Masalliqlar: Xamiriga: -100 ml(0.5 st) suv -1ta tuxum -140 gr(1 st) un – qattiqroq xamir bo’lgunicha un solinadi -1 choyqoshiq tuz -1 oshqoshiq yog’ Nachinkasi: -6 ta tuxum -12 oshqoshiq sut (1 tuxumga 2 oshqoshiq sut, 1 oshqoshiq saryog' to’g’ri keladi) -0.5 choyqoshiq tuz -6 osh qoshiq saryog(o’simlik yog’I solsa ham bo’ladi)
-qozonda qaynab turgan suv
Xamirini tayyorlash: -Suv, tuxum, un va tuzni solib xamir qoriladi. Tayyor bo’lgan xamirga 1 osh qoshiq o’simlik yog’I solib singgunicha qoriladi va 15 minutga tindirib qoyiladi.
-Tingan xamirni yupqa qilib yoyamiz.
-Yoygan xamirimizni radiusi taxminan 3sm lik idishda(masalan, stakan) kesib chiqamiz.
-Kesilgan xamirning ichki qismi yopishmasligi uchun unga belab, chiziq hosil qilish uchun o’rtasidan buklanadi.
-Qayta ochib, chiziqning bir tomoniga o’rtasidan joy qoldirib, jimjiloqning uchini tuzli suvga botirib hamirning ikki chetiga suriladi, keyin yopishtiriladi. Chekkalarin unga tekkazib, terib chiqiladi.
Nachunkaning tayyorlanishi : -Tuhumiga sut sariyog’ tuz solib pichoqda yahshilab aralashtiriladi
Pishirish: -Taxlangan xamirni ochib, nachinkani solib, og’zini yopsihtirib, qozonda qaynab turgan tuzli suvga tuxumbaraklarni solamiz.
-Tuxumbaraklar suv yuzasiga qaynab chiqqach, biroz qaynagandan keyin olinadi. Tuxumbarak shishib turgan bo’lishi kerak. Hammasini shu tarzda pishirib, kattaroq idishga suzib olamiz. Bir-biriga yopishmasligi uchun saryog’ surib chiqamiz.
-Tuxumbarak tayyor! Likopchaga suzib dasturxonga tortamiz. Alloh barakot bersin!