Juma, 25.07.2025, 05:51
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 16
Mehmonlar: 16
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 11 » Bodom bilan bezatilgan tort – mehmonlarni xursand qiling!
00:14
Bodom bilan bezatilgan tort – mehmonlarni xursand qiling!
Zarur masalliqlar: 250 g sariyog`, 3,5 st un, 1 st suyuq qaymoq, 20 g achitqi, 0,5 l sut, 100 g shokolad, 3 ta tuxum sarig`i, 150 g shakar, bir chimdim tuz.

Tayyorlanishi:

1. Achitqini suyuq qaymoq bilan aralashtirasiz. Unga sariyog` va bir chimdim tuz solib, qo`lga yopishmaydigan xamir qorasiz va elim xaltaga o`rab yarim soatga muzlatgichga qo`yasiz.

2. Kremini tayyorlash uchun shokoladlarni bo`laklarga bo`lib olasiz. Sutni past olovda isitib shokolad bilan aralashtirasiz.

3. Shakarni tuxum sarig`i bilan ko`pirtirib unga un solasiz. Agar sal quyuqlashgan bo`lsa biroz sut qo`shib yuborishingiz mumkin. Asta-sekinlik bilan kavlab turgan holda shokoladli aralashmaga solasiz. So`ng quyuqlashgunga qadar aralashtirib turishingiz lozim. Va sovitish uchun salqin joyga olib qo`ying.

4. Xamirni ikki bo`lakka bo`lib oling. Maxsus qog`ozni qolipiga moslab kesib olib o`shani ustida un sepib 2-3 mm qalinlikda xamir yoyiladi. Ortiqchasini kesib tashlab, sanchqi bilan har joy-har joyidan sanchib chiqasiz. 200S daraja qizigan gaz pechida 8-10 daqiqa davomida pishirasiz. Ikkinchi xamirni ham shu tariqa pishiriladi.

5. Tayyor bo`lgan korjni yana ikkiga bo`lib qat-qat qilib taxlaysiz. Har bir qavat o`rtasiga krem surtasiz. Ustiga shokoladli glazur quyib maydalangan bodom bilan bezatasiz.
Категория: Пазандалик сирлари | Просмотров: 93 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |