’rni aytmasam bo‘lmas!

Taqdirimga ming bor shukurkim,
Menga dedi: she’r yozishni ol.
Mayli, she’r deb qurisa ilkim,
Bo‘lay, mayli, beorom, behol,
Bu dunyoni shoirchasiga
Kuylamoqning o‘zi bir iqbol!
Yuragimga to‘lar ajib sas,
Men she’r qilib aytmasam bo‘lmas,
Ilhom zavqi, iqbol haqqi, rost,
Men u she’rni aytmasam bo‘lmas!
Коментариев: 0
Просмотров: 61
Bugun qo‘shni qishloqqa
Kelin tushdi, yor-yor,
Eshitmasam qaniydi,
Hushim uchdi, yor-yor.

Hushi uchdi demanglar,
Qilaman or, yor-yor,
Ataylab ham shu to‘yga
Bormog‘im bor, yor-yor,

Kuyov yigit, mana biz
Kulib keldik, yor-yor,
Bizda qolgan ko‘nglingizni
Olib keldik, yor-yor.

Muhabbatin yuta olgan
Bir dengizman, yor-yor,
Sizni o‘zga qo‘lga bergan
Mardingizman, yor-yor.

Mayli, bag‘rim sizsiz yonib,
Tamom bo‘lsin, yor-yor,
Sizni olgan o‘zga qo‘llar
Omon bo‘lsin, yor-yor.

To‘yingizda tilaydirman
Toledan taxt, yor-yor,
Bor bo‘lsangiz bu dunyoda
Shu bizga baxt, yor-yor.

Mardlik bilan yor-yor aytib
Turgan o‘zim, yor-yor,
To‘yingizdan omon ketay,
Tilang to‘zim, yor-yor.
Коментариев: 0
Просмотров: 80
Yillar o’tib balki sen nogoh
Albomingni ochib ko’rarsan
Shunda chiqib ko’ksingdan bir oh
Suratimga mayus boqarsan

Balki hech ham yig’lay olmassan
Qotib qolsa shunda yuraging
Balki sekin kulib qo’yarsan
Bormi deya endi keraging

Ko’zlaringdan yosh tomchilasa
Bahtiyorman meni sevgansan
O’tti yoshlik ahir u bebosh
Hayr endi unut degansan

Ko’p o’ylama meni azizim
Ne foyda bor hadeb o’ylashdan
Endi tezda unutgil meni
O’zga yorni topgin sen Ishqdan
Коментариев: 0
Просмотров: 66
Mayli menga ochilmasin quvonchlarning darchasi

Mayli, hayot beraversin azoblarning barchasin.

Tug‘ilishing umid bilan kutadurman — so‘ng so‘zim

Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim!

O’tdi mana necha yilki, lekin sendan yo‘q darak

Yo‘llaringaQ mushtoq ko‘zlar, dillarimiz mushtarak.

Nechun bizni sen bunchalar qiynaydursan ey — falak

Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim!

Chorak asr kutdim seni chidab malomatlarga

Yaqinlarning g‘iybatidan quloq kelar qomatga.

Farzandim yo‘q shu sohada yetolmadim omadga

Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim!

Onang deydi: Qo‘ying meni, uylaning o‘zgasiga

-Siz bosh egib yursangiz, men chiday olmayman bunga.

Qachongacha yuradirsiz boshingizni egib, jim

Yetmay umr tugasachi o‘sha baxtli kunlarga.

Ovutishga urinaman erkalatib onangni

Bas qil deyman, qo‘ygin deyman, aytma bunday so‘zingni.

Alloh nasib qilar hali, yetarmiz shu kunlarga

O’tirasan erkalatib shirin o‘g‘il qizingni.

Turli mish-mish g‘iybatlarchi ters oqizar daryoni

Ne ham derdim, asli, bir kam deydilar bu dunyoni.

Farzand yo‘q-mi hech kelmaskan uqubatlar poyoni

Umrimdagi yakka baxtim, o‘zingdursan — farzandim!

Otilsa ham chidaydurman tuhmatga, ta’na t ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 87
Sizni sog'indim. Shunday sog'indimki, sog'inchdan yuragimning tub-tubidan ismingiz bot-bot takrorlanmoqda. Sizdan keladigan maktubni intizor bo'lgancha kutmoqdaman. Unda sizning butun vujudingiz, nafasingiz sezilib turadi. Sog'inch sizni ham o'z iskanjasiga olgandir?
Siz ham meni sog'inib qay ahvolga tushgan ekansiz? Kun va tun xayolimda. Siz ko'z o'ngimda menga qadrli va qadrdon qiyofangiz bilan paydo bo'laverasiz. Tun kirishini yomon ko'raman. Chunki, tunda sizga bo'lgan sog'inch avj oladi. Tun sukunati barcha narsani o'zining qorong'i pardalari ortiga yashiradi. Lekin mening sog'inch hislarim yo'qolmaydi. Tong esa tunni o'z makoniga kuzatguncha men juda ham qiynalib ketaman. Ertalab ming yil bemor yotgan odamdek o'rnimdan turaman. Sizsiz yasholmasligimga necha bor amin bo'ldim. Siz mening hayotim ekanligingizga ishondim. Siz yonimga qaytgan kuningiz men uchun eng katta bayram bo'lajak, va o'sha kunni intiq bo'lib kutmoqdaman...
Коментариев: 0
Просмотров: 80
« 1 2 3 4 5 6 7 »
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |