Payshanba, 24.07.2025, 07:01
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 12
Mehmonlar: 12
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Avgust » 8 » Ota mehri...
10:39
Ota mehri...
Esini tanibdiki, otasi unga nisbatan juda qattiqqo‘l edi. Arzimagan narsaga ham tanbeh beraverar, uning har bir harakatini e’tibor bilan kuzatardi. Qizgina padarini dugonalarining otalari bilan solishtirib, bir kuni hatto onasiga yig‘lab arz qilgandi:

– Dadam meni yomon ko‘radi, yaxshi ko‘rganida bunchalik qattiq urishmasdi…

– Yo‘q, qizim, unday dema! – yupatgandi onaizor qizini, – aksincha, dadang seni judayam yaxshi ko‘radi, faqat o‘zingga bildirmaydi, tug‘ilganingda shunaqa xursand bo‘lgan ediki… Hali katta bo‘lsang, hammasini tushunasan…

Ammo qiz otasi haqidagi fikrini o‘zgartirmadi: otasi uni yaxshi ko‘rmaydi!

Yillar o‘tdi. Ota nazorati, ona tarbiyasi ta’sirida havas qilsa arzigulik aqlli, odobli qiz bo‘lib ulg‘aydi. Dugonalari bilan biror yerda to‘planmoqchi bo‘lishsa, dadasidan ko‘pda ruxsat ololmasdi, to‘y-tantanalarga ham dadasining roziligi bo‘lmasa, borolmasdi. Yana o‘sha o‘y ko‘nglidan kechardi: otasi uni yaxshi ko‘rmaydi!

Vaqti-soati yetib, rozi-rizolik, yorug‘ yuz bilan baxt ostonasiga qadam qo‘ydi – kelin bo‘ldi. To‘y kuni qadrdon uyini tark etar mahali ostonada otasining poyiga bosh urdi. Otaning qo‘llari duoga ochildi, ovozi titrab, jigargo‘shasiga oq fotiha berdi:

– Bergan tuzimga mingdan-ming roziman, qizim! Borgan yeringda toshday qotgin! Baxtli-taxtli bo‘lgin! Omin!

Kelinning ko‘zlari beixtiyor yoshlandi, ko‘ngli allanechuk bo‘lib ketdi. Lekin o‘sha o‘yida qoldi: otasi uni yaxshi ko‘rmasa kerak!

To‘ydan so‘ng charlar bahonasida ota uyiga chaqirildi. Turmush o‘rtog‘i, qaynonasi yetovida tug‘ilgan go‘shasiga kelar ekan, ko‘chalariga burilishlari bilan darvoza yonida u yoqdan-bu yoqqa betoqat yurib, o‘zlarini kutib turgan otasini ko‘rdi. Mashinadan tushasolib, qizarib-bo‘zargan ko‘yi salom berdi. Peshonasidan o‘pib, ko‘rishayotgan otasining ko‘zlariga yosh qalqqanini payqadi. Payqadiyu o‘zining-da mijjalari namlandi, ammo qalbi bir kashfdan munavvar edi: onasi rost aytgan ekan, ha, padari buzrukvori uni juda-juda yaxshi ko‘rar ekan! Qog‘ozdagi qandday asrab-avaylab, tergab-koyib yaxshi ko‘rar ekan!
Категория: Hikoyalar | Просмотров: 187 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Avgust 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |