Главная » 2017»Avgust»31 » «Mag'lubiyatga loyiq emasdik». Samvel Babayan matbuot anjumanida
20:56
«Mag'lubiyatga loyiq emasdik». Samvel Babayan matbuot anjumanida
JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi Xitoy va O'zbekiston terma jamoalari uchrashuvidan (1:0) keyin O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o'yin borasida gapirib o'tdi.
«Qiyin o'yin o'tkazdik va afsuski, mag'lubiyatga uchradik. Bugun omad bizdan yuz o'girdi, omad raqib tomonda bo'ldi. Bugungi o'yin uchun barcha futbolchilarga rahmat aytaman, ular maydonda bor kuchini berdi. Afsuski, o'yin yakunlanib borayotganda darvozamiz tomon penalti belgilandi. Bundan natijaga loyiq emasdik. O'yin yakunida Marchello Lippiga omad ularga kulib boqqanini aytdim. Qaytarib aytaman, mag'lubiyatga loyiq emasdik.
Raqibni hurmat qilgan holda shuni aytishim kerakki, Toshkentda bo'lgani kabi bu yerda ham g'alaba qozonishimiz kerak edi. Ammo bir qancha imkoniyatlardan foydalana olmadik.
Birinchi navbatda Xitoy bilan o'yinni xotirjamlik bilan o'rganib chiqishimiz kerak. Shundan keyin Janubiy Koreyaga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Barchasi Toshkentda, Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda hal bo'ladi», deya gapirib o'tdi Babayan Sport telekanali jonli efirida namoyish etilgan matbuot anjumani vaqtida.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 5 sentabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.