Payshanba, 24.07.2025, 06:43
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Avgust » 06
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Obid Asomov uchinchi qizini turmushga bermoqda.

Bu haqda Mirzabek Xolmedovning o`g`li Otabek Xolmedov "Daryo"ga ma`lum qildi.

"Obid Asomov uchinchi qizlarini uzatayotganliklari munosabati bilan bugun 'Charag`on' to`yxonasida nahorgi osh berdilar. Obid Asomovning san`at olamidagi barcha do`stlari, yaqinlari, hamkasblari u bilan birga bo`ldi", – deydi Otabek Xolmedov
Коментариев: 0
Просмотров: 90
«PSJ»ning yangi futbolchilaridan biri, braziliyalik himoyachi Dani Alves Parijga hamyurti Neymar maslahati bilan qo'shilganini tan oldi. Alves «Yuventus»dan ketishdan oldin yangi klub tanlash borasida hamyurti bilan maslahatlashgan.

«Men Neymar bilan turli imkoniyatlarni muhokama qildim. U menga bu yerga kelishni maslahat qildi. Men «Yuventus»ni tark etmoqchiligimni aytganimda, u «PSJ»ga o'tmoqchiligini aytgandi.

Bizning jamoa juda yaxshi. Bu moslashuvni osonlashtiradi. Neymar juda baxtiyor va biz uni quchoq ochgancha qarshi oldik. U kerakli joyga kerakli vaqtda keldi», deb aytgan Alves.

Dani Alves «Yuve» uchun bir mavsum o'ynagach, o'tgan oyda klub bilan shartnomani bekor qilgan va erkin agent sifatida «PSJ»ga yo'l olgandi.

Qayd etish kerakki, u avvaliga «Manchester Siti»ga yo'l olishi kutilgan, oxirgi soatlarda qarorini o'zgartirib, Parijda paydo bo'lgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 65
Germaniya Superkubogi uchun bahsda «Bavariya» Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi o'ynadi. Dortmunddagi «Signal Iduna Park» stadionida kechgan bahsning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi.

O'yinning 12-daqiqasida Kristian Pulishich Xavi Martinesdan to'pni olib qo'ydi va Svenom Ulrayx bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, to'pni darvozaning quyi burchagiga joyladi. Bo'lim davomida Robert Levandovski o'ng qanotdan uzatilgan pasdan keyin «Borussiya» darvozasini ishg'ol etdi.

72-daqiqada esa Per-Emerik Obameyyang katta tezlikda raqib jarima maydoniga yorib kirib, Dembele uzatgan pasni darvozabon ustidan oshirib tashladi - 2:1.

Ammo o'yin yakunlanishi arafasida Joshua Kimmixning zarbasi «asalarilar» darvozaboni Roman Byurkiga tegib, darvoza to'ridan joy oldi 2:2.

Qo'shimcha bo'limlarda darvozalarga gollar kiritilmadi va penaltilar seriyasi boshlandi.

Penaltilar seriyasida «Bavariya» futbolchilari omadliroq chiqdi — 5:4.

Shu tariqa «Bavariya» oltinchi marta Germaniya Superkubogi sohibi bo'ldi va bu rekord natija hisoblanadi. «Borussiya» hisobida 5 marta g'oliblik bor.

Germaniya Superkubogi
«Borussii» D - «Bavariya» 2:2 (1:1, 1:1, 0:0, 0:0) penaltilar bo'yicha 4:5
Gollar: 1:0 – 12 Pulishich, 1:1 – 18 Levandovski, 2:1 – 71 Obameyang, 2:2 – 88, Byurki (avtogol).
Borussiya D – Byurki, Papastatopulos, Zagadu (Passlak, 77), Pishchek, Bartra, Daud (Rode, 46), ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 54
Krishtianu Ronaldu 5 avgust kuni «Real» bazasida mashg'ulotlarni boshladi. Bu haqda Madrid klubi saytida ma`lum qilingan.

Ronaldu Rossiyada o'tgan Konfederatsiyalar kubogidagi ishtirokidan keyin ta`til olgan va 5 avgustda klubga qaytgan.

32 yoshli futbolchi mashg'ulotning birinchi yarmini jamoa bilan yakunlagan, so'ngra individual dastur bo'yicha ishlagan.

8 avgustda Zayniddin Zidan shogirdlari UYeFA Superkubogi uchun «Manchester Yunayted» futbolchilari bilan bahslashadi. Uchrashuv Makedoniya poytaxti Skopedagi «Makedoniyalik Filipp II milliy stadioni»da bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Коментариев: 0
Просмотров: 86
«Mash`al» klubi o'z tarkibiga bir qator yangi futbolchilarni qo'shib oldi. Muborakliklar ikkinchi davra oldidan 4 o'yinchi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Birinchi navbatda jamoa Yaponiyadan 27 yoshli hujumchi Muramatsu Tomoki bilan shartnoma imzolandi. Tomoki O'zbekistonda to'p surayotgan navbatdagi yaponiyalik futbolchi bo'ladi.

Bundan tashqari muborakliklar «Neftchi»dan 23 yoshli yarimhimoyachi Nikita Pavlenko, «Tsementchi»dan 28 yoshda yarimhimoyachi Umidjon Matmusayev, va yana bir tajribali himoyachi Botir Qorayev bilan ham shartnoma imzolagan.

Yangi futbolchilarning tanishtiruv marosimi jamoaning uy uchrashuvi ya`ni, 19 avgust kuni bo'lib o'tadigan «Mash`al» – «Sho'rtan» bahsi oldidan o'tkaziladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 62
«PSJ»ning yangi futbolchisi sifatida tanishtirilgan Neymar matbuot anjumani vaqtida «Barselona»dan ketishi omillari haqida gapirdi.

«Men juda xursandman. Yangi chaqiruv uchun rahmat. Parij – ajoyib shahar. Hissiyotlarimni so'z bilan ifodalashga ojizman.

Men kattaroq narsa istagandim. Menga yangi chaqiriq kerak edi va yuragim meni shu yerga kelishga undadi.

Men Parijga shuning uchun keldimki, meni bu yerda yangi chaqiriqlar kutayotgandi. Men o'zimni «Barselona»da yulduz sifatida his qilmayotganim uchun ketmadim. U yerda hammasi ajoyib edi. Lekin yuragim menga«PSJ» safiga o'tish vaqti kelganini aytdi. Bu mening hayotimdagi eng qiyin qarorlardan biri bo'ldi.

«Barselona» – katta klub. U yerda ko'plab do'stlarim qoldi. Ammo bu futbol. Sobiq jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman, ular mening qarorimni to'g'ri qabul qilishdi», — degan Neymar.
Коментариев: 0
Просмотров: 68
Hindistonning Assam shtatida avtomobillar serqatnov bo'lgan yo'ldan yugurib ketayotgan karkidon videoga olindi. Rolik BBC News’ning Twitter’dagi sahifasida 4 avgust kuni e`lon qilindi. Videoga bir sutka ichida 3,8 ming layk bosildi va u 2,4 mingdan ortiq repost qilindi.

Hind karkidoni (bir shoxli karkidon) – Osiyoda hajmi bo'yicha fildan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Uning og'irligi 2,5 tonnaga yetishi mumkin. So'nggi yuz yilda uning tarqalgan joylari juda qisqardi, bu hayvonlar faqatgina Pokiston, Sharqiy Hindiston va Nepalda yashaydi. Ularning barchasi qo'riqlanuvchi hududlarda yashaydi, sababi brakonerlar uchun juda katta qiziqish tug'diradi.
Коментариев: 0
Просмотров: 68
Ozarboyjonning Sumgayit shahridagi 8-mikrotumanda joylashgan yotoqxonada portlash sodir bo'ldi. Bokuning Trend axborot agentligining ma`lum qilishicha, portlash oqibatida odamlar halok bo'lgan va o'nlab odamlar jarohat olgan.

Guvohlarning aytishicha, binoning 3-qavatida kuchli portlash ovozi eshitilgan, shundan keyin binoni yong'in qamrab olgan. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari yetib kelishgan.

Ayni vaqtda o'ndan ko'proq odam tutun tufayli is gazi bilan zaharlangani ma`lum, ular shifoxonalarga yetkazilganlar. Jarohatlanganlar orasida qutqaruvchilar ham bor, ular ayni vaqtda yong'in bilan kurashmoqdalar. Hozircha yong'inni to'xtatishning iloji bo'lmayapti.

Qurbonlar borligi ma`lum qilingan, biroq ularning aniq soni ma`lum qilinmagan. Voqea sababi hozircha o'rnatilmagan.
Коментариев: 0
Просмотров: 68
Tesla kompaniyasi mijozlari 2016 yil o'rtasidan beri arzon Model 3 elektromobiliga bo'lgan 63 ming buyurtmani bekor qilishdi. Ilon Mask 2017 yil 2-chorak yakunlari bo'yicha konferensiyada shu haqda so'z yuritdi, deb yozmoqda Business Insider nashri.

Ma`lum bo'lishicha, Model 3 elektrokariga berilgan buyurtmalar soni 518 mingdan 455 mingtaga tushgan. Maskning qayd etishicha, bu kamayish Tesla kompaniyasiga sezilarli ta`sir ko'rsatmaydi, chunki kompaniya ilk Model 3 mashinalari ishlab chiqarilganidan so'ng, kompaniya kuniga 1800 ta yangi mashinaga buyurtma oladi.

Maskning qo'shimcha qilishicha, kompaniya buyurtmalar sonini oshira oladi, ammo mashinalarga navbat kattaligi sababli bu ishni amalga oshirmaydi.

«Masalan, siz restoranda ishlaysiz va gamburgerlar sotasiz. Ammo, mijozlar bir yarim soat navbatda turishsa — shundan keyin ham siz navbat cho'zilishini xohlaysizmi?» — deya misol keltirgan Mask.

2017 yil may oyida u Model 3 modelining salohiyatli xaridorlarining fikrini o'zgartirishga urinib ko'rgan edi. Mask avtomobil arzon bo'lishini, ammo Model S kabi sifatli bo'lmasligini aytgandi.

Business Insider nashriga ko'ra, agar siz Model 3 sedaniga 2017 yil avgustida buyurtma bersangiz, 2018 yil oxirida mashinangizni olasiz.

Eslatib o'tamiz, GM Uzbekistan kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni esa 1 kundan 4 oygacha muddatda xarid qilish mumkin, (kamida).
Коментариев: 0
Просмотров: 95
2017 yilning 4 aprelida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida”gi Farmonni imzolagan edi. Ushbu farmon ijrosi yuzasidan O'zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining muborak haj ziyoratiga borish bo'yicha bildirgan istaklari hamda “Nuroniy” jamg'armasining taklifi inobatga olinib, ilgari haj ziyoratiga borolmagan yoki bunga imkoni bo'lmagan urush qatnashchilari Prezident ajratgan mablag' hisobidan haj ziyoratiga yuboriladigan bo'ldi. Bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ayni kunlarda ana shu farmon asosida mamlakatdan 73 nafar nuroniy haj safariga borish taraddudini ko'rmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita va O'zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining eson-omon haj ibodatlarini ado etib qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, urush faxriylarining oila a`zolari yoki yaqin qarindoshlaridan bir nafariga navbatsiz haj ziyoratiga borishga ruxsat berildi. Har bir guruhga bir nafar guruh rahbari va yana bir nafar guruh rahbarining yordamchilari tayinlandi hamda ikki nafar malakali shifokor ajratildi.

Shuningdek, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining har bir ziyoratchiga ehrom taqdim qildi.
Коментариев: 0
Просмотров: 55
O'zbekiston Gallup instituti tomonidan o'tkazilgan ijtimoiy so'rov natijasida dunyoning 135 mamlakati orasida Qonun ustuvorligi va tartib indeksi bo'yicha ikkinchi o'ringa munosib ko'rildi. 100 ballik tizimda eng yuqori o'rin Osiyoning yana bir mamlakati Singapurga taqdim etildi. U fuqarolarning mahalliy politsiyaga ishonchi, shaxsiy xavfsizlik hissi, o'tgan yillardagi o'g'irliklar soni hamda tajovuz va bosqinchilik qilish holatlari bo'yicha 97 ballik natijani ko'rsatgan. O'zbekiston 95 ball bilan ikkinchi o'rindan joy olgan.

Aytish joizki, Singapur 2013 yildan beri ushbu reytingda birinchilikni qo'ldan bergani yo'q.



Ro'yxatning birinchi o'nligida, shuningdek, Islandiya (88 foiz), Turkmaniston, Norvegiya, Shveytsariya, Jazoir, Finlandiya, Iordaniya va Vetnam davlatlari qayd etilgan.

Reytingning so'nggi beshligida kamayib borish tartibida JAR, Janubiy Sudan, Dominikan respublikasi, Salvador, Liberiya va Venesuela davlatlari qayd etilgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 108
3 avgust kuni O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san`at, adabiyot va OAV vakillari bilan uchrashdi. Videoselektor ko'rinishidagi ushbu uchrashuvda sohalardagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari hamda kelgusidagi vazifalar ko'rib chiqildi. Yig'ilishda barcha viloyat, shahar va tuman hokimlari, ularning o'rinbosarlari hamda qator idora, tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdi.

Yig'ilishda qator dolzarb masalalar ko'tarildi. Xususan, Kun.uz muxbirining xabar berishicha, davlat rahbari estrada xonandalari topgan daromadlar soliqqa tortilishi bo'yicha ham o'z fikrini bildirgan.

Prezident o'zbek estrada xonandalari boshqa mamlakatlardagi kabi topgan daromadidan soliq to'lamasligi, faqat bir yillik litsenziyaga mablag' to'lashini qayd etib o'tgan.

«Azbaroyi san`atga bo'lgan hurmatimiz uchun soliqqa tortmayapmiz ularni. Chunki ular endi harakat qilishsin», - degan Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o'tamiz, Kun.uz saytida shu mavzuda bir necha maqolalar taqdim etilgandi. Jumladan, iyun oyida Shuhrat Shokirjonov muallifligida «Ozodbek Nazarbekov to'g'ri gapirdi, lekin...» va «San`atkor soliq to'lamaydi?! Mavzu davom etadi...» sarlavhali maqolalar shov-shuv keltirib chiqargandi. Keyinroq nashr qilingan «San`atkorlar daromad solig'i to'lashdan to'liq ozod qilindimi?» sarlavhali maqolada davlat soliq qo'mitasining konsert-tomosha faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziya olgan jismoniy shaxslarning jis ... Читать дальше »
Коментариев: 2
Просмотров: 73
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Avgust 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |