Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 18 Mehmonlar: 18 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Iyun » 15 » O'rik gullaganda (Hamid Olimjon she'ri)
10:52 O'rik gullaganda (Hamid Olimjon she'ri) |
Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi…
Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.
Har bahorda shu bo‘lar takror, Har bahor ham shunday o‘tadi, Qancha tirishsam ham u beor Yellar meni aldab ketadi.
Mayli deyman va qilmayman g‘ash, Xayolimni gulga o‘rayman; Har bahorga chiqqanda yakkash, Baxtim bormi deya so‘rayman.
Yuzlarimni silab, siypalab, Baxting bor deb esadi yellar, Etgan kabi go‘yo bir talab, Baxting bor deb qushlar chiyillar.
Hamma narsa meni qarshilar, Har bir kurtak menga so‘ylar roz. Men yurganda bog‘larga to‘lar Faqat baxtni maqtagan ovoz:
"Mana senga olam-olam gul, Etagingga siqqanicha ol, Bunda tole har narsadan mo‘l, To o‘lguncha shu o‘lkada qol.
Umrida hech gul ko‘rmay yig‘lab, O‘tganlarning haqqi ham senda, Har bahorni yig‘lab qarshilab Ketganlarning haq ham senda…”
Derazamning oldida bir tup O‘rik oppoq bo‘lib gulladi…
|
Категория: Sms She‘rlar |
Просмотров: 131 |
Добавил: OtasH
| Рейтинг: 0.0/0 |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|