Payshanba, 24.07.2025, 06:47
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 6
Mehmonlar: 6
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Avgust » 18
Kuzatuvlar tarixidagi eng yirik astreoidlardan biri Yerga yaqinlashmoqda, deya ogohlantirmoqda NASA.

Koinot ob`yekti 4,4 diametrga ega bo'lib, olimlar uni «Florentsiya» deb atashdi. U 1 sentabr kuni Yerga maksimal darajada yaqinlashadi.

Ma`lum qilinishicha, gigant-astreoidning sayyoramiz bilan orasidagi masofa xavfsiz hisoblanadi - taxminan 7 million kilometr. Astreoid Puerto-Riko hududida joylashgan radar va qurilmalardan kuzatiladi.

Ta`kidlash joizki, «Florentsiya» 1980 yilda kashf qilingan. Astreoidning Yerga yaqinlashishi olimlarga ushbu osmon jismi haqida qo'shimcha ma`lumot olish imkonini beradi.
Коментариев: 0
Просмотров: 103
AQShdagi Jon Hopkins universiteti olimlar guruhi Mars sayyorasi sirtida — ekvatori yaqinida muz shaklidagi katta suv zaxirasi borligini aniqlashgan. Ular bunday xulosaga Mars Odyssey orbital apparatidan olingan ma`lumotlarni tahlil qilib bo'lishganidan so'ng kelishgan. Lekin Qizil sayyora iqlimi hisobga olinadigan bo'lsa, sayyoraning bu hududida suv topilishi amri mahol. Bu haqda ScienceAlert nashri maqola e`lon qilgan.

Mars Odyssey Mars sirtidan 4 ming kilometr balandlikda joylashganligi sababli u sayyora gruntidagi suv miqdorini bevosita aniqlay olmaydi. Biroq u kosmik nurlarning suv tarkibiga kiruvchi vodorod bilan to'qnashuvidan so'ng paydo bo'ladigan neytronlarni qayd eta oladi. Bu hodisa 2002 yildayoq Qizil sayyorada suv borligini aniqlashda qo'l kelgan, lekin o'shanda sayyoraning qutblari tilga olingan edi. Shu paytgacha ekvatorda suv tezda bug'lanib ketadi, deb hisoblab kelinayotgan edi.

Apparat ma`lumotlariga ko'ra suv zaxiralarining xaritasi yaratilishiga imkon bergan yangi statik uslublar yordamida muzlar sayyoraning issiqroq hududlarida ham mavjudligi aniqlandi. Olimlarning fikriga ko'ra, bunday g'ayrioddiy natijalar kelib chiqishi Marsning o'qi bir necha million yillar muqaddam boshqa burchak ostida joylashgani va ekvatorda ko'plab miqdorda suv yig'ilib qolgani bilan tushuntirildi. Biroq muzga aylangan suv qandaydir sabab bilan o'z holatini o'zgarmasdan saqlanib kelmoqda.
Коментариев: 0
Просмотров: 80
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 avgust kuni Bekobod shahriga tashrifi davomida shahardagi «Paxtakor» mahalla fuqarolar yig'iniga keldi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

«Davlatimiz rahbari mahalla ahli bilan muloqot qilib, hududdagi «Metallurg-madad» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati bilan tanishdi», — deyiladi agentlik axborotida.

Bundan avvalroq Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrif buyurgani, safarni «O'zbekiston metallurgiya kombinati» faoliyati bilan tanishishdan boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Коментариев: 0
Просмотров: 82
«Barselona» «Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutino hamda «Borussiya» hujumchisi Usmon Dembeleni tarkibga qo'shib olish uchun katta mablag' sarflashga tayyor.

Marca xabariga ko'ra, «Barselona» rahbariyati bu futbolchilarni sotib olish uchun hech narsadan tap tortmaydi.

Manbaning yozishicha, kataloniyaliklar klubi bu futbolchilarning har biri uchun 150 million yevrodan sarflashi, Koutino va Dembele transferi 300 million yevroga aylanishi mumkin.
Коментариев: 0
Просмотров: 75
Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Luis Suaresning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi. Bu xabarni kataloniyaliklar rasmiy sayti ham tasdiqladi.

Klub matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, Suares o'ng oyoq tizzasidan jiddiy jarohat olgan va endilikda uning tiklanishi uchun to'rt hafta muddat talab qilinadi. Natijada urugvaylik futbolchi Ispaniya chempionatining «Betis», «Alaves», «Espanol» va shuningdek, katta ehtimol bilan «Xetafe»ga qarshi uchrashuvlarini o'tkazib yuboradi.

Shuningdek, jamoa shifokorlari himoyachi Jyerar Pikening jarohati bo'yicha ham xulosa berishgan. Pikening chov qismidan olgan jarohati unchalik jiddiy emas va u «Betis»ga qarshi uchrashuvgacha safga qaytishi mumkin bo'ladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 57
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Avgust 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |