«Barselona» va «Guanchjou Evergrand» braziliyalik yarim himoyachi Paulino transferi borasida kelishuvga erishdi.
«Barselona» klubi rasmiy saytida ma`lum qilinishicha, transfer qiymati 40 million yevroni tashkil qilgan, futbolchiga 120 million yevrolik badal puli belgilangan. 29 yoshli bu havbek bilan shartnoma payshanba kuni imzolanadi. U bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
2017 yilgi mavsumda Paulino Xitoy chempionatida 20 o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan.