Главная » 2017»Avgust»29 » Yevropada o'tgan mavsumning eng chiroyli goli aniqlandi
19:54
Yevropada o'tgan mavsumning eng chiroyli goli aniqlandi
«Yuventus» hujumchisi Mario Manjukich Yevropa Chempionlar ligasi finalida «Real» darvozasiga yo'llagan gol 2016/17 yilgi mavsumning eng yaxshi goli sifatida tan olindi.
UYeFA rasmiy saytida eng yaxshi golni aniqlash bo'yicha o'tkazilgan so'rovnoma yakunlari keltirilgan.
«Yuventus» va «Real» o'rtasidagi bahs 3 iyun kuni Kardiffda bo'lib o'tgan va madridliklar g'alabasi bilan yakunlangan (4:1). Xorvatiyalik futbolchi o'yinning 27-daqiqasida chalqancha uslubda zarba berib hisobni tenglashtirgandi. Ammo turinliklar bu o'yinning ikkinchi bo'limida 3ta gol o'tkazib yuborib mag'lub bo'lgandi.