Juma, 25.07.2025, 05:41
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 13
Mehmonlar: 13
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Sms She‘rlar
Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Armonlar xayotga halal bermaydi.
Xotirani ortimga tashlab.
Yurakdagi so'zim birov bilmaydi.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Unutaman barcha-barchasin.
Oshiqlarim ko'zlarin yoshlab.
Qulflab qo'yaman yurak darchasin.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Qo'l siltab yorimning ohu zoriga.
Bir umur mexrsiz toshbag'ir yashab.
Sabrimni sarflab umr boriga.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Eng baxtsiz odamdek tuyulsamhamki.
Kunduzlari kulib, tunlari yig'lab.
Zora shunda sendan qutilsam, balkim.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Sherlar ham yozmayman yolg'ondan kuyib.
Bir umur o'zimni o'zim ayiblab.
Ko'zda yoshim bilan alamdan kulib.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab.
Hudoyim bergan-ku axir toqatdan.
Bevafo qizlarni aldayman boplab.
Qasdimni olaman har kun xayotdan.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab...
Yetgunicha umur yetguncha toqat.
Qalbimga toshlarni oʻzingiz tashlab..
Toshbag'irsan deya qilmangiz tuxmat.

Sevgisiz yashayman bugundan boshlab...
Коментариев: 0
Просмотров: 76
Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan.
Коментариев: 0
Просмотров: 146
Bog‘lar qiyg‘os gulda — yaxlit bir chaman,
Har daraxt anvoi bir tarovatda.
Bir kaft bog‘ mehnatu hosilga vatan,
O‘zga ko‘rk, o‘zga rang har bir daraxtda.
Har navda bir gulda, har gulda bir ro‘y,
Har daraxt bargi bir dunyo hikoya,
Har birin hosili o‘zgasiga ko‘rk,
Biri-biri uchun qudrat, himoya.
Vatanim ko‘zimda: qay burchi aziz,
Bilmam, qayda tole serzavq, serjilo?
Yalpi to‘lishadi bedaxl yurtimiz,
Naq har qarichi dil, jon tomir go‘yo,
Bir qardosh tinchisiz — o‘zga beorom
Birining nonisiz — o‘zga emas to‘q...
Bu – qadim dunyoda yangi bir olam,
Bunda orqa tog‘siz bir tirik jon yo‘q.
Tayanch bo‘lmasaydi odamzod albat,
O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.
Коментариев: 0
Просмотров: 92
Na bo'lg'ay bir nafas men ham yonog'ing uzra xol bo'lsam,
Labing yaprog'idan tomganki go'yo qatra bol bo'lsam.

Butog'ingga qo'nib bulbul kabi xonish qilib tunlar,
O'pib g'unchangni ochmoqliqqa tong chog'i shamol bo'lsam.

Bo'yingni tarqatib olamni qilsam mastu mustag'riq,
O'zimning san'atimga so'ng o'zim hayratda lol bo'lsam.

Sening birla qolib bu mastu lol olamda men yolg'iz,
O'zimni ham topolmay,mayliga,oxir xayol bo'lsam.

Agar bog'ingda gul bo'lmoq mening-chun noravo bo'lsa -
Ki, ming bor roziman qasringga hattokim duvol bo'lsam.
Boshim hech chiqmasa mayli malomat birla bo'htondin,
Raqiblar rashkiga ko'krak keray,mayli,qamol bo'lsam.

Kezib sahroyu vodiylar yetishsam bir visolingga,
Fido jonimni qildim yo'lingga,mayli,uvol bo'lsam.
Коментариев: 0
Просмотров: 62
Men qotilman hech kim bilmaydi,
Bu aybimni yashirib tuydim,
O'lgan ishqqa qabr bo'lmaydi,
Men sevgimni o'ldirib qo'ydim.

Nima qilib qo'ydim ko'ringlar,
Orzularim ko'zlarin o'ydim,
Men qotilman bilib qo'yinglar,
Men sevgimni o'ldirib qo'ydim.

Men baxtkesar qo'lda qaychiman,
Men baxtto'sar yo'lda ovchiman,
Men eng xafli jinoyatchiman,
Men sevgimni o'ldirib qo'ydim.

Alvastido'st nafsim-yalmog'iz,
Ajdar og'zi yutgan o'ljasan,
Uvolinga qoldimku essiz,
Tug'ulmagan farzandimni man.

O'tga tashlab sho'rlik yurakni,
Qonga bo'yab quvonch ko'ylakni,
Tashlab ketdim guldek malakni,
Ko'rmaysizmi mendek tentakni,
Men sevgimni o'ldirib qo'ydim.

Ishqqa maxbus qo'llarim kishand,
Ravo ko'rdim unga o'limni,
Kafanlikka topolmay mato,
O'rab ko'mdim oppoq ko'nglimni.

Men sevgimni o'ldirib qo'ydim,
Pushaymonko'l hanjarida qon,
Qabrtoshga ismingni o'ydim,
Men adashdim kechir sevgijon!
Коментариев: 0
Просмотров: 66
Jannat oyog‘ining ostida bo‘lsin.
Noto‘g‘ri o‘ylamang yomon xayollar.
U shunday bokira, ko‘nglingiz to‘lsin.
Ba’zi bir erkakdan marddir ayollar.

Qarang go‘zalligi faqat siz uchun.
Ozorlab dilini bermang savollar.
Yashaydi ro‘zg‘oru o‘g‘il - qiz uchun.
Ishyoqmas erkakdan jasur ayollar.

Boshida oq tola dunyoning g‘ami.
Bardoshi oltindan tilida bollar.
Sizga bildirmaydi ko‘zida nami.
Dardini ichiga yutgan ayollar.

Vafo yuragida sadoqat qalbi.
Axdi yuksak erur labzi xalollar.
Sizga ishongani, aldangan, aybi....
Nomard erkaklardan marddir ayollar...

Ayolni ranjitmang, ranjimang aslo.
Siz uchun bulmasin ishqi uvollar.
Farishta jonini asraydi Ollox.
BA’ZI ERKAKLARDAN ERKAK AYOLLAR
Коментариев: 0
Просмотров: 71
You look at me as if I'm the only girl around
You make me feel important and never let me down

You've shown me how to live
How to smile, what to say
You've shown me what it's worth
To love someone each and every day

So this poem goes out to you
For everything you've done
And I hope now you understand
That baby, you're the one!

I Love You, Baby!
Коментариев: 0
Просмотров: 88
Maylida kimgadur yoqsa yoqmasa
Ularga qo'shilib yig'lasharmidik
Biz baxtli bo'lamiz hudo hohlasa
Hudo hohlamasa uchrasharmidik

Rayhon hidlarini yo'llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan.
Faqat yig'lamagin aybim nima deb
Aybing onang seni chiroyli tuqqan.

Menga bir tabassum hadya et ey yor
Nur tomsin lablaring sohillaridan
O'zing ayt senday qiz yana qayda bor
Kipriklari uzun kokillaridan

Iymanib yashama hayol pinjida
Yoyil yayra jonim o'rtanma g'amda
G'iybatlarga chida tuxmatga chida
Sen axir bittasan yorug' olamda

Men esa oshig'ing sening eng g'arib
Tundan so'z qarz olib tongga tutguvchi
Seni yoningda ham seni axtarib
Seni yoningda ham seni kutguvchi

Ista tiz cho'kaman hozir oldingda
Sevdim sevganimdan uyalmoq nechun
Barcha farishtalar sening qalbingda
Ijaraga turgan qizlar men uchun

Biz baxtli bo'lamiz hudo hohlasa
Hudo hohlamasa uchrasharmidik.
Коментариев: 0
Просмотров: 159
G’uncha ochilguncha o‘tgan fursatni
Kapalak umriga qiyos etgulik,
Ba’zida bir nafas olg‘ulik muddat –
Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik.

Yashash soatining oltin kapgiri
Har borib kelishi bir olam zamon.
Koinot shu damda o‘z kurrasidan
Yasab chiqa olur yangidan jahon.



Yarim soat ichida tug‘ilib, o‘sib,
Yashab, umr ko‘rib o‘tguvchilar bor;
Ko‘z ochib yumguncha o‘tgan dam – qimmat,
Bir lahza mazmuni bir butun bahor.

Bir onning bahosin o‘lchamoq uchun
Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.
Nurlar qadami-la chopgan sekundning
Barini tutolmas ay(yu)hannos ovoz.

Yigit termiladi qizning ko‘ziga,
Kiprik suzilishi, mayin tabassum…
Qo‘sha qarimoqqa muhr bo‘ladi
Hayotda ikki lab qovushgan bir zum.

Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.
Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq chog‘idir umr daftarin.

Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek
Diana ma’badin yoqmoq shart emas.
Ko‘plarning baxtiga o‘zlikni jamlab,
Shu ulug‘ binoga bir g‘isht qo‘ysak bas.

Har lahza zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri lahzalarda hal,
Umrdan o‘tajak har lahza uchun
Qudratli qo‘l bilan qo‘yaylik haykal.

Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g‘animatdir, umrzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 93
HAR JABHADA DONG TARATGAN DUNYODA
XUMOSI HAM MAG'RUR UCHAR SAMODA
BETAKRORDIR , BENAZIRDIR JAMOLDA
BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!

OSMONLARDAN YUKSAK ERUR KAMOLI
HAM BOY HAM ZO'R YOQIMLIDIR KALOMI
HILOLLARDAN GO'ZALROQDIR AYOLI
BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!

OSMONIDA PORLAB TURAR AXTARLAR (YORUG' YULDUZ)
UDIR MENING BAG'RIMDAGI BOR JONIM
BUTUN DUNYO QARSAK ILA MAQTARLAR
BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!

HAR YERLARI GULSHANLARGA BURKANGAN
CHO'P QADASANG NIHOLLARGA AYLANGAN
O'G'LONLARI MARDLIK UCHUN YARALGAN
BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!

HECH BIR GULI BEHUDAGA SO'NMAGAN
KIMKI BOQSA BU ZAMINGA TO'YMAGAN
VOSI LIKNI(BAG'RI KENG) YERGA TASHLAB QO'YMAGAN
BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!

KABUTARLAR ERKIN UCHAR OSMONDA
ISHLARIDAN BUTUN DUNYO HAYRONDA
GULLAB BORAR BAXTIYORLIK HAR ONDA
BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!

BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
TOMRIMDA OQYOTGAN TO'KILMAS QONIM
ULUG'LIK , BUYUKLIK SIYMOSI BO'LGAN
BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
OTABEK FOZILJONOV
Коментариев: 0
Просмотров: 72
Eng go'zal insonsiz xayotimdagi.
O'zgani "go'zalim" deganim yolg'on.
Yagona Malikam saroyimdagi.
Bayramingiz bilan onajon.

Onamdek mehribon munisa opam.
Yoshligim eslayman sizni har ko'rsam.
Sizdek vafodormas, menga soyam ham.
Muborak bo'lsin sizga ham bayram.

Ro'moling uchiga tugma bo'layin.
Dunyoda sen bilan mag'rurdir dilim.
Sening shaning uchun mayli o'layin.
Bayraming muborak mehribon singlim.

Men o'zimni kechirolmayman.
To'kilsa sochingni yarim tolasi.
Qochib ham o'zingdan berkinolmayman.
Bayraming bilan, onasi...

Onamga o'xshaydi ko'zlaring sani.
Osmonimdagi yolg'iz yulduzim.
Oppog'im, chiccoyim, shirinim mani.
Bayraming bilan qizim.

Eslamay deyman-u, so'raydi yurak.
Azobim o'zingsan, armonli dilim..
Sen mendan baxtliroq, yashashing kerak.
Bayraming bilan... Ilk muhabbatim...

Meni sotib ketding eng og'ir damda.
Yordaminga yurak bo'lganda tashna.
Erkaklik qilmading yigit bo'lsang-da.
Bu bayram sen uchun, qutlayman oshna.
Коментариев: 0
Просмотров: 69
Zinxor Ko'rmayin, Ko'zlaringda yosh.
Sen uchun porlasin, Ko'klarda quyosh.
Ayriliq ko'nglimda bo'ldi og'ir tosh.
Baxtli bul bir umr aziz SINFDOSH...

Endi senga o'tgan kunlar xayoldir,
U kunlar xotira bizga Yodgordir.
Qaydasan Sinfdosh dilga savoldir.
Baxtli bo'l Bir umr Aziz SINFDOSH.

Umid deb atalmish guling so'nmasin.
Yurakda orzuying, bevaqt o'lmasin.
Shu qaro ko'zlaring, Xech nam bo'lmasin.
Omon bo'l bir umr aziz SINFDOSH
Коментариев: 0
Просмотров: 107
Kel, yaxshilikdan gapir,
Qora kularga qaytma,
Yuragim ezma axir,
Sessiyani eslatma!

Yildan uzun kunlarim,
Pul izlagan tunlarim,
Bechora cho’ntaklarim,
Sessiyani eslatma!

Eh domlajon, domlajon,
Bir bora bering imkon,
Bahoni qo’yib bering,
Kiydiray, sarpo chopon!

Talabalik davrini,
Derdilar oltin davr,
Domlajon sizni kutib,
Zallarda o’tdi umr.

Ey diplmjon, diplomjon,
Diydoringa yetolmay,
Ketdi qancha oltinlar,
Kursdan kursga o’tolmay.

Talaba bir tosh ekan,
Domla ekan tegirmon,
Ota onang sog’ bo’lsa,
Yaxshi o’tar imtixon.

Hech kim bermas tiyin qarz,
Qoldirganman mingta dars,
Yaxshi gapdan gapir bas,
Sessiyani eslatma!

Shu yil kursdan o’tvolsam,
Qani edi men omon,
Keyingi yil darslarni,
Qoldirmasdim hech qachon!!!

Dars qilish boshga zarar,
Yo’qku birorta daftar,
Yaxshi baholar olish,
Qiyin, o’limdan battar…

Biling do’stlar hayotda,
Maqsadim juda katta,
Oliy ma’lumot olib,
Olim bo’lgum albatta.

Faqat bugun o’tvolsin,
Uxlab olay bir marta!
Iltimos, sendan do’stim,
Sessiyani eslatma!

Haydalsam gar o’qishdan,
Bozorda ish yomonmas,
Eh, diplomjon sensiz ham,
Kunlarim o’tmay qolmas.
... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 79
Yigitga sinash uchun berilar omad.
Yoshlikda bo'ladi xush qaddi-qomad.
Ota ham ona ham biling omonat.
Xotinga qul bo'lgan ayrim erkaklar.

Endi ona emas xotin suyasan.
Shoshilma mexriga hali to'yasan.
Kun kelib olovsiz shundo kuyasan.
Xotinga qul bo'lgan ayrim erkaklar.

Ro'zg'orda aytgani soqoldan o'tmas.
Bu yo'li xatoligin tushinib yetmas.
Chidomiy ichvolib uyga kelar mast.
Xotinga qul bo'lgan ayrim erkaklar.

Pul topsada hali aql topmagan.
Xotin so'zi bir bor og'ir botmagan.
G'am tashvishni yelkasiga otmagan.
Xotinga qul bo'lgan ayrim erkaklar.

Bir ishni qoyil qip kegin ko'ksing ker.
O'z bag'riga olmasdan seni qaro yer.
Oilada xotinmas bo'lgin doim er.
Xotinga qul bo'lgan ayrim erkaklar.
Коментариев: 0
Просмотров: 72
Bizgacha ham olov bo'lgan suv bo'lgan,
Bizgacha ham ne ne ohu so'z bo'lgan,
O'zingizga bino qo'ymang yaxshi qiz,
Bir paytlar yalmog'iz ham,
Sizday go'zal qiz bo'lgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 117
« 1 2 ... 4 5 6 7 »
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |