Juma, 25.07.2025, 05:42
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 13
Mehmonlar: 13
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 2 » Boshliqning bolasi (Hajviy hikoya)
10:17
Boshliqning bolasi (Hajviy hikoya)
Qani, o‘g‘lim, kundaligingni olib kel-chi. Hmm, ne, nega hech narsa yozmabsan! Yozolmayman? Sakkizinchi sinfda o‘qib-a? Voy kallavaram-ey. Kelajagingni o‘ylaysanmi, o‘zi? Axir sen boshliqning o‘g‘lisan-a. Demak, hech bo‘lmaganda ism-sharifingni to‘g‘ri yozishni o‘rganishing shart. Chunki sen ham kelajakda bir idoraga boshliq bo‘lasan. Hujjatlarga qo‘l qo‘yishing, birov yozib bergan nutqlarni o‘qishing kerak bo‘ladi.

O’tir, sen ham endi kichkina bo‘lmading. Men senday paytimda ismi sharifimni bexato yozish bilan bir qatorda doskadagi yozuvlarni ham binoyiday ko‘chirib olardim.

Xudoga shukur, kam bo‘lmadim, oliy o‘quv yurtini bitirib kelgach, dastlab brigadaga, keyinroq esa tsexga, trestga boshliq bo‘ldim. Shuni o‘ng qulog‘ing bilan ham chap qulog‘ing bilan ham eshitib qo‘yki, bizning zamonda boshliqning bolasi boshliq, cho‘ponning bolasi cho‘pon, paxtakorning bolasi raxtakor bo‘ladi.avval senga aytgandimku, rahmatli bobong ham bir umr turli joylarga boshliq bo‘lib o‘tgan.

To‘g‘ri, ish bor joyda xato ham bo‘ladi. Trestda ishlab yurganimda ichi qora odamlar ustimdan yozishdi. “Yeb ketdi, ichib ketdi”, degan g‘iybat gaplar tarqatishdi. Bularning hammasi ko‘rolmaslikdan. Bo‘lmasa bor-yo‘g‘i o‘n xonali ko‘rimsizgina bir uy quruvdim. Taftish chog‘ida atigi 50 ming so‘mgina kamomat chiqdi. Shunga ham ota go‘ri qozixonami? Lekin men senga aytsam, katta boshliqlarda insof bor.ana shu xatolarim uchun bitta hayfsan olib, ishdan bo‘shatildim.

Tish bergan xudo rizqini ham beradi, deganlaridek, ikki oy beish yurganimdan so‘ng katta boshliq huzuriga chaqirib, uchastka boshliqligiga tavsiya qildi. Rozi bo‘ldimyu

U yerdan nega bo‘shadingiz deysanmi? Hey, arzimagan narsaga. Bor-yo‘g‘i bir vagongina taxtani sotuvdim, shuni ham katta gap qilishdi. Shundan so‘ng to nafaqaga chiqqunimcha maishiy xizmat uyida boshliq bo‘lib ishladim. U yog‘i esa o‘zingga ma’lum. Mana, ikki yildirki, kooperativ hojatxonalarga boshliqman.

Nega hiringlaysan, zumrasha?
Категория: Hikoyalar | Просмотров: 198 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |