Shanba, 26.07.2025, 04:11
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Sms She‘rlar
Er dedi, xotiniga
Gazeta o‘qib turib:
-Arab bo'lib qolmapmiz
Yaxshiyam xudo urib.

Qara,bu vahshiylarni,
Shunaqayam bo‘larkan.
Qiz tug‘ilsa chaqaloq,
Yerni kovlab ko‘markan.

Xotin dedi:-voy voya
Qaranga o‘z bolasi.
Bu islomdan oldingi
Arablar-da dadasi.

Talonchilik,dinsizlik.
Urushqoq har qabila.
O’g‘il bolalaridan
Tuzar ekan armiya.

Qiz boladan ne foyda?
Noniga bo‘lar sherik.
Boqib boqib birovga
Bervorish aqlsizlik.

Er dedi:- Tahmin qilma
Ja unaqa emasdir.
Balki qiz uzatishning
Qiyinligi sababdir.

Ikki qiz uzatguncha,
Qul bo'lib ishladiga
Hali Chorsuda savdo
Hali Xitoy,Rossiya.

Olgan edik chiroyli,
Toshkentning mebelini.
Katta qudang qaytarib,
Yuborgan esingdami?

Zo‘rini olamiz deb
Bitta domni sotdirding
Molu qizingni berib
Nima foyda ortirding.

Bitta domning puliga
Uchta uyni yasatib
Ora kunda qizingni
Yuborishar qaqshatib.

Kuyovmish kaynotasin
Mebelida yotib ham,
Uchrashganda erinib,
Ko‘rishadilar"akam"

Aytgim kelar qo‘l cho‘zib,
Qotganida ensasi:
"Qalay yumshoq ekanmi,
Turkiyaning ko‘rpasi"

Yoqdimi gilamlarim?
Yungi pati uzunmi?
Turtkilamay boshingda
K ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 62
Dunyo degan shundayin anglab bo'lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim



Holbuki orzulardan judo ham bo'lganim yo'q,
Yuduzday kuyganim yo'q, oy kabi inganim yo'q.
Erta xazon gul kabi sarg'ayib, so'lganim yo'q,
Seni eslab yig'layman, birinchi muhabbatim,
Eslab bag'rim tig'layman, birinchi muhabbatim.



Yo'lin yo'qotsa odam muhabbatga suyangay,
G'ussaga botsa odam muhabbatga suyangay,
Chorasiz qotsa odam muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim,
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim,

Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko'rib men bor dunyoni unutdim,
tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim,
Dildagi oxim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg'iz ollohim mening, birinchi muhabbatim.
Коментариев: 0
Просмотров: 63
O'zga yorga ketding yor bo'lib.
Balki kulib, balkim zor bo'lib.
Xijronlardan ming bezor bo'lib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Xayotda bir umr xayolga tolib.
Goxi o'tib, goxida qolib.
Sevgini lanatlab baxtimdan tonib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Lekin xotira bor, shudur muammo.
Seni eslatadi yulduzlar, samo.
Go'zal xotiralar qolgan-u ammo.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Qo'ng'iroq qilmayman raqaming terib.
Xat xam yozmading-a sen shuncha sevib.
O'zimni baxtsizlik, qo'liga berib.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Yirtilgan surating qayta teraman.
Xar kuni tushimda seni ko'raman.
Nafratlanib, pinxon sevaman.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Dunyoda xech kimga, ishonmay qo'ydim.
Goxi el ichra kulgular bo'ldim.
Bazida shirin xayotdan to'ydim.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Yurakka nafratdan saroylar soldim.
Goxo bu xayotdan rosayam toldim.
O'zimdan emas, men sendan tondim.
Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Men xanuz sevaman, o'zimni erkam.
Axir menga baxtku, yashasang be kam.
Ushbu so'zlarimdan ko'zlarimda nam.
SENSIZ YASHASHLIKKA O'RGANIB QOLDIM.
Коментариев: 0
Просмотров: 68
SEVMASMIDING...
Yolg`iz sen uchun yashab,
G`am yutsam sezmasmiding?
Yor ketding meni tashlab,

Sevmasmiding...
Mudom seni o`ylasam,
Yuragimga joylasam,
Isming aytib kuylasam,

Sevmasmiding...
Shunchalar soddamanki,
Buni sezmabman chunki,
Ezmoqda xijron yuki,

Sevmasmiding...
Mening aybim nima ahir,
Shunchalar qismatim tahir,
Sevaman deb ey toshbag`ir,

Sevmasmiding...
Sevmasding...
Buni sezdim,
Yurakka bir qabr qazdim,
Toshga sening isming yozdim,
Yolg`iz sen uchun yashab,
G`am yutsam sezmasmiding?
Yor ketding meni tashlab,

Sevmasmiding...
Sevmasmiding...
Bu kuningdan ey bevafo,
O`LMASMIDING...
Коментариев: 0
Просмотров: 79
Yigit va qiz bir birini qattiq sevardi. Bir kun yigit xarbiy xizmatga ketiyotganini qizga aytibti. Qiz; men sizni kutaman deybti. Yigit u yerga borganimda senga gul jonataman agar 100 ta bolsa meni kut, Yigit; xarbiyga ketdi oradan oylar otdi va qizga gul va maktub keldi, qiz xursand bo'lib gulni sanasa 99 ta ekan, lekin u maktubni ochmabdi, Qizni toyi bolibti farzandli bo'libti, esiga maktub tuwib uni ochsa wunday soz yozilgan ekan: 100-gul Bu SENSAN
Коментариев: 0
Просмотров: 112
Bir kecha qo‘qqisdan uyg‘onib ketdim,
Soatga qarasam, ikkimi yo uch.
(Ehtimol sovuqdan) junjukdi etim,
Tashqariga tortdi allaqanday kuch.

Qandaydir sharpani ilg‘ab o‘zicha,
Go‘yo ogoh etib bizlarni xavfdan,
“Havf, havf”, deya bor ovozicha
Kuchuk hurar edi qo‘shni tarafda.

Ko‘ngil-da, atrofni ko‘zdan kechirdim,
Shukrki, hammayoq tinch va osuda.
Tunchiroq nurida ko‘rib, entikdim,
Farzandlarim yotar qator uyquda.

Hovlida o‘ynoqlab, kuylaydi shamol,
Bir-birin raqsga tortar xazonlar.
Daraxtlar jimgina surmoqda xayol,
Boshini tebratar gulu rayhonlar.

Tinchlik, hotirjamlik – ezgu tushuncha,
Shaksiz, yaratganning inoyati – bu.
Va ayni paytda qanchadan qancha,
Bedor nigohlarning sharofati – bu.

Kunni kun, tunni tun, demay, sarhadda,
Bedor, sergak turgan, ey askar ukam,
Sizlar bor, yashaymiz tinch, farog‘atda,
Yaxshiyam sizlar bor – bizlarga ne g‘am.

Tinchlik qadrin bildim ota bo‘lgach men,
Shular bor, ko‘naman hayot g‘amiga.
Bola kulgusiga, aytgil, nima teng,
Dunyoni alishmam tabassumiga.

Senga ko‘ngildagi borini aytay,
Sabru sabot tilay ayni choqda man.
Yaxshi niyat bilan sizlarga atay,
Uchta o‘rinbosar o‘stirmoqdaman.

Mudomki turibsiz ko‘krakni kerib,
Yo‘l yo‘q havotirga, yo‘l yo‘q qayg‘uga.
Endi dilba ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 110
Xonadon obro‘yi, taxti-erkaqdir,
Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.
Ayollar qudrati mulki-erkakdir,
Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir.

Erkak bor, bog‘larda gullar ochilar,
Ular bor, qalblarga quvonch sochilar.
Oila butundir ular boridan,
Hayotin kizg‘anmas do‘sti, yoridan.

Dasturxon qutligi - ular mehnati,
Ustimiz butligi - ular himmati.
Farzandlar chirog‘i - ular borligi,
Muhabbatning bizga mudom yorligi.

Erkaklar mardligi berur iftixor,
Ularda mehr bor va muhabbat bor.
Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,
Oila obro‘yin qo‘llovchi ular.

Shunday yigitlarni sevar xaloyiq,
Shundayin erkaklar mehrga loyiq.
Ular elimizning sodiq posboni,
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.

Bayram muborakbod, aziz erkaklar,
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo‘ling bola, onalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin
Коментариев: 0
Просмотров: 117
Kimdir cho‘pak otsa o‘zbek nomiga,
Tegadi g‘ururning baland tomiga,
Yurak zirillaydi, ko‘zda chaqnar o‘t,
Tortadi alamli o‘ylar domiga…

Shukurkim, yurt-el tinch, but qo‘rg‘onlari,
Sarhadini tutgan alp o‘g‘lonlari,
Bolasin beshikda quchgan kelinchak,
Tuprog‘ini sevgan bobojonlari.

Bu zamin ichinda bitta Vatan bor,
Bir bog‘ bor , bir gulshan , bitta chamanzor!
Oh , mening yuragim - jon, O’bekiston,
Mening muhabbatim aks etgan diyor.

Ko‘taring boricha bu el shonini,
Ko‘rsating dunyoga bor imkonini,
G’ayurlarning dami ichida qolsin,
E’zozlab olishsin tilga nomini.

Erkakdan omadni ayama falak,
Jonini asragil, etmagil xalak.
Omadni qo‘sh-qo‘sh ber, baxtini bekam,
Nomardga zor etma, ko‘rmasin alam.

Erkakdan omadni ayama hayot,
Muhabbat qasrin ham etmagin barbod.
Ishiga unum ber, hamyoniga pul,
Bilagiga kuch ber, ey qodiri dil!

Mayliga har zamon ichib “sher” bo‘lsin,
Maysaga ag‘anab usti kir bo‘lsin.
Kayfi o‘tib ketar yigitchilikda,
Yer bo‘lmasin faqat, faqat er bo‘lsin!

Tan-joni sog‘ bo‘lsin, to‘rt muchchasi sog‘,
Uyidan baxt topsin, kayfi bo‘lib chog‘.
Og‘ziga osh ber-u, ko‘zga yosh berma,
Mard erkak xor bo‘lsa falak-dosh berma!

Nomardga zor qilma, dushmaniga xor,
Sha’nini bukmasin, hech qaysi dildor.
... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 95
Saflarda qad kerib turgan ey askar,
Bilgil, mardni ko‘rsa, chekinar xatar.
Yurakni, bilakni etgil safarbar,
Gulday diyoringni asra hamisha!

Duosi, so‘zlari yodingda tursin,
Nur ingan yuzlari yodingda tursin,
Mehrli ko‘zlari yodingda tursin,
Onaizoringni asra hamisha!

Singling bor – tegrangda parvona, halak,
Og‘a-ining esa – mag‘rur, dovyurak.
Chin do‘stlaring bo‘lar yurakka tirgak –
Qatorda noringni asra hamisha.

Bir kuni omading, baxting kuladi,
Uying ham, ko‘ngling ham fayzga to‘ladi.
Bolangga munosib ona bo‘ladi –
Intizor yoringni asra hamisha!

Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,
Nomus bilan aziz sanalgay inson.
Sen oringga qo‘rg‘on, or – senga qo‘rg‘on,
Oringni – boringni asra hamisha
Коментариев: 0
Просмотров: 93
Yigitlar halqlarning maktovi-ko‘rki
Naslning javhari, davlat tayanchi,
Yurtning obodligi, to‘ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.
Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q,

Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat,
Qizlar kulgusida avju daromad,
Chollar uyqusida jannat, farog‘at
Коментариев: 0
Просмотров: 94
Bir xil yur, deb uqtirar serjant,
Bir xil tur, deb uqtirar serjant.
Uxlar bo‘lsang, tushlaringni ham
Bir xil ko‘r, deb uqtirar serjant.

Bir xil tushmas ammo negadir,
Poyma-poydir qadamlarimiz.
Kimdir safdan qolib ketadi,
O‘zib ketar ildamlarimiz.

Bir haftami, o‘n kunmi o‘tgach,
Izga tusha boshlar hammasi.
Tarbiyalar bizlarni chanqash
Va toshyo‘lning o‘tdek nafasi.

Hayotda-chi, ammo hayotda
Teng tushmaydi aslo odimlar.
Kimlar qolib ketadi ortda,
Ilgarilab ketadi kimlar.

Buni o‘nglab bo‘lmaydi hargiz,
Har kim qo‘ldan kelgancha yashar.
Lekin, do‘stlar, shu yurt uchun biz
Bir umrga askarmiz, askar.

Mayli, turfa kechsin kunimiz,
Har xil bo‘lsin bizda quvonch, dard.
Ammo shu el, shu Vatanni biz
Birday halol sevmog‘imiz shart!
Коментариев: 0
Просмотров: 81
Ko‘zingizning qarosiday saqlagaysiz,
Yurt ishonchin iymon qadar oqlagaysiz,
Qo‘riqlaysiz shomu sahar dilda Vatan
Nomus-ori, e’tiqodi but ASKAR.

Karvonboshi suyangaydir Siz-mardlarga,
Siz bermaysiz elingizni «chang-gard»larga.
Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan,
Siz jasursiz xamda mag‘rursiz ASKAR.

Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan,
Vatan sizga yarashgaymi yo ASKAR?
Qiziqtirmas o‘zga narsa, yo gulbadan,
Orzuingiz OMON bo‘lsa bo‘ldi Vatan.

Siz shu yurtning ahdi baland o‘g‘lonisiz,
Siz borsiz-ki, behavotir qo‘rg‘onimiz.
Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan-
Siz borsiz-ki, hadigimiz yo‘q ASKAR!.
Коментариев: 0
Просмотров: 69
Ul inson men uchun jon sovg'a qilgan.

Men unga bayramda nima beraman?

Arzon salafanga, hunik o'ralgan.

Ikki dona gul bilan aldab qo'yaman.

Yorim nozlar qilib, ko'zini suzsa.

Bozordan tillolar olib beraman.

Lekin navbat onamga kelsa. I

kki dona gul bilan aldab qo'yaman.

Endi o'ylang bu ish tuzikmi?

Hayronman, lolman xayot yo'lida.

Yorim tashlab qo'yar tillo uzikni.

Gullar... quriguncha Onam qo'lida.
Коментариев: 0
Просмотров: 75
HAR JABHADA DONG TARATGAN DUNYODA
XUMOSI HAM MAG'RUR UCHAR SAMODA
BETAKRORDIR , BENAZIRDIR JAMOLDA
BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!

OSMONLARDAN YUKSAK ERUR KAMOLI
HAM BOY HAM ZO'R YOQIMLIDIR KALOMI
HILOLLARDAN GO'ZALROQDIR AYOLI
BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!

OSMONIDA PORLAB TURAR AXTARLAR (YORUG' YULDUZ)
UDIR MENING BAG'RIMDAGI BOR JONIM
BUTUN DUNYO QARSAK ILA MAQTARLAR
BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!

HAR YERLARI GULSHANLARGA BURKANGAN
CHO'P QADASANG NIHOLLARGA AYLANGAN
O'G'LONLARI MARDLIK UCHUN YARALGAN
BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!

HECH BIR GULI BEHUDAGA SO'NMAGAN
KIMKI BOQSA BU ZAMINGA TO'YMAGAN
VOSI LIKNI(BAG'RI KENG) YERGA TASHLAB QO'YMAGAN
BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!

KABUTARLAR ERKIN UCHAR OSMONDA
ISHLARIDAN BUTUN DUNYO HAYRONDA
GULLAB BORAR BAXTIYORLIK HAR ONDA
BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!

BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
TOMRIMDA OQYOTGAN TO'KILMAS QONIM
ULUG'LIK , BUYUKLIK SIYMOSI BO'LGAN
BU MENING VATANIM O'ZBEKISTONIM !!!
Коментариев: 0
Просмотров: 86
Sherlarimda yozilgan bitik.
Shunchaki tasodif qofiya halos.
Hayotimda yashash uchun tik.
Go'zallarni sevmaganim rost.

Babnik demang bu yolg'on.
Men xali xechkimni sevmadim.
Yer guvoxdir, guvoxdir osmon.
Men sevgidan azob yemadim.

Qayrilmadim qalam qoshlarga.
Xechkimga gul dasta bermadim.
Ishonib ko'zdagi yoshlarga.
Men seni sevaman! Demadim.

Sodiq yashayapman kimgadir.
Ko'nglim bor meni ham kimdadir.
Kutaman intizor kimnidir.
Malikami? Balkim cho'pon qiznidir..

Chiroyi , qomati muhimmas.
Meni desa, meni sevsa bas.
Men uni xar laxza kutaman.
Balkim u internet manzilim bilmas.

Unga salom ayting ko'rsangiz.
O'zim ham bilmagan sirim, u.
Menga tanishtiring bilsangiz.
Kutaverib tamom bezdim-ku.

Meni kutar u ham intizor.
Notanish yigitga vafodor.
Sog'inib ketyapman yorimni.
Hajrida har kuni men bedor

She'rlarimni o'qib yig'lasa.
Yupatmanglar, rashkim keladi.
Agar yorim o'zi kelmasa.
Uni taqdir olib keladi.

U qiz faqat menga atalgan.
Buni ko'nglim sezib yuradi.
Men uni xechkimga bermayman.
Toki yurak urib turadi.

Sherlarimda yozilgan bitik.
Shunchaki tasodif qofiya halos.
Hayotimda yashash uchun tik.
Go'zallarni sevmaganim rost.

Kutayab kimnidir zor- ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 85
« 1 2 3 4 5 6 7 »
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |