Ko`chada yana yomgir yog`ardi , Deraza oynasini asta ochib Malika yana hayol surardi, telefon qo`ng`irogi jiringlab uni hayollarini buzdi -Alo, alo eshitaman, kim bu ? - Salom Malika qaleysan ? - Shahzod sizga necha marta aytganman manga boshqa telefon qimen - Gapin tugagan bo`lsa Balki endi mani eshitarsan bu mani sanga ohirgi marotaba telefon qilishim. Endi hammasi tuganini o`zim ham yaxshi bilaman balki san ham hozir baxtli yashavotgandirsan manam yuraman kunim o`tib turibdi Xudoga shukur, lekin san qachongacha shunaqa yurmoxchisan baxt faqat boylikdamasku. Manga etgan hamma gaplarin hali ham ko`z o`ngimdan ketmayapti, mani sevgimni hor qilib "BOY SHAHZODANGNI " kutib yashamoxchimisan, shirin so`z o`rniga pulllarni olib quvonmoqchimisan. Nega bu darajada o`zgardin Malika sanga nima bo`ldi o`zi, san bilan birinchi uchrashganimda farishtadek qiz edin lekin vaqt o`tib sekin sekin o`zini qandayligingni ko`rsatdin, sanga faqat boylik pul kerak ekan nega o`shanda man buni bilamdim, manda o`zini olib qochishlaring telefon qisam keyinroq gaplashaylik deb qo`yib qo`yishing o`shanda qanchali qiynalganimi bilsang edi... Har doim o`zimni ayblardim nima hato qivoman nega bunday bo`voti deb, keyin bilsam man bilgan Malika umuman boshqa inson ekan ustida farishta libosi ichida esa shayton ekan. - Shahzod balki sizdayam hato ... - Ha to`g`ri mandayam sandayam hato bor edi lekin farqimiz shundaki man hatolarimi tan olardim lekin san o`zini gapini maqullab osmonlarda uchib yurardin, to`g`ri judayam chiroylisan lekin bu chiroy abadiymasligini vaqt o`tganda tushunib yetasan. Sandigi hamma narsa soxtaligini, kulgularin manga nozlanib gapirishlarin sizni sog`indim deb ko`z yosh to`kishlaring, sevaman deb aytishlaring lekin bu hammasi vaqtinchalik ko`ngilxushlik ekan .... Bo`ldi man sani unutaman sani eslamiman sani sevganim mani hatoyim.. Hayr... Alvido... Nega shu gaplarni eshitim o`zi manga umuman kerakmas Shahzod manga hech qanaqa sevgisi ham keramas Malika yana alanimalarni pichirlardi. Shahzod o`z fikru hayollari bilan yolg`iz suratga tikilib o`tirardi, endi hayotimni o`zgartiraman umuman boshqa insonga aylanaman faqat yaxwsh inson bo`lib pul topaman, ota onam orzu qilgan farzand bo`laman. Surat yertib tashlandi. Kunlarim bir maromda o`tardi meni endi hech qanday qizlar qiziqtirmas faqat yaxshi inson bo`lib solixa qizga uylanish ota onamni orzularini ro`yobga chiqarish fikri qiziqtirardi. Malikadan esa mana 9 oydirki hali ham hech qanday qo`ng`iroq hech qanday habar yo`q. Ishdan endigini uyga otlanayotgan Shahzodga onasi telefon qilib unga sovchilikka borishganini qiz esa onasi orzu qilgan yaxshi solixa qiz ekanini, 1 haftadan so`ng uchrashuv belgilangani aytdi, Shahzod bunga etiroz bildirmadi. Telefoni endi qo`yishga ulgurmasdan yana qo`ngiroq jiringladi, notanish raqam , -Alo, da kim bu ? -Alo Shahzod ....... -Malika -Hm, yaxshimisiz bezovta qilmadimmi? -Tinchlimi,nima bo`ldi? -Sizni sog`indim uchrashsak bo`ladimi -.......... - Iltimos mani kechiring hammasi uchun. - Keyinroq gaplashili Malika - Hop faqat mani kechirin ..... -Tut... tut... tut... Malikani gapi ohiriga yetmasdan Telefonni qo`yib qo`ydim nega yana u manga telefon qivoti yana uchrashse bo`ladimi diyishiga o`limi qiz bolayam shunchali ahmoq bo`ladimi... Yo` to`xta Shahzod o`sha sani hor qigan qiz o`zi sani yoninga kelib turganda nega uni o`zindan uzolashtirasan o`shanda qanchalik qiynalgan bo`lsang u ham shunga loyiq,,,, Shahzod o`z fikru hayollari bilan nimalarnidir o`ylab uyga ketardi va rejalar tuzib Malikani o`ziga o`rgatib tashlab ketishga qaror qildi.. Soat kechquringi 21:30 bugun telefon qilarmikin yoki telefoni qo`yib qo`yganimdan hafamikin shunda yana o`sha tanish musiqa eshitildi shu daqiqadan boshlab yana o`sha eski odat kunu tun telefonda uzoqdan- uzoq suxbatlar davom etar. Malika Shahzodni sevishini aytar, Shahzod esa rejasi amalga oshayotgandan quvonar edi. Oradan bir hafta o`tgach Shahzod uchrashuvga otalandi ha o`sha onasi aytgan oqila solixa qiz Nigina bilan, Shahzodga Nigina juda ham yoqdi va 2haftadan so`ng fotiha belgilandi. Bu orada Malika Shahzodga juda ko`p bor telefon qilar edi -Alo Salom Shahzod -Hm, Mali qaleysan? -Ertaga uchrashsak bo`ladimi har doimgi kafeda? - Hm, soat kechquringi 17:30 da. - Hop sizni kutaman hayrli kech... Yana bir kunni ham boshlab oldim soat 17:00ga yaqinlashib qoldi negadir yuragimda hech qandan tuyg`uni his qilmayapman... Mana biz ucharashadigan o`sha kafa uzoqdan Malika ko`rindi endi u butunlay o`zgargan umuman boshqa insonga aylangandi. - Salom Shahzod kuttirib qo`ymadimmi ? Malika baxt, sevgi yangi hayoti haqida gapirar lekin negadir unda samimiyatdan asar ham qolmagan men esa taqdirni qilgan ishlariga kulib uni tinglardim lekin endi man bu yolg`onlarga ishonadigan inson emasdim.