Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 16 Mehmonlar: 16 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Hikoyalar
Bugun dam olish kuni. Ergashali dam olish kunlari palovxonto‘rani damlab, achchiq ko‘kchoy ichib televizor ko‘rishni xush ko‘radi. Xotini Alomatxon esa erining tamoman aksi. Haftaning bergan kuni ko‘chada-yu, yana yakshanbaga asdoydil tayyorgarlik ko‘radi. Dushanbadan boshlab shanbagacha besh kun bozorga hozirlik! Yakshanba kuni tongda esa bozorga yo‘rg‘alaydilar. Ergashali uyg‘onganda xotini allaqachon bozorga ketgan edi. U nari-beri choy ichgan bo‘ldi-yu, harakatga tushib qoldi. Oshni ayni tushlikka tayyorlamoqchi bo‘ldi… Qozonning ustiga dam tovoqni yopib xona ichiga kirdi. Televizor qarshisidagi oromkursiga cho‘kib piyolaga hozir o‘zi hafsala bilan damlagan choydan qo‘ydi: — Oh-oh-oh, qo‘lim dard ko‘rmasin-a! — dedi u choydan ho‘plab. Ergashali hayron bo‘lib ortiga o‘girildi. Eshik tagida tirjayib qo‘shnisi G’ilmiddin turar edi. — Ie, qo‘shni… Ergashalining tepa sochi tikka bo‘ldi. G’ilmiddin taklifni ham kutmay ichkariga kirdi-da, divanga o‘tirib piyolaga choy qo‘ydi. Qani, qo‘shni, bir ichaylik bu dard ko‘rmagur qo‘llari bilan damlagan choylaridan! G’ilmiddin bostirib-bostirib to‘rt piyola choy ichdi. So‘ng nafsi orom topdi shekilli lab-lunjini kaftining orqasi bilan artib gapga tushdi: — Shu desangiz, dam olish kuni, bir otamlasharmiz deb chiqaverdim, chaqirmasangiz ham! — Chatoq qipsiz… G’ilmiddin kuld
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 106
— Qo‘shni birpasga biznikiga chiqing, issiq choyim bor, suhbatlashib ichardik, — deb qoldi.
Turdi tomdan tushgan tarashadek “tap” etib devordan oshib juvonning ro‘parasida hoziru nozir bo‘lganini o‘zi ham sezmay qoldi.
— Yuring, uyga kiraylik, — ko‘zini suzdi juvon, — bu yerda birov ko‘rib qolishi mumkin.
Turdi tarasha hayajondan qalt-qalt titrab nim qorong‘i xonaga kirdi. Juvon choy quyib uzatdi, noz-karashma bilan:
— Endi yechina qoling, — dedi. Turdi tarashaning ixtiyori birdan qo‘lidan ketdi-qoldi, sehrlangandek tezda ko‘ylak va shimini yechdi. So‘ng cho‘yan radiatornikidek turtib-turtib chiqqan qo‘rqinchli qovurg‘asini silab-siypab, kosovdek qo‘llarini cho‘zdi.
— Siz ham yaqinroq keling… — dedi nafasi og‘ziga tiqilib.
— Men hozir, — juvon xonadan chiqib bir ozdan so‘ng yig‘layotgan bolasini yetaklab kirdi. — Mana, o‘g‘lim, agar ovqat yemasang, shu amakingga o‘xshab qoq suyak bo‘lib qolasan, bildingmi! — U Turdi tarashaga minnatdorona qarab: — Bo‘ldi, qo‘shni, kiyinavering, rahmat! — dedi.
Коментариев: 0
Просмотров: 92
Sohib Qodirovich bir kuni meni xonalariga chaqirib qoldi. To‘rdagi kursida bir parcha qog‘ozga tikilgancha o‘tirgan ekan.
— Chaqirtirgan ekansiz, — dedim kirganimni bildirish uchun.
U kishi sekin boshini ko‘tarib, ko‘zoynagining ostidan menga qaradi.
— Nima ishlar qilib yuribsiz?
— Shu zimmamdagi ishlarni bajarib yuribman.
— Men sizdan buni so‘rayotganim yo‘q. Nega, ertalablari kirib salom bermaysiz? Rahmatli To‘xtash akaga salom berardingiz. Hamma boshliqlarga bir ko‘z bilan qarash kerak-da!
Nima deyishimni bilmay boshim qotdi.
— Boring, boshqa takrorlanmasin!
Ertasiga avtobus tiqilinch bo‘lgani uchun bir oz kechikib qoldim. Sohib Qodirovning xonalari oldida o‘rinbosarlari turgan ekanlar. Boshliqning eshigi xiyol ochiq. Boshliq o‘rinbosariga:
— Assalomu alaykum, — dedim. Hali u kishi alik olishga ulgurmay iskaridan:
— Vaalaykum assalom, — degan ovoz keldi.
Коментариев: 0
Просмотров: 80
Yo‘qolgan sigirini izlab yurgan Haydar bobo bir tog‘ yonbag‘riga kelib qoldi. Bu joyni mahalliy xalq Oq changal deb atardi. Sababi bu yerda xosiyatsiz o‘simlik – oq changal (tikan) o‘sardi. Cho‘ponlar va ovchilar bu yerga kelishga qo‘rqishardi. Ularning ta’rificha Oq changalda parilar makon qilib olgandi. Quyosh botib qorong‘u tusha boshlagandi. Haydar bobo atrofga alangladi. Yon-atrof tikansimon o‘simlik – oq changalga to‘la edi. Haydar bobo bu o‘simlik haqida yoshligida otasidan eshitgan edi. Yetmish yoshga kirgan bo‘lsa ham oq changal tikanini biror marta ham ko‘rmagandi. Yo‘qolgan sigirining sharofati bilan ana shu xosiyatsiz o‘simlikni ko‘rib turibdi. Ko‘rinishidan qo‘shqo‘nmasga o‘xshab ketadigan bu tikanni nega oq deyishlarini bobo tushinmadi. Zero bu o‘simlik ham barcha o‘t-o‘lanlar kabi yashil rangda edi. Ammo uni ko‘rib qolgan odamning boshiga musibat tushadi. Ancha payt shaharda yashagani bois Haydar bobo bu yerlarga ko‘p kelmasdi. Nafaqaga chiqib qishloqqa ko‘chib kelganiga yigirma yil bo‘lgan bo‘lsa ham biror marta Oq changalga kelmagandi. O’zi bu makonga oxirgi marta sobiq sho‘ro davrida, Fayzi cho‘pon bolaligida mol boqib yurib kelib qolgan. Bilib-bilmay oq changalni bosib o‘tgan va o‘sha kuni kechasi bilan isitmalab chiqib kasal bo‘lib qolgandi. Faqat Nurotaning dami o‘tkir mullalarigina Fayzi cho‘ponni oyoqqa turg‘izgandi. Keyin Elshod ismli yigit ham afg‘on urushidan qochib shu yerga yashiringanida uning ko‘ziga oq libosli pari ko‘r
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 124
Mark Osborn xonasidagi kresloda oyoqlarini stol ustida chalishtirgancha oʻtirardi. U oʻzicha «agar hozir birortasi xonamga kirib qolsa mening omadli va iqtidorli detektiv ekanligimga shubha qilmaydi va bu fikri notoʻgʻri boʻlmaydi» deb oʻylardi. Osborn endigina oʻttizga kirgan, boʻyi baland, yuz qiyofasi jiddiy va qora sochlari qalin erkak edi. u oʻzining koʻrkam ekanligini bilardi. Uch yillik faoliyatidan soʻng uning xususiy detektiv agentligi shaharda yaxshigina obroʻga ega boʻlgandi. U hali uylanmagan, lekin sevgilisi bor edi. Koʻngilga soya solib turadigan birgina narsa esa uning sevgilisi turmushga chiqqan ayol ekanligi edi. Xona eshigining uch marta taqillashi uni xayolot olamidan voqelikka qaytardi. -Kiring,-dedi u oyoqlarini stol ustidan tushirar ekan. Gardishsiz koʻzoynak taqqan, bashang kiyinib olgan, sochlari siyrak oʻrta yoshlardagi kishi eshikni ochdi va ichkariga kirib keldi. Detektiv oʻrnidan turdi va tashrif buyuruvchi bilan koʻrishdi. -Marhamat, oʻtiring. Men agentlik direktori Markus Osbornman. Xoʻsh, xizmat?-U koʻzgu oldida koʻplab marta takrorlab mashq qilgan bu soʻzlarni yarim hayajon bilan aytdi. -Mening ismim Xarold Jons,-dedi tashrif buyuuruvchi past ovozda.-Sizni juda koʻpchilik tavsiya qildi. Mening bir nozikkina muammoim bor, eshitishimcha, sizning agentligingiz ishni judayam ehtiyotkorlik bilan olib borar ekan. Osborn bu soʻzlarni eshitib kamtarlik bilan bosh irgʻab qoʻydi.
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 206
— Turmush qurganimizga yigirma yil bo`ldi, — dedi tahririyatga qo`ng`iroq qilib o`zini Dinora opa deb tanishtirgan muxlisamiz. — Turmush o`rtog`im ikkimiz institutda o`qib, sevishib, ota-onamizning roziligi bilan oila qurganmiz. Bir qarashda hayotimizda hamma narsa to`kis edi: yaxshi ko`rgan ishimiz, uy-joyimiz, muhabbatimiz, ota-onamiz bilan yaxshi munosabatlarimiz bor… Lekin yillar o`tib borayotgan bo`lsa-da, farzand ko`rish orzumiz amalga oshmasdi. To`yimizdan uch yil o`tib, qaynonam birinchi marta bu haqda og`iz ochdi. Shundoq ham ich-etimni eb, turmush o`rtog`imga ayta olmay yurgandim. Qaynonamning gapi turtki bo`lib, shifokorga uchradik. Ikkalamizda ham shamollash bor ekan, davolandik. Shifokor bir kurs muolaja olsanglar bo`ldi, darrov farzandli bo`lasizlar, dedi. Uning gapini qonun bilib, barcha aytganlarini bajardik. Lekin oradan uch oy o`tsa-da, uning bashorati amalga oshay demasdi. Xavotirlanib yana shifokorga uchradik. Bu gal boshqasiga. Qaytadan tekshiruvdan o`tdik, yana uzoq muddatli muolajalar boshlandi. Natija esa yo`q. Endi erim men bilan poliklinikalarga qatnamay qo`ydi. — Mendagi shamollash tuzaldi, muolajalarni o`zing davom ettira qol, — dedi u. — Shifokorlar qabulida sarg`ayib yurishlar jonimga tegdi. Aslida xonama-xona yurishlar, navbat kutishlar, har bir shifokorga farzandimiz yo`qligini tushuntirishlar, ularning og`ziga hukm kutgandek termulishlar o`zimning ham jonimga tekkandi. Lekin boshqa ilojim yo`q edi. Galdan
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 130
O’sha gadoylarni uchratgan onda menda uyg‘ongan hislarni hech qachon unuta olmasam kerak…. Tun zulmati, biz kafedan yegulik olib, mashinamizda tanovul qilayotgan edik. Shu payt kimdir mashinamiz derazasini ohista chertdi. Ochsam, bir kishi turibdi. Ko‘rinishidan qishloqdan ekanligi ma’lum, ortida esa 10 yoshlardagi bola ham bor. — Yigitlar, iltimos, yordam beringlar! Biroz pul bersangiz yetarli, o‘g‘limga u-bu yegulik olib berishimga yesa bas! Har doimgidek menda ishonchsizlik hisi uyg‘ondi. Hozir borib bir butilka aroq sotib oladida, jonga tegdi bu piyonistalar! Bir suhbatini olaychi: — Nega ishlamaysiz? Oddiy odamlarga o‘xshab oilangizni ta’minlash va bolalaringizni boqish uchun. Nahotki, o‘g‘lingizni yetaklab, gadoychilik qilishga uyalmaysiz? — Kechirasizlar… U darhol mahzun ko‘zlarini olib qochdi va o‘g‘lining qo‘lidan yetaklab, shoshib yurib keta boshladi. Menimcha, u bizdek bemehr insonlardan tezroq uzoqlashishga qaror qilgandi. Shu payt vijdonim uyg‘ondimi, bilmadim. Menga nimadir bo‘ldi, ko‘ksimdagi yurak boshqacha ura boshladi va men mashinamda o‘tira olmadim. Tushib: — Hoy, to‘xtang! Sizga nima bo‘ldi? O’zi tungi soat 3 da bu yerda nima qilib yuribsiz? — Biz uyga keta olmayapmiz. Bu yerga qishloqdan kasalxonada yotib davolanayotgan ayolimni ko‘rgani kelgan edik. Hozir narxlar baland, hamma narsa qimmat!… Bor yo‘q pulimni dori- darmonga ishlatib yubord
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 106
Inson odobi bilan go‘zal, deydilar. “Bola aziz, odobi undan aziz”, degan naql ham bor. Ya’ni odamning tashqi ko‘rinishi qanchalar go‘zal bo‘lmasin, u faqat quruq surat, ichki dunyosi, xulq-atvori, qisqasi, ma’naviyati chiroyli bo‘lsagina, bu surat jonlanib, xush qiyofa, istara kasb etishi, ko‘rgan ko‘zni o‘ziga mahliyo qilmog‘i mumkin. Ayniqsa, keyingi eslaganimiz maqolda urg‘u berilgan bola odobi oilaga, jamiyatga xos ko‘pgina belgilar, muhim jihatlarni o‘zida yaqqol ko‘rsatib, xuddi ko‘zgudagidek aniq-tiniq aks ettiradi. Adibaning xolasi nufuzli tashkilotda ishlaydi, yaqinda nafaqaga chiqadi. Bir kuni oilaviy suhbat jarayonida u jiyanidan so‘rab qoldi: — Aytgancha, mana, sen ham talabadan mutaxassis xodimga aylanding, kattalar qatorida ishlayapsan. Ishxonangda to‘g‘ri kelib qolganida o‘zingdan kattalarga joy berasanmi yoki indamay, bu mening joyim, deb o‘tiraverasanmi? Bu savoldan, ochig‘i, Adiba hayron bo‘ldi. Negaki, bu uning nazarida odobning eng birlamchi sharti-qoidalaridan, buni aytib, tayinlab o‘tirishning ham, o‘z ixtiyorimizga qo‘yib berishning ham hojati yo‘q. Katta yoshli odam tik turganida unga, albatta, joy bo‘shatib berish shart, axir! Xola bu javobni eshitib, mamnun qiyofada bosh irg‘adi. Keyin shikoyatomuz gapida davom etdi: — Bizning qizlar unaqa emas. Yaqinda besh-oltita yangi xodimalar ishga olindi idoramizga. Bir-ikkitasini aytmasa, aksariyati oliy ma’lumotli, yana poytaxtdagi nomi mashhur ilm da
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 129
— Bu hayotning ishlari juda ham qiziq ekan-da, — dedi chuqur «uh» tortgancha bir muxlisamiz. — Umr shunisi bilan qiziq-da, — dedim uni gapga solish uchun. — Kimligimni aytmayman-u, bir jiyanimning boshiga tushgan savdolarni aytsam, siz ham dahshatga tushasiz. 2004 yilning yozida jiyanim Navbahorni qo‘shni qishloqlik O’tkir ismli bama’ni bir yigitga turmushga berdik. Ikkalovi ko‘rinishidan ham, xarakter jihatidan ham uzukka ko‘z qo‘ygandek bir-biriga munosib edi. Ochig‘i, ularni ko‘rgan kishi havas qilardi. Ammo, bir kam dunyo deganlaridek, oradan ikki-uch yil o‘tsa hamki, ular farzandli bo‘lishmadi. Akam bilan yangam qizi ro‘zg‘oridan tinib-tinchib ketishi uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilishdi. Toshkentmi, Samarqand demay hamma do‘xtirlarga ko‘rsatishdi. Lekin natija chiqmadi. Er-xotin farzand bo‘lmasa ham tinch-totuv yashashayotgandi. Ammo qaynona o‘g‘lining taqdiriga indamay turolmadi. Jiyanimizni ketishga undadi. Bir kuni akamlarnikiga borsam, jiyanim yig‘lab o‘tirgan ekan. — Nima bo‘ldi? — dedim. —Qaynonam «o‘g‘lim bilan ajrash», deydi. Erim bo‘lsa «sendan boshqasi kerakmas» deydi. Nima qilishni bilmay boshim qotdi. Xudoyim shuncha odamga bergan farzandni bizga ham bersa nima qilarkan. Yoki Allohning oldida shunchalik ham gunohimiz ko‘pmi? — deya zorlandi. Jiyanimni nima deb ovutishni bilmasdim. Akam bilan yangam ham bu gaplardan hayron bo‘lgancha qanday chora ko‘rishni bilmay turishgan ekan. Jahl ustida jiyanimning qaynonasi
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 109
Knut GAMSUN,
Nobel mukofoti sovrindori, Norvegiya Kunlarning birida zodagonlar davrasida yoshgina bir ayolni uchratdim. Uning moviy ko‘zlari yonib turar, nigohlari ham boshqalarnikidan ko‘ra ancha tiyrak edi, nazarimda. Qiziq, uning navbatdagi ko‘zlagani kim ekan? Deraza oldida turgan harbiy libosdagi ovozi bamisoli arslonning na’rasidek vajohatli xo‘jayinning o‘g‘limi yoki anavi yosh janobmi? Ayolni sinchiklab kuzatib, uning bu gal yosh janobni nishonga olganini sezdim. Men bu ayol bilan yaxshi tanishman. Yarim kechada ziyofatdan uy-uyimizga tarqalar ekanmiz, unga: – Havo juda ochiq, bu tun naqadar ajoyib-a? Oqshoming ko‘ngilli o‘tdimi? – dedim. Va barmog‘imdagi nikoh uzugini yechib oldim-da, so‘zimda davom etdim: – Qara, sen bergan uzuk menga to‘g‘ri kelmayapti, barmog‘imni siqyapti. Balki, uni zargarga kengaytirishga berarsan? U qo‘lini men tomonga uzatib, asta pichirladi: – Uni menga beraqol, kengaytirsa bo‘ladi, albatta. Uzukni unga tutqazdim. Oradan bir oycha o‘tib, u bilan yana uchrashdim. Uzuk haqida so‘ramoqchi bo‘ldim, ammo so‘ramadim. Hali vaqt bor, deya o‘yladim, uni shoshirish yaramaydi, yana biror oy o‘tsin. Shu payt uning o‘zi so‘z boshlab qoldi: – Ha, aytganday, uzuk. Bilasanmi, juda bema’ni bir ko‘ngilsizlik yuz berdi, uzukni qaergadir yashirib qo‘ygandim, endi sira topolmayapman. – Ayol shu taxlit mening javobi
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 100
Bir chol bor ekan. Uning uchta o‘g‘li bor ekan. Bir kun chol o‘libdi. Choldan bolalariga uchta narsa: keli, kelisop, narvoncha qolibdi. Katta o‘g‘li, kelini, o‘rtanchasi kelisopni, kichigi narvonchani olibdi. Kichik o‘g‘il narvonchani ko‘tarib yetti kunlik yo‘lga tushibdi. Bir joyga borsa, bir boyning uyidan tutun chiqib turgan emish. Narvonchadaa tuynukka chiqib qarasa, bir xotin hadeb har xil ovqatlarni pishirib, yashirib qo‘yayotgan emish. Bola hammasini aniq ko‘rib olibdi. Pastga tushib o‘tiribdi. Bir qancha vaqtdan keyin boy kelibdi. Bolaning bir zaxchasi bor ekan, bola boy kelishi bilan zaxchani turtibdi. Zaxcha «chag‘» debdi. Boy: — U nima? — debdi. Bola: — Bu mening folbinim, — debdi. Boy: — Qani, bir fol ochirib yubor, — debdi. Bola zag‘chani bir urgan ekan zaxcha «chag‘» debdi. Boy: — Nima deyapti? — debdi. Bola: — Bir tovoq palov turibdi. Shuni olib chiqsinlar, deyapti, — debdi. Boy uyga kirib xotiniga: — Bir tovoq paloving bor ekan. Shuni ber, — debdi. Xotini beribdi. Uni olib chiqib bola bilan ikkovi yeyishibdi. Boy «tag‘in ochir», debdi. Bola zag‘chani bir ursa zag‘cha «chag‘» debdi. Boy: — Nima deyapti? — debdi. Bola: — Uyda bir tovoq xasip turibdi. Shuni olib chiqsin deyapti, — debdi. Boy uyga kirib xotiniga: — Xotin, tovoqda xasip bor ekan, shuni ber, — debdi. Xotini hayron bo‘lib: — Kim aytdi sizga? — debdi. — Ey, xotin, qo‘yaver. Bir folbin bor ekan. O’shanga fo
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 72
Mashina shaharni ikkiga ajratib turgan daryo ustidagi ko‘prikning qoq o‘rtasida to‘xtadi. Politsiyachi Jonson avvaliga unga e’tibor bermadi, ammo mashinadan tushgan baland bo‘yli kishini ko‘rishi bilan hushyor tortdi. Jonson bu yerda birinchi bor posbonlik qilayotgani yo‘q, mash’um ko‘prik sevishganlaru xayolparastlar qatori o‘z joniga qasd qilish istagidagilarni ham o‘ziga jalb etishini juda yaxshi bilar edi. Anavi odam avvval atrofga diqqat bilan razm solib, so‘ng shoshilmasdan ko‘prik panjarasiga yaqinlashdi. Uning panjaraga osilayotganini ko‘rgan Jonson sekin so‘kinib olib, u tomonga qarab yugurdi. — Ajoyib tun, shunday emasmi? — dedi politsiyachi uning qadam tovushlarini eshitib ko‘prik panjarasidan qo‘lini olgan kishiga salom ham bermay. — Tabiatdan bahra olayapsizmi deyman? Sizni tushunaman, janob, agar vazifamni bajarayotgan bo‘lmaganimda, menam hozir sevgi yoki shunga o‘xshashroq tuyg‘ular haqida o‘ylayotgan bo‘larmidim. Joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan kishi bunaqa be’mani gaplarga hushi yo‘qligini bildirmoqchi bo‘lganday yelka qisib qo‘ya qoldi. So‘ng sigaret tutatdi. — Sizni ko‘rdimu, biroz gurung qilarmiz deb kelaverdim, — davom etdi politsiyachi o‘zini suhbatdoshining holatini sezmaganga olib. — Bilasizmi, odam bir o‘zi yomon zerikadi… Bu yerdan atrof ajoyib ko‘rinadi, to‘g‘rimi? — Hozir bu mening ko‘nglimga sig‘maydi, — og‘ir xo‘rsindi novcha kishi sigaret kulini suvga qoqqanch
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 90
Kunlarning birida ikki qalin do’st sahro uzra ketayotgan ekan. Bir payt ular bahslashib qolishibdi va biri qiziwib ketib nohosdan ikkinchisining yuziga shapaloq tortib yuboribdi. Do’st og’riqni sezibdiyu hich nma demabdi. U sukut saqlab turib qumga shunday " Bugun mening eng yaqin do’stim menga tarsaki tushirdi ” Do’stlar churq etmasdan yo’lda davom etishibdi va bir necha kundan keyin bir ko’rkam vohaga yetib kelishibdi. Birodarlar ko’lda cho’milishga qaror qilishibdi. Bir paytlar o’rtog’idan tarsaki yegan kishi sal bo’lmasa cho’kayotganida hamrohi uni qutqarib qopti. U hushiga kelganida toshga o’yib " Bugun mening eng yaqin o’rtog’im hayotimni saqlab qoldi ” deb yozibdi. Shunda avvaliga shapaloq tortib, so’ngra hayotini asrab qolgan do’sti undan so’rabdi: - men seni dilingni og’ritganimda qumga yozganding, endi asta toshga naqsh solyapsan nega bunday? Do'sti javob beribdi - bizni birov hafa qilganida ginani shamollar uchirib yuborishi uchun qumga yozishimiz kerak. Ammo kimdir bizga yaxshilik qilganida hich bir shamolda uchib ketmasligi uchun toshga o’yib bitishimiz lozim.
Ranj alamini qumga quvonchlarini toshga bitishni o’rganing va osuda umr kechirish uchun biroz vaqt qoldiring. Shunda hayot oson va yorqin ranglarda bo’ladi
Коментариев: 0
Просмотров: 102
Bir chol o‘g‘linikiga ko‘chib keldi. O‘g‘li uylangan, to‘rt yashar farzandi ham bor edi. Cholning yoshi bir joyga borib qolgan, qo‘llari qaltirar, ko‘zlari xira ko‘rar, oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab yurardi. Oila dasturxon atrofiga to‘plangan paytlari qariyaning ahvoli yanada yomonlashardi. Qoshig‘idan to‘kilgan ovqatlar polgacha tushar, piyolasidagi shirchoy dasturxonni dog‘larga to‘ldirib borardi. Buni ko‘rib xunobi oshgan o‘g‘il va kelin o‘zaro maslahatlashishdi: – Nimadir qilmasak bo‘lmaydi, – dedi o‘g‘il. – Chapillatib ovqat yeyishi, sut to‘kishi, ovqatlarni har tomonga sochib yuborishi jonimga tegdi. Er-xotin xona burchagiga bitta kichik xontaxta qo‘yishga qaror qildi. Qariya shu yerda bir o‘zi ovqatlana boshladi. Ikki marta kosa sindirganidan keyin, tunuka talinkada ovqat suzib beradigan bo‘lishdi. Bir kuni bexosdan o‘g‘ilning ko‘zi otasiga tushib qoldi: bechora qariyaning ko‘zlarida milt-milt yosh aylanar, xontaxtaning chetiga tikilganicha tishsiz milklarida ovqatni u yoqdan bu yoqqa olib o‘tirardi. O‘g‘ilning yuragida kimdir bosh ko‘tarib, mana shu majolsiz chol sening otang-ku, uni bir chetga surib qo‘ygani uyalmaysanmi, deganday bo‘ldi. Biroq u bu hayqiriqqa e’tibor bermadi. Faqat cholni kamroq tergaydigan bo‘ldi. To‘rt yoshli nevara yon-atrofida bo‘layotgan voqealarni jimgina kuzatardi. Bir kuni ishdan qaytgan ota bolasi o‘yinchoqlarini yoyib olib o‘ynayotganini ko‘rdi. U bolg‘achasi bilan yog‘och kosachasini urar, kosacha zarb ta’sir
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 125
Salom. Sizlarga xayotimdan bir parchani xavola etmoqchiman. Xayotimdegi eng baxtli damladan birini… Qish kunladan birida xayotimda uni uchrattim farishtammi, umrimdegi birinchi sevgimmi uchrattim. O’shanda man 18 da edim. Uni sevishligimmi tushunmasam ham biza bir birimizaga yaqinlashib bordu. Lekin kunladan birida 8-mart kuni unga sovg’a uzatganimda u birdan o’zgarib qoldi. Uni munosabati butunlay o’zgarib ketti. Sababini so’rasam man bilan boshqa gaplashmasligini do’st ham bo’masligini etti. Man tushunmadi…. Shu xolda yillar o’tib ketti. Man uni hali ham sevardim. Unga har bayramda gullar sovg’alar ob kelardim – u qabul qimasayam. Sababini bo’sa u ham etmasdi. Lekin mani ko’ynim sezardi manga u befarq emasligini…. 2 yil o’tdi. 2-sentabr edi. O’qishni birinchi kuni. Uni universitetini oldiga kelib o’zimga so’z berdim agar yana mani qabul qimasa man ketaman. Va boshqa hech qachon qaytib kemiyman, uni eslamiyman ham. Shu voqt u chiqib keldi. Uni oldiga bordim…. Bu safar hammasi boshqacha…. Kutmagan edim… shu bilan bir necha hafta u bilan do’st sifatida gaplashib yurdik. Hatto bir kuni u manga bir jurnal berdi. Hayron qoldim. Keyin balsam ichida manga bir sher yozgan ekan. Sevgi haqida yoqimli a!? shundan keyin man ham unga yaqinlashishdi boshladim… Shu bilan bir birimizani sevib qoldik. Layli va Majnunlardek. Balkim undan ham qattiqroq. Bir kunda 5,6 martalab ko’rishgan voqtlarimiz bo’ldi. Bir kunda 7,8 soatlab birga bo’lardik. Biz rosdakasiga bahtli edik. Beg’ubor ko’zlari,
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 134
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|