Juma, 25.07.2025, 05:58
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 19
Mehmonlar: 19
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 8 » ​15 daqiqada tayyor bo`ladigan 3 xil pechene
20:36
​15 daqiqada tayyor bo`ladigan 3 xil pechene
1. Kokosli pechene
Zarur masalliqlar:100 gr. un, 100 gr. shakar, 200 gr. kokos qirindisi, 2 ta tuxum, 1 choy qoshiq xamir yumshatgich.

Tayyorlanishi:

Shakarni tuxum bilan ozgina ko`pirtirib olib, kokos qirindisini soling. So`ng un va xamir yumshatgichni qo`shib yana aralashtiring. Tayyor xamirni muzlatkichga yarim soatga qo`yib oling. Qo`llarni xo`llab, pechenelar yasangda 180 darajada qizib turgan gaz pechiga 15 daqiqaga qo`yib oling.

2. Olmali pechene

Zarur masalliqlar: 120 gr. shakar, bir chimdim vanilin, 4 ta tuxum, 200 gr. margarin, 500 gr. un, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich, 3 ta olma.

Tayyorlanishi:

Tuxumni shakar va vanilin bilan aralashtirib, ustidan eritilgan margarinni soling. Alohida idishda elangan un va xamiryumshatgichni aralashtirib, asosiy masaliqqa qo`shing-da, yaxshilab aralashtiring.

Olmani po`stidan tozalab, mayda to`rtburchak qilib to`g`rab xamirga qo`shing. Pishiriq qog`ozi to`shalgan gaz pechi patnisiga olmani bir osh qoshiqdan solib chiqib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 10-15 daqiqaga qo`ying.

3. Shokoladli shirinlik

Zarur masalliqlar: 400 gr. shokolad (150 grammi alohida solinadi), 4 osh qoshiq sariyog`, 2/3 piyola un, 1/2 choy qoshiq xamir yumshatgich, 2 ta tuxum, 3/4 piyola shakar, bir chimdim vanilin.

Tayyorlanishi:

Dastlab gaz pechini qizdirib qo`ying-da, patnisga pergament qog`ozidan to`shang. Mikserda shakar tuxum va vanilinni 4 daqiqa davomida aralashtirib oling. 250 gr. shokoladni sariyog` bilan suv bug`ida yoki mikroto`lqinli pechda eritib oling. Erigan shokoladni tuxumli qorishmaga qo`shib aralashtiring. So`ng xamir yumshatgich bilan aralashtirilgan unni qo`shing. Qolgan 150 gr. shokoladni ham solib aralashtiring. Orasini 5-7 sm. qoldirib masalliqni qoshiqda solib chiqing. 12-15 daqiqada tayyor bo`ladi.
Категория: Пазандалик сирлари | Просмотров: 131 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |