Payshanba, 24.07.2025, 06:53
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 12
Mehmonlar: 12
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Avgust » 31 » ONLAYN: Kim qayerga? Oxirgi transfer yangiliklari
20:43
ONLAYN: Kim qayerga? Oxirgi transfer yangiliklari
31 avgust kuni Yevropada transferlar oynasi yopilmoqda. Transferlarning oxirgi kuni har galgidek qizg'in kechmoqda. Yoz bo'yi katta mablag'lar sarflagan «PSJ» hali to'xtamadi, «Barselona» hali tarkibni to'ldira olmadi, Angliyada jamoalar oxirgi soatlardan foydalanib qolishmoqchi. Quyida kim qayerga o'tayotgani, qaysi jamoa kimni sotib olayotgani haqidagi oxirgi xabarlar bilan tanishib borishingiz mumkin.

Transferlarning oxirgi kunidagi asosiy intrigalar:
Mbappe «Monako»dan «PSJ»ga
Koutino «Liverpul»dan «Barselona»ga
Lemar «Monako»dan «Liverpul»ga
Di Mariya «PSJ»dan «Barselona»ga
O'zil «Arsenal»dan «Borussiya»ga
Sanches «Arsenal»dan «Manchester Siti»ga
Chemberlen «Arsenal»dan «Liverpul»ga

Chemberlenga javob berildi
Angliya Premer-ligasida muhim transferlar. «Arsenal» futbolchisi Aleks Oksleyd-Chemberlen «Chelsi» taklifini rad etib, «Liverpul»ni tanladi. Bu poygada Yurgen Klopp Antonio Konteni yutib chiqdi. Angliyadan kelayotgan ma`lumotlarga ko'ra, liverpulliklar klubi ushbu futbolchi uchun London jamoasiga 40 mln funt sterling to'laydi. Oksleyd-Chemberlen ayni damda yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tmoqda

Mbappe — Neymar yoniga
— «PSJ» moliyaviy feyr-pleyga amal qilgan holda 31 avgust kuni Kilian Mbappe transferini amalga oshirmoqchi. «Monako» futbolchisi parijliklarga 150-170 mln yevroga tushadi. «PSJ» Mbappeni keyingi yili sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga olmoqda. Kilian parijliklar uchun tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgan. Endi bu haqda hammaga rasman e`lon qilish qoldi.

«Barselona»: Koutino yoki Di Mariya
— Millioner futbolchilar bosim ostida. «Liverpul» futbolchisi Koutino «Barselona»ga transfer qilinishiga to'siq qo'yilgani uchun qattiq norozi. Oxirgi xabarlarda Koutino katalonlar safiga 160 mln yevro evaziga o'tishi aytilgandi. Shu bilan birga ularda Anxel Di Mariya varianti paydo bo'ldi. Argentinalik futbolchi «PSJ» rahbariyatidan o'zini «Barselona»ga qo'yib yuborishni so'radi. Endilikda esa katalonlar Riyoz Mahrezni transfer qilishi haqida xabarlar paydo bo'lmoqda.

Aleksis: Londondan Manchesterga
— Britaniyalik jurnalistlar Aleksis Sanches o'zini transferga qo'yishni so'ragani haqida yozishmoqda, ammo «Arsenal»da bu inkor etildi. Lekin bu transfer bombasi oxirgi kunda portlashi mumkin. «Manchester Siti» «kanonirlar»ga Sanches uchun 50 mln funt to'lashga tayyor. Xosep Gvardiola o'z sobiq shogirdini Arsen Vengerdan olib ketmoqchi. Barchasini kun oxirigacha bilib olamiz.
Категория: Futbol yangiliklari | Просмотров: 87 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Avgust 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |