Главная » 2017»Iyun»15 » Kiming bo'ldim men (Tursunoy Sodiqova she'ri)
10:53
Kiming bo'ldim men (Tursunoy Sodiqova she'ri)
Muhabbatim, kiming bo‘ldim men? Do‘stingmanmi, nechun do‘st kabi Hol so‘rmadim, ko‘ngil topmadim? Nechun so‘ndi menda matlabing, Xohishingni nega toptadim? Yo dushmanmi? Ne uchun unda Boshginamga seni etdim toj! Nechun tavof qilurman kunda, Nechun senda bari ehtiyoj? Muhabbatim, kiming bo‘ldim men?..