Juma, 25.07.2025, 05:36
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 3
Mehmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » May » 14
Birga o`tkazgan shirin damlaringizdan osongina voz kechmang

Nega oilalar bir-biriga xiyonat qiladi va janjallashadi? Qanday qilib yuzaga kelishi mumkin bo`lgan ziddiyatlarni sezish va ularning oldini olish mumkin? Psixologlar bu haqda nima deydi? Baxtli nikohga erishishning kaliti nimada? Bu kabi savollarga oilaviy hayot davomida ko`pchilik duch kelishi aniq. Quyida psixologlarning bu boradagi fikrlari bilan tanishamiz...

1. Shirin hayot.

Psixologlarning fikricha, bu bosqich taxminan 18 oy davom etadi. Erkak va ayol bir-birini uchratib, yoqtirib qolsa, ularning organizmida dunyoni yorqin ranglarda ko`ra oladigan gormonlar ishlab chiqarilishi boshlanar ekan. Bu vaqtda insonning ko`ziga butun dunyo chiroyli ko`rinadi. Tanlagan insonining tashqi ko`rinishi, ovozi, hamma jihati juda ajoyib ko`rinadi. Fe`l-atvoridagi kamchiliklar ham bilinmaydi. Bu davrda inson sarmast holatda bo`lar ekan. Shunday damda taqdirni o`zgartiradigan jiddiy qarorlar qabul qilmaslik kerak, chunki ertami-kechmi, sarmastlik holati tugaydi va hamma narsa asl rangida ko`rina boshlaydi.

2. Zerikish.

Hissiyotlar to`lqini tinib, yoningizdagi insonnnig ijobiy va salbiy tomonlari yaqqol ko`rinadi va ularni baholay boshlaysiz. Bu davrda erkak va ayol bir-biriga moslashib qolganligi uchun o`zini asl holicha, ancha tabiiy va erkin tuta boshlaydi.

3. Nafrat.

Erkak va ayol o`rtadagi munosabatlar davom etishi uchun bir-birini maj ... Читать дальше »
Коментариев: 2
Просмотров: 130
Miyamizni doim ishlashga majburlasak, xotiramiz mustahkamlanadi!

Ko`pincha inson eshitgan narsasining 30 foizini 20 daqiqadan so`ng, 50 foizini esa yarim soat ichida unutar ekan. Bu holat esa barcha uchun noqulaylik tug`dirishi tabiiy. Agar siz ham xotirangiz susaya boshlaganini sezsangiz, quyidagi tavsiyalar yordamida uni mustahkamlashingiz mumkin...

1.Turli mashqlar.

Krossvordlarni echish, aqliy hisoblash, mantiqiy misollarning javobini topish, she`r yodlash, chet tillarin o`rganish – bularning barchasi miyani ishlatishning eng samarali usullari hisoblanadi. Bu mashqlarni muntazam bajarib tursak, xotiramiz anchagina yaxshilanadi.

2. Uzum sharbati.

Agar ovqatlanish rasionimizga uzum sharbatini qo`shsak, xotiramiz faoliyati 20 foizga yaxshilanadi. Faqatgina bu qora uzum bo`lishi kerak. Bu sharbat tarkibida miya hujayralarini yoshartiruvchi juda ko`p antioksidantlar bor.

3. Jismoniy faollik.

Piyoda yurish, mayda qadamlar bilan yugurish, raqsga tushish - bu harakatlar tanani chiniqtirib, xotirani mustahkamlaydi. Bunday faol harakatlar miyamizga kislorod ko`proq miqdorda borishini, yodda saqlash kuchayishini ta`minlaydi, yangi kletchatkalar ochiladi.

4. Suhbatlashish, muloqot.

Kimningdir telefon raqami, manzili, ismini ovoz chiqarib takrorlasak, miyamiz bu ma`lumotlarni yozib olishdan ko`ra tezroq qabul qiladi.

5. Uyqu

Yaxshi uyqu – salom ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 108
Aktyor va rejissyor Alisher Uzoqov hozirgi kunda o`zbek tiliga o`girilib, efirga uzatilayotgan filmlarning dublyajidan qoniqmasligini ma`lum qildi. Alisher o`zining Instagram`dagi sahifasiga “My5” telekanalida efirga uzatilayotgan xorijiy filmdan lavha aks etgan suratni joyladi va bu boradagi fikrlarini yozib qoldirdi.

“ ‘MY5’ bu telekanalga va boshqa telekanallarga hurmatni saqlagan holda aytmoqchiman. Dublyaj... Oldingi filmlarni aynan dublyaj uchun ko`rardik. Hozirgi filmlarni aynan dublyaji uchun ko`rgim kelmaydi. Sal e`tiborliroq bo`lishsa, menimcha hozirgi imkoniyatlarda yaxshi natijalarga erishsa bo`ladi. Maynavozchilik... Tarjima. Ovoz. Ovoz rejissyori: mana shularga yaxshilab e`tibor berish kerak tv rahbarlari! Xafa bo`lish yo`q. Yaxshi bo`lishini xohlaganimdan”—deb yozadi Alisher Uzoqov.

Alisher Uzoqovning xususiy telekanallardagi dublyajning oqsayotgani borasidagi fikrlarini xonanda Jahongir Otajonov ham ma`qullagan va "Bu iloji yo`q ishku" deya izoh yozib qoldirgan.

Манба: darakchi.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 93
Aktyor Yigitali Mamajonov Instagram`dagi sahifasiga joylagan surati qizg`in muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Aktyorning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini muntazam kuzatib boruvchi muxlislari Yigitaliga baxt tilamoqda.

Gap shundaki, Yigitali ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga bir qiz bilan tushgan suratini joylab, unga “yurakcha” belgisini ilova qildi. Suratda qiz umuman ko`rinmagan, biroq aktyor Qozog`istondagi mehmonxonalardan birida tushgan mazkur suratda uning hamrohi qiz bola ekanligini payqash mumkin.

Aktyor mazkur suratga hech qanday izoh bermagan. Uning muxlislari aktyorni o`z juftini topgani bilan tabriklamoqda.

Biroz muddat oldin Yigitali Instagram`ga yangi surat joyladi va uni “Va`daga vafo qilindi” deb izohladi.
Манба: darakchi.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 73
Siz biron bir tashkilot yoki firmaga ishga kirish uchun so‘rovnoma to‘ldirsangiz, albatta, “Qaysi chet tillarini bilasiz?” degan savolga ham ko‘zingiz tushadi. Hozirgi kunda o‘z ona tilidan tashqari boshqa xorijiy tillarni ham bilish deyarli barcha sohalarning muhum talablaridan biri bo‘lib bormoqda.




Chet tilini mukammal o‘rganishni istagan har bir inson uni o‘zi mustaqil tarzda ham o‘zlashtirsa bo‘ladi. Ammo buning uchun inson psixologik jihatdan til o‘rganishga tayyor bo‘lmog‘i lozim. Xorijiy tilni o‘rganish kishidan ozgina qunt, mustahkam iroda va tartibga asoslangan kun rejasi talab etiladi.

Kato Lomb kimyo sohasini egallaganligiga qaramay, dunyoning eng birinchi sinxron tarjimonlaridan hisoblangan. U 8 tilni bemalol, qiyinchiliksiz tarjima qilgan va 16 tilda esa erkin muloqot qila olgan. U davrlarda audio disklar ham, quloqchinlar ham, skayp, internet tarmoqlari ham, hattoki til o‘rganish maktablari ham bo‘lmagan. Lekin u qanday qilib bir necha xorijiy tillarni mukammal o‘rganishga erisha olgan?




U o‘zining “Men tilni qanday o‘rganaman?” bestseller asarida xorijiy tillarni o‘rganishning oddiy va oson yo‘llarini 10 ta qoidaga asoslab, keltirib o‘tgan:

1. Til bilan iloji boricha har kuni muntazam shug‘ullaning


Bunda xuddi sport mashg‘ulotlaridagidek, ma’lum bir tizimga asoslangan holda mashq qilish muddati belgilanadi. Hech bo‘lmasa, o‘qish va yangi so‘zlarni qa ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 82
Har qanday odam ham ba’zan yomon tushlar ko‘rishi mumkin, lekin u tez-tez takrorlanib tursa, bu yoqimsiz holat sabablari to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishga to‘g‘ri keladi.

Uyqu oldidan achchiq taom yeyish

Uxlashdan oldin achchiq ovqatlar yeyish yomon tushlar ko‘rishga sabab bo‘lishi mumkin. Achchiq taomlar metabolizmni va tana haroratini oshirish xususiyatiga ega, bu esa o‘z navbatida uyquning tush ko‘rish bosqichida miya faolligining oshishiga olib keladi.

Uyqu oldidan televizor ko‘rish

Bizning tushlarimiz — fikr va tasavvurlarimiz mahsulotlari hisoblanadi, shuning uchun miyamiz ko‘rgan kinolarimiz yoki o‘qigan kitoblarimizdan olgan ma’lumotlarga katta ahamiyat beradi va bu holat ko‘rayotgan tushimizda aks etadi.

Uyquga to‘ymaslik

Uyqusiz o‘tgan tundan keyingi kecha uyqusining yuqori fazasida miya aktivligining oshish holati yuz beradi. Bu holat ham ancha yorqin va shiddatli tushlar ko‘rishga sabab bo‘ladi.

Surunkali stress

Kun davomida kechirilgan stress va yuqori xavotirlik miyaga salbiy ma’lumotlar yetkazish orqali uyqu sifatiga yomon ta’sir qilishi mumkin. Miya aynan tez uxlash fazasida eng kuchli hissiyotlar keltirib chiqaradi.

Манба: daryo.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 79
Xonanda Jasur Umirov va klipmeyker Narimon Sultonxo`jaev “Darakchi” gazetasining “Javob bering!” loyihasida ishtirok etishdi. Unda bu ikki ishtirokchi bir-birlariga o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Klipmeykerning erkak va ayol do`st bo`lishi mumkinmi degan savoliga Jasur Umirov quyidagicha javob beradi:

“Aynan shu mavzuda do`stlarim bilan ko`p bahslashaman. Men erkak va ayol do`st bo`lishi mumkin degan fikrga mutlaqo qarshiman. Chunki ayollar barbir ayolligiga boradi, ya`ni ular bilan hech qachon sirlashib bo`lmaydi. Ularning sir saqlay olishlariga ham ishonmayman.”

N.S.: Nega ma`muringizni o`zgartirdingiz?

J.U.: Ijodimni boshlaganimdan buyon juda ko`p bor ma`mur o`zgartirdim. So`nggi pastlarda men bilan hamkorlik qilgan, o`zimga do`st deb bilgan ma`murim menga, o`z ishiga, ijodimizga hiyonat qildi. Yolg`on aralashgan munosabtlarni saqlab qolishni istamayman.

N.S.: Qaysi xonanda bilan duet kuylamagan bo`lardingiz?

J.U.: Hamkorlik qilishni istamaydigan, duet kuylash taklifini bildirsa ham, rad etishim mumkin bo`lgan hamkasblarim ko`p. Lekin ularning ismini hammaga aytishim shart emas deb hisoblayman.

Манба: darakchi.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 73
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon Toshkentda uch kunlik konsertini taqdim etadi. Bu haqda Sevara ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi.

Konsert 25-26-27 may kunlari Toshkentdagi forumlar saroyida bo`lib o`tadi.

Konsert chiptalari 17 apreldan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Манба: darakchi.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 64
Aktrisa Shahzoda Muhammedova hamkasbi Asal Shodieva bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi.

“Sayyod” saytiga bergan intervyusi paytida muxlislardan biri aktrisaga “Asal Shodieva bilan munosabatlaringiz yaxshi emasmi, nega uning to`yida ko`rinmadingiz?” deb savol berdi.

“Asal bilan munosabatlarimiz yaxshi. U bilan biz shunchaki tanishmiz. Dugona emasmiz. Ko`rishganda salom-alik qilamiz xolos. Menimcha, faqat salom-alik qiladiganlar to`yga aytilmasa kerak. Men shunday deb o`ylayman”,—deydi Shahzoda ushbu savolga javoban.

Манба: darakchi.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 61
Bojalar” guruhining yakkaxoni Jahongir Poziljonov beshinchi marta otalik baxtiga sazovor bo`ldi.
Ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 10 aprel kuni xonandaning oilasida qiz farzand dunyoga kelgan.

Ma`lumot uchun, Jahongir Poziljonovning bunga qadar 4 nafar, ikki o`g`il va ikki qiz farzandi bor edi
Коментариев: 0
Просмотров: 73
Xonanda Dilfuza Ismoilova “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida shaxsiy hayoti haqidagi savollarga javob berdi. Xususan, xonanda turmush o`rtog`i bilan ajrashishi sabablariga to`xtalib o`tdi.

“Dilfuza Ismoilova turmush o`rtog`im bilan ajrashib ketganimizga 10 yildan ko`proq bo`ldi. Turmush o`rtog`im kursdoshim edi. Judayam tarbiyali, judayam yaxshi inson bo`lganlar. San`atkorlar oilasiga kelin bo`lib tushganman. Qaynonamga ham gap bo`lishi mumkinmas. Qaynonam Nodira Ahmedova qo`shiqchi bo`lganlar.

Turmush o`rtog`im bilan ajrashishimga ularning noto`g`ri qadami sabab bo`lgan. Qo`pol bo`lsa ham aytaman, men hech qachon xarom narsani o`zimga yaqinlashtirmayman. Mening bir odatim borki, yaqin insonim aldasa, hech qachon kechirmayman. Aybini kechirishim mumkin, lekin u odam men uchun yo`q!”,—deydi Dilfuza Ismoilova.

Манба: darakchi.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 85
O`g`lim 36 yoshda, harbiy xizmatga bormagan. Endi harbiy guvohnoma olishi mumkinmi? Qaerga murojaat qilish kerak va jarima to`lanadimi?

Zumrad Azimova, Toshkent shahri

M.ABILOV, Mudofaa vazirligi bo`lim boshlig`i:

— O`zbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy guvohnoma olish uchun doimiy yashash joyida (vaqtincha yashash joyi) harbiy hisobda turgan Mudofaa ishlari bo`limiga ariza bilan murojaat etishlari lozim, o`z o`rnida Mudofaa ishlari bo`limlari tomonidan harbiy guvohnoma olish uchun zarur bo`lgan hujjatlar ro`yxati taqdim etiladi.

Chaqiriluvchilar va harbiyga majburlarning harbiy ro`yxatdan o`tish qoidalarini buzishi, shuningdek, chaqiruv bo`yicha Mudofaa ishlari organlariga uzrsiz sabablarga ko`ra kelmasligi yoki turar joyi, o`qish joyi, ish joyi va lavozimidagi o`zgarishlar to`g`risida ma`lumotlarni qaerda harbiy hisobda turgan bo`lsa, shu organga o`z vaqtida ma`lum qilmasligi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksga asosan jarima undirilishiga sabab bo`ladi.


Манба: darakchi.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 78
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |