Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 8 Mehmonlar: 8 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Sms She‘rlar
G'oybat qilib ortimdan, Nomim bulg'ash sengamas. Sôz yuritib nomimdan, Ish bitirish sengamas.
Yuzimga qarab kulgan, Soxta kulging sezmadim. G'iybatga qorib yurgan, Sotqin ekan bilmadim.
Maqsad qilding nimani? Maqsadsiz bôlsang nomart! Ôzingday deb hammani, Bilma yana kasofat.
Afsus buni kech bildim, Ôtgandi ancha yillar. Men ôzimni jazoladim, Qiynaldim qancha kunlar.
Hechdan kôra kech yaxshi, Deydi bizga donolar! Jahildan tushgan yaxshi, Ishing hali kôp derlar.
Qaysi yuz bilan yana, Kelipsan sen yonimga. Ishing bitmay qoldimi, Bosh egibsan poyimga.
Kechirmayman ket yoqol, Boshqa birovni topgin. Senlarga dôstlik uvol, Iltimosim tinch qôygin.
Boshing suqma har ishga, Avval sôra kôngildan. Qolib ketma qarg'ishga, G'iybat qilib Shamshoddan!
Коментариев: 0
Просмотров: 94
Kulfatlar kеltirib boshimga, Jim kulib ko'zdagi yoshimga, Mеn o'lsam kеlarsiz oshimga, Ey mеning bеvafo do'stlarim.
Go'yoki qo'limdan tutarsiz, Ko'nglimni kulib shod etarsiz, Yiqilsam tеpkilab o'tarsiz, Ey mеning bеvafo do'stlarim.
Jonimni azoblab to'ymaysiz, Hеch kimni mеnchalik "suymaysiz", Nе uchun holimga qo'ymaysiz, Ey mеning bеvafo do'stlarim.
Tinglamang dildagi zorimni, Yo'q qilmoq istaysiz borimni, Ham yo'ldan urasiz yorimni, Ey mеning bеvafo do'stlarim,
Bilmaysiz siz mеning qadrimni, O'lsam ham sinaysiz sabrimni, Tеpkilab to'ymaysiz qabrimni, Ey mеning bеvafo do'stlarim.
Dog'imda kuydirib otamni, Buzlatib siz mushfiq onamni, Kuz yoshin to'karsiz bolamni, Ey mеning bеvafo do'stlarim.
Gado ham hol so'rar gadodan, Nе istab mеn ko'ngli adodan, Qo'rqmaysiz hatto Xudodan, Ey mеning bеvafo do'stlarim.
Коментариев: 0
Просмотров: 71
Endi darddan ham ko'zim quvonch sezar, Yuragim bo'lsa faqat baxtda kezar, G'am chekmayman men aslo bu hayotda Chunki, qayg'uyim ota-onam ezar.
Yashashga bir kun toqat qolmasa ham, O'sha kunda ham qilaman bazm, bayram, Baxtli hayotdan kimsa mahrum qilolmas, Ota-onam deb yashay boshqaga dam.
Quvonchimdan gar quvonsa ming kulay, Dardingiz olay, o'rniga baxt bo'lay, Cho'qqilardanda, oq bulutlardanda Qulasam onam, poyingizga qulay.
Sevgan do'stlarim xiyonatin kechay, Dushmanlarimning muammosin yechay, Bag'rim qanchalar qizil qon bo'lmasin Bari unutdir, otam sizni quchay.
Коментариев: 0
Просмотров: 67
Bilaman, tashvish mehmon, o'tkinch, Yonimda bo'lsang bo'lmas o'kinch, Faqat yagona bitta ilinj Do'st keragida, yolg'izlatma...
Nimalar ko'rar ko'z bilmayman, Sen borki yolg'iz qolmayman, Shunda hech qachon xor bo'lmayman, Do'st keragida, yolg'izlatma...
Kun kelsa o'zim 'to'r' o'rayman, Bardoshim tugab jim nurayman, Faqat sendan do'st, men so'rayman Do'st keragida, yolg'izlatma...
Ushbu osmonning keng ostida, Mana shu yerning keng ustida, Ne bo'lsa ham ha rostida Do'st keragida, yolg'izlatma...
G'amlar yelkamni bukkanida, Dil ayovsiz yosh to'kkanida, Orzular asta cho'kkanida, Do'st keragida, yolg'izlatma...
Ishonishmasa gar sen Ishon, Zarba berishsa bo'lgin qalqon, Kechirishmasa sen ber Imkon, Do'st keragida, yolg'izlatma...
Qorong'ulikda bo'lib chiroq, Yomonliklarni etib yiroq, Olisda bo'lsang bo'lgin, biroq Do'st keragida, yolg'izlatma...
Коментариев: 0
Просмотров: 127
Har qanday kun o'tib ketadi, Nigohlarim ko'klarga yetadi, Har bir onim baxtli etadi Otajonim omon bo'lsangiz, Onajonim omon bo'lsangiz. Jarohatu dardimga davo Ushbu ko'zlar, umrimga ma'no, Jannatlardan bersin nur mavo, Otajonim omon bo'lsangiz, Onajonim omon bo'lsangiz. Ozor berib qildim ko'p gunoh, Yoshlik qilib ko'p bo'ldim gumrox, Hayotimga malakdek hamrox Otajonim omon bo'lsangiz, Onajonim omon bo'lsangiz. Sizdek hech kim berolmas vafo, Men-chi faqat beroldim jafo, Hali mendan ko'rasiz safo, Otajonim omon bo'lsangiz, Onajonim omon bo'lsangiz. Siz deb ursin vujudda yurak, Menga boshqa yana ne kerak! Bittagina bebaho tilak! Otajonim omon bo'lsangiz, Onajonim omon bo'lsangiz. Sizlar menga armug'on doim, Panohingda asra Xudoyim, Qo'lim ochib, yangrar duoyim: Otajonim omon bo'lsangiz, Onajonim omon bo'lsangiz. Bo'laman ha, albat oriyat, Sizga hamroh bo'lsin ofiyat, Har on bo'lar dilda bir niyat: Otajonim omon bo'lsangiz, Onajonim omon bo'lsangiz. Sizsiz mening abadiy taxtim, Bu so'z mening buzilmas axdim, Har lahzaki bud bo'lar baxtim (Faqat mana shu mening baxtim) Otajonim omon bo'lsangiz,
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 141
Bu dunyo bevafo yolg'onchi dunyo Omonat joningni haq bir kun olar Paymonang to'lsa gar boqmas bir qiyo Sendan ham qolar u mendan ham qolar
Quvonma besh kunlik topgan zaringga Qiyomatda yararmi biror koringga Bir bora quloq tut ko'ngil zoringga Sendan ham qolar u mendan ham qolar
Do'stim tarixga solgin bir nazar Qo'llari bo'sh ketgan hatto Iskandar Boshingni baland tut qabrga qadar Sendan ham qoladi mendan ham qolar
Kimgadir shon shavkat obru ziyoda Kimga ulov berar kimdir piyoda Ezgu amallaring qolsin dunyoda Sendan ham qolar u mendan ham qolar
Коментариев: 0
Просмотров: 150
Sodiq do'st izlayman qilmasdan kanda, Meni mexr tuyg'uyim abadiy sanda. Do'stda yo'q diyonat bordir dushmanda, Nima qilay axir, do'stga zor manda.
Ey, xudoyim, o'zing qilma do'stga zor, Ey'xudoyim, qilma hech dushmanga xor. Do'st degani nima? Tushunmadim hech Ayting axir kimda chin, sodiq do'st bor.
Bildirdim doimo senga men ishonch, Birga bo'ldik har dam men, sen va quvonch. Ey, xudoyim, o'zing qilma do'stga zor, Ey, xudoyim, qilma hech dushmanga xor.
Do'stligimiz edi misoli oppoq Qora dog' tegmagan mittigina qor. Bormi senda aytgin o'sha eski or, Unutmayman hech ham, bo'ldim do'stga zor.
Seni ko'zingda men bo'ldim ayyor, Ko'zlaring dunyosi, dunyo dedi tor. Ey, xudoyim o'zing qilma do'stga zor, Ey, xudoyim qilma hech dushmanga xor.
Baxtiyor kunimiz, dunyo edi keng Endichi bir zumda bo'ldi qanday tor. Endichi bir zumda qanday bo'ldi tor
Коментариев: 0
Просмотров: 81
Gurkirgan quvonchlarim Siz bilan to‘ldi, Siz-la to‘ldi bag‘rimdagi titroq dardlarim. Sizning bilan olamim ham bir butun bo‘ldi, Sizning bilan to‘ldi hatto ko‘ngil gardlarim.
Sizni ko‘rgach borlig‘imda, o‘ngu so‘limda, Sizni jonu jahonimda tuygan boisdan, O’zingizni joylamoqlik kelmay qo‘lidan, Taqdir Sizni olib ketdi bizdan olisga…
Коментариев: 0
Просмотров: 92
Muhabbatim, kiming bo‘ldim men? Do‘stingmanmi, nechun do‘st kabi Hol so‘rmadim, ko‘ngil topmadim? Nechun so‘ndi menda matlabing, Xohishingni nega toptadim? Yo dushmanmi? Ne uchun unda Boshginamga seni etdim toj! Nechun tavof qilurman kunda, Nechun senda bari ehtiyoj? Muhabbatim, kiming bo‘ldim men?..
Коментариев: 0
Просмотров: 72
Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi…
Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.
Har bahorda shu bo‘lar takror, Har bahor ham shunday o‘tadi, Qancha tirishsam ham u beor Yellar meni aldab ketadi.
Mayli deyman va qilmayman g‘ash, Xayolimni gulga o‘rayman; Har bahorga chiqqanda yakkash, Baxtim bormi deya so‘rayman.
Yuzlarimni silab, siypalab, Baxting bor deb esadi yellar, Etgan kabi go‘yo bir talab, Baxting bor deb qushlar chiyillar.
Hamma narsa meni qarshilar, Har bir kurtak menga so‘ylar roz. Men yurganda bog‘larga to‘lar Faqat baxtni maqtagan ovoz:
"Mana senga olam-olam gul, Etagingga siqqanicha ol, Bunda tole har narsadan mo‘l, To o‘lguncha shu o‘lkada qol.
Umrida hech gul ko‘rmay yig‘lab, O‘tganlarning haqqi ham senda, Har bahorni yig‘lab qarshilab Ketganlarning haq ham senda…”
Derazamning oldida bir tup O‘rik oppoq bo‘lib gulladi…
Коментариев: 0
Просмотров: 130
Bu xayot biz uchun nima odamlar, Sinovmi, jumboqmi yoki bir o'yin. Bilmoqqa qanchalar intilsang agar, Yashamoq shunchalar tuyular qiyin. Bu dunyo biz uchun nima odamlar, Zo'rlar bo'lib olgan kurash maydonmi. Noxaq otasidan ranjir o'g'illar, Onalar qiziga qarab xayronmi. Bu nafas biz uchun nima odamlar, Demak biz borlikning bir bulagimiz. Bizga nesamardir ganimat damlar, Osmonni yoritsin tilaklarimiz. Bu yurak biz uchun nima odamlar, Xar laxza bo'lingay ming bir bo'lakka. Uning xonishin tinglasak agar, Ruximiz uchadi qushdek falakka. Bu yoshlik biz uchun nima odamlar, Kim xam bosa olgay yurak taftini. Yuzimizga ajin tushsa xam agar, Yana sog'inamiz uning atirini. Muxabbat biz uchun nima odamlar, Ming yillab kutamiz visol onini. Buni ishq o'tida kuyganlar bilar, Sevgidan yaratmish inson jonini. Guzallik biz uchun nima odamlar, Kim xam ayta olgay oshiqlik sirin. Goxo sarob misol turar jilvagar, Shuncha ko'p anglaysan tushungan sarin. Bu umr biz uchun nima odamlar, Bu yillar, bu kunlar soat-dakika. Qancha yoqib, qancha yoqdik shamlar, Kimlar bizni eslar, kimlar unutar. Bu ko'ngil biz uchun nima odamlar, Ne uchun chalinar dil torlarimiz. Kimnidir ko'ziga tushurgay namlar, Bil
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 132
Hay-hay, uyat, jon o'lan, Kelin keldi, yo'lni och, Ne ko'z bilan ko'rayki, Kelin yarim yalang'och. Sharqning qizi bo'lganda, Bo'lib sharmu hayosi, Bunchalar ochiq-sochiq, Bo'lmas edi libosi. - Kelin qaydan? - so'radim Bitta kelin-oyidan, Kesatdi: - Shu qishloqning "Parij" degan joyidan. - Yo, tavba! O'zimizning Qizimizmi bu hali? Otabeklar, Kumushlar Kiygan liboslar qani? Ko'ylagi uzuq-yuliq, Yelkalari yap-yalang, Voy-o'lay! Qo'ltiqlari Ko'rinyaptiku, qarang. Ayol kishi bo'lsam ham, Junjikib ketti etim, Ko'krak yarim ochilib, Bo'b turibdi bir yutum. Bu libosda qizlarni, Ko'rgandim kinolarda, Bo'lar edi g'arbdagi Ko'ngilochar joylarda. Yozilardi u joylar Eshigiga hammasin: "O'n oltiga to'lmagan Bolakaylar kirmasin". Yopiqqina bo'lmasmi Axir, "siyna", degan joy Hamma ko'rdi, kuyovga Nima qoldi endi, voy?! Yirtilib ketganmikin, Yoki ochgan jo'rtaga? Qaynotasi uyalib Chiqib ketti ko'chaga. O'g'lin so'kar ichida, Qanday bo'g'ilmay tursin: "Uni - u, buni - bu", deb Topgan xotinig qursin. Badaniga qarasam, Oriyatdan qaqshayman, Xotinlar xammomida O'tirganga o'xshayman. Qaynona: "Yel
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 94
Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni Shu loyqa hovuzga tomon otdilar. Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni, Xoru xas, xazonlar ustin yoptilar.
Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha Va mudroq tollarning achchiq xazoni. Menga alam qilar, tilla baliqcha Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni...
Коментариев: 0
Просмотров: 66
LOLAQIZG'ALDOQ Shavkat Rahmon xotirasiga Mendan nima qolar: Ikki misra she’r, Ikki sandiq kitob, Bir uyum tuproq. Odamlar ortimdan Nima desa der, Men seni o'ylayman O'zimdan ko'proq – Lola, lolajonim, Lolaqizg'aldoq! Men ketsam, yomondan Yiroq bo'l, ohu, Chunki sen chiroyli, Ko'rkli bir juvon. Yomon kunlar bir kun Yaxshi bo'lar-u, Yomon odam yaxshi Bo'lmas hech qachon… Yasha chegarada Turgandek ogoh, Lola, lolajonim, Lolaqizg'aldoq! Uyda yotibman-u, Sezib turipman, Ko'kda kelayotir Qushlar qaytishib. Xayrlar yog'dirib Qanotlaridan, Xasta shoiriga Vido aytishib. Bor, mening uchun ham Ularga qo'l qoq – Lola, lolajonim, Lolaqizg'aldoq! Ularni men yana Ko'rarmanmi-a, Ayvondan odamdek Kuzatolmadim. Kuz. To'ylar boshlandi. Yuragim pora – Bitta qizimni ham Uzatolmadim… Demak, taqdir ekan To'y ko'rmay o'lmoq, Lola, lolajonim, Lolaqizg'aldoq! Biroq, ko'nglim sezar, Mendan keyin ham, Bir kun bu hovliga Odam to'ladi. Hali to'ylar qilib Charchaysan, erkam, Mening qizlarim eng Baxtli bo'ladi! Kelinlar ko'ylagi Ruhimday oppoq – Lola, lolajonim, Lola
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 143
Omad qushi tanlagan seni, Unutmaysan hech birimizni. Yaxshilikka sarflagan kuchni, Dunyo bilar ôzbek nomini! Bizdan faqat ozod yurt qolar, Ôzbegimga doim baxt kular. Yosh-u qari omading tilar, Dunyo bilar ôzbek nomini! Tinchlik nomi ôzbegim ôzing, Bajargaysan har aytgan sôzing. Qôldan kelmas yôqdiz bir ishing, Dunyo bilar ôzbek nomini! Hech bir yurtga qaram emassan, Ôzbek nomi bizga keraksan. Mening baxtim ôzbek ôzingsan, Dunyo bilar ôzbek nomini! Doim meni qôllagan Vatan! Bolam deya allalar aytgan. Senga sodiq ôg'lon bôlaman, Dunyo bilar ôzbek nomini! Xor bôlmaydi hech qachon ôzbek, Zor bôlmaydi hech qachon ôzbek. Buyuk davlat buyukdir ôzbek, Dunyo bilar ôzbek nomini! Or-nomus deb kurashgan ôzbek, Ôz nomi deb kurashgan ôzbek. Har birimiz ôg'il-qizidek! Dunyo bilar ôzbek nomini! Yuksaklarga kôtaray seni, Bolam deya atagin meni. Ado etay farzandlik burchni, Dunyo bilar ôzbek nomini! Hech yozishdan tôxtamas qôlim! Maqtash desa tiyilmas tilim! Ishlasam gar ôzbekcha yôlim, Dunyo bilar ôzbek nomini! Ôzga yurta bôlguncha podsho, Ôz yurtimga bôlayin gado. Olloximdan keldi bir sado, Endi burchim etayin ado. Shamshod xizmat qiladi sizga, Qôlni
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 142
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|