Juma, 25.07.2025, 05:59
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 18
Mehmonlar: 18
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 5 » “Qo‘rqinchli Tehron”. Eron termasi safarda Chernogoriya ustidan zafar quchdi
16:09
“Qo‘rqinchli Tehron”. Eron termasi safarda Chernogoriya ustidan zafar quchdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 12-iyun kunidagi raqibi Eron kecha — 4-iyun kuni Chernogoriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 2:1 hisobida zafar quchdi.

Chernogoriya poytaxti Podgoritsa shahrida kechgan bellashuvning 10-daqiqasiga keliboq forslarning “Rostov” sharafini himoya qiladigan hujumchisi Sardor Azmun hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

32-daqiqaga kelib “Sevilya” futbolchisi Stevan Yovetich Alirizo Biyronvand qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi.

Karlush Keyrush shogirdlariga g‘alaba taqdim etgan gol uchrashuvning 60-daqiqasida Sardor Azmun tomonidan urildi — 2:1. Bellashuv yakuniga to‘qqiz daqiqa qolganida forslar maydonda bir kishi kam qolgan bo‘lsa-da, tarkibida kuchli beshlik milliy chempionatlarida to‘p suradigan futbolchilari bor Chernogoriya ikkinchi marta hisobni tenglashtira olmadi.

Ma’lumot uchun, Vadim Abramov murabbiylik qilgan davrda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham Chernogoriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan bo‘lib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Ertaga — 6-iyun kuni Samvel Babayan murabbiyligidagi o‘zbekistonliklar Toshkent shahrida Tailandni qabul qiladi. 12-iyun kuni esa JCh—2018 saralashi doirasida Tehronda Eron mehmoni bo‘ladi.

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
Podgoritsa, Chernogoriya
4-iyun, yakshanba

Chernogoriya — Eron 1:2

Gollar: Sardor Azmun, 10 (0:1). Stevan Yovetich, 32 (1:1). Sardor Azmun, 60 (1:2).
Chetlatish: Murtazo Purliganjiy, 81 (E).

Chernogoriya: Daniyel Petkovich — Neboysya Kosovich, Marko Yankovich, Stevan Yovetich, Zarko Tomasevich, Fatosh Bechiray, Vukan Savichevich, Stefan Savich, Emrah Klimenta, Vladimir Yovovich, Marko Shimich.

Eron: Alirizo Biyronvand — Ramin Rizoiyon, Murtazo Puraliganjiy, Pejman Muntaziriy, Said ogahiy, Said Izzatullohiy (Izzatulloh Purgaz, 75), Ehson Hojsafiy (Ali Karimiy, 38), Ashkan Dejaga (Rizo G‘uchannajod, 46), Mehdi Turobiy, Karim Ansarifard (Milad Muhammadiy, 46), Sardor Azmun (Ehson Pahlavon, 66).
Категория: Futbol yangiliklari | Просмотров: 95 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |