Gurkirgan quvonchlarim Siz bilan to‘ldi, Siz-la to‘ldi bag‘rimdagi titroq dardlarim. Sizning bilan olamim ham bir butun bo‘ldi, Sizning bilan to‘ldi hatto ko‘ngil gardlarim.
Sizni ko‘rgach borlig‘imda, o‘ngu so‘limda, Sizni jonu jahonimda tuygan boisdan, O’zingizni joylamoqlik kelmay qo‘lidan, Taqdir Sizni olib ketdi bizdan olisga…