Bosh og'rig'idan ko'pchilik shikoyat qiladi. Ba'zilar boshi og'risa, darrov dori (tabletka) ichishga shoshiladi. Bu noto'g'ri. Chunki bosh og'rig'i turli sabablarga ko'ra ro'y beradi. Ana shu sabablar aniqlanib, bartaraf etilgandagina boshdagi og'riq qolishi mumkin.
Buning uchun avvalo boshningqaeri og'riyotganiga ahamiyatberish kerak. 1. Masalan, keksalarning bosh og'rig'i ko'pincha ateroskleroz tufayli ro'y beradi. Chunki aterosklerozda bosh miyaning qon bilan ta'minlanishi buziladi, miya to'qimalarida kislorod etishmaydi, natijada boshning uvishib og'rishi, xotira pasayishi, uyqusizlik holatlari yuzaga keladi. 2. Bosh og'rig'i ko'zning tinishi va darmonsizlik kabi alomatlar bilan kechsa, qon bosimi pastligi yoki kamqonlikdan darak beradi.Shu ikki holatda ham miya qon va kislorod bilan to'la ta'minlana olmaydi. 3. Boshga sovuq tekkanda, soch ildizlarini harakatga keltirib turgan mushaklar shamollaydi. Shunda boshning ichki tomoni og'riyotgandek tuyuladi. Aslida esa og'riq boshning sirtida bo'ladi. Qishda issiq xonadan tashqariga bosh yalang chiqqan kishining darrov boshi og'rib qoladi. 4. Qon bosimi ko'tarilganda (gipertoniya kasalligida) hamboshning og'rishi kuzatiladi. Bunda bosh og'rigi xafagarchilik paytida kuchayadi. Og'riq ikkala chakkada, peshona bilan ko'z kosasi atrofida, boshning orqa qismida bo'lishi mumkin. Og'riq vaqti-vaqti bilan xuruj qiladi,bosh og'irlashadi va qon tomirlar gupillab urib turgandek tuyuladi. 5. O'rta va keksa yoshdagi odamlarda bosh og'rig'i ko'zichki bosimining ortishi, jigar,o't pufagi va ichaklarning surunkali kasalliklari oqibatida paydo bo'ladi. 6. Maktab o'quvchilarida bosh og'rig'i toliqish, bodomcha bezlarning yallig'lanishi yoki gijja tufayli kechishi mumkin. 7. Bo'yin osteoxondrozida umurtqa pog'onasi paylari quruqlashib, mayinligi yo'qoladi. Natijada arteriya qon tomiri qisiladi va miyaning oziqlanishi buzilib, bosh og'riydi. Ko'pchilik bosh og'riganda, dori ichib og'riqni qoldirgandan keyinbu dardni unutadi. Aslida esa shifokorga borishi shart. Negaki,bosh og'rishi biror kasallik boshlanayotganining alomati bo'lishi ham mumkin.
Ko'p hollarda boshning yarmi og'riydi, bu migrendir. Kuzatishlarga ko'ra kishilarning 10 foizdan ko'prog'i migrenga chalinib turadi. Bu kasallik ayollarda erkaklardan ko'ra ikki barobar ko'proq uchraydi. Migrenning birinchi turida doimiy og'riq tufayli kishining mehnat qobiliyati pasayadi, kayfiyati o'zgaradi, atrofga befarq bo'lib qoladi. Go'yo uyqusi kelayotgandek faqat esnaydi. Ikkinchi turida esa ishtaha pasayadi, ko'ngil aynaydi, bosh aylanib, bemor tezda uxlab qoladi. Ba'zida qattiq asabiylashish yoki toliqish natijasida ham migren xuruji ro'y beradi. Hatto turmush tarzidagi o'zgarishlar, mehnat va dam olish tartibi buzilganda ham migren qo'zishi mumkin. *. O'z vaqtida ovqatlanmaslik, kashandalik va shovqin tufayli paydo bo'ladigan migren erkaklarda kuzatiladi. Ayollarda esa bunday bosh og'rig'i hayz paytida yoki horg'inlik tufayli yuzaga keladi.Migren bir necha soatdan bir necha kungacha cho'ziladi. *. Olimlarning kuzatishlaricha migren nasl surarkan. Ya'ni bobo-buvilari qon tomir kasalligi bilan og'rigan xonadonlarda migren eng avvalo qizlarga o'tishi kuzatilgan. Kasallik qanchalik barvaqt boshlansa, bosh shunchalik qattiq og'riyda va qisqa davom etadi. *. Kishi ulg'aygani sari migren xuruji susayadi, lekin og'riq muddati uzayadi. Masalan, bolalikda bosh bir-ikki soat og'rigan bo'lsa, qirq yoshdan oshgandan keyin bir-ikki sutka davom etadi. Ba'zilarda esa qirq yoshdan keyin migren xurujlari yo'qolib ketadi.
Oddiy tavsiyalar
Maslahatimiz shuki, migrendanxalos bo'lish uchun darrov dori ichishga shoshilmang. Og'riqni qoldirishning bir necha usullari bor. Avvalo bosh og'riganda, toza havoda biroz sayr qiling. Og'riq qolavermasa, achchiq damlangan qora yoki ko'k choy iching. Ba'zan qahva hamyordam beradi. Asabiy zo'riqishlar natijasida kelib chiqqan migrenni davolashda har kuni uyqudan oldin qaynoq suvda qandni eritib, bir piyola ichib yotish foydalidir.
XALQ TABOBATIDAN
*. Kartoshka tarkibidagi moddalar bosh og'rig'iga davoekanligi anchadan beri ma'lum. Kartoshqa oqsil, yog', kaliy, magniy, kaltsiy, natriy, temir, fosforga boy. Bosh og'rig'ini qoldirish uchun archilgan xom kartoshkani qirg'ichda qirib, sharbatini siqibolgach, shu sharbatdan yarim stakandan ichib turish yaxshi natija beradi, 2-3 marta ichilsa,bosh og'rig'i to'xtaydi. *. Karam yaprog'ini suvi chiqquncha tuyib, peshonaga va ikki chakkaga, bilak hamda quloq orti chuqurchasiga bog'lansa, birozdan keyin boshog'rig'i to'xtaydi. Karamning shirasi burunga tomizilsa, miyani tozalaydi va bosh og'rig'i qoladi. *. Tog'rayhon damlamasi bilan bosh yuvilsa, og'riq to'xtaydi.
Damlama tayyorlash usuli:
2 choy qoshiq tog'rayhon kukuni 400 gramm qaynoq suvga solinib, damlanadi. Dokadan suzib, keyin ishlatiladi. *. Miya og'riganda olma sharbatini tez-tez ichib turish yaxshi natija beradi. *. Umuman, bosh og'rig'i tutib turadigan odamlar vaqtida ovqatlanib, vaqtida uxlashlari, aqliy va jismoniy mehnatdan so'ng to'g'ri dam olishlari lozim. Ertalabki badantarbiya mashqlari bilan shug'ullanish foydali. Kechki uyqudan oldin toza havoda sayr qilish ham kasallikni bartaraf etishga yordam beradi.