Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Fabritsio Mikkoli tovlamachilik qilgani uchun qamalishi mumkin.
Palermo shahri prokuraturasi "Yuventus", "Fiorentina" va "Palermo" klublarining sobiq futbolchisini 4 yilga qamalishini talab qilmoqda.
37 yoshli Mikkoli zo'ravonlik yo'li bilan odamlardan pul undirishda ayblanyapti, deb xabar beradi L'Équipe. Tergovchilarning fikriga ko'ra, u 2010-yildan buyon mafiya bilan aloqa o'rnatib, tovlamachilik yo'li bilan pul topishga kirishib ketgan.
Mikkoli Italiya terma jamoasi safida 10ta o'yinda maydonga tushgan. U 2015-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Manba: www.stadion.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 101