Masalliqlar: -2 ta tuxum -0.5 st qatiq(yangi bo'lsa yaxshi) -0.5 st o'simlik yog'i -1 ta katta piyoz (juda mayda to'g'ralgan) -2ta o'rtacha kartoshka(mayda kubik to'g'ralgan) -yarimta sabzi(mayda kubik to'g'algan) -1/3 st muzlatilgan ko'k no'xot(qaynoq suvda eritib olib, suvini tokilgan)-(menda yo'q edi) -zira -1 choy-q (yoki ta'bga qaab) tuz -1.5 st.dan ko'proq un(2 stga yetar-yetmas)
Tayyorlash: -Tog'orachada tuxum, qatiq va yog'ni venchikda aralashtirib olamiz.
-To'g'ralgan piyoz, kartoshka va sabzini (no'xatni ham qo'shib) qo'shib qoshiq yo ketmoncha(spatula)da aralasht. Tuz va zira ham solamiz.
-Unni solib, masalliqlar bir-biriga qorishguncha aralsht.
-Qolipni yog'lab, aralashmani solamiz. 200C qizdirilgan pechkada 40 minut yoki usti qizarguncha pishiramiz.