Payshanba, 24.07.2025, 06:46
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 5
Mehmonlar: 5
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Avgust » 25
Aktrisa, dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova 29 avgust—1 sentyabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida o`tkaziladigan "Moda Rossii" yarmarkasida O`zbekiston nomidan ishtirok etadi.

Shahzodaning mazkur yaramarkada namoyish etiladigan liboslar to`plami "Ipak yo`li" deb ataladi. Bu haqda Shahzoda o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi.

Qayd etish joizki, bu Shahzodaning dunyo miqyosidagi ilk modalar namoyishi.

$IMAGE2$
Коментариев: 0
Просмотров: 96
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 26 avgust kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 17-19, kunduzi 35-37 daraja issiq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 17-22, kunduzi 33-38 daraja issiq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 17-22, kunduzi 33-38 daraja issiq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 15-20, kunduzi 32-37 daraja issiq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 17-22, kunduzi 32-37 daraja issiq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 15-20, kunduzi 32-37 daraja issiq bo'ladi.

Respublikamizning tog'li hududlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 12-17, kunduzi 25-30 daraja issiq bo'ladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 91
«Borma kuyasaaaan... ana kuyding!» bu jumlalar ijrochisi, xalqimiz suygan so'z ustasi Hojiboy Tojiboyev tirik bo'lganida, bugun 62 yoshni qarshilardi.

Ikki tilda gaplashib bir xalq hisoblanib kelgan O'zbekiston va Tojikistonda xizmat ko'rsatgan artist Hojiboy Tojiboyev 1955 yil 25 avgust kuni Leninobod, hozirgi So'g'd viloyatining markazi hisoblangan Xo'jand shahrida tavallud topgan. Asl ismi Hojimurod bo'lgan bo'lajak san`atkorning bolaligi Jabbor-Rasulov nohiyasidagi ko'chalarda o'tgan, biroz vaqt o'tgach u Toshkentga keldi.

1978 yil Toshkent Teatr va rassomchilik institutini tamomlab, Tojikistonga qaytishga qaror qiladi. Dastavval, Shukur Burxonov nomidagi Nov teatrida, keyinchalik Kamol Xo'jandiy nomli teatr dargohida faoliyat yuritgan. SSSR parchalanib ketgach, Hojiboy Tojiboyev keyingi ijodini davom ettirish uchun Toshkentga ko'chib kelgan. Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usmon qori Raimbekov, Orifjon Toshmatov, Zokirjon Ovulov, Ibrohim qiziq Teshaboyev kabi Hojiboyning so'zlari xalq orasida iliq kutib olindi, uning respublika bo'ylab gastrollari barchaning og'zida edi.

O'tgan asrning 90-yillari so'nggidan Toshkent shahridagi «Xalqlar do'stligi» san`at saroyida (hozirgi «Istiqlol») qo'yilgan Hojiboy Tojiboyevning har bir yakkaxon konsert dasturi intizorlik bilan kutilardi. O'tgan yillar davomida uning hazillari el orasida tez-tez «Hojiboy aytardiku» qabilida takrorlanib turadi. Uning achchiq haqiqatlarni ham kulgi bilan maromida hazilg ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 125
Forbes jurnali 2017 yilda eng ko'p haq to'lanuvchi aktyorlar nomini ma`lum qildi.

Ro'yxatning birinchi o'rnidan 2017 yilda 68 mln dollar ishlab topgan Mark Uolberg joy oldi.

Ikkinchi pog'onada Dueyn Jonson (65 mln dollar), uchinchi – Vin Dizel (54 mln dollar).

Keyingi o'rinlardan Adam Sendler (50 mln dollar), Jyeki Chan (49 mln dollar), kichik Robert Dauni (48 mln dollar) va Tom Kruz (43 mln dollar) joy olgan.

Ilk o'nlikda Bollivud vakillari ham bor. Sakkizinchi pog'onada Shoxruh Xon (38 mln dollar), undan pastki o'rinlarda Salmon Xon (37 mln dollar) va Akshay Kumar (35 mln dollar) qayd etildi.

Reytingda Kris Xemsvort (31,5 mln dollar), Tom Xenks (31 mln dollar) va Semyuel Jyekson (30,5 mln dollar) ham bor.

«La-la-lend» filmi yulduzi Rayan Gosling 29 mln dollar ishlab topdi va Forbes ro'yxatining 14-o'rnidan joy oldi.

Ro'yxatning eng oxirgi o'rnini 13 mln dollarlik natija bilan Mark Ruffalo egalladi.

Avvalroq Forbes jurnali 2017 yilning eng katta haq oluvchi aktrisalarini e`lon qilgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 94
«Barselona» Dortmundning «Borussiya» klubidan fransiyalik yarim himoyachi Usmon Dembeleni transfer qilganini e`lon qildi.

Klub rasmiy saytida ma`lum qilinishicha, ushbu futbolchi transferi uchun 105 mln yevro to'lanadi. Shuningdek, ushbu miqdorning 40 foizi hajmidagi bonuslar berilishi mumkin.

20 yoshli futbolchi katalonlar klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Shartnomada futbolchi uchun 400 mln yevro miqdorida badal puli belgilanadi.

Dembele Barselonaga yakshanba kuni yetib keladi va keyingi kuni tibbiy ko'rikdan o'tib, shartnomaga imzo chekadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 69
Bugun, 25 avgust kuni Monako shahrida Yevropa Ligasi guruh bosqichi uchun qur`a marosimi bo'lib o'tdi. Qur`aga ko'ra «Arsenal», «Milan» va «Zenit» kabi turnir favoritlari o'z raqiblarini bilib olishdi.

A guruhi: «Vilyarreal», «Makkabi» (Tel-Aviv), «Astana», «Slaviya» Praga;

B guruhi: «Dinamo» (Kiyev), «Yang Boyz», «Partizan», «Skenderbeu»;

C guruhi: «Braga», «Ludogorets», «Hoffenxaym», «Istanbul BB»;

D guruhi: «Milan», «Austriya», «Riyeka», AYeK Afina;

E guruhi: «Lion», «Everton», «Atalanta», «Apollon» Limasol;

F guruhi: «Kopenhagen», «Lokomotiv», «Sherif», «Zlin»;

G guruhi: «Viktoriya», «Styaua», «Hapoel» Beer-Sheva, «Lugano»;

H guruhi: «Arsenal», BATE, «Kyoln», «Tsrvena Zvezda»;

I guruhi: «Zaltsburg», «Marsel», «Vitoriya», «Konyaspor»;

J guruhi: «Atletik», «Herta», «Zarya» Lugansk, «Estersund»;

K guruhi: «Latsio», «Nitstsa», «Zyulte-Varegem», «Vitess»;

L guruhi: «Zenit», «Real Sosedad», «Rusenborg», «Vardar».

Коментариев: 0
Просмотров: 71
Bugun Fransiyaning Monako shahrida futbol bo'yicha Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qur`a «Barselona»ni «Yuventus» bilan, «PSJ»ni «Bavariya» bilan, «Real»ni «Borussiya» bilan bir guruhga joylashtirdi.

A guruhi
«Benfika», «Manchester Yunayted», «Bazel», TsSKA

V guruhi
«Bavariya», «PSJ», «Anderlext», «Seltik»

S guruhi
«Chelsi», «Atletiko», «Roma», «Qorabog'»

D guruhi
«Yuventus», «Barselona», «Olimpiakos», «Sporting»

E guruhi
«Spartak», «Sevilya», «Liverpul», «Maribor»

F guruhi
«Shaxtyor», «Manchester Siti», «Napoli», «Feyyenoord»

G guruhi
«Monako», «Portu», «Beshiktosh», «RB Leyptsig».

N guruhi
«Real», «Borussiya» D, «Tottenhem», APOEL.

Коментариев: 0
Просмотров: 63
Musavvir Umberto Romanoning 1937 yilgi suratida qo'lida iPhone'ga juda o'xshash narsa ushlab o'tirgan hindu "aniqlandi", deya xabar beradi Motherboard.

Manbada ta`kidlanishicha, italiyalik musavvir Umberto Romano «Janob Pinchon va Springfild qarorgohi» surati ustidagi ishlarini 1937 yilda yakunlagan. Unda britaniyalik kolonist Uilyam Pinchon tasvirlangan.

Foto: David Sansbur/US Postal Service
Uning yonida esa an`anaviy kiyimdagi hindu iPhone smartfoniga juda o'xshash narsaga tikilib o'tirganini ko'rish mumkin.

Zamonaviy inson uning qo'lidagi narsani boshqa biror buyum sifatida qabul qilishi qiyin.

Hinduning yonidagi qo'llari bog'liq kishi ham unga qiziqish bilan boqmoqda. Romanoning kartinasidagi qolgan qahramonlar esa hinduning qo'lidagi buyumga e`tiborsiz holda aks ettirilgan.

Motherboard muharriri Brayan Anderson kartina haqida tarixchi Deniyel Krounning rassom haqidagi maqolasidan ma`lumot olganini aytgan.

Tarixchining so'zlariga ko'ra, rasmda smartfon emas, oddiy ko'zgu bo'lishi mumkin. Uning taxminicha, bu asl amerikaliklarning jamiyatdagi yuqori mavqeini bildiradi.
Коментариев: 0
Просмотров: 79
Janubiy Koreya sudi Samsung korporatsiyasining haqiqiy rahbari Li Chje Yonga 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Yonhap agentligining xabar berishicha esa, uni poraxo'rlik, ko'p miqdordagi kamomad, kapitalni olib chiqib ketish va yolg'on guvohlik berishda ayblashgan. Sud qaroriga ko'ra, Li Chjye Yon taxminan 6,38 mln dollarlik pora berish holatiga aloqador. Bu mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xega yaqin shaxslar bilan bog'liq ekani aytilmoqda.

Prokuratura Chje Yonni 12 yilga ozodlikdan mahrum qilishni talab qildi. U aybini tan olmadi va hukmni qayta ko'rib chiqish maqsadida shikoyat arizasini yo'llash niyatida.

Chjye Yon 2017 yilning fevralida hibsga olingandi. Tergovga ko'ra, Samsung 2015 yilning oktabri va 2016 yilning yanvarida taxminan 38 mln dollarni prezidentning dugonasi Chxve Sun Silning qizi hisob raqamlariga o'tkazib bergan.

Bloomberg ma`lumotiga ko'ra, Chje Yondan tashqari Samsung’ni to'rt nafar sobiq top-menejyeri ham aybdor deb topilgan.

Avvalroq Samsung rahbari poraxo'rlikda aybdor deb topilgani xabar qilingandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 69
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin “Putinning yangi arzandasiga aylandi”, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi prezidentning pozitsiyasi bilan tanish bo'lgan uch amaldorga asosan. Oreshkin 2016 yilning oxirida vazirlikka rahbar bo'lgandi.

Ularning ta`kidlashicha, Putinning yonida yirik xalqaro forumlarda ko'p bora payqalayotgan vazir lavozimida ishlagan avvalgi rahbarlardan ko'proq siyosiy ta`sirga ega.

Agentlikning xabar berishicha, aynan Oreshkin Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning Hamburgdagi G20 sammitida o'tkazilgan uchrashuvi tafsilotlarini birinchi bo'lib ochiqlagan.

Shuningdek, aynan Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri iyul oxirida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Sarmoyalar kafolatlari bo'yicha ko'p tomonlama agentlikda Rossiyadan boshqaruvchi lavozimida moliya vaziri Anton Siluanov o'rnini egallagan.

Bundan tashqari, agentlikning ta`kidlashicha, Oreshkin Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ishini yaxshilash uchun norasmiy guruhni tashkil qilgan. Unga Citigroup’dan Yekaterina Vlasova, PricewaterhouseCoopers’dan Zoya Viktorova va McKinsey’dan Yuliya Urojayeva kabi shaxslar kirgan. Ularning bari Iqtisodiy rivojlanish vazirligiga yaqinda kelishgan hamda vazirlik rahbari bilan juda yaqin aloqalarda, deb xabar bergan agentlikning ikki suhbatdoshi.

Oreshkinning o'zi Bloomberg’ga izoh berishdan bosh tortdi.

Eslatib o'tamiz, Oreshkin Iqtisodiy rivojlanish ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 84
Rossiyaning Krasnodar o'lkasida yo'lovchi avtobusi bilan bog'liq yo'l-transport halokati ro'y berdi. Avtobusning suvga cho'kib ketishi oqibatida 14 kishi hayotdan ko'z yumdi. Bu haqda RIA Novosti mintaqa favqulodda xizmatlaridagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

"Avtobusning Volna qo'rg'oni hududidagi suvga tushib ketishi oqibatida, dastlabki ma`lumotlarga ko'ra, 14 kishi qurbon bo'ldi", — degan agentlik suhbatdoshi.

Yigirma kishi qutqarilgan, yana 3 kishining taqdiri noma`lum. Manbaning aytishicha, avtobus 4 metr balandlikdan qulab tushgan. YTHga yo'l qoidasini buzish sabab bo'lgani aytilmoqda.

Ayni vaqtda hodisa sabablari o'rganilmoqda. Rossiya FVV ushbu hodisani tasdiqladi. Qrim qutqaruvchilari g'avvoslar va maxsus texnikadan iborat guruhni shakllantirayotgani aytilmoqda.
Коментариев: 0
Просмотров: 57
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Avgust 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |