Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Avgust » 04
"Real" yetakchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya soliq qonunlarini buzmaganligini aytdi.
"2014-yilda men soliqlarni to'laganman. Ammo bu borada ko'p narsani tushunmayman. Shuning uchun ham maslahatchilarim bor. Ular esa hech qanday muammo yo'q deb aytmoqda. Men ularga ishonaman. Men eng yaxshi maslahatchilar xizmatidan foydalanaman, ularga ko'p pul to'layman. Ular esa o'z ishini puxta bajaradi.
Jorje Mendesh ham o'z ishining ustasi. U futbolchilarga eng yaxshi shartnomalarni tuzishda yordamlashadi. Bundan tashqari, u farzandlarimni ham cho'qintirgan otasidir. Unga hammadan ko'p ishonaman" - dedi Ronaldu A Bola xabarida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ispaniya prokuraturasi uni 14,7 mln yevro miqdoridagi soliqlarni yashirganlikda ayblagan edi.
Коментариев: 0
Просмотров: 69
200 г сариёг, 200 г сметана, 1/2 чой кошик истеъмол содаси, ун (юмшок хамир учун) Начинкасига творог билан шакар аралашмаси, ёки мураббо, ёки хохлаган кремдан фойдаланиш мумкин.
Масалликларни барчасини аралаштириб, 1 соатга музлатгичга куямиз.
Тайёр хамирни уртача калинликда ёйямиз, начинкани суртиб рулет ураймиз ва духовкада пишириб оламиз.
Коментариев: 0
Просмотров: 119
Куритилган ёнгок магзини янчинг. Унни элаб устига шакар, ёнгок, туз, сариёг булагини солиб хамммасини пичок билан киймаланг. Сунг тухум кушиб корилган хамирни совук жойда тиндиринг. Сунгра уни 0,5 см калинликда ёйиб, шаклдор килиб кесинг ва устига тухум суртиб уртача оловда пиширинг.
Коментариев: 0
Просмотров: 169
100 г ун, 25 г сариёг, бир чимдим туз, 2 ош кошик сут.
1) Начинка: 2 та помидор, 50 г пишлок 2) Начинка: кузикорин.
Идишга ун, туз хамда майдалаб тугралган сариёгни солиб аралаштирамиз. Сунгра оз-оздан сутни кушиб хамир корамиз. Тайёр хамирни ёгланган колипга соламиз. Устидан начинкасини (помидорларни майдалаб кесиб устидан пишлокни теркадан утказамиз) солиб 15 дакика ичида олдиндан иситилган духовкада пишириб оламиз.
Коментариев: 0
Просмотров: 105
Ushbu tortni pishirish uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar: 3 ta tuxum, 200 gr shakar, 2 osh qoshiq asal, 3 stakan un, 100 gr. saryog‘, 1 choy qoshiq un, 200 gr saryog‘. Emal idishda tuxumni yaxshilab ko‘pirtirganingizdan so‘ng idishni suv bug‘iga qo‘yasiz, shakar, asal hamda saryog‘ qo‘shasiz. So‘ng iste’mol sodasi hamda unni qo‘shib yana aralashtirasiz. Xamirni bug‘dan olib qo‘yib, bir oz tindirasiz.
Nachinkani qoshiq bilan duxovka patnisiga solib, o‘zingiz istagan shaklda yoyasiz va gazda usti oltin rangga kirgunga qadar pishirasiz. Xuddi shunday hajmdagi xamirlardan yana to‘rtta pishirib olasiz. Va ushbu tayyor qavatlar sovigandan so‘ng ustma-ust, orasiga nachinkada surib qo‘yasiz. Ustiga pishiriq chetidan qolgan ushoqlar, tortni har xil mevalar bilan bezash ham mumkin yoki bo‘lmasa glazur suriladi. Glazurni tayyorlash uchun 50 gr. saryog‘ga 3 osh qoshiq shakar hamda 3 osh qoshiq kakao, vanilin kukuni quyasiz. Saryog‘ erib va bir oz qaynagach, gazdan olasiz.
Tortni tayyor bezelar yoki o‘z didingizga moslab bezashingiz mumkin.
Коментариев: 0
Просмотров: 137
O’rtacha qilib xamir qorasiz, zuvala qilib sochiqqa o’rab 10-12 minut tindirib qo’yasiz.Shundan so’ng xamirga tuz va soda eritmasi surtasiz(buning uchun 1 choy qoshiqda tuz va 0,5 choy qoshiqda olingan sodani 0,5 stakan suvga eritiladi) shunday eritmada qo’lni namlab xamirni mushtlaysiz, toki bu namlik xamir bag’riga singib ketsin.So’ngra xamirdan yong’oqday-yong’oqday zuvalachlar yasab, har bir zuvalachani taxta ustiga qo’yib kaft bilan dumalatib armoq kattaligidagi piltalar yasaymiz.Piltalarni likopchga terib bir-biriga yopishib ketmasligi uchun ustiga o’simlik yog’i surtasiz.Xamirga singitilgan tuz soda eritmasi va ustiga surtilgan usimlik moyi xamirning cho’ziluvchanligini taminlaydi. Ana endi har bir piltani ikki uchidan ushlab taxtachaga urub-urub tortsangiz uzun va ingichka arg’amchi hosil bo’ladi,cho’zmani ikki buklab yana taxtachaga urub cho’zsangiz, 4 qavatdan iborat ingichka vermishelsimon holatga keladi.Hamma xamirni ana shu taxlit cho’zib bo’lgach, qaynab turgan tuzli suvga solib pishirasiz. Yuziga qalqib chiqqanda chovli bilan suzib olib 2-3 marta sovuq suv bilan chayqab yuborsangiz, yuzigab surkalgan yog’i ketib xamir bir-biriga yopishmaydi. Va (qaylasi): qozonda yog’ini dog’lab piyoz solib jazlaysiz, uncha qizarib ketmay turib mayda, ‘chumchuq tili’ qilib to’g’ralgan go’shtni solasiz, kavlab qoyurib tursangiz seli chiqadi, ana shunda halqa qilib to’g’ralgan chuchuk garimdori, kubik (1×1×1 sm) shaklida to’g’talgan sabzi, somoncha to’g’ra
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 135
Qo'y yog'ini kubik shklida to'g'rab eritasiz, jizzasini suzib olib yog'ini dog'laysiz-da, unga go'shtdan tozalangan bir bo'lak suyak tashlab yuborasiz. Suyak qizg'ish tusga kirguncha qovurasiz, bu - oshga qizil tus beradi. Suyakni olib tashlagandan keyin yoqqa parrak-parrak qilib to'g'ralgan piyoz solasiz va yahshilab qovurasiz. So'ngra lo'nda-lo'nda qilib to'gralgan go'shtni solib piyoz bilan birga qovurasiz. Piyoz qizg'ish tusga kirgach qozonga somon shakida qilib to'g'ralgan sabzi solamizda, bir oz tuz sepib aralashtirib qovurasiz. Sabzi tilla-sariq jigarrang tusga kirganda oshga solinadigan suvning yarmin quyib qaynatasiz. Zirvakka har hil ziravorlar va qizil qalampir solsangiz ham bo'ladi. Zirvakni uncha baland bo'lamagan olovda 20-25 daqiqa mildiratib qaynatasiz. Ayni paytda guruchni terib tozalab, sovuq yoki iliq suv builan 3-4 marta yuvib tayyorlaysiz. Guruchni ikki kaft orasida olib astalik bilan 1 necha marta ishqab yuvish kerak. Guruch qattiq ishqab yuvilsa maydalanib ketishi va palov lanj bo'lib qolishi mumkin. Guruchni qozonga bir tekis qilib solinganidan keyin o'choqdan cho'g'ni tortib olib alangani kuchaytirasiz va darhol guruchga suv quyasiz. Suv guruch betidan 1-1,5 sm ko'trailib tursin. Qozondagi ovqatning bir tekis qaynashi juda muhimdir. Aks holda palov "tirik" bo'lib qoladi. Gurunch hali suvni tortmay turib oshning tuzini rostlaysiz suvi tortilganidan keyin uni kapkir bilan o'rtaga qo'yib bir necha eriga dam cho'p suqib, yuzidagi suvni ostiga tushirasiz v
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 169
O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov o`zining yangi qo`shig`iga suratga olingan klipni muxlislar e`tiboriga havola etdi.
Nodir Umarov musiqasi, Botirjon Ergashov so`zi bilan kuylangan “Manguberdi” taronasi klipi nafaqat xonanda ijodida, balki o`zbek estradasida ham alohida o`rin egallaydi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Klipni tomosha qilish jarayonida bunga o`zingiz ham amin bo`lasiz.
Videoklipda Chingizxon rolini qoraqalpog`istonlik xonanda Maxet O`temuratov ijro etgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 84
3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida ma`lum qilinishicha, O'zbekistonda “Ilhom” yangi jamoat fondi tashkil etiladi. Bu jamoat fondi bastakorlar, yozuvchilar, jurnalistlar va rassomlar uchun bo'ladi.
Shuningdek, Zominda “Yozuvchilar uyi” qurilishi ma`lum qilingan. U yerda bitta xona har bir yozuvchiga ijod qilish uchun bir yilga beriladi. Iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun Oliy adabiyot kursi tashkil etiladi.
Yig'ilishda ta`kidlanishicha, madaniyat vaziri O'zbekiston davlat konservatoriyasiga rektor bo'ladi. Madaniyat vazirligiga esa Taras Shevchenko ko'chasidagi “Asakabank” binosi beriladi.
Madaniyat va san`at oliygohlari, san`at-musiqa maktablari faoliyati tubdan ko'rib chiqiladi. Har bir musiqa maktabiga taniqli san`atkorlar direktor etib tayinlanadi. Xususan, Ozodbek Nazarbekov, G'ulomjon Yoqubov, Zulayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitova shunday maktablarga direktor bo'lishi aytilgan. Bundan tashqari, Afzal Rafiqov yosh diktorlar maktabiga rahbar bo'lishi xabar berildi.
Коментариев: 0
Просмотров: 80
Turkiya teleijodkorlari tomonidan bir necha yillar davomida suratga olib kelinayotgan "Qashqirlar makoni” (Kurtlar Vadisi) serialining davomi haqida yangi ma`lumotlar paydo bo'ldi. Loyihaning yangi qismlari o'tgan yili Turkiyada amalga oshmay qolgan davlat to'ntarishi voqealariga bag'ishlanadi. Bu safar ham bosh rolni aktyor Najoti Shoshmaz maromiga yetkazib ijro etgan bo'lib, film voqealari uning atrofida yuz beradi.
"Qashqirlar makoni. Vatan" filmining ilk namoyishi 29 sentabrda bo'lib o'tishi kutilmoqda. Shu paytgacha filmning tizer lavhalari taqdim qilinmoqda. Loyiha mualliflaridan birining aytishicha, loyihaning kelgusi qismlari 2018 yilning ilk kunlaridan namoyish etiladi va bu "Qashqirlar makonida tartibsizliklar" nomi bilan ekranlarga qaytadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 125
2017 yilning 3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig'ilishida davlat rahbari bugungi estrada xonandalari haqida ham to'xtalib o'tdi. Qayd etilishicha, eng ommaviy san`at bo'lgan estrada san`atini rivojlantirish Madaniyat vazirligi e`tiboridan chetda qolmoqda. Bu sohada ijod qilayotgan aksariyat ijrochilar faoliyatida talabchanlik va mas`uliyat, ijtimoiy jarayonlarga daxldorlik tuyg'usi tobora pasayib borayotgani aytildi. “Men o'z tajribamdan yaxshi bilaman, katta bayramlarimizni – bu Mustaqillik, Navro'z yoki Konstitutsiya bayrami bo'ladimi – ularni o'tkazishda bizni eng qiynaydigan, xunobimizni chiqaradigan narsa – bu estrada dasturi ekanini hammangiz yaxshi bilasiz. Ming afsuski, mana shu holat hali ham barham topgani yo'q. Estrada san`atidagi kamchiliklarning asosiy sabablari hech kimga sir emas. Ko'pchilik qo'shiqchilar mas`uliyatni unutib, o'z ustida ishlamay qo'ygan, izlanish, mahoratini oshirish, yangi ijodiy g'oyalar bilan yashash, san`at dunyosiga, muxlislarga hurmat kabi tushunchalar ularga begona bo'lib qolgan, desak, qanchalik achchiq bo'lmasin, bu ham haqiqat. Shunday san`atkorlar ham borki, unvon olgunicha tinimsiz yelib-yuguradi, hol-joningizga qo'ymaydi. Unvon oldimi, tamom, suvga tushgan toshdek jim bo'lib ketadi. Ulardan unvonga yarasha, xalqning e`tiboriga yarasha ijod qani, deb so'rash o'rinlimi yoki yo'qmi? Ijodkorning talabi bilan birga burchi ham bo'lishi kerak emasmi?”, - dedi Prezident.
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 101
Endilikda «PSJ» hujumchisi bo'lgan Neymar yangi jamoaga o'tish bilan birga dunyoning eng qimmat futbolchisi rekordini yangiladi.
Kataloniyaliklar rasmiy saytiga ko'ra, Neymarning vakillari klubga shartnomani bir tomonlama bekor qilish uchun yetarli bo'lgan 222 mln yevro miqdorida mablag'ni to'lab berishgan va natijada futbol tarixidagi yangi rekordni yuzaga keltirishgan.
Neymarga qadar Pol Pogba dunyoning eng qimmat futbolchisi bo'lib turgandi. O'tgan yili u «Yuventus»dan 105 mln. yevro evaziga «Manchester Yunayted»ga yo'l olgandi.
Dunyoning eng qimmat futbolchilar. TOP-5.
1. Neymar — 222 mln yevro («Barselona» — erkin agentlik huquqi sotib olinib — «PSJ»ga); 2. Pol Pogba — 105 mln yevro («Yuventus» — «Manchester Yunayted»); 3. Garet Beyl — 101 mln yevro («Tottenhem» — «Real»); 4. Krishtianu Ronaldu — 94 mln yevro («Manchester Yunayted» — «Real»); 5. Gonsalo Iguain — 90 mln yevro («Napoli» — «Yuventus»).
Коментариев: 0
Просмотров: 71
Neymar endi «Barselona» futbolchisi emas. Klub matbuot xizmati xabar berishicha, klub hisobiga futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 222 mln yevro kelib tushgan. Endi futbolchiga «PSJ»ga o'tishi uchun to'siq yo'q.
«Neymarning vakillari «Barselona» ofisiga keldi va shartnomani bir tomonlama buzish uchun yetarli bo'lgan 222 million yevroni to'ladi.
«Barselona» UYeFAga ushbu amaliyotning barcha jihatlari haqida ma`lumot yo'lladi», – deyilgan xabarda.
Bundan avvalroq Fransiyadagi nashrlarda, Neymar «Barselona» vakillari bexabar holda «PSJ» uchun tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq La Liga parijliklarning Neymar uchun taklif qilgan 222 mln yevrosini qabul qilmasligini ma`lum qildi, keyinroq ishga Fransiya professional futbol ligasi aralashdi.
Коментариев: 0
Просмотров: 64
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|