Payshanba, 24.07.2025, 07:07
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 12
Mehmonlar: 12
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Avgust » 6 » Mirziyoyev san`atkorlarni soliqqa tortish masalasida gapirdi
09:20
Mirziyoyev san`atkorlarni soliqqa tortish masalasida gapirdi
3 avgust kuni O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san`at, adabiyot va OAV vakillari bilan uchrashdi. Videoselektor ko'rinishidagi ushbu uchrashuvda sohalardagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari hamda kelgusidagi vazifalar ko'rib chiqildi. Yig'ilishda barcha viloyat, shahar va tuman hokimlari, ularning o'rinbosarlari hamda qator idora, tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdi.

Yig'ilishda qator dolzarb masalalar ko'tarildi. Xususan, Kun.uz muxbirining xabar berishicha, davlat rahbari estrada xonandalari topgan daromadlar soliqqa tortilishi bo'yicha ham o'z fikrini bildirgan.

Prezident o'zbek estrada xonandalari boshqa mamlakatlardagi kabi topgan daromadidan soliq to'lamasligi, faqat bir yillik litsenziyaga mablag' to'lashini qayd etib o'tgan.

«Azbaroyi san`atga bo'lgan hurmatimiz uchun soliqqa tortmayapmiz ularni. Chunki ular endi harakat qilishsin», - degan Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o'tamiz, Kun.uz saytida shu mavzuda bir necha maqolalar taqdim etilgandi. Jumladan, iyun oyida Shuhrat Shokirjonov muallifligida «Ozodbek Nazarbekov to'g'ri gapirdi, lekin...» va «San`atkor soliq to'lamaydi?! Mavzu davom etadi...» sarlavhali maqolalar shov-shuv keltirib chiqargandi. Keyinroq nashr qilingan «San`atkorlar daromad solig'i to'lashdan to'liq ozod qilindimi?» sarlavhali maqolada davlat soliq qo'mitasining konsert-tomosha faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziya olgan jismoniy shaxslarning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i to'lashi bo'yicha ma`lumoti taqdim etilgandi.
Категория: Махаллий янгиликлари | Просмотров: 74 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
avatar
0
1
laugh
avatar
0
2
wacko
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Avgust 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |