Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Пазандалик сирлари
Xushbo‘y, shirali, qaylada dimlangan guruch va go‘shtli sharchalar har kimning ishtahasini qitiqlovchi taom, shundaymi? Endi ularni yanada totli qilib tayyorlash mumkin. Buning yo‘li oson. 1. Teftellarni faqatgina o‘simlik yog‘ida qovurib oling, aslo zaytun moyi, margarin, sariyog‘ yoki dumba yog‘ida emas. Qizigan zaytun moyida qovurilgan teftellar bemaza chiqadi. 2. Teftellarni yasash oson bo‘lishi uchun unga 1 dona tuxum yoki yorma soling. 3. Mol go‘shti+tovuq go‘shti yoki qo‘y go‘shti+mol go‘shtini aralashtirib tayyorlangan teftellar mazaliroq chiqadi. 4. Agar teftellarni gaz pechida pishirishga qaror qilgan bo‘lsangiz, qayla tayyorlashda bor fantaziyangizni ishga soling. Sabzavotlar, qaymoq, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pomidor va unni aralashtirib qayla tayyorlang. Teftelning mazasi ko‘p jihatdan qaylaga bog‘liq. 5. Qovurilgan teftellar ustiga darrov qayla quymang. Avval uning o‘zini 5-10 daqiqa dimlang, so‘ng qaylani solasiz. 6. Qayla teftellarni qoplasin, shunda ular shirali va xushbo‘y bo‘lib pishadi, quruq bo‘lib qolmaydi. 7. Teftelga solinadigan guruchning shirasi qancha kam bo‘lsa, shuncha kaloriyasi kam bo‘ladi. Buning uchun guruchni avval sovuq suvda bir necha marta yuving, so‘ng ko‘p miqdorda suv solib qaynating. Qaynab chiqqach ustidagi ko‘pikni olishni unutmang. Guruch kattalashgach, olovni o‘chirib, 10 daqiqaga qoldiring. So‘ng guruchni suzib oling-da, shirasi ketish
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 140
Kerakli masalliqlar: 1. Mol go‘shti – 500 gr. 2. Tuxum – 5 dona. 3. Bodring – 4 dona. 4. Kartoshka – 5 dona. 5. Qatiq – 1 litr. 6. Ko‘katlar (ko‘k piyoz va kashnich) – 1 bog‘dan. Tayyorlanishi: Go‘sht sho‘r suvda 1 soat davomida (go‘sht pishgunicha) qaynatiladi. So‘ng sho‘rvasi sovutishga olib qo‘yilib, go‘sht va bodring somoncha to‘g‘raladi. Kartoshka va tuxum qirg‘ichning yirik tishidan o‘tkaziladi. Ko‘katlar to‘g‘ralib, go‘sht qaynagan suvga hamma masalliqlar solinadi. Qatiqni ham atalab, solinadi. Tuzi yana bir bor rostlanib, muzlatkichga 1 soatga qo‘yiladi. Bu taom yozning issiq kunlarida oftob taftini oladi. Taom masalliqlarini kubik holida ham to‘g‘rash mumkin. Bu sizning hohishingizga qarab. Yoqimli ishtaha!
Коментариев: 0
Просмотров: 117
Juftingiz bilan birga pishiring!
Zarur masalliqlar: 600 gr. tovuq go`shti (suyaksiz), 3 osh qoshiqdan ketchup va soya sousi, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, 1 osh qoshiq kunjut yog`i, ziravorlar, qora murch.
Tayyorlanishi: 1. Ketchupga soya sousini soling. Kujut yog`i, qora murch va ziravorlarni ham qo`shing. Tuz shartmas.
2. Sarimsoqpiyozni yaxshilab ezib, aralashmaga solasiz-da, aralashtirasiz.
3. Tovuq go`shtini uzunasiga o`rtacha qalinlikda to`g`raysiz.
4. Tovuq go`shti ustiga marinadni soling. Kamida yarim soat marinadlab qo`ying.
5. Marinadlangan go`shtni sixlarga tortib, kabob qo`rasida yoki gaz pechida pishirib oling.
4 kishilik
1 soatu 35 daqiqa
Коментариев: 0
Просмотров: 89
Qaynota-qaynonangiz uchun maxsus!
Zarur masalliqlar: 400 gr. mol go`shti, 200 ml. smetana, 2 bosh piyoz, 1 osh qoshiq tomat, 1 choy qoshiq un, tuz, murch, o`simlik yog`i.
Tayyorlanishi: 1. Go`shtni 1 sm. qalinlikda o`rtacha kattalikdagi bo`laklarga bo`ling. Bolg`acha bilan ozgina uring-da, bir barmoq kattaligida kesing.
2. Qizdirilgan o`simlik yog`iga go`shtning yarmini soling. Baland olovda arlashtirib turgan holda 1-2 daqiqa qovuring. So`ngra qolgan go`shtni qovurib oling.
3. Piyozni maydalab to`g`rab, qovuring. Unni ham qo`shib, aralashtiring.
4. Qovurilayotgan piyozga smetana, tomat, tuz va much solib, yarim stakan suv ham quying-da, past olovda qaynating.
5. Qovurilgan go`sht bo`laklarini ham tovaga solib, bir qaynab chiqqach, qopqog`ini yopasiz-da, yarim soat dimlaysiz.
6. Go`shtli qaylani qaynatilgan guruch yoki makaron bilan dasturxonga tortish mumkin.
4 kishilik
1 soatu 20 daqiqa
Коментариев: 0
Просмотров: 84
Zarur masalliqlar: 500 gr. go‘sht, 300 gr. qovoq, 250 ml. sho‘rva (kubiklardan foydalansangiz bo‘ladi), 2 ta kartoshka, 2 bosh piyoz, 2 bo‘lak sarimsoq piyoz, 1 ta sariq bulg‘or qalampiri, 3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, tuz, murch.
Tayyorlanishi:
1. Go‘shtni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovuring. Piyoz va sarimsoq piyozni maydalab to‘g‘rab, qovurilayotgan go‘shtga qo‘shing.
2. Bulg‘or qalampiri, kartoshka va qovoqni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. Ularni ham qozonga solib, qovurishda davom eting. 15 daqiqadan keyin qaynatilgan sho‘rvani solib, tuz, murch seping-da, 50 daqiqa past olovda dimlang.
Tayyorlanish vaqti: 80 daqiqa.
Коментариев: 0
Просмотров: 118
Zarur masalliqlar: sho`rva uchun: 500 ml. suv, tuz;frikadelkalar uchun: 400 gr. mol go`shti qiymasi, 60 gr. guruch, 1 dona tuxum oqi, 2 bosh piyoz, 1 bo`lak sarimsoqpiyoz, o`simlik yog`i, tuz, qora murch; qayla uchun: 1 donadan tuxum, tuxum sarig`i va limon, ko`katlar.
Tayyorlanishi: 1. Piyoz va sarimsoqpiyozni maydalab to`g`rang. Qizdirilgan o`simlik yog`ida avval piyozni qovurib, keyin sarimsoqpiyozni qo`shing.
2. Guruchni suvda pishiring.
3. Go`sht qiymasiga qovurilgan piyozning yarmini, tuxum oqi, 2 osh qoshiq suv, tuz va murchni soling. Yaxshilab aralashtiring. Qaynatilgan guruchni qo`shing.
4. Qiymadan kichkina «shar»lar yasang-da, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovurib oling.
5. Qolgan piyoz va frikadelkalarni chuqur idishga solib, ustidan to ular botib turguncha qaynatilgan suv quying. So`ngra past olovda 20 daqiqa qaynating.
6. Qayla uchun mo`ljallangan tuxum sarig`i, tuxum va limon sharbatini yaxshilab aralashtiring. Ozgina sho`rvadan ham qo`shib, ko`pirtiring. Qaynab ketmasdan olovdan oling. Maydalangan ko`kat sepib, dasturxonga torting.
1 soat
3 kishilik
Коментариев: 0
Просмотров: 76
Zarur masalliqlar: 400 gr. makaron, 500 gr. go`sht qiymasi, 100 gr. pishloq qirindisi, 1 tadan piyoz, sabzi, 1 dona tuxum, 2 bo`lak sarimsoq piyoz, 3 osh qoshiq o`simlik yog`i, petrushka, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Piyozni halqa shaklida to`g`rab, sabzini qirg`ichdan o`tkazib, 2 osh qoshiq qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring. Maydalangan sarimsoq piyoz va petrushkani ham qo`shing.
2. Qiymaga tuxum, qovurilgan qayla, tuz va murch solib aralashtiring.
3. Makaronni qaynayotgan tuzli suvda qaynatib oling.
4. Tovaga yog` surtib, makaronning 1/3 qismini bir tekis qilib joylang. Ustidan qiymali qaylani, qirg`ichdan o`tkazilgan pishloqni soling. Keyin masalliqlarni yana shu tartibda joylashtirib chiqing. Yuziga qolgan pishloqni seping. Ustidan qopqoq yoki folga (zar qog`oz) yopib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo`ying.
Bu taom uchun makoronni qaynab turgan tuzli suvda qaynatib oling. Shunda u ezilmasdan pishadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 91
Masalliqlar: -2 ta tuxum -0.5 st qatiq(yangi bo'lsa yaxshi) -0.5 st o'simlik yog'i -1 ta katta piyoz (juda mayda to'g'ralgan) -2ta o'rtacha kartoshka(mayda kubik to'g'ralgan) -yarimta sabzi(mayda kubik to'g'algan) -1/3 st muzlatilgan ko'k no'xot(qaynoq suvda eritib olib, suvini tokilgan)-(menda yo'q edi) -zira -1 choy-q (yoki ta'bga qaab) tuz -1.5 st.dan ko'proq un(2 stga yetar-yetmas) Tayyorlash: -Tog'orachada tuxum, qatiq va yog'ni venchikda aralashtirib olamiz. -To'g'ralgan piyoz, kartoshka va sabzini (no'xatni ham qo'shib) qo'shib qoshiq yo ketmoncha(spatula)da aralasht. Tuz va zira ham solamiz. -Unni solib, masalliqlar bir-biriga qorishguncha aralsht. -Qolipni yog'lab, aralashmani solamiz. 200C qizdirilgan pechkada 40 minut yoki usti qizarguncha pishiramiz. Binnur resepti asosi
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 139
Bu Xindistonning mashhur va mazali noni bo’lib, uni nafaqat xind ahli, balki boshqa milatlar ham sevib iste’mol qilishadi. Ayniqsa endi pishgan issiqlik paytida rotini ushatsangiz, qatlam-qatlam bo’lib, ajoib mazasi bo’ladi Masalliqlar: -1stakan suv -1.5stakan un(qolgani kelishtirib solinadi) -2choy-qoshiq tuz -2 osh-qoshiq o’simlik yog’i Tayyorlash: Suvga tuz va 1 osh-qoshiq yog’ni solib, aralashtirib, un solib ancha yumshoq hamir qoramiz va ustidan 1 osh-qoshiq yog’ni quyib 20min tindiramiz. 3 yoki 4 bo’lakka bo’lamiz va pishirishdan oldin har birini zuvalasini yasaymiz. O’qlovda yoyib, tovaga solib pishiramiz.(olov pastdan biroz yuqori). Maslahatlar: 1. Zuvalani uni pishirishdan avval qilish kerak, chunki hamirimiz juda yumshoqligidan suvala yumshab, yoyganimizda shakli dumaloq chiqmasligi mumkin. 2. Zuvalani yoyishdan avval taxtakachni biroz o’simlik yog’ida yog’lab olib, aksholda hamir taxtakachga yopishib qolishi mumkin. 3. Rotini tovaga solayotganingizda tova qizigan bo’lishi lozim.
Коментариев: 0
Просмотров: 116
Masalliqlar: -8 bo'lak qatlamali hamir -4ta qaynatib pishirilgan tuxum -ziravorlar -tuz -yuziga tuxum sarig'i -2 chimdim kunjut Tayyorlash: Hamirlarni 10x5(10x6,7)sm uzunlikda kesib olamiz. Tuxumni uzunasiga ikkiga bo'lamiz. Tuxumni teskari qilib hamirga nisbatan dioganaliga qo'yamiz,ustidan biroz tuz va ziravorlarni sepamiz. Ikkala qarama-qarshi tomonini yopishtirib, yuziga tuxum sarig'ini surib, keyin kunjut sepib, 180Cda qizigan pishirgichga 25-30daqiqaga qo'yamiz. Pishib sovugach, dasturxonga tortamiz. Maslahatlar: Qatlamali hamir qanchalik sovuq bo'lsa, shunchalik pishganda yumshoq va qavat-qavat bo'ladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 114
NORIN (6-7kishi uchun): -400gr go’sht -1stakan o’simlik yog’i -0.5ta piyoz -1osh-q zira Hamiri uchun: -1dona tuxum -1.5stakan suv -2choy-q tuz -4.5stakan yuqori navli un Go’shtni 4-5kun avval sho’r qilib tuzlab qo’yiladi. So’ng 2.5 litrga yaqin suvda 15-20daqiqa qaynatiladi.(go’sht juda yumshab ketmasligi kerak)Hohishga ko’ra go’shtni mayda to’g’rash yoki mixerda chiqarish ham mumkin. Yog’ni qizdirib, piyozni to’g’rab qizarguncha qovurib olamiz va qizargach piyozni yog’dan suzib olamiz va yog’ni sovutamiz. Tuxum+suv+tuz va un solib hamir qoramiz va hamirni 5daqiqacha yaxshilab mushtlaymiz va 30daqiqa ustini yopib tindiramiz. Hamirdan 5ta zuvalachalar yasab, unga botirib, sekin-asta 2mm qalinlikda yoyaymiz. (Agar o’qlov katta bo’lsa 2ta zuvala yasasa bo’ladi) Yoyilgan hamirimizni 15sm kvadrat shaklida kesib olamiz. Qaynab turgan suvga solib, aralashtiramiz va 1-2daqiqadan pishirib olamiz. Hamir pishishi bilan idishga solib, ustidan sovuq suv quyamiz va qo’lda olib, kengroq idish chetlariga yoyamiz. Ikkinchi hamirni yoyguncha shu idish chetida qoladi, ikkinchi hamirni suvga solgandan so’ng avval yoyilgan hamirlarni dasturxon ustiga yana yoyib chiqamiz va 5-10daqiqa shundoq qoldiramiz(qurishi uchun) Avval piyoz qovurib, sovutgan yog’imizdan olib lagan ostiga surib, dasturxonga yoyilgan hamirlardan olib qo’yamiz va har bir hamir orasini yaxshilab yog’laymiz.Yog’langan hamirlarni 4-5tasini birga olib, uzunchoq 2-3sm qilib kesib chiqamiz va har bir kesmani 1mm qalinlikda yana to’g’
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 134
1 piyola sovuq suv 1 ta tuhum 1 piyola shakar 1 osh qoshiqdan o'simlik yogi va sariyog' 1 osh qoshiq asal 1 osh qoshiq razrihlitel 2-3 piyola un Tayyorlashi: suvga tuhumni solib atalaymiz.. shakarni solamiz... asalni va yogni solamiz.... unga vanilin va razrihlitlni aralashtirib elakdan o'tqazib solamiz... yumshoq hamir bo'lganidan keyin.. 10 ta bo'lakga bo'lamiz, hamir pshganda ishib ko'tariladi. har birini yupqa yoyib chiqamiz yupqa qilib... vilkada teshib chiqamiz... o'rta olovda qizib turgan skovorodkada 2 tarafini pishirib olamiz...(gaz plita ustida qizigan quruq tovada yog' surmay pishirasiz 5 daqiqadan, qizarib pishishi kerakmas.Razrihlitel tufayli korjlar shishib pishadi yumshoq bo'lib.) Pishganidan keyin hammasini bir hil doyra qilib atrofini kesib olamiz... tayyor bo'lgan korjlarimizni zavarnoy krеm yoki sgusсhenka+saryoq yoki qaymoq kremini surtib chiqamiz. (Krem qancha ko'p bo'lsa shuncha yahshi), atrofidan chiqqanlanlarini uvalab tort atrofi va tepasiga yopishtirib chiqamiz. Tortni 1 sutkadan keyin iste'mol qiling. 
Коментариев: 0
Просмотров: 110
200 г сариёг, 200 г сметана, 1/2 чой кошик истеъмол содаси, ун (юмшок хамир учун) Начинкасига творог билан шакар аралашмаси, ёки мураббо, ёки хохлаган кремдан фойдаланиш мумкин.
Масалликларни барчасини аралаштириб, 1 соатга музлатгичга куямиз.
Тайёр хамирни уртача калинликда ёйямиз, начинкани суртиб рулет ураймиз ва духовкада пишириб оламиз.
Коментариев: 0
Просмотров: 119
Куритилган ёнгок магзини янчинг. Унни элаб устига шакар, ёнгок, туз, сариёг булагини солиб хамммасини пичок билан киймаланг. Сунг тухум кушиб корилган хамирни совук жойда тиндиринг. Сунгра уни 0,5 см калинликда ёйиб, шаклдор килиб кесинг ва устига тухум суртиб уртача оловда пиширинг.
Коментариев: 0
Просмотров: 169
100 г ун, 25 г сариёг, бир чимдим туз, 2 ош кошик сут.
1) Начинка: 2 та помидор, 50 г пишлок 2) Начинка: кузикорин.
Идишга ун, туз хамда майдалаб тугралган сариёгни солиб аралаштирамиз. Сунгра оз-оздан сутни кушиб хамир корамиз. Тайёр хамирни ёгланган колипга соламиз. Устидан начинкасини (помидорларни майдалаб кесиб устидан пишлокни теркадан утказамиз) солиб 15 дакика ичида олдиндан иситилган духовкада пишириб оламиз.
Коментариев: 0
Просмотров: 105
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|