Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 12 Mehmonlar: 12 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Avgust » 08
Xushbo‘y, shirali, qaylada dimlangan guruch va go‘shtli sharchalar har kimning ishtahasini qitiqlovchi taom, shundaymi? Endi ularni yanada totli qilib tayyorlash mumkin. Buning yo‘li oson. 1. Teftellarni faqatgina o‘simlik yog‘ida qovurib oling, aslo zaytun moyi, margarin, sariyog‘ yoki dumba yog‘ida emas. Qizigan zaytun moyida qovurilgan teftellar bemaza chiqadi. 2. Teftellarni yasash oson bo‘lishi uchun unga 1 dona tuxum yoki yorma soling. 3. Mol go‘shti+tovuq go‘shti yoki qo‘y go‘shti+mol go‘shtini aralashtirib tayyorlangan teftellar mazaliroq chiqadi. 4. Agar teftellarni gaz pechida pishirishga qaror qilgan bo‘lsangiz, qayla tayyorlashda bor fantaziyangizni ishga soling. Sabzavotlar, qaymoq, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pomidor va unni aralashtirib qayla tayyorlang. Teftelning mazasi ko‘p jihatdan qaylaga bog‘liq. 5. Qovurilgan teftellar ustiga darrov qayla quymang. Avval uning o‘zini 5-10 daqiqa dimlang, so‘ng qaylani solasiz. 6. Qayla teftellarni qoplasin, shunda ular shirali va xushbo‘y bo‘lib pishadi, quruq bo‘lib qolmaydi. 7. Teftelga solinadigan guruchning shirasi qancha kam bo‘lsa, shuncha kaloriyasi kam bo‘ladi. Buning uchun guruchni avval sovuq suvda bir necha marta yuving, so‘ng ko‘p miqdorda suv solib qaynating. Qaynab chiqqach ustidagi ko‘pikni olishni unutmang. Guruch kattalashgach, olovni o‘chirib, 10 daqiqaga qoldiring. So‘ng guruchni suzib oling-da, shirasi ketish
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 141
Kerakli masalliqlar: 1. Mol go‘shti – 500 gr. 2. Tuxum – 5 dona. 3. Bodring – 4 dona. 4. Kartoshka – 5 dona. 5. Qatiq – 1 litr. 6. Ko‘katlar (ko‘k piyoz va kashnich) – 1 bog‘dan. Tayyorlanishi: Go‘sht sho‘r suvda 1 soat davomida (go‘sht pishgunicha) qaynatiladi. So‘ng sho‘rvasi sovutishga olib qo‘yilib, go‘sht va bodring somoncha to‘g‘raladi. Kartoshka va tuxum qirg‘ichning yirik tishidan o‘tkaziladi. Ko‘katlar to‘g‘ralib, go‘sht qaynagan suvga hamma masalliqlar solinadi. Qatiqni ham atalab, solinadi. Tuzi yana bir bor rostlanib, muzlatkichga 1 soatga qo‘yiladi. Bu taom yozning issiq kunlarida oftob taftini oladi. Taom masalliqlarini kubik holida ham to‘g‘rash mumkin. Bu sizning hohishingizga qarab. Yoqimli ishtaha!
Коментариев: 0
Просмотров: 117
Juftingiz bilan birga pishiring!
Zarur masalliqlar: 600 gr. tovuq go`shti (suyaksiz), 3 osh qoshiqdan ketchup va soya sousi, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, 1 osh qoshiq kunjut yog`i, ziravorlar, qora murch.
Tayyorlanishi: 1. Ketchupga soya sousini soling. Kujut yog`i, qora murch va ziravorlarni ham qo`shing. Tuz shartmas.
2. Sarimsoqpiyozni yaxshilab ezib, aralashmaga solasiz-da, aralashtirasiz.
3. Tovuq go`shtini uzunasiga o`rtacha qalinlikda to`g`raysiz.
4. Tovuq go`shti ustiga marinadni soling. Kamida yarim soat marinadlab qo`ying.
5. Marinadlangan go`shtni sixlarga tortib, kabob qo`rasida yoki gaz pechida pishirib oling.
4 kishilik
1 soatu 35 daqiqa
Коментариев: 0
Просмотров: 89
Qaynota-qaynonangiz uchun maxsus!
Zarur masalliqlar: 400 gr. mol go`shti, 200 ml. smetana, 2 bosh piyoz, 1 osh qoshiq tomat, 1 choy qoshiq un, tuz, murch, o`simlik yog`i.
Tayyorlanishi: 1. Go`shtni 1 sm. qalinlikda o`rtacha kattalikdagi bo`laklarga bo`ling. Bolg`acha bilan ozgina uring-da, bir barmoq kattaligida kesing.
2. Qizdirilgan o`simlik yog`iga go`shtning yarmini soling. Baland olovda arlashtirib turgan holda 1-2 daqiqa qovuring. So`ngra qolgan go`shtni qovurib oling.
3. Piyozni maydalab to`g`rab, qovuring. Unni ham qo`shib, aralashtiring.
4. Qovurilayotgan piyozga smetana, tomat, tuz va much solib, yarim stakan suv ham quying-da, past olovda qaynating.
5. Qovurilgan go`sht bo`laklarini ham tovaga solib, bir qaynab chiqqach, qopqog`ini yopasiz-da, yarim soat dimlaysiz.
6. Go`shtli qaylani qaynatilgan guruch yoki makaron bilan dasturxonga tortish mumkin.
4 kishilik
1 soatu 20 daqiqa
Коментариев: 0
Просмотров: 84
Zarur masalliqlar: 500 gr. go‘sht, 300 gr. qovoq, 250 ml. sho‘rva (kubiklardan foydalansangiz bo‘ladi), 2 ta kartoshka, 2 bosh piyoz, 2 bo‘lak sarimsoq piyoz, 1 ta sariq bulg‘or qalampiri, 3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, tuz, murch.
Tayyorlanishi:
1. Go‘shtni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovuring. Piyoz va sarimsoq piyozni maydalab to‘g‘rab, qovurilayotgan go‘shtga qo‘shing.
2. Bulg‘or qalampiri, kartoshka va qovoqni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. Ularni ham qozonga solib, qovurishda davom eting. 15 daqiqadan keyin qaynatilgan sho‘rvani solib, tuz, murch seping-da, 50 daqiqa past olovda dimlang.
Tayyorlanish vaqti: 80 daqiqa.
Коментариев: 0
Просмотров: 118
Zarur masalliqlar: sho`rva uchun: 500 ml. suv, tuz;frikadelkalar uchun: 400 gr. mol go`shti qiymasi, 60 gr. guruch, 1 dona tuxum oqi, 2 bosh piyoz, 1 bo`lak sarimsoqpiyoz, o`simlik yog`i, tuz, qora murch; qayla uchun: 1 donadan tuxum, tuxum sarig`i va limon, ko`katlar.
Tayyorlanishi: 1. Piyoz va sarimsoqpiyozni maydalab to`g`rang. Qizdirilgan o`simlik yog`ida avval piyozni qovurib, keyin sarimsoqpiyozni qo`shing.
2. Guruchni suvda pishiring.
3. Go`sht qiymasiga qovurilgan piyozning yarmini, tuxum oqi, 2 osh qoshiq suv, tuz va murchni soling. Yaxshilab aralashtiring. Qaynatilgan guruchni qo`shing.
4. Qiymadan kichkina «shar»lar yasang-da, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovurib oling.
5. Qolgan piyoz va frikadelkalarni chuqur idishga solib, ustidan to ular botib turguncha qaynatilgan suv quying. So`ngra past olovda 20 daqiqa qaynating.
6. Qayla uchun mo`ljallangan tuxum sarig`i, tuxum va limon sharbatini yaxshilab aralashtiring. Ozgina sho`rvadan ham qo`shib, ko`pirtiring. Qaynab ketmasdan olovdan oling. Maydalangan ko`kat sepib, dasturxonga torting.
1 soat
3 kishilik
Коментариев: 0
Просмотров: 76
Кайнона набирасига караб ойланиб туриб келинига караб: ____ хечхам ог'лимга охшамедикан...! деса. Келинни жахли чикиб: ____ ойижон мен сизга ксерокс эмасман, бирйогимга тикса иккинчи тамонимдан копиясини чикариб бергани....! деярмиш
Коментариев: 0
Просмотров: 132
Zarur masalliqlar: 400 gr. makaron, 500 gr. go`sht qiymasi, 100 gr. pishloq qirindisi, 1 tadan piyoz, sabzi, 1 dona tuxum, 2 bo`lak sarimsoq piyoz, 3 osh qoshiq o`simlik yog`i, petrushka, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Piyozni halqa shaklida to`g`rab, sabzini qirg`ichdan o`tkazib, 2 osh qoshiq qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring. Maydalangan sarimsoq piyoz va petrushkani ham qo`shing.
2. Qiymaga tuxum, qovurilgan qayla, tuz va murch solib aralashtiring.
3. Makaronni qaynayotgan tuzli suvda qaynatib oling.
4. Tovaga yog` surtib, makaronning 1/3 qismini bir tekis qilib joylang. Ustidan qiymali qaylani, qirg`ichdan o`tkazilgan pishloqni soling. Keyin masalliqlarni yana shu tartibda joylashtirib chiqing. Yuziga qolgan pishloqni seping. Ustidan qopqoq yoki folga (zar qog`oz) yopib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo`ying.
Bu taom uchun makoronni qaynab turgan tuzli suvda qaynatib oling. Shunda u ezilmasdan pishadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 91
Bir odam sehrli chiroq topib olibdi ichidan jin chiqib tila tilagingni, - desa. — Er bo‘lish jonga tegdi ertalabdan kechgacha eshakday ishlaysan xotinim uyda mazza qilib o‘tiradi mani ishlaganimni ko‘rmiydi qadrimga yetmiydi. Kel meni xotinimni o‘rniga, xotinimni mani o‘rnimga almashtirib qo‘y bir qadrimga yetsin, - debdi. Jin: — Xo‘p, bo‘ladi, - debdi. Ertalab turib qarasa xotini bilan joyi almashib qolibdi. Xotini ishga ketibdi. Akamiz esa ertalabdan hovli supuribdi, kir yuvibdi, bollarni bog‘chaga oborib olib kelibdi. Ovqat qilibdi, uni ustiga xotini ishdan kelib akamizdan ayb topib urishibdi. Shu tarzda bir oy o‘tibdi. Oxiri joniga tegib Jinga aytibdi: — Jin, meni o‘z xolimga qaytar. Xotinlarga ham oson emas ekan, - desa. — Jin bu xali xolva, buni iloji yo‘q endi, kech debdi, Akamiz: — Iee, nega iloji yo‘q? Nega kech? - desa. Jin akamizga qarab: — Siz homiladorsiz, - dermish.
Коментариев: 0
Просмотров: 166
Doktor bemorga dedi:
— Sizga ichish, chekish, begona ayollar bilan muloqotda bo‘lish ta’qiqlanadi.
Bemor o‘zicha o‘yladi:
«Xotinim qurmagur shu yergayam kelib ketdimi deyman?»
Коментариев: 0
Просмотров: 171
Oddiy askar rota komandiriga shikoyat qilibdi:
— O’rtoq komandir, meni boshqa qismga o‘tkazinshingizni surayman.
— Nima uchun? Biror sabab bormi?
— Bu qismda askarlar har kuni to‘y-to‘y o‘ynashadi. Meni qo‘limga etikni berib, to‘yni videoga oldirishadi.
— Yaxshimasmi? Har kuni to‘y ko‘rasan...
— Yaxshilikka yaxshi, lekin ertasiga to‘yni diskini so‘rashadi-da...
Коментариев: 0
Просмотров: 147
Ona o‘g‘lini tishini oldirib, stomatolog xonasidan chiqaverishda bolasiga:
— Vrachga nima deyish kerak o‘g‘lim? - desa, bolakay:
— Qonxo‘r ablah ekansan deyish kerak ! - dermish.
Коментариев: 0
Просмотров: 128
Esini tanibdiki, otasi unga nisbatan juda qattiqqo‘l edi. Arzimagan narsaga ham tanbeh beraverar, uning har bir harakatini e’tibor bilan kuzatardi. Qizgina padarini dugonalarining otalari bilan solishtirib, bir kuni hatto onasiga yig‘lab arz qilgandi: – Dadam meni yomon ko‘radi, yaxshi ko‘rganida bunchalik qattiq urishmasdi… – Yo‘q, qizim, unday dema! – yupatgandi onaizor qizini, – aksincha, dadang seni judayam yaxshi ko‘radi, faqat o‘zingga bildirmaydi, tug‘ilganingda shunaqa xursand bo‘lgan ediki… Hali katta bo‘lsang, hammasini tushunasan… Ammo qiz otasi haqidagi fikrini o‘zgartirmadi: otasi uni yaxshi ko‘rmaydi! Yillar o‘tdi. Ota nazorati, ona tarbiyasi ta’sirida havas qilsa arzigulik aqlli, odobli qiz bo‘lib ulg‘aydi. Dugonalari bilan biror yerda to‘planmoqchi bo‘lishsa, dadasidan ko‘pda ruxsat ololmasdi, to‘y-tantanalarga ham dadasining roziligi bo‘lmasa, borolmasdi. Yana o‘sha o‘y ko‘nglidan kechardi: otasi uni yaxshi ko‘rmaydi! Vaqti-soati yetib, rozi-rizolik, yorug‘ yuz bilan baxt ostonasiga qadam qo‘ydi – kelin bo‘ldi. To‘y kuni qadrdon uyini tark etar mahali ostonada otasining poyiga bosh urdi. Otaning qo‘llari duoga ochildi, ovozi titrab, jigargo‘shasiga oq fotiha berdi: – Bergan tuzimga mingdan-ming roziman, qizim! Borgan yeringda toshday qotgin! Baxtli-taxtli bo‘lgin! Omin! Kelinning ko‘zlari beixtiyor yoshlandi, ko‘ngli allanechuk bo‘lib ketdi. Lekin o‘sha o‘yida qoldi: ot
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 186
1989 yil 8,2 ball kuch bilan yuz bergan zilzila Armanistonni kunpayakun qilib yuboray dedi. U atigi 4 daqiqa ichida 30 000 dan ziyod odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Ana shu dahshatli daqiqalarda hayoti xavfsizligiga ishonib stepanakertlik bir kishi xotinini uyda qoldirdi. O’g‘lidan xabar olish uchun maktabga yugurdi. Ammo maktab o‘rnida hosil bo‘lgan vayrona tepalikka duch keldi-yu dahshatdan qotib qoldi. Shunda to‘satdan xayoliga qachonlardir o‘g‘liga bergan va’dasi tushdi: – Qanday xodisa yuz bermasin, men albatta, senga yordamga yetib kelaman! Otaning ko‘zi yoshga to‘ldi. U vayronaga tikilarkan, biror chora, najotni ko‘rmadi, lekin xayolida o‘g‘liga bergan va’dasi charx uraverdi. U o‘g‘lini har kuni maktabning qaeriga yetaklab borganini eslashga urinib, binoning o‘ng tomonidagi burchakda joylashgan sinfni chamalab topdi. Va xarobani kovlashga tushdi. Bu orada boshqa o‘quvchilarning ham qayg‘uga botgan ota-onalari yetib kelishdi. Ular alam bilan: – O’g‘lim! Qizim! – deb faryod urishdi. Ba’zi ota-onalar: – Endi kech! – Allaqachon halok bo‘lishgan! – Biz endi ularga yordam berolmaymiz! – Uyga ketdik! – deb qayg‘uga botishdi. Bolaning otasiga ham: – Aql bilan ish tuting, urinish befoyda, – deb maslahat berishdi. Shunday tasalli bilan unga yaqinlashgan har bir kishidan bolaning otasi bir narsani so‘rardi: – Siz
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 167
“Bolaligimda qishloqqa, buvimnikiga borishni juda yaxshi ko`rardim. Ta`tilga chiqishim bilan tugunlarimni tugib, qishloqqa jo`nardim. Buvim menga qiziq-qiziq voqealarni so`zlab berardilar. Quyida bolaligimda buvimdan eshitgan bir hayotiy voqeani so`zlab bermoqchiman”, deb yozibdi sirdaryolik muxlislarimizdan bir. Buvimning aytishicha, bu voqea ancha yillar ilgari sodir bo`lgan. Qishloqda to`rt nafar qiz farzandi bo`lgan er-xotin Qosim aka va Fotima opalar yashagan ekan. Ular o`g`il farzand ko`rishni juda orzu qilisharkan. Shunday kunlarning birida Yaratganning inoyati bilan ularning oilasida o`g`il farzand dunyoga kelibdi. Er-xotin orzularining ushalganidan juda ham mamnun bo`lib, bolaga Umid deb ism qo`yishibdi. Umidni opalari eru-ko`kkaishonmay, katta qila boshlashibdi. Bola uch yoshga to`lganda hovlida ro`zg`or yumushlari bilan band bo`lgan Fotima opani kimdir chaqirganday tuyulibdi. Fotima opa alanglab, darvoza yonida turgan yuzi ajinlardan tirishib, qaddi dol bo`lgan keksa kampirga ko`zi tushibdi. – Yaxshimisan, qizim? Kun juda ham isib ketganidan tomoqlarim qaqrab, juda chanqadim. Iloji bo`lsa, bir piyola suv ber, – deb iltimos qilibdi kampir. Fotima opa oshxonada turgan paqirdan bir piyola suv olib chiqib, kampirga uzatibdi. Shu payt hovlida o`ynab yurgan Umid yugurib kelib, kampirga tikilgancha, onasining etagidan tutibdi. Suv ichib chanqog`ini qondirgan kampir bir nafas Umidga tikilib, afsusnamo bosh chayqabdi: – O`
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 66
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir aka-uka bor ekan. Akasi kunda ertalab chiqib ketib, kechqurun qaytar ekan. Ukasi uyda qolar ekan. Bir kuni akasi kechqurun kelganida ukasi: — Aka, siz har kuni erta ketib, kech qaytasiz. Ertaga o‘zingiz bilan meni ham birga olib keting, — deb iltimos qilibdi. — Seni olib ketardim-u, lekin menga xalaqit berasan-da, — debdi akasi. — Yo‘q, xalaqit bermayman, — debdi ukasi. Akasi rozi bo‘libdi. Ertalab aka-uka yo‘lga otlanishibdi. Ular yurib-yurib charchashibdi, och qolishibdi. Bitta boyning eshigiga kelib, yeyishga biror narsa berishini o‘tinib so‘rashibdi. Boy ularga yarimta suvi qochgan non beribdi. Aka-uka nonni yeb bo‘lishgach, akasi: — Omin, bundan boy bo‘lmagin, — debdi. Yana yo‘lga ravona bulishibdi. Yurib-yurib kunni ham kech qilishibdi. Yo‘lda bir kampirning uyiga kirishibdi. Kampir o‘zi juda qarib qolgan bo‘lib, kambag‘al yashar ekan. Uyida bitta sog‘in echkisidan boshqa hech narsasi yo‘q ekan. Kampir aka-ukalarni xursand bo‘lib kutib olibdi, echkining sutidan sog‘ib beribdi. Ular kampirnikida yotib qolishibdi. Ertalab turib, kampirnikidan chiqib ketishayotganida, akasi: — Omin, kampirning echkisi o‘lib, echkisiz qolsin, — debdi. Ukasi yana hayron bo‘libdi, lekin indamabdi. Yana yo‘lga ravona bo‘lishibdi. Yurib-yurib bir joyga kelishsa, bitta eski hovlining ichida ikkita bola — aka-ukalar yig‘lab o‘tirishgan ekan. Akasi ukasiga: — Mana bu devorni
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 165
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir boshpanasiz cho‘pon bor ekan. U juda qashshoq va kimsasiz ekan. Lekin cho‘pon juda mehnatkash ekan, doimo odamlarning og‘irini yengil qilib, qo‘lidan kelgan yordamini ayamas ekan. Cho‘pon taqdir bir kun kelib unga kulib boqishiga umid qilib yurar ekan. Bir kuni cho‘pon yaylovda qo‘y boqib yurganida bir nuroniy chol kelib, undan bir burda non so‘rabdi. Yigit o‘zining ozgina nonini chol bilan baham ko‘ribdi. Chol rahmat aytib, cho‘ponga bitta nay beribdi va: — O‘g‘lim, sen mehribon, qo‘li ochiq yigit ekansan. Bu nay — seniki. U — sehrli. Chalganingda sen hamma tashvishu g‘amlaringni unutasan. Uning kuyi senga shodlik va baxtiyorlik olib keladi, — debdi va ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi. Shu-shu yigitga bu nay ovunchoq bo‘lib qolibdi. Qishloqda dong‘i ketgan bir boy yashar ekan. Uning hamma narsasi yetarli ekanu, lekin sog‘lig‘ining mazasi yo‘q ekan. Uning kasaliga hyech kim shifo topolmas ekan. Boy kechalari alaxsirab uxlolmay chiqar ekan. Bir kuni kechasi boy uzoqdan nay ovozini eshitib, unga mahliyo bo‘lib qolibdi. O‘zi ham sezmay, asta-sekin shu ovoz kelgan tomonga qarab ketaveribdi. Yurib-yurib bir qorong‘i kulbaga kelib qolibdi, nay ovozi o‘sha yerdan eshitilayotgan ekan. Kirib qarasa, bir yigit nay chalib o‘tirgan emish. Boy yigitga qarab: — Ey yigit, sening kuying menga juda ham yoqdi, go‘yo sog‘ayib ketgandek bo‘ldim. Men anchadan beri kasal edim, hyech kim dardimga shifo topgan emas
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 143
"Bir kishiga ziyoratchilari qovun keltirishdi. U yoniga sirdosh-ko‘ngildoshi, sodiq xizmatkori Luqmonni chaqirdi va qovundan bir tilim kesib, uzatdi. Luqmon uni shunday rohat bilan yediki, ko‘rgan odamning ishtahasi ochilib ketishi tabiiy edi. Uzatilgan ikkinchi tilimni ham xuddi shunday yeganini ko‘rgach, xo‘jayin ham o‘ziga qovun kesdi. Ammo og‘ziga olar-olmas tupurib tashladi, chunki judayam achchiq edi. "Ey Luqmon, – dedi xo‘jayin. – Bunday zaharni qanday qilib bol kabi yeya olding? Bunday qahrni nima sababdan lutf o‘rnida qabul etding? Bu qanday sabr? Kim bilsin, bugungacha qanday azoblarga bardosh bergan bo‘lsang? Sen shirin joningga dushmanmisan? Biror nima desang, bo‘lardi-ku? Hech qursa, ma’zur ko‘ring, yeyolmayman, deyish shuncha qiyinmi?" Luqmon javob berdi: "Men sizning qo‘lingizdan shuncha ko‘p shirin narsalar yedim, moddiy va ma’naviy ozuqa oldimki, bularning evazini o‘tay olmasligimni o‘ylab, huzuringizda xijolatman. Shunday bo‘lgach, qo‘llaringiz bilan bergan narsani, qanday qilib: "Achchiq ekan, yeyolmayman", deyman? Siz nimaiki bersangiz, xushnudlik bilan qabul qilaman! Sizdan yetgan biror aziyatdan shikoyat qilsam, boshimga tuproq sochilsin. Lutfkor qo‘lning totini bir qovunning achchiqligi qanday ketkazsin? Xojam! Muhabbat sabab achchiq shirin, mis oltin, zindonlar gulzor, podshoh qul, qul shoh bo‘ladi. Davosiz dardlar shifo topadi. Muhabbat ila qorong‘i uylar yorishadi, qayg‘u, iztiroblar quvonchga, yo‘ldan adashtiruvchilar saod
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 129
Hayotning fazilatlaridan biri shundaki, kimgadir, nimagadir, intilib yashaymiz. Bu intilishlarda ilk orzular, ilk qadamlar va ayniqsa ilk yutuqlar bizni nihoyatda o‘ziga jozibali bog‘lab oladi. Erkak kishiga shunday ilk jozibali tayanch nuqtalardan biri uning sevikli yorining uyalib, chirmanib ibo iffatini yorib, «…bo‘yimda borga o‘xshaydi…», degan so‘zlari bo‘lsa kerak. Erkakning bu kutilmagan xushxabardan entikishi, «…endi og‘ir narsalarni ko‘tarmang…», degan so‘zlaridan boshlanib bo‘lg‘usi farzandga munosabati bilinadi. U xayol og‘ushiga cho‘madi va ko‘z oldiga o‘g‘ilcha yoki qizaloqni keltiradi. Bo‘lg‘usi ona ikkalasi shirin xayollarga beriladilar. Mana shu ilk orzumand xayollardan bo‘lg‘usi farzandga muhabbat tuyg‘usi boshlanadi. Er-xotin o‘rtasidagi har bir suhbat davomida bu tuyg‘u chuqurlashib, kenggayib, aniq shakl-shamoyillarga kirib boradi. Xalq o‘rtasida ko‘pchilikka ma’lum bir naql yuradi. Deydilarki, bir kishi bir donishmandning oldiga kelib, «Ey donishmand, kecha men o‘g‘illi bo‘ldim, aytingchi tarbiyani qachon va nimadan boshlayin». Shunda u donishmand deydiki, tarbiyani bir yil oldin, bo‘lg‘usi farzand onasiga muhabbat ko‘rsatishdan boshlash kerak edi, attang kechikibsiz. Bobolarimiz ruhiyatga katta e’tibor berishlarini ko‘rsatuvchi xalq o‘rtasida yurgan bu naqlning mag‘zi hozirgi zamon ruhshunosligi tili bilan aytganda shuni anglatadiki, farzandni sevish, unga shaxsiy munosabatni ko‘rsatish, uning onasini s
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 145
Bugun sobiq Yugoslaviya tarkibida bo`lgan Makedoniya davlatining Skope shahrida UEFA Superkubogi uchun o`yin bo`lib o`tadi.
Eslatib o`tamiz, unda Evropa Chempionlar ligasi musobaqasini yutib olgan jamoa Evropa Ligasini bosh sovrinini qo`lga kiritgan klubga qarshi maydonga chiqadi. Ular Madridning "Real" hamda Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoalaridir.
"Real" o`zi ishtirok etgan musobaqaning finalida Italiyaning "Yuventus" jamoasi 4:1 hisobida enggan edi. "Manchester Yunayted" bo`lsa Evropa Ligasi finalida "Ayaks"ni 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan.
"MYu" 2013 yildan buyon UEFA Superkbogida o`ynayotgan va birinchi Ispaniya vakili bo`lmagan klub hisoblanadi. "Qizil iblislar" Superkubokni 1991 yilda "Srvena Zvezda"ni yutib (1:0) qo`lga kiritgan. 1999 va 2008 yillarda mos ravishda "Lasio" va "Zenit"ga imkoniyatni boy bergan.
Коментариев: 0
Просмотров: 76
7 avgust kuni o`zbek shou-biznesining ikki vakili oila qurdi. Poytaxtdagi "Osiyo grand" restoranida Shohruhxonning ukasi, aktyor Muhammadali va Irodaxonning visol oqshomi bo`lib o`tdi. Shu kuni "Asr" restorani ham yulduzlar yog`dusiga to`ldi. VIA "Maroqand" guruhi yakkaxoni Abdurashid uylandi. Ko`pchilik internet foydalanuvchilari Abdurashidni guruh xonandasi Asal bilan turmush qurayotganini taxmin qilgan edi. Ammo bu taxminlar o`z tasdig`ini topmadi. Abdurashid Ominaxon ismli qizga uylandi.Ikkala to`y ham o`zbek estradasining taniqli namoyondalari ishtirokida o`tdi.
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 491
Мадриднинг «Реал» клуби президенти Флорентино Перес жамоа ҳужумчиси Криштиану Роналдуни сотиш нияти йўқлигини маълум қилди.
«Криштиану Роналдуни сотиш дейсизми? Ҳеч қачон. Ҳаттоки Роналдунинг вазничалик келадиган олтин таклиф қилишса ҳам, уни сотмайман. Фақат буюк футболчиларгина битта жамоага содиқ бўлишади», – дея Переснинг сўзларини келтиради Gazzetta dello Sport нашри.
Эслатиб ўтамиз, сўнгги вақтларда португалиялик футболчининг Мадрид клубидан кетиши ҳақида турли хабарлар тарқалганди. Аммо Перес ўзининг баёноти орқали бу хабарларни инкор этиб чиқди.
Коментариев: 0
Просмотров: 91
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|