Bilaman, tashvish mehmon, o'tkinch, Yonimda bo'lsang bo'lmas o'kinch, Faqat yagona bitta ilinj Do'st keragida, yolg'izlatma...
Nimalar ko'rar ko'z bilmayman, Sen borki yolg'iz qolmayman, Shunda hech qachon xor bo'lmayman, Do'st keragida, yolg'izlatma...
Kun kelsa o'zim 'to'r' o'rayman, Bardoshim tugab jim nurayman, Faqat sendan do'st, men so'rayman Do'st keragida, yolg'izlatma...
Ushbu osmonning keng ostida, Mana shu yerning keng ustida, Ne bo'lsa ham ha rostida Do'st keragida, yolg'izlatma...
G'amlar yelkamni bukkanida, Dil ayovsiz yosh to'kkanida, Orzular asta cho'kkanida, Do'st keragida, yolg'izlatma...
Ishonishmasa gar sen Ishon, Zarba berishsa bo'lgin qalqon, Kechirishmasa sen ber Imkon, Do'st keragida, yolg'izlatma...
Qorong'ulikda bo'lib chiroq, Yomonliklarni etib yiroq, Olisda bo'lsang bo'lgin, biroq Do'st keragida, yolg'izlatma...
|