Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 13 Mehmonlar: 13 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Hikoyalar
Bir kishi biroz pulga muxtoj bo`lib qoldi, do`stidan yordam olish maqsadida uning uyiga borib, еshigini taqillatdi. Do`sti chiqib, u bilan ko`rishdi, uyga taklif qilsa xam u kishi qabul qilmay: - Do`stim, mеni kеchir, uyga qilgan taklifigni xozircha qabul еtmayman, vaqtim ziq. Bir kishidan yuz so`m qarzdor еdim, bugun kеlib, pulini qistadi. Qo`limda pul yo`q еdi. Shuning uchun sеning xuzuringga kеldim, yordam еtarsan, dеb umid qilaman, - dеdi. Uy еgasi darxol ichkaridan yuz so`m olib chiqib, do`stining qo`liga bеrdi. - Do`stim, biror narsaga muxtoj bo`lib qolsang, mеndan yаshirma, qo`limdan kеlgancha yordam bеrishga tayyorman, dеb do`stini ko`nglini ko`tardi.
Do`sti xursand bo`lib, u bilan xayrlashib, uyga qaytdi. Uy еgasi do`sti qaytib kеtgandan kеyin yig`lab uyiga kirdi. Хotini "Еrim ko`p pul bеrib yuborganiga pushaymon qilib yig`layotgan bo`lsa kеrak" - dеb, еriga: - Biror narsani baxona qilib, pul bеrmasdan qaytarib yuborsangiz bo`lmasmidi? - dеgan еdi, еri shunday javob bеrdi: - Yo`q, sеn o`ylagancha еmas, do`stim pulga muxtoj bo`lib qolganini bilmaganimdan. U kеlib so`ramasdan oldin o`zim borib, "Do`stim, biror narsaga muxtojmasmisan,tortinma, ayt", - dеb so`rashim kеrak еdi, g`aflatda qolganimga achinib yig`layаpman.
Коментариев: 0
Просмотров: 117
Bir go'zalni tug'ilgan kuniga sovg'a olmoqchi bo'lib Andijon bozorlarini kezdim. Bitta ikkita qimmatbaxo sovg'alar uchradi lekin ko'nglim to'lmadi. Toshkentga yo'l oldim. Toshkentning eng qimmatli " Dolce & Gabbana " butikdan bitta sapog sotib oldim. Yana aylanib yurib oltin suvi yuritilgan va atrofiga aylana qimmat baxo toshlar terilgan, raqamlari tiniq yozilgan qo'l soatini sotib oldim. Uni yoniga yana turkiyada ishlov berilgan medalyoni bor tilla tros oldim. Haqiqiy original teridan ishlangan Gucci sumkasini ham harid qildim! Bozorning eng qimmat ro'moli dubaydan keltirilgan toza ipakli ro'mol oldim. Fleshka do'konidan eng so'ngi, "olmasi tishlangan" brendli mobil telefon oldim. Uyga qaytar ekanman tezroq yetib ul go'zalni nigoxini ko'rishga oshiqardim. Ammo hali gul va to'rt olishim kerakligi bois yangi bozorda Magnat shrinliklar do'koniga kirib buyurtma qilib qo'ygan to'rtimni olayotganimda yonimdagi odamlar to'rtni ko'rib xayratdan qotib qolishgandi. Kimdur to'rt oldida suratga tushib olishga ruxsat so'rardi. Va nixoyat gul do'koniga kirdim! Eng a'lo darajada terib olingan 60 ta qizil lola gul sotib oldim! Endi mani injiq malikam shunaqasini yaxshi ko'rsa nima ham qilardim. Sovg'alarni go'zalimga topshirdim. Bularning ichida menga eng yoqqani to'rt bo'ldi. Uni uch kishi damasga yuklab olib kelishgan, yuklash va tushirishga o'zim yordam berdim. To'rtning us
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 135
KASBIMIZ taqozosi tufayli har kuni turfa tabiatli insonlar bilan uchrashamiz. Ular bilan suhbatlashib, dardu hasratini eshitamiz. Qonun doirasida huquqiy maslahat beramiz. Yaqinda oldimga maslahat so‘rab kelgan onaxonning gaplarini tinglar ekanman, ko‘nglimda ushbu voqeani qog‘ozga tushirish istagi paydo bo‘ldi. O‘yladimki, zora bo‘lib o‘tgan bu voqea kimlargadir ibrat bo‘lib, yana yuz berishi mumkin bo‘lgan bunday ko‘ngilsizliklarning oldini olsa. — Turmush o‘rtog‘imning yoshi oltmishni qoralab qolganda yosh juvonga ilakishib qoldi, — deya gapini boshladi onaxon. — Avvaliga bu holatni o‘tib ketar, axir bo‘yi yetib qolgan farzandlarimiz, quda-andalar bor-ku, insof kirib qolar, deb ancha vaqtgacha buni sir saqladim. Baribir bo‘lmadi. “Kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi”, deganlaridek kun kelib sir ochildi. Shundan so‘ng turmush o‘rtog‘im men bilan qonuniy ajrashib, o‘sha juvonga uylandi. O‘ttiz besh yillik turmushimiz mobaynida ikki o‘g‘il, bir qizni tarbiyalab voyaga yetkazdik. Endi qarilik gashtini suramiz, deb o‘ylagandim. Chunki yoshlikda yelib-yugurib yaxshi niyatlar bilan er-xotin topgan pulimizga ikkita hovli qurgandik. Birinchisini kenja o‘g‘limizga, ikkinchisini esa katta o‘g‘limizga hadya sifatida rasmiylashtirib berdik. Buni qarangki, rasman ajrashgach, turmush o‘rtog‘im meni katta o‘g‘limizning nomiga rasmiylashtirgan uydan haydab chiqardi. Noiloj, hali turmushga chiqmagan qizim bilan kenja o‘g‘limning uyi
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 138
Do`stlik bu ikki inson o`rtasidagi muqaddas tuygudir! Do`stlik qalbda yashaydi va shu yerda unib o`sarkan.Kimlarnidir haqiqiy Do`sti bo`lsa shu inson dunyodagi eng badavlat va eng boy inson boladi Bir vaqtlar men ham shu insonlar qatori boy va badavlat edim Mening qalbimda Do`stlik rishtasi kurtak ochgan payt men dunyodagi eng baxtli va taxtli qiz edim Biroq bu dunyoda Do`stlikning qadri faqat obro e`tibor bilan boglanishini bugun angladim Ilk bora Do`stlashgn kunimni hech qachon unutmayman . Hammasi shu yilning aprel oyidan boshlandi.Men shu kundan e`tiboran do`stimdan uzoqlasha boshladim .Ha men undan ham qalban ham ruhan yiroqlashardim sababi Do`stim meni sevib qolganini aytdi . Togri bu kimlar uchundir oddiy holdir biroq men uchun alamli va iztirobli bolishini bilmasdim.Men Xurmat qilgan va har doim Qadrlagan Do`stim meni aldadi. U meni 3 yil mobaynida Do`st emas balkim kerak emas bir buyum sifatida korgani va men uning uchun oddiy bir qogirchoq ekanimni anglaganimda Dunyo kozimga tor insonlarning esa hammasi yolgonchi hayotda yashashini bildim . Do`stim bergan MEHR, QUVONCH, SHODLIK va HECH QACHON TUGAMAYDIGAN SABRNI menga berib ketdi.U men uchun kutilmaganva kutmagan AYRILIQni sovga sifatida yubordi.Men bugun u yuborgan sovgani vaqti kelib oziga yuborishni istayman Kimlardir qalbimga ozor berib BAXTli bo`lar,Yana kimlardir bergan Quvonchlari bilan baxtsiz biroq dunyoda Do`stligini bir kecha kunduzda yer bilan yakson qilgan Do`stimgachi Taqdirning qanday sov
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 93
Bir soat ruletka o‘ynab, uch ming dollar yutib oldim. Oxirgi o‘ttiz daqiqa mobaynida ko‘k ko‘zli yoqimtoygina qiz bilan o‘ynadim. — Bu oqshom omadingiz keldi, — dedi u muvaffaqiyatimni izohlar ekan. O’yin mobaynida uning ismi Adreyn Makklouzi ekanligini bilib oldim. Undan yana ming dollar yutgach, blekjek o‘ynalayotgan stol tomon yurdim. – Ruletkada omadingiz keldi-ku. Blekjekka o‘tishning nima keragi bor? – Ruletkada yutuq tasodif yo omadga bog‘liq, — jilmaydim men. — Kallani ko‘proq ishlatadigan o‘yinlarni yoqtiraman. Blekjekda inson o‘z baxtiga, albatta muayyan darajada, o‘z kuchi bilan erishadi. Men stollardan birining atrofida o‘tirgan uchta pontyor davrasiga qo‘shildim va soat o‘n birga borib yana ikki ming dollarga boyidim. Bir oqshomda yutgan pullarim olti mingga yetgan edi. — Menimcha, bugunga yetadi. Fishkalarni naqd pulga almashtirib, Adreyn bilan ertaga yana uchrashishga kelishdim-da, «kadillak»ka minib uyga jo‘nadim. Uydagi bironta ham derazada yorug‘lik ko‘rinmasdi. Ikkinchi qavatdagi xobxonamda hamyonimdan pullarni chiqarib, ularga uzo-oq tikildim. Odamlar nima uchun qimorga qiziqadi? Kasallikmi bu? Ahmoqlikmi? Ertalab odatdagidek Sara ammam bilan nonushta qildim. U haligacha oila qurmagan. Kollejning birinchi kursida o‘qiyotganimda ota-onam aviafalokatda halok bo‘lishgan. Dafn marosimidan so‘ng menga asosan qarzlar meros qolganligi ma’lum bo‘ldi
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 182
Martsiya o‘rnidan turib esnadi-da, sigaretni shisha kuldonning tubiga bosib o‘chirdi. — Vaqt ham allamahal bo‘lib qoldi. Uyga qaytishim kerak. Sening yoningdan sira ketgim kelmaydi. — Bugun erim qartaxonada poker o‘ynaydi deganding-ku. — Uyga telefon qilishi mumkin. Ba’zan u hash-pash deguncha bir dasta pul yutqazadi-yu xunob bo‘lib uyga erta qaytadi, — juvon xo‘rsinib o‘ynashiga tikildi. — Mehmonxonalarda yashirincha uchrashib yurish jonimga tegdi. — Yaqinda bu muammoni hal qilamiz. — Qanday qilib? Bryus Farr Martsiyaning jingalak sochini siladi-da qutidan sigaret olib tutatdi. — Keyingi oyda men ishlaydigan firmada mol-mulkni ro‘yxatga olish boshlanadi. Firmamiz katta bo‘lsayam seyflardan chorak million dollar turadigan qimmatbaho buyumlarni o‘marganim darrov bilinadi. — Shuncha narsa o‘marganmisan? Bryus ayyorona jilmaydi. — Oz-ozdan o‘g‘irlardim. Yaqinda hisoblasam chorak millionlik narsani o‘zlashtiribman. Shu paytgacha hech kim sezgani yo‘q. Ammo ro‘yxatga olish boshlansa sirim fosh bo‘ladi. Hamma buyumlarni allaqachon sotib yuborganman. Ishonsang yuz ming dollardan ortiq pul tushdi. — Yuz ming dollar… — hayratdan Martsiyaning lablari qiyshayib ketdi. — Yuz mingdan ko‘proq, — dedi Bryus mamnun jilmayib. — Har bir buyumni nominal narxining yarmiga pulladim. Lekin endi bu boylikni uzoq vaqt yashirolmaymiz. Xorijga ketm
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 155
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir er-xotin bor ekan. Ularning bitta-yu bitta o‘g‘illari bor ekan. Bir kuni xotin og‘ir kasal bo‘lib, o‘lib qolibdi. Ota-bola juda qiynalib qolishibdi. Oxiri bolaning otasi uylanibdi. Olgan xotini juda yomon ekan, o‘gay o‘g‘lini o‘tirsa — o‘poq, tursa — so‘poq deb chiqishtirmas ekan. Uni doim otasiga yomonlarkan. Nihoyat u, «bolangni yo‘qotsang, keyin turmush qilaman», deb turib olibdi. Bolaning otasi nima qilishini bilmay, o‘g‘lini bir do‘stinikiga olib borib: — O‘g‘lim shu yerda yashab tursin, men yordam berib, xabar olib turaman, — debdi. Keyin er-xotin yashayverishibdi. Bir kuni ular mehmonga bormoqchi bo‘lishibdi. Qarasalar, tugunni ko‘taradigan biror kimsa yo‘q. Shunda xotin eriga: — Hozir bola bo‘lganida edi, tugunimizni olib borishardi. Endi qanday ko‘tarib ketamiz, — debdi. Bola esa otasini sog‘inib ko‘rgani kelgan ekan, uyning orqasida turib bu gaplarni eshitibdi va: — Men ko‘tarishib olib boraman, — debdi. Xotin hayron bo‘lib: — Mehmonga ham hyech sensiz bormas ekanmiz-da, hyech tinchitmas ekansan-da, — deb urishib beribdi. Bechora bola esa: — Siz hozirgina bola bo‘lganida, tugunni olib borardi, dedingiz-ku. Men bo‘lmaganimda o‘zingiz qiynalib qolar edingiz-ku! — debdi. Oxiri qo‘liga tugunni berib, bolani ham mehmonga olib ketishibdi. Mehmondan kelishsa ham, lekin bolani hyech uyidan ketgisi kelmabdi. Xotin qancha zo‘rlasa ham, hyech ketgani unamabdi, uyda qolibdi. O
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 80
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, tulki, baqa va kanalar do‘st tutinishgan ekan. Ular safarga otlanishibdi. U zoq yo‘l yurishibdi. Yo‘lda bir to‘p bug‘doy topib olishibdi. Uchovi ham «men olaman» deb talashib, janjallashib qolishibdi. Shunda kana: — Menda bir taklif bor, bunaqa qilib janjallashib o‘tirguncha, uchovimiz uch tomonidan yeya beraylik, bir qishga uchalamizga ham bemalol yetadi, — debdi. Tulki: — Bunaqasi bo‘lmaydi, yugurish qilamiz. Kim avval yetib kelsa, o‘sha hammasini oladi, — debdi. Keyin uchovi yugurmoqchi bo‘lib turganlarida, kana bildirmasdan tulkining dumiga yopishib olibdi. Tulki To‘g‘aloq — yumaloq yugurib kelib «men keldim» desa, undan burun kana chiqib «men keldim» debdi. Baqa esa, vaqillab, orqada qolib ketgan ekan. Uch marta shunaqa yugurish qilishsa ham, har safar kana birinchi bo‘lib «men keldim» deyaveribdi. Keyin tulki bilan baqa kanani o‘rtaga olib, taqsimlashni rosa yalinib so‘rashibdi. Kana rozi bo‘libdi. Uchovlari uch tomondan yeya boshlashibdi. Aytishlariga qaraganda, hali ham tamomlamagan ekanlar.
Коментариев: 0
Просмотров: 84
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir chol bilan kampirning bitta-yu bitta qizi bor ekan. Qizi bo‘y yetib, sovchilar qatorlashib kela boshlashibdi. Qiz hyech qaysilariga unamas ekan. Bir kuni chol bilan kampir qizlarini daryoning narigi tomonidagi qishloqda yashaydigan bir oilaga beradigan bo‘lishibdi. Buni eshitgan qiz rosa xafa bo‘lib yig‘labdi. Chunki qiz u tomonga kelin bo‘lib tushishni hyech xohlamas ekan. Lekin chol bilan kampir o‘z aytganlaridan qaytmay, qizlarining ra’yiga qarashmabdi. Shunda qiz: — Men daryoning u betiga kelin bo‘lib tushsam, bitta-ikkita bolalik bo‘lganimda, o‘z uyimga kelayotganimda birini ko‘tarib, ikkinchisini yetaklab olgan bo‘laman. Shunda yetaklab kelayotgan bolam daryoga tushib ketsa, topa olmay rosa yig‘lab o‘tirsam, — deb, onasining yoniga borib yig‘lay boshlabdi. Kampir: — Nega muncha yig‘layapsan, qizim? — deb so‘rabdi. Qiz haligi gaplarini qaytarib, yig‘layveribdi. Bu gapni eshitib, kampir ham yig‘lashga tushib ketibdi. Bir payt chol kelib qarasa, kampiri bilan qizi yig‘lab yotishibdi. Chol yig‘ining sababini so‘rasa, qizi yana o‘sha gaplarni qaytaribdi. Chol ham yig‘lashga tushibdi. Shunday qilib uchalalari rosa yig‘lashibdi. Oxiri chol bilan kampir qizlarini narigi tomondan kelgan sovchilarga bermaslikka rozi bo‘lishibdi.
Коментариев: 0
Просмотров: 106
Shaharda shov-shuv qanaqadir qotil paydo bo`lib odamlarni chavaqlab ketayapdi ekan, uning kimligi noma`lum bo`lib uning nishonidagi odamlar negadir sobiq polisiyachilar bo`lib hammasi mansabini suiste`mol qilishda ayblanib ishdan haydalgan bir tuman polisiyachilari edi. Shu ish bilan shug`ullanayotgan tergovchi Mallayev oxirgi ishdan haydalgan odamnikida odamlar qo`yib o`sha qotilni kuta boshlashdi. M6ljaldagi odam To`lqinning uyi atrofiga polisiyachilar fuqaro kiyimida joylashtirishib qo`yishgandi. Birozdan keyin qo`shni uyda "yong`in, yong`in" degan ovoz chiqdi va jinoyatchini kutayotgan polisiyachilar yong`inni o`chirish uchun chiqishdi. To`lqinning oldida Mallayev va yana bitta polisiyachi qoldilar, birozdan keyin qora yopinchiqli yuzlarini yopib olgan paydo bo`lib ikki polisiyachining bo`yinlariga zarba berib hushidan ketkazdi va To`lqinga qarab u oxirgi so`zini aytdi: "Qasos qiyomatga qolmaydi" va yonidan xanjar chiqarib bo`ynini chopib qonni oqizdi va odatiga zid ravishda devorga o`zi aytgan so`zni qon bilan yozdi. Polisiyachilar yonginni o`chirib kelishib ichkaridagi holatni ko`rib hayron qolishdi, o`ziga kelgan tergovchi bu ishlardan lol qoldi. To`lqin tuman polisiyachilar jinoyat qidiruv bo`limi boshlig`i
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 187
Ota o`g`lining oldiga yaqin kelib, qo`lini uning yelkasiga qo`yib: - O`g`lim, kim kuchli, menmi yoki sen? O`g`il: - Men, - deb javob berdi. Ota sal ranjigudek bo`ldi. Va yana so`radi: -O`g`lim kim kuchli, senmi yoki men? O`g`il yana: - Men, - deb javob berdi. Ota qattiq ranjib, orqasiga qarab ketdi. Uch metr uzoqlashgach umid ila yana bir bor so`radi: - O`g`lim kim kuchli, senmi yoki menmi? O`g`il: - Siz kuchli otajon! - dedi. Taajublangan ota o`g`lidan so`radi: - Ikki marotaba so`radim, men kuchli deding, uchinchi marotaba so`raganimda siz kuchli deding, nima menga raxming keldimi? O`g`il javob berdi: - Otajon, ikki marta so`raganingizda siz yonimda edingiz, men hech narsadan qo`rqmasdim, uchinchi marta so`raganingizda siz yonimda yo`q ediz...!
Коментариев: 0
Просмотров: 111
Davomi. Men uni juda qattiq sevardim. Lekin blardimki u meni mendan ham qattiqroq sevar edi. Xullas kunla wu tarzda o`taverdi. Nihoyat 25 may so`nggi qo`ng`iroq ham yetib keldi. Barcha bitiruvchilar retual maydoniga chiqib keliwdi. Ertalab maktabga borganimda u yo`q edi. So`ngi qo`ng`iroq chalinayotgandagina uni ko`rdim. U ko`zlarida yow bn menga qarab turardi. Uni yig`layotganini ko`rib bowqa4a bo`lib ketdim. Bldimki u men bitirayotganim un yig`layotgan edi. 25may ham o`tdi. Ertasi kuni imtixon edi. Imtixonga bordim. Imtixondan chiqqanimizdan keyn rasmchi kelgan ekan. Hamma 25 da tuwgan rasmlarini olgani bordi. Men ham bordim. Borib ko`rsam bittayam rasmim yo`q ekan. Keyn uni ko`rdim. U qo`lida meni rasmlarim va o`wa 3ox avval yozgan xatim bn yonginamdan o`tib ketdi. Oxirgi imtixonimiz kuni ham keldi. Yana biz tomondan ketdi. Ko`chada ikkalamiz . Bizdan bowqa hech kim yo`q. Yo`lni yarmiga bordik. Ikkalamiz ham hech nima gapirmasdik. Keyn u to`xtadi. Men ham to`xtadim. Bir birimizga uzoq tikilib turdik. Keyn u "MeN Sizni SeVaMaN " dediyu yugurib ketib qoldi. Menga uni izidan boriwga qo`lidan uwlab Men Ham seni Sevaman deyiwga jasorat yetiwmadi. Maktabni ham bitirdim. Oradan bir yil o`tdi u ham maktabni bitirdi. Keyn u ham men kirgan kollejga xujjatlarini topwirdi. Lekn imtixonlardan o`ta olmadi. Men o`qiyotgan kollej tumanimizda eng obro`yi baland kolej. Chunki darsga o`quvchilani keliwi bo`yicha birinchi o`rinda turadi . Lekn bowqa kollejlardan farq qilmaydi. Soni bor u sifa
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 134
Xullas men hayotimda bo`lgan voqeani yozmoqchiman. Qisqasi maktabimizda bir qiz menga yoqardi. Men 96yilman u 97 yil ismi Soliha edi. Blmadim nega xullas men uni sevardim. Doim uni kuzatib yurardim. Lekin hicham o`ziga ayta olmasdim. Yillar wu tarzda o`taverdi. Men 9 sinf bo`ldim. Maktabni bitirginimga qadar oxirgi o`tgan 4 -5 oy hayotimning eng go`zal lahzasi edi. Fevral oyini bowlari dars tugab uyga ketvotsam u ham men ketvotgan yo`ldan ketyapti. Oldida 2ta dugonasi ham bor edi. Bittasi biz tomonda turardi. Xayron bo`ldim chunki u qizni uyi bizga qarama qarwi tomonda edi. Yo`lni yarmiga yetib bordik. Ular mendan 5 metr oldinda ketardi. Keyn ular to`xtadi. Men esa indamay oldidan o`tib ketaverdim. Ko`chada bizdan bowqa hech kim yo`q edi. Men 10metrla uzoqlawganimdan keyn Soliha ortimdan baqirdi. "Men Real Madridni sevaman" deb. (xa aytgancha men Realga fanat edim wuning un doim Real sumkasi taqib polni real formada yurardim) . U wunaqa deb ortimdan baqirar edi. Men ortimga qaradim u menga jilmaygancha kulib turardi. Uning kulgisi wv qadar chiroyli ediki aqldan ozdirar edi. Lekin meni gapiriwga men ham seni sevaman deyiwga juratim yetmadi. Iwongim kelmasdi men sevgan necha yil kuzatib yurgan qiz o`zi meni sevaman deb turibdi. Keyn ertasiga yana maktabga bordim. U meni ko`rdida jilmayib o`tib ketdi. Xullas 1hafta ichida ikkalamiz bir birimizni seviwimizni uni sinfdowlariyam mani sinfdowlarim ham bilib bo`ldi. Men uni ko`rganimda tilim aylanmay qolardi. Unga gapirolmaslikka ko`
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 120
bir kuni gul do`koniga kirsam. Bir gul menga qarab men dunyodagi eng go`zal eng xushbo`y gulman deyapti. Men gulchidan ushbu gulni sotib oldim. Chiroyi xushbo`yligi uchun emas sizni ko`rib uyalishi uchun oldim. Xurmatli yigitla uydan onayizga do`q po`pisa qilib uchrashuvga chiqishdan oldin qay biri afzalligini uylab kurin. Ona bulmasa siz xam. Usha go`zal xam yo`q. Eh mening munisim onam.
Коментариев: 0
Просмотров: 149
Ko`chada yana yomgir yog`ardi , Deraza oynasini asta ochib Malika yana hayol surardi, telefon qo`ng`irogi jiringlab uni hayollarini buzdi -Alo, alo eshitaman, kim bu ? - Salom Malika qaleysan ? - Shahzod sizga necha marta aytganman manga boshqa telefon qimen - Gapin tugagan bo`lsa Balki endi mani eshitarsan bu mani sanga ohirgi marotaba telefon qilishim. Endi hammasi tuganini o`zim ham yaxshi bilaman balki san ham hozir baxtli yashavotgandirsan manam yuraman kunim o`tib turibdi Xudoga shukur, lekin san qachongacha shunaqa yurmoxchisan baxt faqat boylikdamasku. Manga etgan hamma gaplarin hali ham ko`z o`ngimdan ketmayapti, mani sevgimni hor qilib "BOY SHAHZODANGNI " kutib yashamoxchimisan, shirin so`z o`rniga pulllarni olib quvonmoqchimisan. Nega bu darajada o`zgardin Malika sanga nima bo`ldi o`zi, san bilan birinchi uchrashganimda farishtadek qiz edin lekin vaqt o`tib sekin sekin o`zini qandayligingni ko`rsatdin, sanga faqat boylik pul kerak ekan nega o`shanda man buni bilamdim, manda o`zini olib qochishlaring telefon qisam keyinroq gaplashaylik deb qo`yib qo`yishing o`shanda qanchali qiynalganimi bilsang edi... Har doim o`zimni ayblardim nima hato qivoman nega bunday bo`voti deb, keyin
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 134
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|