Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 12 Mehmonlar: 12 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Avgust » 31
Тошкент шаҳри. Республика Гидрометеорология марказининг хабар беришича, 1 сентябрь куни пойтахтда ҳаво бироз булутли бўлади, ёғингарчилик бўлмайди. Кечаси 18-20, кундузи 36-38 даража иссиқ бўлади.
Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилояти. Ҳаво бироз булутли бўлади, айрим жойларда ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Кечаси 17-22, кундузи 34-39 даража иссиқ бўлади.
Бухоро ва Навоий вилоятлари. Ҳаво бироз булутли бўлади, айрим жойларда ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Кечаси 17-22, кундузи 34-39 даража иссиқ бўлади.
Тошкент, Самарқанд, Жиззах ва Сирдарё вилоятлари. Ҳаво бироз булутли бўлади, айрим жойларда ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Кечаси 17-22, кундузи 34-39 даража иссиқ бўлади.
Қашқадарё ва Сурхондарё вилоятлари. Ҳаво бироз булутли бўлади, ёғингарчилик бўлмайди. Кечаси 17-22, кундузи 35-40 даража иссиқ бўлади.
Андижон, Наманган ва Фарғона вилоятлари. Ҳаво бироз булутли бўлади, айрим жойларда ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Кечаси 17-22, кундузи 33-38 даража иссиқ бўлади.
Республикамизнинг тоғли ҳудудлари. Ҳаво бироз булутли бўлади, айрим жойларда ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Кечаси 12-17, кундузи 23-28 даража иссиқ бўлади.
Коментариев: 0
Просмотров: 89
Lola Karimova-Tillayeva 31 avgust kuni Toshkent shahrida otasi — O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalining ochilish marosimida qatnashdi va haykal poyiga gul qo'ydi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayevaning Facebook’dagi sahifasida ma`lum qilingan. «Mustaqil O'zbekistonning Birinchi Prezidenti va asoschisi Islom Karimov haykaliga gul qo'yish marosimi. Toshkent, 31 avgust 2017 yil» , — deya izoh berilgan suratlarga. Bu suratlarda Lola Karimova opasi Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova bilan Islom Karimov haykali poyiga gul qo'ygani va aks etgan. Marosimda O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Birinchi Prezident Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova ham qatnashdi. Haykalning ochilish marosimida Tatyana Karimova so'zga chiqib, nutq so'zladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 233
"Yoshlar" teleradiokanali Yangi yilgacha butkul yangilanadi. Tadbirda qatnashgan KUN.UZ muxbirining ma`lum qilishicha, MTRKning "Yoshlar" teleradiokanali YoAJ direktori Madamin Safarov O'zbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar press klubida shunday va`da bergan.
Uning so'zlariga ko'ra, teleradiokanal malakali mutaxassislar bilan boyitilmoqda. Shuningdek, "Davr" axborot dasturi yangicha formatda taqdim etilmoqda. Bundan tashqari, yoshlar uchun turli intellektual shoular tashkil qilinmoqda.
"Yangi yilgacha mutlaqo yangicha "Yoshlar" teleradiokanalini ko'rasiz", - deya va`da berdi Madamin Safarov.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyevning Yoshlar press klubida ma`lum qilishicha, My5 va "Yoshlar" teleradiokanalining 51 foiz aksiyasi O'zbekiston yoshlar ittifoqi tasarrufiga o'tgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 108
JCh-2018 saralash o'yinlari Osiyo mintaqasi, so'nggi bosqich, A guruh o'yinlarida 9-tur o'yinlarin o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar bilan tanishing: XITOY - O'ZBeKISTON - 1:0 SURIYa - QATAR - 3:1 JANUBIY KOReYa - ERON - 0:0 Yakunda, guruhimiz qo'yidagi ko'rinish hosil qildi: Tabiiyki, so'nggi tur oldidan guruhimizdagi chigal vaziyatni oydinlashtirish va albatta, terma jamoamizning mundial yo'llanmasiga bo'lgan imkoniyatini chamalash vaqti keldi. 5 sentabr kuni, so'nggi turda qo'yidagi o'yinlar bo'lib o'tadi: QATAR - XITOY, ERON - SURIYa, O'ZBeKISTON - JANUBIY KOReYa Shuni alohida e`tirof etish kerakki, yo'llanmani naqd qilgan Erondan tashqari, qolgan besh jamoaning to'rttasi hali ham kamida uchinchi o'rin uchun imkoniyatni saqlab turibdi. Endi O'zbekiston terma jamoasining imkoniyati haqida so'z yuritamiz. Toshkentda bo'lib o'tadigan Janubiy Koreyaga qarshi o'yin qo'yidagi natijalar bilan yakunlanishi mumkin: JANUBIY KOReYaNI YuTSAK... Bu holda ochkolarimiz soni 15taga yetadi va Janubiy Koreyani turnir jadvalida ortda qoldiramiz. Ammo afsuski, endi buning o'zi yetarli bo'lmaydi. Sababi
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 130
JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi Xitoy va O'zbekiston terma jamoalari uchrashuvidan (1:0) keyin O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o'yin borasida gapirib o'tdi.
«Qiyin o'yin o'tkazdik va afsuski, mag'lubiyatga uchradik. Bugun omad bizdan yuz o'girdi, omad raqib tomonda bo'ldi. Bugungi o'yin uchun barcha futbolchilarga rahmat aytaman, ular maydonda bor kuchini berdi. Afsuski, o'yin yakunlanib borayotganda darvozamiz tomon penalti belgilandi. Bundan natijaga loyiq emasdik. O'yin yakunida Marchello Lippiga omad ularga kulib boqqanini aytdim. Qaytarib aytaman, mag'lubiyatga loyiq emasdik.
Raqibni hurmat qilgan holda shuni aytishim kerakki, Toshkentda bo'lgani kabi bu yerda ham g'alaba qozonishimiz kerak edi. Ammo bir qancha imkoniyatlardan foydalana olmadik.
Birinchi navbatda Xitoy bilan o'yinni xotirjamlik bilan o'rganib chiqishimiz kerak. Shundan keyin Janubiy Koreyaga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Barchasi Toshkentda, Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda hal bo'ladi», deya gapirib o'tdi Babayan Sport telekanali jonli efirida namoyish etilgan matbuot anjumani vaqtida.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 5 sentabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.
Коментариев: 0
Просмотров: 66
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Xitoyga qarshi uchrashuvdan so'ng (0:1) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bugun darhaqiqat, juda qiyin bo'ldi. Qanchadan-qancha 100 foizlik imkoniyatlardan foydalana olmadik. Gol urishimiz shart bo'lgan vaziyatlarni ko'kka sovurdik. Albatta bunday imkoniyatlardan foydalana olmaganingdan keyin jazolanasan. Sen urmasang, senga urishadi.
Endi Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o'yinda borimizni berib o'ynashimiz kerak. Bunaqa holatda yoki Koreyani yutish kerak, yoki, yaxshisi futbol o'ynashni butkul yig'ishtirib qo'yish kerak. O'yinga bugungidek yondashib biror narsaga erishib bo'lmaydi», deya jahl bilan gapirib o'tdi Ahmedov.
Коментариев: 0
Просмотров: 57
JCh–2018 saralash bosqichi A guruhi 9-turidan o'rin olgan Xitoy – O'zbekiston uchrashuvi o'z yakuniga yetdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi, ikki darvoza oldida ham golli vaziyatlar kuzatildi. O'yin durangga qarab ketayotgandi, ammo mezbonlar bunga rozi bo'lishmadi. Uchrashuvning 84-daqiqasida Gao Lin penaltidan gol urib, hisobni ochdi. O'yin yakuniga qadar hisob o'zgarmadi. 9-turdan keyin O'zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi A guruhi 9-turida 4 g'alaba va 5 mag'lubiyat qayd etgan holda 12 ochko bilan to'rtinchi o'ringa tushdi. Endi O'zbekiston terma jamoasi 5 sentabr kuni Toshkentda Janubiy Koreya termasini qabul qiladi. Mazkur o'yinda JCh–2018 turniriga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkonini beruvchi yo'llanma o'ynaladi. JCh–2018 saralashi, 9-tur Uxan shahri, Xitoy 31 avgust, payshanba
Xitoy – O'zbekiston 1:0 Gol: Gao Lin(penalti, 84) O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Yegor Krimets, Islom To'xtaxo'jayev, Odil Ahmedov, Otabek Shukurov, Marat Bikmayev (Sardor Mirzayev, 79), Eldor Shomurodov, Server Jyeparov (Aleksandr Geynrix, 86), Igor Sergeyev (Azizbek Haydarov, 67). Xitoy: Zeng Cheng, Jang Linpeng (Ren Xang, 70), Feng Syaoting, Xao Junmin, Li Suypeng, Gao Lin, Jang Size (Syao Zi, 46), Yu Xanchao (Jao Syuri, 46), Deng Xanven, Jyeng Zi, Vu Ley. Ogohlantirishl
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 91
JCh-2018 saralashining V guruhida 9-tur uchrashuvlari doirasida Yaponiya – Avstraliya uchrashuvi o'tkazildi.
Uchrashuvda mezbonlar Asano (42) va Ideguchi (82) urgan gollar evaziga 2:0 hisobidagi g'alabaga erishdi.
Bu g'alaba yaponlarga 2018 yilgi jahon chempionati yo'llanmasini naqd qildi.
Guruhda Yaponiya 9 turdan keyin ochkolari sonini 20taga yetkazdi va oxirgi turda qanday natijalar qayd etilishidan qat`i nazar Saudiya Arabistoni (16) va Avstraliya (16) bu jamoaga yetib ololmaydigan bo'ldi.
Shu tariqa, Yaponiya 2018 yili Rossiyada bo'lib o'tadigan mundialda ishtirok etishi aniq bo'lgan to'rtinchi terma jamoaga aylandi. Turnirda shu vaqtgacha Rossiya, Braziliya va Eron terma jamoalari ishtirokini naqd qilgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 65
31 avgust kuni Yevropada transferlar oynasi yopilmoqda. Transferlarning oxirgi kuni har galgidek qizg'in kechmoqda. Yoz bo'yi katta mablag'lar sarflagan «PSJ» hali to'xtamadi, «Barselona» hali tarkibni to'ldira olmadi, Angliyada jamoalar oxirgi soatlardan foydalanib qolishmoqchi. Quyida kim qayerga o'tayotgani, qaysi jamoa kimni sotib olayotgani haqidagi oxirgi xabarlar bilan tanishib borishingiz mumkin. Transferlarning oxirgi kunidagi asosiy intrigalar: Mbappe «Monako»dan «PSJ»ga Koutino «Liverpul»dan «Barselona»ga Lemar «Monako»dan «Liverpul»ga Di Mariya «PSJ»dan «Barselona»ga O'zil «Arsenal»dan «Borussiya»ga Sanches «Arsenal»dan «Manchester Siti»ga Chemberlen «Arsenal»dan «Liverpul»ga Chemberlenga javob berildi Angliya Premer-ligasida muhim transferlar. «Arsenal» futbolchisi Aleks Oksleyd-Chemberlen «Chelsi» taklifini rad etib, «Liverpul»ni tanladi. Bu poygada Yurgen Klopp Antonio Konteni yutib chiqdi. Angliyadan kelayotgan ma`lumotlarga ko'ra, liverpulliklar klubi ushbu futbolchi uchun London jamoasiga 40 mln funt sterling to'laydi. Oksleyd-Chemberlen ayni damda yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tmoqda Mbappe — Neymar yoniga — «PSJ» moliyaviy feyr-pleyga amal qilgan holda 31 avgust kuni Kilian Mbappe transferini amalga oshirmoqchi. «Monako» futbolchisi parijliklarga 150-170 mln yevroga tushadi. «PSJ» Mbappeni keyingi yili sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga ol
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 86
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Bloomberg agentligining RF Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Oreshkin mamlakat rahbari Vladimir Putinning «arzandasi» ekani haqidagi xabariga izoh berdi.
«Men, aftidan, vaziyatni Bloomberg kabi ko'rish imkoniyati va u haqda barcha ma`lumotga ega emasman, shuning uchun bunday tahlilga baho bera olmayman. Xullas, men bunday gap-so'zlar qayerdan kelib chiqayotganini tushunmayapman», - dedi Peskov.
Avvalroq Bloomberg agentligi «Putinning yangi arzandasi» haqida ma`lum qilgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 71
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi maxsus bayonot bilan chiqdi. Unda AQShning Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo'g'anning 15 nafar tansoqchisiga ayblov e`lon qilish bo'yicha qarori salbiy baholangan.
«Bu xolis bo'lmagan ayblov xulosasi qabul qilinganidan juda jiddiy tarzda norozimiz», - deyiladi xabarda.
Vazirlikning ta`kidlashicha, ularning bu masala bo'yicha pozitsiyasi AQShning Anqaradagi elchisiga berilgan.
Avvalroq AQSh Erdo'g'anning 15 nafar tansoqchisiga ayblov e`lon qilgani xabar berilgandi. Hujjatda ta`kidlanishicha, 19 nafar ayblanuvchi may oyidagi tinch namoyishlarda "xavfli quroldan foydalangan holda hujum uyushtirgan" va "namoyishchilarni oyoqlari bilan tepgan". Ularga 15 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.
Коментариев: 0
Просмотров: 77
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|