Kuzatuvlar tarixidagi eng yirik astreoidlardan biri Yerga yaqinlashmoqda, deya ogohlantirmoqda NASA.
Koinot ob`yekti 4,4 diametrga ega bo'lib, olimlar uni «Florentsiya» deb atashdi. U 1 sentabr kuni Yerga maksimal darajada yaqinlashadi.
Ma`lum qilinishicha, gigant-astreoidning sayyoramiz bilan orasidagi masofa xavfsiz hisoblanadi - taxminan 7 million kilometr. Astreoid Puerto-Riko hududida joylashgan radar va qurilmalardan kuzatiladi.
Ta`kidlash joizki, «Florentsiya» 1980 yilda kashf qilingan. Astreoidning Yerga yaqinlashishi olimlarga ushbu osmon jismi haqida qo'shimcha ma`lumot olish imkonini beradi.