Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 19 Mehmonlar: 19 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Iyun » 15 » Zamonaviy vaxshiylik (Marhabo Karimova she'ri)
09:51 Zamonaviy vaxshiylik (Marhabo Karimova she'ri) |
Er dedi, xotiniga Gazeta o‘qib turib: -Arab bo'lib qolmapmiz Yaxshiyam xudo urib.
Qara,bu vahshiylarni, Shunaqayam bo‘larkan. Qiz tug‘ilsa chaqaloq, Yerni kovlab ko‘markan.
Xotin dedi:-voy voya Qaranga o‘z bolasi. Bu islomdan oldingi Arablar-da dadasi.
Talonchilik,dinsizlik. Urushqoq har qabila. O’g‘il bolalaridan Tuzar ekan armiya.
Qiz boladan ne foyda? Noniga bo‘lar sherik. Boqib boqib birovga Bervorish aqlsizlik.
Er dedi:- Tahmin qilma Ja unaqa emasdir. Balki qiz uzatishning Qiyinligi sababdir.
Ikki qiz uzatguncha, Qul bo'lib ishladiga Hali Chorsuda savdo Hali Xitoy,Rossiya.
Olgan edik chiroyli, Toshkentning mebelini. Katta qudang qaytarib, Yuborgan esingdami?
Zo‘rini olamiz deb Bitta domni sotdirding Molu qizingni berib Nima foyda ortirding.
Bitta domning puliga Uchta uyni yasatib Ora kunda qizingni Yuborishar qaqshatib.
Kuyovmish kaynotasin Mebelida yotib ham, Uchrashganda erinib, Ko‘rishadilar"akam"
Aytgim kelar qo‘l cho‘zib, Qotganida ensasi: "Qalay yumshoq ekanmi, Turkiyaning ko‘rpasi"
Yoqdimi gilamlarim? Yungi pati uzunmi? Turtkilamay boshingda Ko‘tarib yur qizimni.
Yumshoq mebellarimchi, Tushdimi uy rangiga? Ketlaringni qitiqlab Qiynamayaptimi-a?
Olgan chinni buyumlar Xurustallarim qalay? Hali kosa sho‘rvasi Yoqyotgandir asalday.
Qudangchi osmondalar Bellarida doim qo‘l Kelinning moli bilan Uyingni yasatmay o‘l.
Deptilar almashtiring Yostiqlarning pari kam, Choynak piyola kichik Likoplarning zari kam.
Seplarining ichida Aptechkasi,dori yo‘q Pilesos yuvadigan bo‘lsin, Depti, ori yo‘q.
Yubordimu desamda: Ko‘ngling muncha mog‘or-a? O’sha pilesosimda Qalbingniyam tozala.
Xotin dedi:-Ha mayli Bo‘ldi endi dadasi. -Kelin topib, shart qo‘ysang, O’ldiraman onasi.
Qurbilari yetgancha Sep qibersin,indama. Xotin:-Menga baribir Odamlar kuladi-daa.
Er deydi:-Bu xotinlar Buncha o‘ch-a dunyoga? O’tib ketdi ishlari Xo‘ja ko‘rsin, riyoga
Bularni bir me’yorga O’rgatib bularmikan? Yo shu "kim oshdi"sini Qilmasa o‘larmikan?
Erkaklarni ham sekin Qo‘llariga olishdi. "Ha shunaqa ekan"deb Ko‘nib qo‘ya qolishdi.
Ko‘proq pul topayin deb Yurgan bo‘lsa qay erkak Miyasida bir fikr:"Qiz uzatishim kerak".
Lom mim,hatto, alifni Bilmasak mo‘min bo‘lib, To‘yshunoslik ilmini Ichvorganmiz suv qilib.
Sen past bo'lib qudadan So‘rab olma borini. Mo‘min kishi qiynamas Mo‘min birodarini.
Kim qudani qiynasa, Ta’ma-la berib ozor. Bolasin tirik ko‘mgan Vahshiydan ne farqi bor?
U bolasin tuproqqa Ko‘msa boqmay ohiga, Bu qudasin ko‘myapti Ta’ma ta’na chohiga.
Farqi shuki,ular din Nur ko‘rmagan insonlar, Biz-chi g‘ururga ketib, Buzilgan musulmonlar.
Bu hoyu havaslarning So‘rog‘i ham bo‘ladi. Marhabo haddan oshsa Oxiratda ko‘radi.
|
Категория: Sms She‘rlar |
Просмотров: 63 |
Добавил: OtasH
| Рейтинг: 0.0/0 |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|