Payshanba, 24.07.2025, 06:52
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 13
Mehmonlar: 13
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Avgust » 8 » Mazali teftel tayyorlash sirlari
19:22
Mazali teftel tayyorlash sirlari
Xushbo‘y, shirali, qaylada dimlangan guruch va go‘shtli sharchalar har kimning ishtahasini qitiqlovchi taom, shundaymi? Endi ularni yanada totli qilib tayyorlash mumkin. Buning yo‘li oson.

1. Teftellarni faqatgina o‘simlik yog‘ida qovurib oling, aslo zaytun moyi, margarin, sariyog‘ yoki dumba yog‘ida emas. Qizigan zaytun moyida qovurilgan teftellar bemaza chiqadi.

2. Teftellarni yasash oson bo‘lishi uchun unga 1 dona tuxum yoki yorma soling.

3. Mol go‘shti+tovuq go‘shti yoki qo‘y go‘shti+mol go‘shtini aralashtirib tayyorlangan teftellar mazaliroq chiqadi.

4. Agar teftellarni gaz pechida pishirishga qaror qilgan bo‘lsangiz, qayla tayyorlashda bor fantaziyangizni ishga soling. Sabzavotlar, qaymoq, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pomidor va unni aralashtirib qayla tayyorlang. Teftelning mazasi ko‘p jihatdan qaylaga bog‘liq.

5. Qovurilgan teftellar ustiga darrov qayla quymang. Avval uning o‘zini 5-10 daqiqa dimlang, so‘ng qaylani solasiz.

6. Qayla teftellarni qoplasin, shunda ular shirali va xushbo‘y bo‘lib pishadi, quruq bo‘lib qolmaydi.

7. Teftelga solinadigan guruchning shirasi qancha kam bo‘lsa, shuncha kaloriyasi kam bo‘ladi. Buning uchun guruchni avval sovuq suvda bir necha marta yuving, so‘ng ko‘p miqdorda suv solib qaynating. Qaynab chiqqach ustidagi ko‘pikni olishni unutmang. Guruch kattalashgach, olovni o‘chirib, 10 daqiqaga qoldiring. So‘ng guruchni suzib oling-da, shirasi ketishi uchun muzday suvda chaying.

8. Teftellarni dimlash uchun qozonga solayotganda ular orasida masofa qoldiring, axir pishish jarayonida shishi bor. Tayyor teftellarni darrov yeyishga shoshilmang. Olov o‘chirilgandan so‘ng xech bo‘lmasa 1 soat qaylani singdirib tursin, bunday usul teftelь ta’mini yana ham yaxshilaydi.
Категория: Пазандалик сирлари | Просмотров: 141 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Avgust 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |