Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 17 Mehmonlar: 17 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Пазандалик сирлари
Ushbu tortni pishirish uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar: 3 ta tuxum, 200 gr shakar, 2 osh qoshiq asal, 3 stakan un, 100 gr. saryog‘, 1 choy qoshiq un, 200 gr saryog‘. Emal idishda tuxumni yaxshilab ko‘pirtirganingizdan so‘ng idishni suv bug‘iga qo‘yasiz, shakar, asal hamda saryog‘ qo‘shasiz. So‘ng iste’mol sodasi hamda unni qo‘shib yana aralashtirasiz. Xamirni bug‘dan olib qo‘yib, bir oz tindirasiz.
Nachinkani qoshiq bilan duxovka patnisiga solib, o‘zingiz istagan shaklda yoyasiz va gazda usti oltin rangga kirgunga qadar pishirasiz. Xuddi shunday hajmdagi xamirlardan yana to‘rtta pishirib olasiz. Va ushbu tayyor qavatlar sovigandan so‘ng ustma-ust, orasiga nachinkada surib qo‘yasiz. Ustiga pishiriq chetidan qolgan ushoqlar, tortni har xil mevalar bilan bezash ham mumkin yoki bo‘lmasa glazur suriladi. Glazurni tayyorlash uchun 50 gr. saryog‘ga 3 osh qoshiq shakar hamda 3 osh qoshiq kakao, vanilin kukuni quyasiz. Saryog‘ erib va bir oz qaynagach, gazdan olasiz.
Tortni tayyor bezelar yoki o‘z didingizga moslab bezashingiz mumkin.
Коментариев: 0
Просмотров: 138
O’rtacha qilib xamir qorasiz, zuvala qilib sochiqqa o’rab 10-12 minut tindirib qo’yasiz.Shundan so’ng xamirga tuz va soda eritmasi surtasiz(buning uchun 1 choy qoshiqda tuz va 0,5 choy qoshiqda olingan sodani 0,5 stakan suvga eritiladi) shunday eritmada qo’lni namlab xamirni mushtlaysiz, toki bu namlik xamir bag’riga singib ketsin.So’ngra xamirdan yong’oqday-yong’oqday zuvalachlar yasab, har bir zuvalachani taxta ustiga qo’yib kaft bilan dumalatib armoq kattaligidagi piltalar yasaymiz.Piltalarni likopchga terib bir-biriga yopishib ketmasligi uchun ustiga o’simlik yog’i surtasiz.Xamirga singitilgan tuz soda eritmasi va ustiga surtilgan usimlik moyi xamirning cho’ziluvchanligini taminlaydi. Ana endi har bir piltani ikki uchidan ushlab taxtachaga urub-urub tortsangiz uzun va ingichka arg’amchi hosil bo’ladi,cho’zmani ikki buklab yana taxtachaga urub cho’zsangiz, 4 qavatdan iborat ingichka vermishelsimon holatga keladi.Hamma xamirni ana shu taxlit cho’zib bo’lgach, qaynab turgan tuzli suvga solib pishirasiz. Yuziga qalqib chiqqanda chovli bilan suzib olib 2-3 marta sovuq suv bilan chayqab yuborsangiz, yuzigab surkalgan yog’i ketib xamir bir-biriga yopishmaydi. Va (qaylasi): qozonda yog’ini dog’lab piyoz solib jazlaysiz, uncha qizarib ketmay turib mayda, ‘chumchuq tili’ qilib to’g’ralgan go’shtni solasiz, kavlab qoyurib tursangiz seli chiqadi, ana shunda halqa qilib to’g’ralgan chuchuk garimdori, kubik (1×1×1 sm) shaklida to’g’talgan sabzi, somoncha to’g’ra
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 136
Qo'y yog'ini kubik shklida to'g'rab eritasiz, jizzasini suzib olib yog'ini dog'laysiz-da, unga go'shtdan tozalangan bir bo'lak suyak tashlab yuborasiz. Suyak qizg'ish tusga kirguncha qovurasiz, bu - oshga qizil tus beradi. Suyakni olib tashlagandan keyin yoqqa parrak-parrak qilib to'g'ralgan piyoz solasiz va yahshilab qovurasiz. So'ngra lo'nda-lo'nda qilib to'gralgan go'shtni solib piyoz bilan birga qovurasiz. Piyoz qizg'ish tusga kirgach qozonga somon shakida qilib to'g'ralgan sabzi solamizda, bir oz tuz sepib aralashtirib qovurasiz. Sabzi tilla-sariq jigarrang tusga kirganda oshga solinadigan suvning yarmin quyib qaynatasiz. Zirvakka har hil ziravorlar va qizil qalampir solsangiz ham bo'ladi. Zirvakni uncha baland bo'lamagan olovda 20-25 daqiqa mildiratib qaynatasiz. Ayni paytda guruchni terib tozalab, sovuq yoki iliq suv builan 3-4 marta yuvib tayyorlaysiz. Guruchni ikki kaft orasida olib astalik bilan 1 necha marta ishqab yuvish kerak. Guruch qattiq ishqab yuvilsa maydalanib ketishi va palov lanj bo'lib qolishi mumkin. Guruchni qozonga bir tekis qilib solinganidan keyin o'choqdan cho'g'ni tortib olib alangani kuchaytirasiz va darhol guruchga suv quyasiz. Suv guruch betidan 1-1,5 sm ko'trailib tursin. Qozondagi ovqatning bir tekis qaynashi juda muhimdir. Aks holda palov "tirik" bo'lib qoladi. Gurunch hali suvni tortmay turib oshning tuzini rostlaysiz suvi tortilganidan keyin uni kapkir bilan o'rtaga qo'yib bir necha eriga dam cho'p suqib, yuzidagi suvni ostiga tushirasiz v
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 170
Grechixa – temir moddasiga boyligi bilan boshoqli o`simliklar orasida chempion hisoblanadi. Tarkibidagi kalsiy, kaliy, fosfor, yod, sink, ftor, vitamin V1, V2, foliy kislotasi, RR va vitamin E ayollar organizmi uchun g`oyat foydalidir. Quyida grechixaning foydali xususiyatlari haqida tanishtiramiz. Grechixadagi uglevodlar sekin so`rilishi hisobiga to`qlik hissini paydo qiladi. Parhez tutishni reja qilgan ayollar kechki ovqatga grechixadan taom iste`mol qilishlari mumkin. Qandli diabet bilan og`rigan bemorlar uchun ham grechixa juda foydali ozuqa hisoblanadi. Ayniqsa, qatiqqa aralashtirilganini kunora iste`mol qilish qonda qand miqdorini pastlatishga yordam beradi. Nonushataga grechixani sutga aralashtirib, bo`tqa tayyorlang. Bu egulik yurak va jigarga foydali bo`lib, organizmdan ortiqcha xolesterin chiqishini faollashtiradi. Kamqonlikni davolashda 100 gr grechixani blenderda maydalab, talqon qiling. So`ng bir kunda 3 mahal yarim piyola sut bilan qabul qiling. Tarkibidagi temir moddasi qonda gemoglobin miqdorining ko`tarilishiga yordam beradi. Bavosil yoki vena qon tomirlarining varikoz kengayishi kuzatilganida ham grechixadan taom va egulik iste`mol qilish tavsiya etiladi. Buning uchun grechixani tuzsiz suvda qaynatib, so`ng bir osh qoshiq sariyog` bilan dimlab pishirsangiz kifoya. Tarkibidagi rutin moddasi qon tomirlari devorini mustahkamlaydi. Ateroskleroz bilan xastalanganlar grechixa unidan kisel ichishlari mumkin. Kiselni t
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 93
Zarur masalliqlar: 300 gr. qatlama xamir, 250 gr. tvorog, 200 gr. qovoq, 50 gr. mayiz, tuz, shakar, dolchin, o`simlik yog`i.
Tayyorlanishi: 1. Qovoqni maydalab, to`rtburchak shaklda to`g`rang-da, shakar seping. Qizdirilgan o`simlik yog`ida qovoq yumshaguncha pishirib oling.
2. Tvorog va mayizni qovoqqa solib, yaxshilab aralashtiring.
3. Qatlama xamirni yoyib, to`rtburchak shaklda kesing. Qovoqli qiymadan solib buking. Somsalarni yog`langan qolipga terib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaqa qo`ying. So`ngra dolchin va qand upasi sepib, yana 5 daqiqa gaz pechida qoldiring.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat.
4 kishilik.
Коментариев: 0
Просмотров: 107
1. Do`lma uchun karam harid qilganingiz ma`qulroq. Karamning kichikroq va yumshoqrog`ini tanlang. 2. 10 daqiqa qaynagandan so`ng, o`rta olovda qaynayotgan karamni ehtiyotkorlik bilan bitta-bittadan karam bargini ajratib likopchaga olavering. Agar u yumshamagan bo`lsa yana suvda biroz tursin, ammo pishib ketmasin. 3. Yana bitta sir: karam bargi yumshoq bo`lishi uchun uni harid qilgandan so`ng xaltaga solib, muzlatgichning muzxonasiga qo`ying. Do`lma tayyorlashdan oldin uni xona haroratida eritganingizda barglari yumshab ketadi. 4. Karamni pishirishdan avval qiymasini tayyorlab qo`ysangiz, tuz va ziravorlar singib, qiymangiz shira tortadi. Do`lma qiymasiga go`sht, guruch, ko`katlar, sarimsoq piyoz, piyozlarni mayda qilib to`g`rab soling. Shunda taomingiz juda xushbo`y bo`lib pishadi. 5. Do`lmani to`g`ri o`rash uchun avval karam bargining ichki qismini o`girib oling, qattiq joyi bo`lsa, olib tashlang. O`rtacha karam bargidan 2 ta yoki 3 ta do`lma tugsa bo`ladi. Qiymani bargning bir chetiga solib, avval uning chetlarini yopib o`rang. Agar ochilib ketishidan qo`rqayotgan bo`lsangiz toza ip bilan mahkamlab qo`ying, yoki tish kovlagichdan foydalaning. 6. Do`lmalarni oldindan tayyorlab olingan qaylada 40 daqiqa davomida pishirib oling. Taom yanada mazali va xushta`m bo`lishi uchun qaylaga bir ikki qoshiq smetana va dafna bargidan solib yuboring. Shu qoidalarga rioya qilsangiz, do`lmalaringiz ham shirador, ham ochilib ke
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 102
Zarur masalliqlar (6 kishilik): 200 gr. margarin, 3 dona tuxum sarig`i, 100 gr. smetana, un, iste`mol sodasi; nachinka uchun: 3 dona tuxum, 100 gr. smetana, 200 gr. tvorog, 50 gr. pishloq, 1-2 bo`lak sarimsoq piyoz, yarim bog` ko`k piyoz.
Tayyorlanishi: 1. Margarinni eritib, un va iste`mol sodasi qo`shilgan smetana bilan aralashtiring. Aralashmaga tuxum sarig`ini qo`shib, yumshoq xamir qoring. Xamirni selofan paketga o`rab, yarim soatga muzlatgichga qo`ying.
2. Tuxumni atalalab, smetana bilan aralashtiring. Tuz, murch va maydalangan sarimsoq piyozni qo`shing. Tvorog, mayda to`g`ralgan ko`k piyozni solib, quyuq arashlashma hosil qiling.
3. Xamirni bo`laklarga ajratib, yog`langan kichik qoliplarga yoyib taqsimlang. Har bir xamirning ichiga aralashmadan 3-4 osh qoshiq solib, to`ldiring. Kulchalar ustini qirg`ichdan chiqarilgan pishloq bilan bezab, qizdirilgan gaz pechining o`rta olovida 25-30 daqiqa davomida pishiring.
Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa.
Коментариев: 0
Просмотров: 71
Kuzda g`arq pishib-etiladigan xushta`m meva — behini barchamiz sevib iste`mol qilamiz. Undan tayyorlanadigan murabboyu sharbatlar qishda zaiflashgan organizm uchun darmondori bo`lishini aytmaysizmi?! Bilsangiz, bu ajoyib mevadan xalq tabobati va kosmetologiyada ham foydalanish mumkin. Yo`tal tutganida... Bitta behini ikkiga bo`lib, urug`idan ajrating. Alohida idishda 100-150 gr. suv bilan aralashtirib, olovga qo`ying. O`rtacha olovda quyuqroq bo`lgunicha qaynating. So`ng olovdan olib, iliq holatda 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ovqatdan avval ichishingiz mumkin. Har kuni damlama yangidan tayyorlanadi. U quruq yo`tal hamda bronxlar shamollashida tavsiya etiladi. Kamqonlikka qarshi O`rtacha kattalikdagi behini urug`idan tozalab, ichini 2 choy qoshiq asal bilan to`ldiring. So`ng 15 daqiqa gaz pechiga qo`yib, yumshatib pishiring. Asalli behini bir kunda bir marotaba iste`mol qilish kifoya. U kamqonlik va hazm qilish faoliyati bilan bog`liq muammolarda asqotadi. Buyrak bezovta qilsa... Behi mevasining 1 osh qoshiq quritilgan bargi va shuncha miqdordagi tozalangan urug`ini 200 ml. qaynagan suvga damlab, olovga qo`ying. 5-6 daqiqa o`rta olovda qaynagach, tagini o`chiring-da, biroz sovuting. Ta`bga ko`ra, asal bilan aralashtirib, 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 mahal iste`mol qiling. Bu damlama peshob haydovchi xususiyatga ega. Immunitet pasaydimi? 3 ta behi mevasini to`g`rab, sharbat s
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 108
Kerakli mahsulotlar:
-50 g sariyog‘ -1 dona to‘g‘ralgan yirik piyoz -1 dona tishcha piyoz -2 osh qoshiq maydalangan kashnich -700 g go‘shti qiymasi -2 choy qoshiq xantal -1 dona tuxum -450 g qatlamali xamir -3 dona qaynatilgan tuxum -Tuz va murch Tayyorlanishi: 1.Gaz pechini 180 haroratda qizdiring. 2.Past olovda sariyog‘da piyoz, sarimsoq va kashnichni qovuring. 3.Qiymaga ko‘katli piyozni solib aralashtiring, xantal va ko‘pirtirilgan tuxumning ko‘prog‘ini soling (xamirga surkash ozroq olib qo‘yiladi), tuz hamda murch seping. Tuxumni ikkiga bo‘ling. 4.Xamirni to‘g‘riburchak shaklida yoying. O‘rtasiga qiymaning yarmi, ustiga tuxumning yarmini soling. Tuxumni qiymaning yarmi bilan yoping.
5. To‘g‘riburchakning uzun tomonlarini 2 santimetrdan so‘ng qiyiq kesiqlar qilinadi. Xamirning yuqori va pastki chetlarini qiymaga o‘raladi. Tasmalarga ko‘tarib, birining ustiga ikkinchisini ko‘ndalang qo‘yib qiymaga bosib birlashtiriladi. Xamirning ortganidan o‘ramani bezash mumkin. 6.Xamirga qolgan tuxumni surkab, 40 daqiqa davomida pishiriladi (sariq rangga kirgunga qadar). Yoqimli ishtaha!
Коментариев: 0
Просмотров: 83
Quymoqli tort turli rivojlangan mamlakatlarda aholi sevib iste’mol qiladigan sevimli shirinliklardan biri sanaladi. Eng muhimi, quymoqlarni pishirib olgach, uni o‘zingizga ma’qul kelgan krem, mevalar, xatto, murabbodan foydalanib, tayyorlashingiz mumkin. Biroq tort hosil qilish uchun eng kamida 15-17 ta dona tayyor quymoq kerak bo‘ladi. Quymoqli tortni tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan masalliqlar: 20-25 dona tayyor quymoq (quymoqni tayyorlash uchun 0,5 litr sut, 1 ta tuxum, 1 chimdim tuz, 1 chimdim iste’mol sodasi, 0,5 choy qoshiq shakar, 4 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, yetarlicha miqdorda un kerak bo‘ladi. Ushbu masalliqlar birin-ketin aralashtiriladi va tovada pishirib olinadi) Nachinkasini tayyorlash uchun: 0,5 stakan qaymoq; 3 stakan kakao; 3 osh qoshiq shakar; Istalgan mevadan tayyorlangan 1 osh qoshiq murabbo; Tayyorlash jarayoni: Nachinkani mikser yordamida kakao va murabbodan tashqari barcha masalliqlarni ketma-ket solib, bir necha daqiqa davomida ko‘pirtiriladi. E’tibor bering, bunda nachinka quyuq holga kelishi kerak. So‘ng murabbo hamda kakao solib ko‘pirtiriladi. Aytish kerakki, tort uchun ishlatiladigan quymoqlar sovuq holda bo‘lishi kerak. Laganga birinchi quymoqni qo‘yib, ustiga nachinka bir tekisda surtiladi. Shu zaylda barcha quymoqlarning orasiga nachinka surtib chiqiladi. Ushbu tortning ustki qismini mevalar, murabbo, shokolad bilan be
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 155
Zarur masalliqlar: 250 g sariyog`, 3,5 st un, 1 st suyuq qaymoq, 20 g achitqi, 0,5 l sut, 100 g shokolad, 3 ta tuxum sarig`i, 150 g shakar, bir chimdim tuz.
Tayyorlanishi:
1. Achitqini suyuq qaymoq bilan aralashtirasiz. Unga sariyog` va bir chimdim tuz solib, qo`lga yopishmaydigan xamir qorasiz va elim xaltaga o`rab yarim soatga muzlatgichga qo`yasiz.
2. Kremini tayyorlash uchun shokoladlarni bo`laklarga bo`lib olasiz. Sutni past olovda isitib shokolad bilan aralashtirasiz.
3. Shakarni tuxum sarig`i bilan ko`pirtirib unga un solasiz. Agar sal quyuqlashgan bo`lsa biroz sut qo`shib yuborishingiz mumkin. Asta-sekinlik bilan kavlab turgan holda shokoladli aralashmaga solasiz. So`ng quyuqlashgunga qadar aralashtirib turishingiz lozim. Va sovitish uchun salqin joyga olib qo`ying.
4. Xamirni ikki bo`lakka bo`lib oling. Maxsus qog`ozni qolipiga moslab kesib olib o`shani ustida un sepib 2-3 mm qalinlikda xamir yoyiladi. Ortiqchasini kesib tashlab, sanchqi bilan har joy-har joyidan sanchib chiqasiz. 200S daraja qizigan gaz pechida 8-10 daqiqa davomida pishirasiz. Ikkinchi xamirni ham shu tariqa pishiriladi.
5. Tayyor bo`lgan korjni yana ikkiga bo`lib qat-qat qilib taxlaysiz. Har bir qavat o`rtasiga krem surtasiz. Ustiga shokoladli glazur quyib maydalangan bodom bilan bezatasiz.
Коментариев: 0
Просмотров: 92
1. Kokosli pechene Zarur masalliqlar:100 gr. un, 100 gr. shakar, 200 gr. kokos qirindisi, 2 ta tuxum, 1 choy qoshiq xamir yumshatgich. Tayyorlanishi: Shakarni tuxum bilan ozgina ko`pirtirib olib, kokos qirindisini soling. So`ng un va xamir yumshatgichni qo`shib yana aralashtiring. Tayyor xamirni muzlatkichga yarim soatga qo`yib oling. Qo`llarni xo`llab, pechenelar yasangda 180 darajada qizib turgan gaz pechiga 15 daqiqaga qo`yib oling. 2. Olmali pechene Zarur masalliqlar: 120 gr. shakar, bir chimdim vanilin, 4 ta tuxum, 200 gr. margarin, 500 gr. un, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich, 3 ta olma. Tayyorlanishi: Tuxumni shakar va vanilin bilan aralashtirib, ustidan eritilgan margarinni soling. Alohida idishda elangan un va xamiryumshatgichni aralashtirib, asosiy masaliqqa qo`shing-da, yaxshilab aralashtiring. Olmani po`stidan tozalab, mayda to`rtburchak qilib to`g`rab xamirga qo`shing. Pishiriq qog`ozi to`shalgan gaz pechi patnisiga olmani bir osh qoshiqdan solib chiqib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 10-15 daqiqaga qo`ying. 3. Shokoladli shirinlik Zarur masalliqlar: 400 gr. shokolad (150 grammi alohida solinadi), 4 osh qoshiq sariyog`, 2/3 piyola un, 1/2 choy qoshiq xamir yumshatgich, 2 ta tuxum, 3/4 piyola shakar, bir chimdim vanilin. Tayyorlanishi: Dastlab gaz pechini qizdirib qo`ying-da, patnisga pergament qog`ozidan to`shan
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 130
Zarur masalliqlar: 500 ml. sut, 350 gr. un, 350 ml. quyuq smetana, 200 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq vanilinli shakar, 1 choy qoshiq o`simlik yoјi.
Tayyorlanishi: 1. Tuxumga shakar, tuz va vanilinli shakarni qo`shing. Keyin sutning 3/2 qismini solasiz. Yaxshilab aralashtirgach, un qo`shasiz. Endi qolgan sut va o`simlik yoјini qo`shamiz-da, yana bir bor yaxshilab aralashtiramiz.
2. Quymoqlarni pishirib olamiz.
3. Quyuq smetanaga shakar, vanilin qo`shing. Mikserda 5-7 daqiqa aralashtiramiz. Istakka ko`ra jelatin ham qo`shish mumkin.
4. Quymoqlar o`rtasiga kremdan surtib, yuzini ham istakka ko`ra bezating. Dasturxonga tortishdan avval biroz muddat muzlatkichda qoldirish maqsadga muvofiq.
1 soat 8 kishilik
Коментариев: 0
Просмотров: 100
Masalliqlar: Xamiriga: -100 ml(0.5 st) suv -1ta tuxum -140 gr(1 st) un – qattiqroq xamir bo’lgunicha un solinadi -1 choyqoshiq tuz -1 oshqoshiq yog’ Nachinkasi: -6 ta tuxum -12 oshqoshiq sut (1 tuxumga 2 oshqoshiq sut, 1 oshqoshiq saryog' to’g’ri keladi) -0.5 choyqoshiq tuz -6 osh qoshiq saryog(o’simlik yog’I solsa ham bo’ladi) -qozonda qaynab turgan suv Xamirini tayyorlash: -Suv, tuxum, un va tuzni solib xamir qoriladi. Tayyor bo’lgan xamirga 1 osh qoshiq o’simlik yog’I solib singgunicha qoriladi va 15 minutga tindirib qoyiladi. -Tingan xamirni yupqa qilib yoyamiz. -Yoygan xamirimizni radiusi taxminan 3sm lik idishda(masalan, stakan) kesib chiqamiz. -Kesilgan xamirning ichki qismi yopishmasligi uchun unga belab, chiziq hosil qilish uchun o’rtasidan buklanadi.
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 133
Masalliqlar(5kishi uchun) -1ta butun karam Nachinka uchun: -100gr go’sht -100gr guruch -2dona piyoz -1dona sarimsoq -2osh-q qizil tomat -0.5cho’mich o’simlik yog’i -ziravorlar, tuz -hohishga ko’ra sabzavotlar(sabzi, bolgarskiy va hkz) Tayyorlash: Karamni o’rta qattiq qismini pichoqda kesib olib tashlaymiz, Qaynab turgan suvga karamni kesilgan qismini pastga qaratib solamiz. 2-3 daqiqadan so’ng karamni ag’daramiz va yana biroz qaynatamiz. Asta-sekinlik bilan yumshagan karam barglarini ajrata boshlaymiz. Bunda har bitta bargni alohida olamiz va ostki qismi yumshamagan bo’lsa yana biroz kutib keyin olamiz(olov doim yoqig’liq turadi) Guruch, mayda to’g’ralgan piyoz va sarimsoq, qiyma, tomat, tuz va ziravorlar, 1osh-q o’simlik yog’isolib aralashtiramiz.
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 121
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|