Главная » 2017»Avgust»9 » Qozog'istonda Xitoyda yuz bergan yangi zilzila kuchi sezildi
15:23
Qozog'istonda Xitoyda yuz bergan yangi zilzila kuchi sezildi
Olmaotada Xitoyning Sintszyan-Uyg'ur muxtor tumanida yuz bergan zilzila kuchi sezildi. Bu haqda shaharning favqulodda vaziyatlar departamenti ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, Olmaotada sezilgan zilzila kuchi 4 ballni tashkil qilgan.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 5:30da (Toshkent vaqti bilan soat 04:30) qayd qilingan. Zilzila markazi Olmaotadan 490 km uzoqlikda bo'lgan.
"Vayronalar va jabrlanganlar haqida ma`lumotlar yo'q", deyilgan xabarda.
Xitoy markazida joylashgan Sichuan viloyatidagi kuchli zilziladan keyin shimoli-g'arbidagi Sintszyan-Uyg'ur muxtor tumanida 6,5 magnitudali yangi zilzila yuz berdi.