Juma, 25.07.2025, 05:38
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 6
Mehmonlar: 6
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » May » 31
Ispaniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Herard Pike yozgi tanaffusdan foydalanib mashhur Garvard universitetiga leksiya tinglash uchun boradi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

30 yoshli futbolchi “Ko‘ngilochar, media va sport sohasida biznes” mavzusidagi darslarda ishtirok etadi. Bu kurslar futbolchining kelajakda klub rahbarlaridan biriga aylanishi yo‘lida as qotishi mumkin.

Bunga qadar bergan intervyularida Pike bir necha bor “Barselona” prezidenti bo‘lish orzusida ekani haqida aytib o‘tgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 84
Kecha — 30-may kuni kuchli beshlikning ko‘zga ko‘ringan ikki klubi — “Borussiya Dortmund” va “Roma” — bosh murabbiylarini iste’foga chiqardi.

Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel xuddi Luis Enrike kabi mamlakat kubogida zafar quchib, o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Dortmundliklar Chempionlar ligasida “Monako” to‘sig‘idan o‘ta olmadi, Bundesligani esa 3-o‘rinda yakunladi. Debyutant “Leyptsig”ning tezlik olishi natijasida “Borussiya” uchlikka arang ilindi.


Shartnoma bandlariga ko‘ra, Tuxel “Borussiya”dan 2 million yevro tovon puli oladi. Klubning asosiy maqsadi “Xoffenxaym”ning 29 yoshli murabbiyi Yulian Nagelsmanni taklif qilish. Biroq o‘z klubini tarixda ilk bor Chempionlar ligasiga olib chiqqan Nagelsman “Xoffenxaym”dan ketmoqchi emas.

“Roma” 2016-yilning yanvarida Luchano Spaletti bilan shartnoma tuzgandi. Bir necha yillar davomida Piterning “Zenit” klubini boshqargan mutaxassis ketma-ket ikki mavsum davomida Italiya vitse-chempionligi bilan cheklandi. Oltin medallarni “Yuventus” hech kimga bermadi.

Klub uning qo‘li ostida boshqa murabbiylarga nisbatdan ko‘proq gol urdi va ko‘proq ochko to‘pladi. Biz Luchano Spallettiga ulgan mehnati uchun minnatdorchilik bildiramiz.

J ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 87
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining chorak finaliga yo‘llanma olgan uch klub nomi ma’lum.

Toshkentda “Paxtakor” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urgan “Nasaf”, G‘uzorda kechgan takroriy o‘yinni minimal hisobda o‘z foydasiga hal qildi va mamlakat kubogi uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Shu tariqa chempionatni o‘zi istaganidek boshlay olmagan “Paxtakor”, O‘zbekiston kubogini nimchorak finaldayoq tark etdi.

Ulug‘bek Baqoyev boshchilik qilayotgan “Buxoro” futbolchilari Jizzaxda “So‘g‘diyona” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Tomonlarning Buxoroda kechgan ilk o‘yinida g‘olibni aniqlab bo‘lmagandi — 1:1.

Kunning uchinchi o‘yinida Bekobod klubi qo‘qonliklarni mag‘lub etib ham navbatdagi bosqichga yo‘llanma ola bilmadi. Boisi tomonlarning vodiyda kechgan o‘yinida No‘mon Hasanov jamoasi 2:0 hisobida zafar quchgandi.

Bugun — 31-may kuni chorak finalga yo‘llanma olgan barcha jamoa nomiga oydinlik kiritiladi.

O‘zbekiston kubogi
1/8 final. Javob o‘yinlari
30-may, seshanba

“Metallurg” — “Qo‘qon—1912” 3:2

Gollar: Timur Usmonov, 24 (1:0). Darko Gojkovich, 61 (1:1). Nosir Otaqo‘ziyev, 73 (1:2). Doston Tursunov, 82-pen (2:2). Doston Tursunov, 89-pen (3:2).
Dastlabki uchrashuv: 0:2

“Nasaf” — “Paxtakor” 1:0

Gol: Bahrom Abdurahimov, 64 (1:0).
Dastlabki uchrashuv: 3:0

“So‘g‘diyona” — ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 68
O‘zbekiston futzal terma jamoasini tarixda ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqqan ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes O‘zbekistonni tark etdi. Bu haqda mamlakat futzal assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mendes 16—26-may kunlari Tailandda bo‘lib o‘tgan 20 yoshgacha futzalchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasini yarim finalga qadar boshlab borgandi. Shundan keyin uning assotsiatsiya bilan shartnomasi yakuniga yetdi va mutaxassis vataniga qaytib ketdi.

2015-yilning martidan buyon O‘zbekistonda ishlagan Xose Mariya Mendes o‘tgan davr mobaynida qanday natijalar qanday etdi?

O‘zbekiston MTJ

Osiyo chempionati—2016 vitse-chempioni (Toshkent)
Jahon chempionati—2016 ishtirokchisi (Kolumbiya)

O‘zbekiston U20

Osiyo chempionati—2017 da 4-o‘rin (Tailand)

“Ardus”

O‘zbekiston kubogi sohibi (2015, 2016)
O‘zbekiston vitse-chempioni (2016, 2017)
Assotsiatsiya kubogi sohibi (2015)

O‘zbekiston futzal assotsiatsiyasi rahbariyati mutaxassisga O‘zbekistondagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 80
Olimlar Oyda asteroidlarning mayda bo‘laklaridan iborat “yomg‘irlar” deyarli uzluksiz yog‘ishini aniqladi. Bu haqda Afinadagi Astronomiya instituti mutaxassisi Alkeste Bonanos hikoya qildi, deb yozadi “Argumenti i fakti”.

“Bizning qo‘shaloq kameralarimiz Oy yuzasidagi chaqinlarni ko‘rish imkonini beradi. Buni shu paytgacha bitta teleskop yordamida hech kim amalga oshira olmagan. Oxirgi 22 oy davomidagi ma’lumotlarni to‘plab, Yer atrofida diametri o‘n metr va undan kichik qancha asteroid mavjudligini tushunishga erishamiz. Bundan tashqari, mazkur ma’lumotlar chaqinlar fizikasini kashf etish va qaysi massa obyektlari ularni keltirib chiqarishini tushunishga yordam beradi”, — deydi Bonanos.

Butun dunyo olimlari oxirgi o‘nyilliklar davomida Yer atrofidagi asteroidlarni muntazam kuzatib boradi. Astronomlar ular Yer sayyorasi uchun qanchalik xavfli ekanligini aniqlashga urinmoqda.

Astronomlar Gretsiyadagi Krioneri observatoriyasida joylashgan 1,2 metrli teleskop yordamida Oy yuzasini mart va aprel oylarida kuzatib borib, u yerda muntazam “toshli yomg‘irlar” yog‘ishini aniqladi. Bor-yo‘g‘i 11 soat ichida mutaxassislar Chelyabinsk meteoriti o‘lchamidagi to‘rtta asteroid qulashini qayd etdi.
Коментариев: 0
Просмотров: 78
“VKontakte” rahbariyati ijtimoiy tarmoqning Kiyevdagi ofisini yopish va xodimlarning bir qismini Moskvaga ko‘chirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda, ismi oshkor etilmagan manbalarga asoslanib, “vc.ru” nashri xabar bermoqda.

Meduza’ning yozishicha, “VKontakte”ning rasmiy vakili Yevgeniy Krasnikov mazkur axborotni tasdiqlay olmagan.

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i Ukrainadagi idorasini 2012-yili ochgan edi. Ayni vaqtda, “Mail.ru Group” tarkibiga kiruvchi “Odnoklassniki”ning Ukrainada vakolatxonasi yo‘q.

“VKontakte”ning ofisi yopilishi haqidagi xabar bir kun avval “Yandeks”ning Ukrainadagi vakolatxonalarida o‘tkazilgan tintuvlardan so‘ng paydo bo‘ldi. Rossiya qidiruv tizimi Ukrainada “davlatga xiyonat” moddasi bo‘yicha gumon qilinmoqda. Ukraina Xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, “Yandeks” ukrainaliklar haqidagi ma’lumotlarni to‘plab, so‘ng ularni Rossiya maxsus xizmatlariga taqdim etgan.

“Yandeks”, “VKontakte” va “Odnoklassniki” Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning farmoniga muvofiq Ukrainada blok qilingan. U Rossiya internet xizmatlarini Ukrainaga qarshi targ‘ibotda aybladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 68
Amerikalik olimlar an’anaviy davolash usullari ta’sir qilmaydigan organizmlar — superbakteriyalarga qarshi kurashishga qodir antibiotik vankomitsinning bir turini yaratdi. Tegishli tadqiqot Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi. U haqda Skripps tadqiqot instituti (AQSh) qisqacha xabar bermoqda.

Mutaxassislar vankomitsinning uchinchi modifikatsiyasini hosil qildi. U bakteriyalar hujayra devori o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi. Avvalroq antibiotikning yana ikki modifikatsiyasi ishlab chiqilgan edi, ulardan har biri bakterial infeksiyaga qarshi kurashishning o‘z strategiyasini ko‘zlaydi.

Olimlarning fikricha bu mikroorganizmlarda antibiotiklarga qarshiligi rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.

Vankomitsinning uch karra modifikatsiyasi asosida yaratilgan dori vositasi oldingi versiyalaridan ming marta ko‘proq samaradordir.
Коментариев: 0
Просмотров: 88
Chexiyalik olimlar real vaqt rejimida chehra tuzilishini istalgan rasmga o‘xshatib, jonlantira oladigan algoritmni yaratdi, deb yozadi The Verge. Algoritm sun’iy intellekt orqali harakatga keltiriladi.

Ishlash tamoyili Prisma kabi dasturlarnikiga o‘xshash, ammo o‘xshatish uchun foydalanuvchi yuklaydigan har qanday kartinka qo‘llanilishi mumkin. Algoritm odam gapirishni boshlagan vaqtda ishlashga kirishib, uning mimikasini tahlil qiladi.

Loyiha Pragadagi Chexiya texnika universiteti mutaxassislari tomonidan tayyorlandi. Olingan natijani ular videoda ko‘rsatib berdi.
Коментариев: 0
Просмотров: 79
Samsung kompaniyasi maxsus videolavhada yangi OLED-displeyning cho‘zilish va o‘z o‘lchamiga qaytish xususiyatini namoyish qildi. Bu haqda, The Verge nashriga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Displey o‘z joyidan 12 millimetrga ko‘tarilishga qodir.

Rolikdan ma’lum bo‘lishicha, displey markazidan qayriladi, shundan so‘ng o‘z shakliga yana qaytadi.

Ishlab chiqaruvchining bildirishicha, yangilik ikki yo‘nalishda shaklini o‘zgartirishi mumkin.
Коментариев: 0
Просмотров: 78
iPhone uchun protsessorlar ishlab chiqaruvchi TSMC kompaniyasi Apple’ning yangi smartfonida ekranga o‘rnatilgan barmoq izlari skaneri paydo bo‘lishini tasdiqladi. Bu haqda Ubergizmo portali xabar berdi.

Taybeyda o‘tgan TSMC 2017 NA Technology Symposium konferensiyasida kompaniya vakillari yangi iPhone’dagi asosiy o‘zgarishlar haqida gapirib berdi. Yangiliklardan biri odatiy Home tugmasining olib tashlanishidir. Ilgari Touch ID orqa qopqoqda joylashtirilishi taxmin qilingan edi.

Buning o‘rniga Apple barmoq izlarini displeyning har qanday qismida optik daktiloskopik sensor yordamida aniqlaydigan tizimni joriy qilishni rejalashtirmoqda.
Коментариев: 0
Просмотров: 119
O‘zbekistonda HTC kompaniyasining yangi smartfoni sotuvga chiqdi. Qurilma 5,7 dyuymli va 2560×1440 pikselli displey hamda Snapdragon 821 protsessori bilan jihozlangan, deb xabar berdi “Mobinfo.uz”.

Smartfonning e’tiborli jihatlaridan biri asosiy displey ostida qo‘shimcha displeyning mavjudligi (xuddi LG V20 smartfonidagi kabi). Qo‘shimcha ekran bog‘lanishlar va dasturlarga tez kirishda, shuningdek, turli ma’lumotlarni aks ettirish va xabarlarni qabul qilishda xizmat qiladi.

HTC U Ultra’ga piksellari 1,55 mikrometr bo‘lgan 12 megapikselli asosiy kamera va 16 megapikselli frontal kamera o‘rnatilgan.

Yana bir e’tiborli jihati Sense Companion dasturiga ega ekanligi. Ushbu dastur boshqa tizimlar, jumladan telefon, bog‘lanishlar, xabarlar, dasturlar va batareykani boshqarish tizimlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ularning vazifasini o‘zlashtirib oladi va taribga solib turadi.

HTC U Ultra’ning texnik tavsifi:

5,7 dyuym IPS va 2560х1440 pikselli displey;
2 dyuymli qo‘shimcha IPS va 160х1040 pikselli displey;
Snapdragon 82164 bitli to‘rt yadroli protsessor;
Adreno 530 grafik tezlatgich;
4 Gb tezkor xotira;
64/128 Gb ichki xotira (UFS 2.1);
12 megapikselli asosiy kamera;
16 megapikselli frontal kamera;
akkumulyator sig‘imi 3000 mA/soat;
Android 7.0 Nougat operatsion tizim;
4G LTE mavjud;
barmoq skaneriga ega;
stereodinamikasi BoomSoun ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 97
Ro‘zadorligi esdan chiqib biror narsa yeb yoki ichib qo‘ysa, ro‘za ochiladimi? Bu savolga “Darakchi.uz” quyidagicha javob berdi.

Ro‘zaning buzilishi bilan bog‘liq quyidagi uch xil holat kuzatiladi: esdan chiqarish, xato oqibatida yoki qasddan.

Ro‘za tutganligi yodida bo‘lmay, yeb-ichib qo‘ygan yoki uni buzadigan amalga qo‘l urgan kishining ro‘zasi buzilmaydi. Ro‘zadorligi esiga tushgandan so‘ng ro‘zani buzuvchi narsani (masalan, yeb-ichishni) davom ettirmasa bo‘ldi. Agar davom ettirsa, ro‘zasi buziladi va qazo lozim bo‘ladi.

Ro‘zador xato qilsa, masalan, tahorat qilayotganda og‘iz chayishda suv tomog‘iga ketib qolsa yoxud quyosh botmagan holda botdi, degan o‘yda ro‘zani ochib qo‘ysa, ro‘zasi buziladi va shu kun qazosini tutmog‘i kerak.
Коментариев: 0
Просмотров: 101
Muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasida cheklangan psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalada bo‘lishiga faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha tibbiy maqsadlarda ruxsat etiladi. Bundan tashqari ekspertlik va tezkor-qidiruv faoliyatida ham ulardan foydalanishga ruxsat etiladi, deb yozadi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.

Xalqaro pochta Konvensiyasiga asosan, pochta jo‘natmalari orqali psixotrop va narkotik vositalarning yuborilishi qat’iyan taqiqlangan. “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 17-moddasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni pochta jo‘natmalarida, shu jumladan xalqaro pochta jo‘natmalarida jo‘natish taqiqlanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ammo shunga qaramay, pochta jo‘natmalari orqali qonunga xilof ravishda tarkibida psixotrop va narkotik moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini jo‘natish holatlari ham uchrab turibdi.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Boshpochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari shu turdagi bir necha bojxona qoidabuzarliklarining oldini oldi.

Poytaxtlik Yu.Venera nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, buyumlar orasida “CN-23” shaklidagi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 30 dona Zolpiden Hemitartate nomli psixotrop tabletkasi, 8 turdagi 410 do ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 97
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida xabar berildi.

Mazkur hujjatda O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish yuzasidan murojaat qilgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘qligi shaxslarga oid ma’lumotlar biometrik bazasi shakllantirilishi belgilangan.

Buning uchun Ichki ishlar vazirligiga Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Shaxslashtirish davlat markazi bilan birgalikda 2 oy muddatda tegishli takliflar taqdim etish topshirilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasi, 22-bandiga ko‘ra, mamlakatda siyosiy boshpana berish masalasi Prezident vakolatiga kiradi. Bunday maqom xalqaro va milliy qonunchilikda huquqbuzarlik sifatida ko‘rilmaydigan harakatlari uchun o‘z yurtida ta’qib etilayotgan shaxslarga taqdim qilinadi.

Manba: daryo.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 66
2017-yilning 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining MDH davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida 2017-yil to‘laqonli hamkorlikni yanada rivojlantirish rejasini (“Yo‘l xaritasi”) amalga oshirish doirasidagi qo‘shma ishlarning borishi batafsil muhokama qilindi.

2017-yilning 24-yanvar kuni Kobul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Kobul shahriga o‘tkazib, tashrif doirasida qisqa muddat ichida tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlarini 1,5 milliard AQSh dollariga yetkazish imkonini beradigan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy “Yo‘l xaritasi” bitimi imzolangandi.

Manba: daryo.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 74
Toshkent shahrida 30-may kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda 2017-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakat hududlariga tashriflari davomida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlarning holatini tanqidiy tahlil qilish va baholash masalalari ko‘rib chiqildi, deb yozadi O‘zA.

Yig‘ilishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensiya orqali Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazida tashkil etilgan studiyalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, korxonalar rahbarlari, tadbirkor va investorlar qatnashdi.

Yig‘ilishda ayrim tarmoqlar va hududlar rahbarlarida mas’uliyat, talabchanlik va tashabbuskorlik yetishmayotgani, buning oqibatida ko‘pgina investitsiya loyihalarini amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani qattiq tanqid qilindi. Jumladan, shu yilning birinchi yarmida 10 loyiha bo‘yicha obyektlarni ishga tushirish muddatlari asossiz ravishda kechiktirib yuborilgani, 9 loyihani moliyalashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzish, 10 loyiha yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash ishlari paysalga solib kelinayotgani aniq misollar bilan ko‘rsatib o‘tildi. Tarmoqlar rahbarlari va loyihalar tashabbuskorlari oldiga a ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 84
Rossiyaning “Shokoladnitsa” qahvaxonalar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda, deb yozadi UzDaily. Bu haqda “Shokoladnitsa”ning mintaqaviy rivojlanish va franchayzing bo‘yicha direktori Maksim Trubnikov ma’lum qildi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, tarmoq franshiza orqali O‘zbekiston bozorlariga chiqish haqida muzokaralar olib bormoqda. Nashr ta’kidlashicha, “Shokoladnitsa” qahvaxonalar tarmog‘i “Shokoladnitsa”, “Kofe Xauz” va “Vabi-Sabi” tarmoqlarini boshqaradi.

Trubnikov qayd etishicha, kompaniya Gruziya va O‘zbekiston bilan ishlamoqda, Qozog‘istonda brendni ochish bo‘yicha muzokaralar faol bormoqda. U kompaniya O‘zbekistonda kamida beshta “Shokoladnitsa” qahvaxonalarini ochishni rejalashtirayotganini aytdi.

“Yaqin oylar ichida shartnomalar tuzamiz deb o‘ylayman”, — dedi Trubnikov.

Manba: daryo.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 73
MDH mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekiston kuch bo‘linmalari jangarilarning chegarani yorib, Tojikistonga bostirib kirishiga qarshi birgalikdagi harakatlarni mashq qiladi, deb yozadi “TASS”. Harbiy mashg‘ulotlar MDHning “Dushanbe-Antiterror-2017” qo‘shma aksilterrorchilik mashqlari doirasida bo‘lib o‘tadi.

Uning yakuniy bosqichi Tojikiston hududida bo‘lib o‘tadi, maxsus xizmatlar Respublika telemarkazidagi garovga olingan kishilarni ozod etish va shartli terrorchilarni xavfsizlantirish bo‘yicha aksilterrorchilik operatsiyasini, shuningdek, chegarani buzib o‘tgan terrorchilik guruhlarini to‘sish va yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shinlar operatsiyasini o‘tkazadi.

Ushbu harbiy o‘quv mashg‘ulotlari MDH davlatlarining 2017—2019-yillarda terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish dasturiga muvofiq o‘tkazilmoqda. Ularda ishtirok etish uchun Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari ham taklif qilingan.

Manba: daryo.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 71
Mana, yozgi ta’til ham boshlandi. Tabiiyki, har qanday bola yozgi ta’tilda miriqib dam olishni istaydi. Lekin bu degani butun yoz faslini shunchaki bekor o‘tkazish kerak degani emas-ku!

Ta’til vaqtida ham foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib, Qiziqarli kitoblarni o‘qish, biror bir fandan bilimlarni kuchaytirish yoki bo‘lmasam hozirgi davrning eng muhim talablaridan biri sanalayotgan chet tillaridan birini mukammal o‘rganish mumkin. Agar sizning farzandingiz yozgi ta’tilda ana shunday o‘zini qiziqtirgan biror fanni o‘rganishini xohlasa, sizga bu sohada albatta tajribali o‘qituvchilar kerak bo‘ladi. Bu borada esa biz sizga yangi ochilgan yozgi maktabimizni taklif etamiz!

Bizning maktab sakkiz yoshdan boshlab barcha ilmga chanqoq yoshlarni til va boshqa fanlardan o‘qishga taklif qiladi. Biz taqdim etadigan ingliz tili kurslar:

Bolalar ingliz tilisi (Kids’ English);
Turli darajadagi ingliz tili kurslari (Beginner, Elementary, Intermediate, Advanced levels)
So‘zlashuv Klubi (Speaking Club);
Ingliz Kino Klubi (English Movie Club);
Rus tilidan yozgi intensiv uch oy davomida ko‘cha, transport, kafe, bozor va ishxonada to‘g‘ri gaplashishni o‘rganasiz. Darslar audio, video va jonli muloqot tarzda olib boriladi. Siz quyidagi yo‘nalishlar asosida darslarni o‘zlashtirishingiz mumkin:

To‘g‘ri talaffuz va amaliy muloqot.
Grammatik savodxonlik va hujjatlar bilan ishlash.
Nutq madaniyati va ku ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 99
“Islom.uz” sayti mushtariylaridan birining so‘rovi bilan ro‘za tutish vaqtida qanday kiyinish borasida tushuntirish berdi.

“Bir tanishim (qiz bola) muborak Ramazon oyi ro‘zasini tutmoqchi. Men unga ro‘za tutgandan so‘ng kiyinish odobiga qattiq e’tibor berish kerakligini aytgandim, biroq u men ro‘za tutsam bas, qolgan jihatlarga unchalik ham ahamiyat berilmaydi, deya javob qildi. Bu borada o‘zingiz tushuntirish berishingizni so‘rayman”, — deyiladi mushtariy savolida.

Sayt ma’muriyati esa savolga qisqa va lo‘nda qilib, shunday javob berdi: “Avratlarini to‘sish alohida farz, ro‘za tutish alohida farz. Ikkisini ham qilgani uchun ajr-savob olib, qilmagani uchun gunoh va azob oladi”.

Manba: daryo.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 103
O‘zbekiston Prezidenit 24-may kuni “O‘zbekiston Respublikasi bojxona postlari jihozlash uchun Xitoy Xalq Respublikasi hukumati tomonidan taqdim etilayotgan grantdan samarador foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Grant tarkibiga to‘rtta yirik gabaritli inspeksion-nazorat kompleksi kiradi. Ular “O‘zbekiston”, “Bekobod” (Toshkent viloyati), “Xo‘jadavlat” (Buxoro viloyati) va “Sariosiyo” (Surxondaryo viloyati) temir yo‘l chegara bojxona postlarida o‘rnatiladi.

Yana o‘nta skanerlovchi tizim komplektlari “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona postida joylashtiriladi.

XXR tomonidan taqdim etilayotgan grant o‘z ichiga uskunalar uchun ehtiyot qismlarni, ularning montaji va ishga tushirish va sozlash ishlarini, kafolatli xizmat ko‘rsatishni va operatorlarni o‘qitishni qamrab oladi. Grantning umumiy qiymati — 126 million yuan yoki 18,3 million dollardir.

Manba: daryo.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 83
27-may, shanba kuni Toshkentda, Mustaqillik shoh ko‘chasida yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismlarini ajratuvchi metall to‘siqlar olib tashlandi.

To‘siqlarning olib tashlanishi bo‘yicha mutassaddi tashkilotlar tomonidan hozirgacha biror rasmiy izoh berilgani yo‘q. Holat yuzasidan o‘z fikrlarini bildirayotgan toshkentliklarning aksariyati esa aynan izoh talab qilmoqda.

Qobil Rajabov

Metall to‘siqlarning olib tashlanishi haydovchilar nuqtai nazaridan juda to‘g‘ri qaror! Chunki harakat vaqtida to‘siqlar sababli piyodalar o‘tish joyidagi yo‘lni kesib o‘tishni boshlagan piyoda haydovchiga ko‘rinmay qolishi holatlari ko‘p uchraydi (transport vositasi past tezlikda harakat qilayotganda ham). Bu to‘siqlar piyodani haydovchidan yashiradi.

Elen Gutova

To‘siqlarni bekor olib tashlashyapti. Hamma joyga kamera o‘rnatilgani, inspektorlarning “archa” ortiga yashirinishi, yo‘llardagi chuqurlar kammi? Endi o‘zini yo‘l harakatining ishtirokchisi deb hisoblamaydigan piyodalar yo‘lni diagonal bo‘ylab kesib o‘tishni boshlaydi. Har doimgidek hammasiga haydovchilar aybdor. Endi-endi markaziy yo‘llar bo‘ylab harakatlanish xavfsiz bo‘lgan edi — yana ortga qaytish. To‘siqlar kimga xalaqit berdi? Nima uchun yo‘llardagi avariyalar sonini ko‘paytirish kerak?

Rustam Karimov

Bu to‘siqlar apil-tapil qilingan edi va yo‘lni ko‘rishga xalal berayotgandi. Shuncha metallni boshqa foydaliroq narsaga ishlatgan ma’qul. Agar ha ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 129
Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida 21—26-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumat delegatsiyalarining davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruhlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.



Uchrashuv doirasida O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasi uchastkalarida kameral ishlar olib borildi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Andijon viloyati bilan Qirg‘izistonning O‘sh viloyati tutashgan hududlardagi O‘zbekiston—Qirg‘iziston davlat chegarasida qo‘shma topografik va yer tuzish ishlari bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha oraliq shartnoma loyihasi tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra bayonnoma imzolandi. Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.

Manba: daryo.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 74
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |