Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 9 Mehmonlar: 9 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Avgust » 29
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 avgust kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 18-20, kunduzi 36-38 daraja issiq bo'ladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 17-22, kunduzi 34-39 daraja issiq bo'ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 17-22, kunduzi 34-39 daraja issiq bo'ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 17-22, kunduzi 34-39 daraja issiq bo'ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 17-22, kunduzi 35-40 daraja issiq bo'ladi.
Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 17-22, kunduzi 33-38 daraja issiq bo'ladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 97
AQSh prezidenti Donald Tramp O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni mustaqillik bayrami bilan tabriklab, maktub yo'lladi. Maktub matni O'zA tomonidan keltirilgan.
«Muhtaram Prezident Janoblari!
Sizni va O'zbekiston xalqini 1 sentabr kuni nishonlanadigan mamlakatingiz mustaqilligining 26 yilligi bilan Amerika xalqi nomidan muborakbod etaman.
O'zbekiston milliy bayrami hamda Sizning davlat rahbari lavozimidagi faoliyatingizning birinchi yili yakunlanayotgani munosabati bilan mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlik va sheriklikni yanada mustahkamlash yo'lida qat`iy ekanimizni tasdiqlamoqchiman.
Biz Sizning rahnamoligingizda amalga oshirilayotgan mintaqada barqarorlikni ta`minlash, demokratik qadriyatlarni mustahkamlash va o'zaro manfaatli iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan izchil sa`y-harakatlarni qo'llab-quvvatlaymiz.
Sizga va butun O'zbekiston xalqiga ushbu qutlug' sanani shodu xurramlik bilan nishonlashni tilayman.
Hurmat bilan,
Donald Tramp, Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti»
Коментариев: 0
Просмотров: 136
Taniqli jurnalist Muhammadjon Obidov O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovni xotirladi. Islom aka o'zgalar fikrini qadrlar edi. Olamning ishlari g'alat. Kechagina tasavvur ham qilish mumkin bo'lmagan gaplar bugunning haqiqatiga aylansa-ya! «Amerika ovozi»ning siyosatdon jurnalisti Navbahor Imomova bilan bir kun miriqib suhbatlashdim, hatto «dardlashdik». Prezidentlar Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev portretiga chizgilar izladik. Odamlar taqdiri, jurnalist qismati va albatta so'z erkinligi mezonlari xususida bahslashdik. Bugun bir paytlar O'zbekiston televideniyesi rahbari bo'lib ishlagan, hozirda Amerikada yashayotgan Jahongir Mamatov bilan feysbuk «tili»da bo'lsada, samimiy hol so'rashdik. Jahongir yaxshi niyat bilan O'zbekistonda uchrashishimizni tiladi. Hech bir mavzuda bahslashmasak ham bir-birimizni tushungandek bo'ldik. Pahlavon bilan BBC muxbirlik bo'limi ochilishi, o'zbek televideniyesida xorij xabarlari loyihasi haqida fikr almashdik. Buni qarangki, yaqindagina biz go'yo barrikadaning ikki tomonida turgandek his qilardik o'zimizni. Kechagina viloyat hokimi televideniyega intervyu berishi mumkin bo'lmagan voqea deb qaralar edi. XPK tufayli jurnalist Farg'ona viloyatining bilimdon, lekin tezobroq (u afg'onchi bo'lgani va sariqdan kelgani uchunmi, jahli tez chiqadi) hokimi Shuhrat G'aniyevni rosa bir soat to'g'ridan-to'g'ri efirda savollarga tutdi, «terlatdi».
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 109
Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo'yicha AIBA shafeligi ostida o'tayotgan jahon chempionati chorak final o'yinlari boshlandi. Ma`lumki, chorakfinal janglarida to'qqiz nafar bokschimiz qatnashmoqda. Dastlabki jangda 49 kg vazn toifasida Hasanboy Do'smatov hindistonlik Amit Kumarni yengib, yarimfinalga yo'l oldi. 64 kg.gacha yuo'lgan vazn toifasida hamyurtimiz Iqboljon Xoldorov mezbon Germaniya nomidan ringga chiqqan Artyom Harityunyanga qarshi jang olib bordi. Artyom bizning mashhur bokschimiz Artur Grigoryanning kuyovi ekan. Uchrashuv hamyurtimizning 3:2 hisobidagi g'alabasi (2:0 jarima ochkolari bilan) bilan yakunlandi va u ham yarimfinalga yo'l oldi. Chorakfinal janglarida qatnashayotgan qolgan bokschilarimiz quyidagi soatlarda ringga chiqishadi. 75 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 19:45 Isroil Madrimov (O'zbekiston) - Troy Isli (AQSh) 91 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 20:15 Sanjar Tursunov (O'zbekiston) – Roy Korving (Niderlandiya) 52 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:15 Jasurbek Latipov (O'zbekiston) - Seyber Avila (Kolumbiya) 60 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:45 Elnur Abduraimov (O'zbekiston) - Otar Eranosyan (Gurjiston) 69 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:00 Shahram G'iyosov (O'zbekiston) - Pet MakKormak (Angliya) 81 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:30 Bektemir Meliqo'ziyev (O
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 84
Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo'yicha AIBA shafeligi ostida o'tayotgan jahon chempionati chorak final o'yinlari boshlandi. Ma`lumki, chorakfinal janglarida to'qqiz nafar bokschimiz qatnashmoqda. Dastlabki jangda 49 kg vazn toifasida Hasanboy Do'smatov hindistonlik Amit Kumarga qarshi ringga chiqdi va 5:0 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi. Bu esa Hasanboy eng kamida bronza medalni qo'lga kiritganini bildiradi. Chorakfinal janglarida qatnashayotgan qolgan bokschilarimiz quyidagi soatlarda ringga chiqishadi. 64 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 19:15 Iqboljon Xoldorov (O'zbekiston) - Artyom Harityunyan (Germaniya) 75 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 19:45 Isroil Madrimov (O'zbekiston) - Troy Isli (AQSh) 91 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 20:15 Sanjar Tursunov (O'zbekiston) – Roy Korving (Niderlandiya) 52 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:15 Jasurbek Latipov (O'zbekiston) - Seyber Avila (Kolumbiya) 60 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:45 Elnur Abduraimov (O'zbekiston) - Otar Eranosyan (Gurjiston) 69 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:00 Shahram G'iyosov (O'zbekiston) - Pet MakKormak (Angliya) 81 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:30 Bektemir Meliqo'ziyev (O'zbekiston) - Yerik Aljanov (Qozog'iston) 91+ kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:55 Bahodir Jalolov (O'zb
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 77
«Yuventus» hujumchisi Mario Manjukich Yevropa Chempionlar ligasi finalida «Real» darvozasiga yo'llagan gol 2016/17 yilgi mavsumning eng yaxshi goli sifatida tan olindi.
UYeFA rasmiy saytida eng yaxshi golni aniqlash bo'yicha o'tkazilgan so'rovnoma yakunlari keltirilgan.
«Yuventus» va «Real» o'rtasidagi bahs 3 iyun kuni Kardiffda bo'lib o'tgan va madridliklar g'alabasi bilan yakunlangan (4:1). Xorvatiyalik futbolchi o'yinning 27-daqiqasida chalqancha uslubda zarba berib hisobni tenglashtirgandi. Ammo turinliklar bu o'yinning ikkinchi bo'limida 3ta gol o'tkazib yuborib mag'lub bo'lgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 73
«Barselona»ning sobiq futbolchisi Neymar «Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutinoga katalonlar klubiga o'tmaslikni maslahat qildi. Bu haqda Estadao xabar tarqatdi.
«PSJ» futbolchisi o'z vatandoshiga «Liverpul»da qolishni tavsiya etgan.
Ayni vaqtda Neymar va Koutino Braziliya terma jamoasi safida JCh-2018 saralashi doirasidagi o'yinlarda qatnashish uchun yig'inda bo'lib turibdi.
Neymar shu yil yozida «Barselona»ni tark etgach, bu jamoa rahbariyati va muxlislar bilan munosabatlarda muammolarga duch kela boshladi.
Bundan avvalroq Braziliya terma jamoasi vrachi Mishel Cimoni Koutinoda hech qanaqa jarohat yoki kasallik yo'qligi, u Ispaniyaga yo'l ololmayotgani uchun tushkunlikka tushgani haqida aytib bergandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 72
Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida boks bo'yicha Jahon chempionatining to'rtinchi kuni bokschilarimiz uchun juda muvaffaqiyatli davom etmoqda. Kecha o'tkazilgan ikkinchi saralash bosqichida to'rt nafar bokschimiz JCh chorak finaliga yo'l olgani haqida xabar bergan edik. Bugun, 28 avgust — musobaqaning to'rtinchi kunida ikkinchi saralash bosqichida yana 5 bokschimiz chorak final yo'llanmasi uchun ringga ko'tarilishi belgilangan edi. 60 kg.gacha bo'lgan vaznda ikkinchi saralash bosqichida armanistonlik Karen Tonakanyanni mag'lubiyatga uchratgan Elnur Abduraimov ham chorak final yo'llanmasini hal qilganini xabar bergan edik. 69 kg.gacha vazn toifasining ikkinchi saralash bosqichi Shahram G'iyosov ukrainalik Yevgeniy Barabanovga qarshi ringga ko'tarildi va 5:0 hisobida ishonchli g'alaba qozondi va chorak finalga chiqqan oltinchi bokschimiz bo'ldi. 91 kg.dan ortiq vazn toifasidagi bokschilarning ikkinchi saralash bosqichida Bahodir Jalolov daniyalik Kem Larssenni birinchi raunddayoq nokautga uchratib, chorak finalga yo'l oldi. Bizni hali yana 2 ta jang kutmoqda. Ularni UzReport telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. (Toshkent vaqti bilan) 52 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust. 22:00 Jasurbek Latipov (O'zbekiston) - Daniel Asenov (Bolgariya) 81 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust. 23:45 Bektemir Meliqo'ziyev (O'zbek
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 55
Paynet to'lov tizimining asoschisi O'zbekistonda umumiy transport uchun avtomatik to'lov tizimi foydalanishga topshirilish arafasida turganini ma`lum qildi. Tizimning tatbiq etilishi mamlakat byudjyetiga yiliga qariyb 35-40 mlrd. so'm miqdorida tushum keltirishi kutilmoqda. Avtomatik transport to'lov tizimi (ATTZ) naqdsiz to'lov ko'rinishida amalga oshiriladi. Naqdsiz to'lov tizimi, avvalambor, yo'lovchilar qulayligi uchun yaratilgan. Bundan tashqari, yangi tizim yo'lovchilar umumiy transporti sohasida ish olib boruvchi mutaxassislar uchun yo'lovchilarning harakatlanishi, transport ishini mukammallashtirish va bir qator boshqa muhim masalalarga oid tahliliy ma`lumotlarni berish imkonini beradi. Bu esa, o'z navbatida, shahar infratuzilmasini yanada yaxshilashga zamin yaratadi. Yangi tizim Singapurning Technobiz Transpay kompaniyasi platformasi asosida ishlaydi. Uning ishlab chiqarilishida O'zbekistonlik mutaxassislar faol ishtirok etgan. ANOR deb nom olgan mazkur loyiha davlat va xususiy sektor hamkorligi asosida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. Ish yuritishning ushbu turi davlat tomonidan sarmoya ajratilishini ko'zda tutmaydi, tizim uzra amalga oshirilayotgan barcha jarayonlar esa oshkor va xolisona olib boriladi. GPS va video kuzatuvi bilan jihozlangan ATTZning ishga tushirilishi davlat byudjyetidan sarf-xarajatlarni kamaytirishga, qulay tariflarni joriy etishga, hamda yo'llardagi xavfsizlikni ta`minlashga olib keladi. «Biz taklif qi
...
Читать дальше »
Коментариев: 2
Просмотров: 150
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|