Главная » 2017»May»31 » Chempion bo‘la olmagan Pike Garvardda tahsil olishga qaror qildi
15:27
Chempion bo‘la olmagan Pike Garvardda tahsil olishga qaror qildi
Ispaniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Herard Pike yozgi tanaffusdan foydalanib mashhur Garvard universitetiga leksiya tinglash uchun boradi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
30 yoshli futbolchi “Ko‘ngilochar, media va sport sohasida biznes” mavzusidagi darslarda ishtirok etadi. Bu kurslar futbolchining kelajakda klub rahbarlaridan biriga aylanishi yo‘lida as qotishi mumkin.
Bunga qadar bergan intervyularida Pike bir necha bor “Barselona” prezidenti bo‘lish orzusida ekani haqida aytib o‘tgandi.