Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 12 Mehmonlar: 12 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Avgust » 09
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa Superkubogi uchun «Real»ga qarshi kechgan va 1:2 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlangan o'yindan keyin Janluki Rokki boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishiga norozilik bildirdi. U hakamlar madridliklarning birinchi goli ofsayddan urilgan bo'lsada hisobga olinganiga e`tibor qaratgan. «Biz 1:2 hisobida yutqazdik, kichik hisobda. Gollarning biri esa ofsayd holatida urilgandi. Agar videotakror tizimi bo'lganida o'yinda hisob teng bo'lardi - 1:1. Bu holda o'yinda qo'shimcha bo'limlar bo'lardi. Ular birinchi bo'lim o'rtalarigacha o'yinda ustunlik ko'rsatishdi. Ikkinchi bo'limda esa biz yaxshiroq o'ynadik. Biz fantastik futbolchilarga egamiz. Maqsadga deyarli yetayotgandik. Ammo Krishtianu Ronaldu maydonga vaqtni o'ldirish uchun chiqib keldi. Hakamlar esa unga hurmat bajo keltirib, u qachon istasa jarima zarbasi belgilab beraverdi», – deya Mourinoning so'zlarini keltirgan BBC. 
Коментариев: 0
Просмотров: 87
«PSJ» hujumchisi Neymar bonuslar to'lanmagani uchun FIFAga «Barselona» ustidan shikoyat qilishi mumkin.
Sky Sports xabarida qayd etilishicha, katalonlar jamoasi braziliyalik futbolchining otasiga u o'g'li o'tgan yilda shartnomani uzaytirishida vositachi bo'lgani uchun kelishilgan 23 million funtni to'lamagan.
Hozircha FIFAga rasman shikoyat yo'llanmagan, lekin bunday ehtimol ko'rib chiqilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Neymar o'tgan haftada «Barselona»dan «PSJ»ga rekord darajadagi mablag' evaziga transfer qilindi. Parijliklar uning transferi uchun 222 million yevro to'ladi va yiliga 30 mln yevro to'lash ko'zda tutilgan 5 yillik shartnoma imzolandi. Bu transfer doirasida Neymarning otasiga ham bonus berilgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 73
«PSJ»ning yangi futbolchilari Neymar va Dani Alves «Arsenal» hujumchisi Aleksis Sanches bilan bog'lanib, uni Parij klubiga kelishga undagan. Bu haqda El Mercurio xabar tarqatdi.
Oxirgi vaqtlarda chililik futbolchi London klubidan ketishi haqida xabarlar tarqalgan. 28 yoshli futbolchiga parijliklardan tashqari «Monako» va «Manchester Siti» klublaridan qiziqish mavjud.
O'tgan haftada «Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger Sanches shartnomani uzaytirmasa ham jamoada qolishi haqida ma`lum qilgandi.
6 avgust kuni esa u Sanchesni Angliya Superkubogi uchun «Chelsi»ga qarshi kechgan o'yin qaydnomasiga ham kiritmadi. 7 avgust kungi intervyusida u jamoada futbolchilar ko'payib ketgani, yozgi transferlar vaqtida ba`zi futbolchilar sotilishi mumkinligini aytdi.
Qayd etish kerakki, Sanches «Barselona»daligida, 2013/14 yilgi mavsumgacha Neymar va Dani Alves bilan birga o'ynagan.
U londonliklar safida o'tgan 3 mavsumda 145 o'yinda maydonga tushib, 72 gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi muddati 2018 yil yozigacha tuzilgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 68
Iroq Oliy jinoyat sudi qaroriga ko'ra, 27 kishi 2014 yili IShID jangarilari tomonidan amalga oshirilgan «Shpayxer qatliomi»ga aloqadorlikda ayblanib, o'lim jazosiga mahkum etildi. Seshanba kuni e`lon qilingan qaror matni bilan jurnalistlarni tanishtirgan mamlakat Oliy jinoyat sudi vakili Abdul Sattor Biroqdor «27 nafar jinoyatchi o'shanda 1,700 kishi qatl etilgani uchun jazolanishi kerak», deb fikr bildirgan.
Qaror Oliy jinoyat sudi tomonidan qabul qilinganiga qaramay, ayblanuvchilar apellyatsiya qilishi va o'z himoyasi uchun dalillarni keltirishi mumkin. Ushbu kishilarning jazolanishi «Shpayxer qatliomi»ga aloqador shaxslarning o'limga mahkum etilishiga oid ikkinchi yirik qaror hisoblanadi. 2016 yili Iroq hukumati 36 nafar jinoyatchini dorga osish orqali o'lim jazosiga mahkum etgan edi.
Shpayxer, Tigrit shahri yaqinidagi AQShning sobiq harbiy bazasi, IShID jangarilari tomonidan nazoratga olingach, qo'lga olingan shia e`tiqodidagi kishilarning qatliomiga guvoh bo'lgan. Hozirgacha jangarilar tomonidan o'ldirilgan kishilarning 1,700 nafarga yaqini kafanlanib, qaytadan ko'mildi.
Коментариев: 0
Просмотров: 66
Olmaotada Xitoyning Sintszyan-Uyg'ur muxtor tumanida yuz bergan zilzila kuchi sezildi. Bu haqda shaharning favqulodda vaziyatlar departamenti ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, Olmaotada sezilgan zilzila kuchi 4 ballni tashkil qilgan.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 5:30da (Toshkent vaqti bilan soat 04:30) qayd qilingan. Zilzila markazi Olmaotadan 490 km uzoqlikda bo'lgan.
"Vayronalar va jabrlanganlar haqida ma`lumotlar yo'q", deyilgan xabarda.
Xitoy markazida joylashgan Sichuan viloyatidagi kuchli zilziladan keyin shimoli-g'arbidagi Sintszyan-Uyg'ur muxtor tumanida 6,5 magnitudali yangi zilzila yuz berdi.
Коментариев: 0
Просмотров: 66
Xitoyning Sichuan viloyatida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo'lganlar soni 12 kishiga yetdi. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, so'nggi ma`lumotlarga ko'ra, 175 kishi jabrlangan.
8 avgust kuni Xitoyning Sichuan viloyatida 6,5 magnitudali zilzila yuz berdi. 9 avgust kuni esa Jinjon-Uyg'ur muxtor tumanida yana bir yer silkinishi qayd etildi.
Коментариев: 0
Просмотров: 58
Madridning "Real" klubi "Manchester Yunayted"ni yutib UEFA Superkubogini qo'lga kiritganidan so'ng, ushbu turnirda 4 marta g'olib chiqgan jamoa deb tarixdan joy oldi.
Va bu borada "Real" "Liverpul"ni ortda qoldirib (3 marta) va 2-o'ringa ko'tarilib oldi. UEFA Superkubogi eng ko'p "Barselona" va "Milan" besh martadan yutishgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 64
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi UEFA Superkubogi uchun baxsda "Real"ga imkoniyatni boy berdi.
Mankunianliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyo esa faoliyati davomida biror marotaba ham rasmiy o'yinlarda "Real"ni mag'lub eta olmagan.
Mour jamoalari "Real"ga qarshi 5 marta to'qnash kelishgan va 4 marta mag'lub bo'lishgan, bir marta esa durang qayd etgan. To'plar nisbati (8:3).
Коментариев: 0
Просмотров: 47
Yevropa chempionlari ligasi g‘olibi "Real" UEFA superkubogini qo‘lga kiritdi. Zidan shogirdlari sovrin uchun bahsda Mourinyo boshchiligidagi "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lishdi. "Madrid" bu o‘yinda o‘zi yaratgan vaziyatlardan samarali foydalandi. Uchrashuvning 24-daqiqasida Karvaxal jarima maydonchasi tashqarisidan darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatma berdi. Kazemiro himoyachilardan qochib ketib, to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga joylab qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim boshida ispaniyaliklar hisobdagi farqni oshirishdi. Isko raqib jarima maydonchasi chizig‘i ustida Beyl bilan "devor" o‘ynadi hamda yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, darvozani ishg‘ol qildi. Oradan 2 daqiqa o‘tib "MYU" hisobni qisqartirishi kerak edi. Qanotdan yetkazilgan uzatmagan Pogba bosh bilan zarba berdi. Navas zarbani qaytardi. Lukaku esa 10 metrlardan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. Shunga qaramay, Lukaku o‘z xatosini to‘g‘riladi. Bahsning 62-daqiqasida Matich jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Navas zarbani qaytardi, ammo Romelu to‘pni egallab, darvozani ishg‘ol qildi. Mourinyo jamoasi hisobni tenglashtirishga juda yaqin keldi. Mxitaryanning ajoyib uzatmasidan keyin Reshford birga-bir vaziyatga chiqib, zarba berdi. To‘p Navasning qo‘llari uchiga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi. Shu tariqa, "Real" yangi mavsumdagi ilk sovrinni qo‘lga kiritdi. Zidan jamoasi o‘tgan mavsum avvalida ham ushbu sovringa e
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 104
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|