Payshanba, 24.07.2025, 06:46
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 5
Mehmonlar: 5
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Avgust » 15
O`zbekistonda hizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon yangi iste`dodni kashf qildi va taqdirladi. Sardor Rahimxon Instagram`da "Otajon" qushigini eng zo`r ijro qilganlar o`rtasida estafeta e`lon qilgan edi.

Xonanda kuni kecha ushbu estafeta g`olibi bo`lgan Dilnoza ismli yangi iste`dodni taqdirladi. Yosh iqtidorlarni elga tanitayotgan va qo`llab-quvvatlayotgan xonandaning bu ishi muxlislar tomonidan juda ko`p maqtovlarga va minnatdorchiliklarga sabab bo`ldi.
Коментариев: 0
Просмотров: 103
Xonanda Munisa Rizaeva nima sababdan ayrim to`yxonalarga umuman to`ylarga bormasligini aytib o`tdi.

Munisa Jasur Hamroev bilan suhbatda to`ylardagi ko`ngilsiz holatlar sabab to`ylarga tan soqchilari bilan birga borishini ham ma`lum qildi.

"'Sulola' restoraniga har safar borganimda meni qattiq xafa qilishgan. Har safar borganimda kimdir meni urishgan, ustimdan pul sochishgan. Mening eng yomon ko`rgan narsam. Yana bormaydigan to`yxonalarim ro`yxatida 'Tinchlik', 'Registon' to`yxonalari ham bor. Bu to`yxonalar mening 'qora ro`yxatim'da. Bu restoranlarga hech qachon bormayman. Qancha pul berishsa ham. Men o`zimni juda hurmat qilaman, o`zimni sevaman! Shuning uchun o`zimni hech kimga xafa qildirib qo`ymayman. San`atkorning ustidan pul sochish unga nisbatan juda katta hurmatsizlik deb hisoblayman",—deydi Munisa.

"Ko`pincha to`ylarga borganimda ayrim erkaklar menga 'qichiq' qiladi, so`kadi, qo`l ko`taradi. Shuning uchun ham to`ylarga tan soqchilarim bilan borishga majburman"—deya so`zlarini davom ettiradi
Коментариев: 0
Просмотров: 92
Aktrisa Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqdi. Uning to`yi Tailandning Pxuket orolida bo`lib o`tdi.

Sitora o`z intervyularida turmush o`rtog`ining 27 yoshda ekanligini va u tadbirkorlik bilan shug`ullanishini ma`lum qilgan edi.

Sitoraning to`yi ijtimoiy tarmoqlar orqali juda keng muhoma qilindi. Internet foydalanuvchilari Sitoraning yoshi katta, oilali erkakka turmushga chiqqani haqida yozishdi. Turli ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda Sitoraning turmush o`rtog`i haqidagi turli ma`lumotlar tarqaldi. Xususan, aktrisaning nima uchun O`zbekistonda emas, xorijiy davlatda turmushga chiqqani qizg`in muhokama qilindi.

Aktrisa mazkur holatga ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida munosabat bildirdi:

"Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar! Meni o`ylab, vaqt ajratib g`iybat qilganingiz va siz umringizdan ajratilgan vaqtingizni meni g`iybat qilish uchun ajratganingiz uchun rahmat sizlarga!

Endi esa o`z hayotingizdagi muamolaringizni hal qiling, o`ziz uchun ham yashang internet tarmoqlaridagi harhil ig`vo gaplardan chetlanib o`z hayotingiz haqida, rejalaringiz haqida o`ylang. Men bu ig`volarga etibor qilmayman.Chunkiy ig`vo doim bo`lgan va bo`ladi. Men esa bugun juda bahtiyorman eng muhimi shu! Barchangizga katta raxmat! Menga dushmanlik qilaman deb yaxshilik qilib qo`ygan hurmatli YO`Q HOTINGA ham o`z minnatdorchiligimi bildirib qolaman".
Коментариев: 0
Просмотров: 109
Amerikalik aktyor Tom Kruz "Uddalanmas vazifa" kinotasmasining 6-qismini suratga olish jarayonida tryukni bajarishda jarohat oldi, deb yozmoqda TMZ sayti.

Ko'plab tryuklarni o'zi bajaradigan 55 yoshli aktyor bilan noxush hodisa 13 avgustda ro'y bergan.

Portal taqdim etgan videorolikda Kruz arqon vositasida sug'urtalangan holda bino tomidan ikkinchisiga o'tmoqchi bo'lganida mo'ljalni xato olib, ikkinchi bino devoriga "anchagina kuchli urilgani" aks etgan. So'ngra u bino tomiga chiqib sug'urta arqonlari vositasida qayta sakragan, keyin uni tasvirga olish guruhi vakillari olib ketishgan. Nashr aktyorning jarohati qanchalik jiddiy ekaniga oydinlik kiritmagan.

Rejissyor Brayan De Palmaning "Udlalanmas vazifa" filmi 1996 yilda katta ekran yuzini ko'rgan edi. 2018 yil iyunida uning 6-qismini namoyish etishi rejalashtirilgan.



Коментариев: 0
Просмотров: 85
Amerikalik aktyor Arnold Shvartsenegger unga jahonshumul mashhurlik keltirgan «Terminator” filmining yangi, 6-qismida suratga tushadi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.

“Keyingi yil martida men “Terminator”da suratga tushishni boshlayman. Kemeron (rejissyor) va Devid Ellison (prodyuser) suratga olish jamoasiga qaytadilar”, deb Shvartseneggerning aytgan so'zlarini keltirib o'tgan telekanal. Ta`kidlash joizki, 30 iyulda aktyor 70 yoshini qarshiladi.

Kemeron fantastik jangari filmning 6-qismini suratga olishini tasdiqlagan va Shvartsenegger unda terminator rolini emas, balki uning prototipi – inson rolini ijro etishini ma`lum qilgan. “O'zingizdan so'rab ko'ring, nima uchun barcha qahramonlar Arnold kabi ko'rinishda va u kabi gapiradilar. Bunga sabab bo'lishi kerak. To'g'ri, menga prototip bo'lishi kerak degan fikr keldi”, deb aytdi dunyodagi eng kassabop rejissyorlardan biri.

Birinchi “Terminator”dan keyin “Terminator 2: Qiyomat kuni” (Terminator 2: Judgment Day, 1991), “Terminator 3: Mashinalar isyoni” (Terminator 3: Rise of the Machines, 2003), “Terminator: Halaskor kelsin” (Terminator Salvation, 2009) va “Terminator: Genezis” (Terminator Genisys, 2015) filmlari olingan. Shvartsenegger ulardan 4 tasida suratga tushgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 74
«Barselona» va «Guanchjou Evergrand» braziliyalik yarim himoyachi Paulino transferi borasida kelishuvga erishdi.

«Barselona» klubi rasmiy saytida ma`lum qilinishicha, transfer qiymati 40 million yevroni tashkil qilgan, futbolchiga 120 million yevrolik badal puli belgilangan. 29 yoshli bu havbek bilan shartnoma payshanba kuni imzolanadi. U bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

2017 yilgi mavsumda Paulino Xitoy chempionatida 20 o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 68
Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduga Ispaniya Superkubogi uchun «Barselona»ga qarshi kechgan uchrashuvdagi harakati bo'yicha jazo belgiladi.

O'yinning 82-daqiqasida o'yin bosh hakami Rikardo Bengoechea 32 yoshli portugaliyalik futbolchi katalonlar jarima maydonida simulyatsiya qilgach unga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatgandi. Bu vaziyatda Ronaldu arbitrni turtgan, bu holatni hakam o'yin protokoliga kiritgandi.

RFEF Ronalduni agressiv harakatda ayblagan va unga diskvalifitsiya qo'llagan: u hakamni turtgani uchun 4 o'yinga, qizil kartochka uchun 1 o'yinga chetlatishgan.

Bu diskvalifikatsiya Ispaniya chempionati o'yinlariga ham taalluqli bo'ladi. Ronaldu endi «Barselona»ga qarshi javob uchrashuvini va Ispaniya chempionati startidagi «Deportivo», «Valensiya», «Levante» va «Real Sosedad» jamoalariga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Коментариев: 0
Просмотров: 68
«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «qaymoqranglilarning» «Barselona» bilan «Kamp Nou»da kechgan ilk uch uchrashuvning birontasida mag'lubiyatga uchramagan ilk ustoziga aylandi.

«Real» 2015/16 yilgi mavsumda «Kamp Nou»da Ispaniya chempionati doirasida 2:1 hisobida g'alaba qozongan. O'tgan mavsumda «qaymoqranglilar» Primera doirasida ko'k-anorranglilar bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etgan. Yangi mavsumning ilk o'yinida esa madridliklar Ispaniya superkubogi uchun dastlabki bahsda mehmonda 3:1 hisobida ustun keldi.

Eslatib o'tamiz, «Barselona» va «Real» 2017/18 yilgi mavsumning 36-turida «Kamp Nou»da o'zaro to'qnash keladi. Uchrashuv 2018 yilning 6 may kuniga rejalashtirilgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 70
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya Superkubogi 1-uchrashuvida «Barselona» darvozasiga kiritgan golini nishonlashda kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi harakatini takrorladi. «Kamp Nou»da o'tgan uchrashuv «qaymoqranglilar»ning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

2-bo'limda zaxiradan o'yingga tushgan Ronaldu 80-daqiqada «Real»ning ikkinchi golini urdi va futbolkasini yechib, orqa tomonidagi familiyasini stadiondagi muxlislarga ko'rsatdi. Messi Ispaniyaning yakunlangan chempionatining 33-turida «Santyago Bernabeu»da «Real»ga urgan golini shunday nishonlagandi.

Ta`kidlash joizki, Ronaldu futbolkasini yechgani uchun birinchi sariq kartochkani «ishlab olgan», 2 daqiqa o'tib esa simulyatsiya uchun yana bitta sariq kartochka olib, maydondan chiqarib yuborilgan. Endi futbolchi Superkubokning «Santyago Bernabeu»da 16 avgust kuni o'tadigan javob uchrashuvida maydonga tushmaydi.
Коментариев: 0
Просмотров: 74
Ispaniya Superkubogi uchun "Barselona" hamda "Real Madrid" o'rtasidagi ilk uchrashuv nihoyasiga yetdi. Nou Kamp stadionida kechgan o'yin madridliklarning 1:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

O'yindagi barcha gollar ikkinchi bo'limda kiritildi. Ikkinchi bo'limning 5-daqiqasida Pike o'z darvozasiga to'p kiritib hisobni ochgan bo'lsa, 77-daqiqada Messi penaltini aniq amalga oshirib, oradagi farqni yo'qqa chiqardi.

Zaxiradan maydonga tushgan Ronaldu 80-daqiqada madridliklarni oldinga olib chiqdi, biroq oradan ikki daqiqa o'tgach, hakam tomonidan simulyatsiya ishlatganlikda ayblanib, qizil kartochka bilan jazolandi.

O'yindagi so'nggi gol Asensio tomonidan 90-daqiqada kiritildi.

Javob o'yini 16 avgustdan 17 avgustga o'tar kechasi "Santyago Bernabeu" o'yingohida bo'lib o'tadi.

Barselona – Real Madrid 1:3 (0:0, 1:3)
Gollar: 0:1 – 50, avtogol Pike, 1:1 – 77, penalti Messi, 1:2 – 80 Ronaldu, 1:3 – 90 Asensio.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Aleish Vidal, Rakitich (Pako Alkaser, 83), Buskets, Inesta (Serji Roberto, 68), Deulofeu (Denis Suares, 59), Messi, Suares.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko, Kazemiro, Kovachich (Asensio, 68), Kroos, Beyl (Vaskes, 81), Benzema (Ronaldu, 58).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (20), Pike (27), Messi (40), Beyl (41), Karvaxal (41), Buskets (57), Navas (76), Ronaldu (80).
Chetlatish: Ronaldu (82).
Коментариев: 0
Просмотров: 75
2017 йилнинг 22 августидан бошлаб Ўзбекистон Республикаси Марказий банки қиймати 50000 сўм бўлган банкнот кўринишидаги янги пул белгиларини муомалага чиқаради.

Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг қиймати 50000 сўм бўлган пул белгилари 144 х 78 мм. ўлчамдаги ҳимояланган қоғозда тайёрланган.

Банкнотнинг ўнг тарафидаги кенг оқ рангли сатҳда Ўзбекистон Республикаси Герби ва “50000” рақами кўринишида сув белгиси мавжуд.

Оқ рангли сатҳнинг чап тарафидан қоғоз қатламида “Дарча” ва “3Д” эффектли юзага чиқиб, ичкарига ботувчи эни 4 мм. бўлган ҳимоя ипи ўтказилган.



Банкнот олд томонининг марказида Мустақиллик майдонидаги «Эзгулик» аркаси тепасидаги парвозга шайланган лайлаклар тасвирланган.

Чап юқори қисмида “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” ёзуви мавжуд. Ушбу матн «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI» сўз бирикмали такрорланувчи микроматнли чизиқ билан ажратилган.

Микроматнли чизиқ остида «O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART» матни акс этган.

Матн остида тўқ яшил рангдаги Ўзбекистон Республикаси Герби тасвирланган.

Банкнот чап тарафининг пастки қисмида 50000 рақами ва «ELLIK MING S ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 145
2017 yil 1 avgust kuni bo'lib o'tgan test imtihonlari natijalari ertaga, 15 avgust kuni e`lon qilinadi.

«Kun.uz»ning ishonchli manbalari ma`lum qilishicha, ayni vaqtga kelib test sinovi natijalarini hisoblash yakunlangan. Test sinovi natijalari respublikaning barcha oliy ta`lim muassasalariga o'rnatilgan tartibda yetkazib berilgan.

Ayni vaqtda barcha oliy ta`lim muassasalarida test javoblarini e`lon qilishga tayyorgarlik ketmoqda.

Abituriyentlar 15 avgust kuni soat 8:00da qabul komissiyalari e`lon taxtasidan test sinovida to'plagan ballarini bilib olishlari mumkin.

Bu yilgi imtihonlarda 730 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etdi, o'rtacha tanlov bir o'ringa 11tani tashkil etdi.
Коментариев: 0
Просмотров: 109
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Avgust 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |